Xalqaro hamkorlik
Maktabgacha ta'lim agentligi
JSSTning ekspertlar guruhi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistonda reabilitatsiyani kuchaytirish bo‘yicha ekspert missiyasining ekspertlar guruhi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov imkoniyati cheklangan bolalarning maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ko'p tarmoqli kompleks yondashuv amalga oshirilmoqda, bunda alohida ta'limga muhtoj bolalarga maktabgacha ta'lim bilan birgalikda yuqori sifatli reabilitatsiya yordami ko'rsatiladi. Bu esa bolalikdan nogironlikning oldini olish va kamaytirishga yordam beradi. Shu bilan birga bolalarning ijtimoiy moslashuvi, nogiron bolalarning har tomonlama hayotiy faoliyati va jamiyat hayotiga faol jalb etilishini ta'minlanadi.   Uchrashuvda maktabgacha yoshdagi bolalarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha mavjud vaziyatning ustuvor masalalari muhokama qilinib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari bilan o‘zaro hamkorlik qilish belgilab olindi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
“Kichik bolalarni taʼlim va tarbiyalash boʻyicha II-Jahon konferensiyasi”ga bagʻishlangan rasmiy ziyofat tashkil etildi

Maktabgacha taʼlim vaziri boshchiligidagi delegatsiya taʼlimni oʻzgartirish boʻyicha boʻlib oʻtayotgan dastlabki Sammit doirasida YUNESKO tomonidan “14-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan «Kichik bolalarni taʼlim va tarbiyalash boʻyicha II-Jahon konferensiyasi”ga bagʻishlangan rasmiy ziyofat tashkil etildi. Unda YUNESKO bosh direktori oʻrinbosari Stefani Janinni, “Lego foundation” jamgʻarmasi direktori Ann-Birgitte Albreksen, xalqaro tashkilotlar vakillari, 35 nafardan ortiq YUNESKOga aʼzo davlatlarning taʼlim vazirlari ishtirok etdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin, shuningdek, bosh boshqarma boshligʻi Shahnoza Mirziyoyeva ishtirokchilarga xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik koʻrilayotgani haqida maʼlumot berib, barchani Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan anjumanda bevosita ishtirok etishga taklif qildi. YUNESKOga aʼzo davlatlar vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy oʻzgarishlarni yuqori baholadi va boʻlajak konferensiyada oʻz delegatsiyalarining ishtirok etishiga qiziqish bildirdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Jahon bankining Oʻzbekistondagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida treninglar boshlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan joriy yilning 4 oktabridan 29 oktabriga qadar Jahon banki bilan hamkorlikdagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tizimida bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvini joriy etish” dasturiga binoan treninglar boshlandi. Treninglarning maqsadi - xalqaro eng yaxshi amaliyotlarga, shuningdek, faol va interfaol taʼlim metodologiyasiga mos keladigan bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvini ilmiy jihatdan sogʻlom yoʻnalishlari va amalda joriy etilishi bilan tanishtirishdan iborat. Bundan tashqari, mazkur treningdan koʻzlangan asosiy maqsad maktabgacha taʼlim tashkilotlarining taʼlim-tarbiya jarayoniga ushbu yondashuvni joriy etish maqsadida milliy master-trenerlar tayyorlashning birinchi bosqichini oʻtkazishdan iborat. Treninglar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlardagi  boshqarmalar metodistlari, kollej oʻqituvchilari, maktabgacha taʼlim tizimi mutaxassislariga moʻljallangan. Treninglarda pedagoglarga bir-biridan oʻrganish imkoniyatini beruvchi kollegial taʼlim elementi mavjud boʻlib, mazkur treninglar milliy master-trenerlarni tayyorlashda birinchi bosqich hisoblanadi. Ikkinchi bosqich murabbiylik mahoratini oʻrgatishni oʻz ichiga oladi. Jahon bankining xalqaro konsultanti Zulfiya Veysova koʻmagida kelajakda maktabgacha taʼlim tashkilotlari metodistlari va tarbiyachilariga kaskad usuli yordamida bevosita joylarda trening oʻtkazadigan 100 nafar master-trenerlarning tayyorlanishi loyiha doirasida rejalashtirilgan. Ushbu treninglar bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini inobatga oluvchi bolaning shaxsiyatiga yoʻnaltirilgan turli yondashuvlarni tarbiyachilar tomonidan amaliy faoliyatda qoʻllanilanilishi boʻyicha pedagoglarning kasbiy mahoratini, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonining sifatini oshirishga imkon beradi va bu esa bolalarni maktab hayotiga toʻsiqlarsiz oʻtishi va moslashishiga koʻmaklashadi. “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasining “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tizimida bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvini joriy etish” dasturining 1-moduliga binoan, joriy yilning 4 oktabridan 29 oktabriga qadar, 100 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlari metodistlari va tarbiyachilarini kaskad usulida bevosita joylarda trening oʻtkazadigan master-trenerlar sifatida tayyorlanib, keyinchalik ushbu 100 nafar master-trenerlar yordamida 2024 yilning yakuniga qadar hududlar miqyosida jami 14 000 nafar maktabgacha taʼlim mutaxassislarini oʻqitish rejalashtirilgan. Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Farg‘ona viloyati Rishton tumanida Tojikiston Respublikasi tomonidan "Kapalak" nomli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilib foydalanishga topshirildi.

