Boboyev Farrux Axmedjanovich – Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Boboyev Farrux 1984-yilda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan, oliy maʼlumotli. 2005-yilda Termiz davlat universitetini, 2011-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomladi.
2005-2006-yillarda – Sariosiyo tumani 52-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi;
2006-2009-yillarda – Respublika oʻquvchilar texnik ijodiyoti markazi metodisti;
2009-2011-yillarda – Xalq taʼlimi vazirligi Kadrlar boshqarmasi bosh nazoratchisi;
2011-2018-yillarda – Xalq taʼlimi vazirligi Kadrlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;
2018-2018-yillarda – Xalq taʼlimi vazirligi Nazorat va tahlil boshqarmasi boshligʻi;
2018-2021-yillarda – Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Kadrlar boshqarmasi boshligʻi;
2021-2023-yillarda– Maktabgacha taʼlim vazirligi Kadrlar boshqarmasi boshligʻi.