Agrippina Shin - Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin 1958-yil 29-dekabrda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan, maʼlumoti oliy. 1980-yilda Toshkent Elektrotexnika aloqa instituti, hozirgi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan. 2015- 2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi boʻlgan.
Agrippina Shin 2008-yilda “Doʻstlik” ordeni;
• 2013-yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni;
• 2018-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni;
• 2019-yilda “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi”;
• 2020-yilda – Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In tomonidan “Davlatlararo Diplomatik xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
Ish faoliyati:
1980-1986-yillarda – Toshkent Elektrotexnika aloqa instituti ilmiy-tadqiqot laboratoriya katta muhandisi;
1987-1993-yillarda – Toshkent shahridagi 4-hunar texnika bilim yurtining ishlab chiqarish taʼlimi ustasi;
1993-2001-yillarda – Toshkent shahridagi 4-hunar texnika bilim yurtining oʻquv-ishlab chiqarish ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari (2001-y.Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji);
2001-2017-yillarda – Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori;
2017-2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.