Azal-azaldan o‘zbek va tojik xalqlarini umumiy tarix, madaniyat va ma’naviy qadriyatlar, o‘zaro hurmat hamda yaxshi qo‘shnichilikning ko‘p asrlik an’analari birlashtirib turadi. Bu yaqinlik O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar uchun mustahkam zamin, asosiy tamoyil bo‘lib xizmat qiladi. Bugun Tojikiston Respublikasi tomonidan Farg‘ona viloyati Rishton tumanida qurilgan  "Kapalak'' nomli 200 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim tashkilotining  ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Imomzoda Mahmadyusuf qatnashishdi. Ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishi, farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya olishini istagan ota-onalar uchun ayni muddao bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Puchon universitetining ilk bitiruvchilariga diplom topshirildi

2021yil 27 avgust kuni Toshkent shahridagi Puchon universiteti o‘zining ilk bitiruvchilariga bakalavr darajasidagi diplomni o‘z egalariga topshirdi.Bitiruvchilar O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat deb tan olingan, belgilangan namunaviy Koreya Respublikasi Puchon universiteti, shuningdek Toshkent shahridagi Puchon universiteti diplomlarini oldilar.Ma’lumot uchun: Toshkent shahridagi Puchon universiteti 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 iyuldagi 3821-sonli Farmoniga asosan tashkil yetilgan. Universitetda o‘qitish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi: 1. Maktabgacha ta’lim-kunduzgi bo‘limi. 2. Maktabgacha ta’lim-kechki bo‘limi. 3. Koreys tili va menejmenti. 4. Arxitektura. Ta’lim muassasadagi o‘quv jarayoni universitetning Koreya Respublikasi Puchon universitetining professorlari, hamda O‘zbekistondagi yetakchi pedagoglar tomonidan olib boriladi. 2021 yilda universitetni 393 nafar bitiruvchi bitirmoqda, shu jumladan: Maktabgacha ta’lim fakulteti (kunduzgi bo‘lim) – 193; Maktabgacha ta’lim fakulteti (kechki bo‘lim) – 172; Koreys Tili va menejmenti fakulteti-28. Shuningdek, Koreys tili va menejment fakulteti «2+2» tizimi bo‘yicha ta’lim olgan talabalar Associate Bachelor degree diplomlarini oladilar. Dastlabki ikki yil davomida talabalar Toshkentdagi Puchon universitetida tahsil olib, Associate Bachelor degree darajasini oladilar. Shundan so‘ng talabalarga Koreyadagi Puchon universitetida o‘qishni davom ettirish yoki Toshkentda o‘qishni yakunlash imkoniyati beriladi. Associate Bachelor degree darajasining asosiy afzalligi bu daraja olgan talabaga keyingi ta’limni tanlash imkonini beradi. Talaba Associate Bachelor degree darajasiga erishish uchun o‘qishni davom ettirishi yoki bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan sohada ish boshlashi mumkin. Masalan, Aqsh, Kanada, Avstraliya va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda Associate Bachelor degree darajasiga ega bo‘lgan yoshlar o‘z sohasida professional muvaffaqiyatlarga erishib, mehnat qila boshlaydilar va rivojlana boshlaydilar. 2021 yilda Bu yo‘nalishda 90 nafar talaba o‘qishni tamomlaydi, ulardan 23 nafari Koreyada o‘qishni davom ettiradi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Shin Agrippina Vasilevna, vazir o‘rinbosari Begimkulov Uzoqboy Shoimqulovich va A. I. Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika universitetining Toshkentdagi filiali rektori Vasiliy Aleksandrovich Popov, hamda filial ijrochi direktori Qaxramon Tanzilovich Olimov, shuningdek talabalar va ota-onalar qatnashishdi. O‘z nutqida, “Avvalo, sizlardan "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi bo'yicha diplom olganlarga murojaat qilmoqchiman, aynan siz O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim darajasini oshirish bo'yicha asosiy vazifani hal qilishingiz kerak bo'ladi.”-dedi vazir Shin Agrippina Vasilevna. Tadbirga kelgan mehmonlar tomonidan bitiruvchilarga tantanali ravishda diplom topshirilib, ularning kelgusi faoliyatiga omadlar tilandi. Talabalarning yorqin chiqishlari davraga o‘zgacha fayz ulashdi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Uzoq muddatli statsionar davolanishda bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha ta'lim olishning haqiqiy imkoniyatlari" mavzusida uchrashuv

Joriy yilning 16-avgust kuni Maktabgacha ta'lim vazirligida "Zamin" xalqaro jamg'armasi bilan hamkorlik memorandumi doirasida maktabgacha ta'lim va xalq ta'limi mutaxassislari o'rtasida Dmitriy Rogachev nomli Rossiya Sog'liqni saqlash vazirligining bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va immunologiyasi ilmiy-tadqiqot markazining bolalarni statsionar tibbiy muassasalarda o'qitish bo'yicha vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Rossiyadagi shifoxona maktablarining "Biz bilamiz" deb nomlangan federal loyihasi rahbari Sergey Sharikov shifoxona pedagogikasi bo'yicha o'z tajribasi bilan o'rtoqlashdi. Hozirgi vaqtda ta'limning bunday modeli O'zbekistonda ilgari tatbiq etilmagan. Shu maqsadda Maktabgacha ta'lim vazirligi va Xalqaro Zamin jamg'armasi, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Rossiya Federatsiyasi bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va immunologiyasi bo'yicha Dmitriy Rogachev nomidagi Milliy tibbiyot ilmiy markazi bilan birgalikda davolash va profilaktika tadbirlarini bolalar uchun ta'lim xizmatlari bilan birlashtiradigan shuningdek, ularning ota-onalariga psixologik va pedagogik yordam ko'rsatadigan loyihani amalga oshirish xususida suhbat olib borildi. Uchrashuv davomida Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shinning ta'kidlashicha, ushbu loyihaning O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilishi uzoq muddatli davolanayotgan saraton kasalligiga chalingan bolalarga o'quv dasturini boshqa tengdoshlaridan qolishmasdan o'zlashtirishga va keyingi bosqichlarda o'qishni davom ettirishga imkon beradi. S.V. Sharikovning ta'kidlashicha, O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi hamkorlik bemor bolalarni qo'llab-quvvatlashga imkon beradi, ular uchun ijobiy energiya va ishtiyoqni olish eng muhimdir, chunki onkologiya - bu hukm emas, bolalarga yashash va kasallik bilan kurashish uchun maqsad kerak. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, O'zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda "Mercy Corps" xalqaro nodavlat tashkilotining O'zbekistondagi filiali o'rtasida o'zaro memorandum imzolandi.

