Hisobotlar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Xizmat safari xarajatlari xaqida ma'lumot

xizmat-safari    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlimda bolani erta rivojlanishi va maktabgacha taʼlimga tayyorlash dasturi

Oʻzbekiston Respublikasi hukumati ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni yaxshi sifatdagi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni kengaytirish maqsadlarida mamlakatda maktabgacha taʼlimni rivojlantirish boʻyicha besh yillik Davlat dasturini va Yoʻl xaritasini ishlab chiqdi. 1. Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish boʻyicha davlat vazifalarini bajarish uchun Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi. 2. Maktabgacha taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi hukumatiga maktabgacha taʼlimni rivojlantirish boʻyicha saʼy-harakatlariga texnik yordam koʻrsatadigan YUNISEFning asosiy ustuvor vazifalaridan biri boʻlib sanaladi. Maktabgacha taʼlim vazirligi va YUNISEFning 2018-yilga moʻljallangan hamkorlikdagi yillik rejasi bir nechta chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Bu rejaning yutuqlaridan biri boʻlib maktabgacha taʼlim uchun kompetentli-yoʻnaltirilgan “Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturining ishlab chiqilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga qoʻyiladigan Davlat talablarining yangilanishi hisoblanadi. Davlatning bu ikki hujjati maktabgacha taʼlim sohasidagi boshqaruvchilar, maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglar turli xildagi MTT larda taʼlim oluvchi har bir bolaning yuqori sifatli taʼlim olishini taʼminlash maqsadlarida yoʻriqnoma sifatida foydalanadigan asosiy hujjatlar boʻlib hisoblanadi. Davlat dasturi sifatida Ilk qadam dasturining alohida muhimligi shundan iboratki, bunda u oʻz ichiga oʻqitishning pedagogik maqsadlarini oladi, kun davomida bolaning taʼlim olishi tuzilmasini taʼminlaydi, shuningdek, pedagoglar bola rivojlanishining qaysi eng muhim jihatlariga oʻz diqqatlarini jamlashlari lozimligi tushunilishini taʼminlaydi. Davlat dasturi boʻlish bilan birga Ilk Qadam dasturi butun maktabgacha taʼlim tizimini toʻliq qamrab oladigan va uni tartibga soladigan “yomgʻirpoʻsh” sifatidagi taraqqiyparvar hujjat boʻlib sanaladi. Mana shu bilan Ilk Qadam dasturi turli xil bolalar guruhlariga har xil provayderlar tomonidan taqdim etiladigan maktabgacha taʼlimning bir xil sifatini taʼminlashga moʻljallangandir. Dastur pedagoglarga bolalar uchun ragʻbatlantiruvchi oʻqitish muhitini qanday qilib yaratish va bunga ota-onalarni ham qay yoʻl bilan jalb qilishni tushunish va bilib olishga yordam beradi. Maktabgacha taʼlim muassasasi (MTT)ning davlat oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablariga mos holda ishlab chiqilgan meʼyoriy-huquqiy hujjat boʻlib, unda maktabgacha taʼlim muassasasining maqsadlari va vazifalari, oʻquv-tarbiyaviy ishlarning asosiy gʻoyalari aks etgan, shu jumladan, taʼlimning keyingi bosqichiga oʻtishda bolaning asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. Davlat taʼlim dasturi Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi taʼlim muassasalarida qoʻllash uchun majburiydir: davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari; maktabgacha taʼlim sohasida xizmatlarni koʻrsatadigan nodavlat taʼlim tashkilotlari: maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlariga ega boʻlgan “Mehribonlik” bolalar uylari; maktabgacha va boshlangʻich taʼlimni tartibga soluvchi boshqaruv organlari.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Byudjetdan ajratilgan mablag'lar haqida ma'lumot

2021 yilning I choragida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligiga byudjetdan ajratilgan mablag'larning chegaralangan miqdorining o'z tasarrufidagi byudjet tashkilotlari kesimida taqsimoti to'g'risida. I-Kvartal Balans-1-chorak-1 2-shakl debitor Kreditor

Вид сайта
Размер шрифта