Mercy Corps maktabga talim vazirligi bilan hamkorlikda davlat maktabaga ta'lim muassasasida, tarbiyalanuvchining sog'ligini oshirish ishi boradi. Shu bilan birga, hamkorlik doirasida infratuzilmasini takomillashtirishga talab qilingan 410 davlat plagin ta'lim muassasalari tanlovi natijasi. Makgovern-doul xalq ta'limi uchun oziq-ovoz dasturi doirasida Mercy Corps qo'shimcha 35 ta davlat maktabgacha ta'lim muassasasida oshxona, suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun "ACTED" (texnik hamkorlik va taraqqiyot agenti) bilan hamkorlik qilish qabul qildi.Mazkur dastur AQSh qishloq xo'jaligi vazirliga (USDA) tomonidan moliyalashadi. "O'zbekiston futboliga ta'lim berishda juda yaxshi kelishuvga erishishdi, shuning uchun ham biz siz bilan hamkorlikni, yoMni inson kapitali, bolajonlarga sarmoyalash masalasini o'z oldimizga qo'ydik" - deydi, AQShning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Doniyor Rosenblum.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri hamda AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi va “Mehribonlik korpusi” (“Mercy Corps”) tashkiloti vakillari bilan uchrashuvi, “Xavfsizlik uchun oziq-ovqat” dasturini amalga oshirish boʻyicha “Mercy Corps” xalqaro notijorat tashkiloti bilan Memorandum imzolanish marosimi toʻgʻrisida

Joriy yilning 27-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda “Mercy Corps” xalqaro nodavlat tashkilotining Oʻzbekistondagi filiali oʻrtasida oʻzaro MEMORANDUM imzolandi. Mazkur memorandum doirasida Oʻzbekistonda MakGovern-Doul xalqaro taʼlim uchun oziq-ovqat dasturi (keyingi oʻrinlarda - Loyiha)ni amalga oshirish doirasida maktabgacha taʼlim tizimida bolalar ovqatlanishi sohasida hamkorlik qilish yuzasidan oʻzaro fikr hamda kelishuvlar almashinuvi tashkil etildi.Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga asoslanadi va muvofiqlashtiriladi. Maʼlumot oʻrnida shuni aytish joizki, Memorandum Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi 4887-sonli “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga va 2019-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan.Maʼlumki, Maktabgacha taʼlim vazirligining asosiy vazifalaridan biri, sohada yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iboratdir. Mercy Corps Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda davlat maktabagacha taʼlim tashkilotlaridagi, tarbiyalanuvchilarning sogʻlom ovqatlanish sharoitlarini yaxshilash boʻyicha ish olib boradi. Shuningdek, AQSH Qishloq xoʻjaligi vazirligi (USDA) tomonidan moliyalashtiriladigan va Mercy Corps amalga oshiradigan ushbu loyiha mahalliy, mintaqaviy va milliy darajadagi turli hamkorlar tomonidan tarbiyalanuvchilarning sogʻlom ovqatlanishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida mavjud hukumat va rivojlanish boʻyicha hamkorlarning tashabbuslariga mos hamda ularga asoslangan holda muvofiqlashtirilganligi bilan ajralib turdi.Tadbir davomida loyihaning umumiy qiymati 21 mln. 705 ming (yigirma bir million yetti yuz besh ming) AQSH dollarini tashkil qilishi, hamda mazkur raqamlar tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida AQSH Qishloq xoʻjaligi vazirligi (USDA) tomonidan tasdiqlangan holda oʻzgartirilishi mumkinligi xususida soʻz yuritildi.Loyihani amalga oshirishda Tomonlar toʻgʻridan-toʻgʻri, vakolatli hamkorlari va vakillari tomonlar kelishuviga koʻra ishtirok etishlari mumkin. Oshxona, suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi infratuzilmasini takomillashtirishiga talab boʻlgan 410 davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari MTV tomonidan tanlab olinadi. MakGovern-Doul xalqaro Taʼlim uchun oziq-ovqat dasturi doirasida Mercy Corps qoʻshimcha 35 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oshxona, suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi infratuzilmasini takomillashtirishni amalga oshirish boʻyicha “ACTED” (Texnik hamkorlik va taraqqiyot agentligi) bilan hamkorlik qiladi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan ushbu 35 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tanlab olinadi. Memorandumda Mercy Corps va “ACTED” oʻrtasida oʻzaro imzolangan grant shartnoma loyihaning ajralmas qismi hisoblanishi taʼkidlandi. Tadbir soʻngida Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar tegishli mutasaddilardan oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin hamda Yunesko Bosh direktorining ta’lim bo’yicha o’rinbosari Stefaniya Djannini bilan uchrashdi va ta’lim sohasidagi masalalarni muhokama qildi.

Uchrashuv doirasida maktabgacha ta’lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirish va erishilgan ilg’or natijalar, shuningdek kelgusi yillarda maktabgacha ta’lim sohasida rivojlanishning istiqbolli yo’nalishlari bo’yicha masalalar muhokama qilindi. “Maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim va tarbiya berish davlatning ustuvor yoʼnalishlaridan biridir. Oʼzbekiston barqaror rivojlanish maqsadlarining 4.2 bandiga muvofiq 2030-yilga kelib barcha oʼgʼil-qizlar boshlangʼich taʼlimga tayyor boʼlishlari uchun yosh bolalarni rivojlantirish, parvarishlash va maktabgacha taʼlim olish uchun sifatli tizimlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʼlishlarini taʼminlash borasida ijobiy natijalarga erishdik. Respublika boʼyicha maktabgacha taʼlimga qamrab olish koʼrsatkichlari 2017 yili 27% dan 2021 yilga kelib 62% gacha oshishi natijasida, bugungi kunga kelib 1,7 mln. dan ortiq maktabgacha yoshdagi bolalar maktabgacha taʼlim olish imkoniyatiga ega boʼldilar, qolaversa Oʼzbekistonda 2019 yildan boshlab barcha bolalar uchun boshlangʼich taʼlimda teng imkoniyatlar yaratish maqsadida maktabga borishdan bir yil oldin majburiy maktabgacha taʼlim tizimi joriy etildi. Bugungi kunda 6-7 yoshli maktabga chiqish yoshidagi bolalarning 77 %i maktabgacha taʼlim tizimiga qamrab olindi, 2025 yilga borib ularning barchasini bir yillik majburiy bepul taʼlim tizimiga qamrab olinishi rejalashtirilganmiz” deya ta’kidladi, Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin. “O’zbekiston qisqa muddat ichida bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olish darajasini deyarli 2,5 barobarga oshirishi, bir yillik majburiy ta’limga qamrab olish esa 77% ga yetgani, “Ilk Qadam” davlat o’quv dasturi va pedagoglarni malakasini oshirish bo’yicha qilingan ishlar tahsinga sazovordir. Bugungi kunda O'zbekiston maktabgacha ta'lim bo'yicha etakchi o'rinni egallab kelmoqda va men bu sohada sizlarni Chempion deb bemalol ayta olaman”-dedi Yunesko Bosh direktorining ta’lim bo’yicha o’rinbosari Stefaniya Djannini.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“А.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti”ning Toshkent shahridagi filialida kirish imtihonlari boshlandi

А.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universitetining Toshkent shahridagi filialida kirish sinovlari boshlandi. Sinovlar onlayn tarzda belgilangan grafik asosida oʼtkazilmoqda. Dastlabki sinovlar Toshkent shahridagi Puchon universiteti bazasida oʼtkazildi. Viloyatlardagi universitetlar bazasida sinovlar oʼtkazilishi uchun alohida jihozlangan xonalar tayyorlangan. Аbiturientlar tanlagan yoʼnalishlari boʼyicha kirish sinovlarining birinchi bosqichidan oʼtmoqdalar.  Eslatib oʼtamiz, filialga belgilangan 8 ta taʼlim yoʼnalishi boʼyicha abiturientlardan hujjatlar qabuli davom etmoqda. Batafsil maʼlumotlarni saytimizdan olishingiz mumkin.  https://www.herzen.uz/  https://t.me/herzenuz Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim sohasida Yuneskoning hamkorligi

Joriy yilning 15-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin hamda Yunesko Bosh direktorining ta'lim bo'yicha o'rinbosari Stefaniya Djannini bilan uchrashdi va ta'lim sohasidagi masalalarni muhokama qildi. Uchrashuv doirasida maktabgacha ta'lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirish va erishilgan ilg'or natijalar, shuningdek kelgusi yillarda maktabgacha ta'lim sohasida rivojlanishning istiqbolli yo'nalishlari bo'yicha masalalar muhokama qilindi. “Maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim va tarbiya berish davlatning ustuvor yoʼnalishlaridan biridir. Oʼzbekiston barqaror rivojlanish maqsadlarining 4.2 bandiga muvofiq 2030-yilga kelib barcha oʼgʼil-qizlar boshlangʼich taʼlimga tayyor boʼlishlari uchun yosh bolalarni rivojlantirish, parvarishlash va maktabgacha taʼlim olish uchun sifatli tizimlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʼlishlarini taʼminlash borasida ijobiy natijalarga erishdik. Respublika boʼyicha maktabgacha taʼlimga qamrab olish koʼrsatkichlari 2017 yili 27% dan 2021 yilga kelib 62% gacha oshishi natijasida, bugungi kunga kelib 1,7 mln. dan ortiq maktabgacha yoshdagi bolalar maktabgacha taʼlim olish imkoniyatiga ega boʼldilar, qolaversa Oʼzbekistonda 2019 yildan boshlab barcha bolalar uchun boshlangʼich taʼlimda teng imkoniyatlar yaratish maqsadida maktabga borishdan bir yil oldin majburiy maktabgacha taʼlim tizimi joriy etildi. Bugungi kunda maktabga chiqish yoshidagi bolalarning 77 %i maktabgacha taʼlim tizimiga qamrab olindi, 2025 yilga borib ularning barchasini bir yillik majburiy bepul taʼlim tizimiga qamrab olinishi rejalashtirilganmiz” deya ta’kidladi, Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin .  “O’zbekiston qisqa muddat ichida bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olish darajasini deyarli 2,5 barobarga oshirishi, bir yillik majburiy ta’limga qamrab olish esa 77% ga yetgani, “Ilk Qadam” davlat o’quv dasturi va pedagoglarni malakasini oshirish bo’yicha qilingan ishlar tahsinga sazovordir”-dedi Yunesko Bosh direktorining ta'lim bo'yicha o'rinbosari Stefaniya Djannini. Uchrashuv jarayonida 2022 yilning kuzida Toshkent shahrida ilk yoshdagi bolalarga tarbiya va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi. Eslatib o‘tamiz, 2010 yil 27-29 sentyabr kunlari Moskvada Yuneskoning Birinchi ilk yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish va ta’limi bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi bo‘lib o‘tgan, unda, uch kun davomida konferensiya ishtirokchilari butun dunyo bo‘ylab bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning dolzarb masalalarini muhokama qilishgan. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
O'zbekistonda ilk marotaba "kelajakka yashil qadam" nomli xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlangan maktabgacha yoshdagi bolalar o'rtasida velosiped marafoni o'tkazildi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi, turizm va sport vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Velosport federasiyasi hamda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) o'rtasida imzolangan Memorandum doirasida zamonaviy begovel (pedalsiz velosiped)lar Toshkent shahridagi 13 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlariga tajriba sifatida berildi. Pedalsiz velosipedning asosiy afzalligi shundaki, yosh bolalar uchun muvozanat saqlashni o'rganish osonroq bo'ladi, bu esa oddiy velosipedni haydashga o'tishni osonlashtiradi. 2021 yil 1-iyunda Toshkent shahridagi Eko-bog' hududida, "kelajakka yashil qadam" shiori ostida 6 yoshgacha bo'lgan maktabgacha yoshdagi bolalar o'rtasida 1-velosiped marafoni tashkil etilib, unda 65 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari hamda velosport bo'yicha O'zbekiston sportchilari ishtirok etdilar, ular bolalarga yo'ldan o'tishda yordam ko'rsatdilar. Ekologik va jismoniy madaniyatni tarbiyalash va bolalar va yoshlarni sportga ommaviy ravishda jalb qilish masalalari doimo O'zbekiston Respublikasi hukumatining diqqat markazida bo'lib kelmoqda.Bolalar velosiped marafonining asosiy maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil transportdan foydalanish sohasida barqaror ko'nikmalarni shakllantirish, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar o'rtasida velosiped sportini ommalashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish hamda madaniyatni shakllantirish, yo'llardan kesib o'tishda bolalardagi o'zini tutish va yo'l harakati qoidalariga rioya qilishni shakllantirishdan iboratdir. Bu kabi – bolalar velosiped marafoni O'zbekistonda va Markaziy Osiyoda birinchi marta o'tkazildi. O'zbekistonning Velosport federasiyasi tashabbusi bilan kelgusida respublikaning barcha hududlaridagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari balansini velosipedlar bilan bosqichma-bosqich ta'minlash ishlari olib boriladi va jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug'ullanish uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.Velomarafonda ishtirok etayotgan bolalar medallar, esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar va ular uchun bolalarning ko'ngilochar dasturi tashkil etildi, ular san'atkorlar bilan birgalikda turli musobaqalar va o'yinlarda qatnashdilar. Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda davlat tashqi qarzi hisobidan barpo etilishi rejalashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari

Hukumat qaroriga muvofiq (PQ-4883, 6-noyabr, 2020 yil) Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga Islom taraqqiyot banki (ITB), Kuvayt arab iqtisodiy jamgʼarmasi mablagʼlarini jalb qilish vazifasi yuklatilgan. Oʼzbekistonda maktabgacha taʼlim sohasida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun rivojlanish (KFAED) va OPEK Xalqaro taraqqiyot jamgʼarmasi (OPEK jamgʼarmasi) ushbu loyihalarni tashqi davlat qarzi hisobidan 70 million AQSh dollari miqdorida amalga oshirish rejalashtirilgan, shundan30 millioni ITBga, 20 millioni - KFAED va 20 millioni - OPEK jamgʼarmasiga toʼgʼri keladi. Ushbu qarz mablagʼlari hisobiga respublika boʼylab davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonini koʼpaytirish rejalashtirilgan. Shunday qilib, mamlakatimizda umumiy quvvati 28,5 ming oʼrindan ortiq boʼlgan 250 dan ortiq nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari quriladi. Hozirda loyihalashdan oldingi hujjatlar ITB, KFAED va OPEK jamgʼarmasi tomonidan koʼrib chiqilmoqda. Ushbu loyihalar chet el tomonidan maʼqullanishi bilanoq, ikki tomonlama Kredit shartnomalari imzolanishi va moliyalashtirilishi kutilmoqda. Yuqoridagi xalqaro moliya institutlari bilan ishlash Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda muvofiqlashtiriladi va amalga oshiriladi. Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi va Jahon banki Oʻzbekistondagi maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga oʻyin metodlari orqali taʼlim berishni qoʻllab-quvvatlaydi.

Oʻzbekiston hukumatining ustuvor vazifalaridan biri butun Oʻzbekistonda bolalarning maktabgacha taʼlim olish imkoniyatlarini takomillashtirish va shunday taʼlimning sifatini oshirishdan iborat. Jahon banki Maktabgacha taʼlim vazirligi (MTV) bilan hamkorlikda ushbu maqsadga erishish hamda 3-7 yoshli bolalarga maktabgacha taʼlim xizmatlaridan samarali foydalanish imkonini taqdim etishga qaratilgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlaydi. 2019-yilning may oyida Jahon banki Oʻzbekiston hukumatiga mamlakatda maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan loyihani amalga oshirishga yordam berish maqsadida 74 mln AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratdi. Bundan tashqari, mazkur loyiha maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilarini turli pedagogik metodikalar boʻyicha oʻqitishni moliyalashtirishni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, butun mamlakat boʻylab 1 milliondan ortiq oʻgʻil va qiz bolalar qatnaydigan davlat maktabgacha taʼlim muassasalari zamonaviy, bolalar uchun maxsus moʻljallangan jihoz va mebel, oʻquv-metodik materiallar, oʻyinlar, oʻyin hududlari, va kompyuterlarga ega boʻladilar. MTV maktabgacha taʼlim muassasalari va uyda taʼlim berish amaliyotiga oʻqitishni oʻyin vositalari bilan integratsiyalashga koʻmaklashuvchi tashabbusni joriy etmoqda. Jahon banki tomonidan boshqariluvchi, koʻplab donorlar ishtirokidagi “Ilk yoshdagi bolalarni oʻqitish boʻyicha hamkorlik” trast jamgʻarmasi tomonidan taqdim etilgan 155 ming AQSH dollari miqdoridagi grant mazkur tashabbusni amalga oshirishga koʻmaklashadi. Ushbu tashabbus, shuningdek, bolalarning maktabga tayyorlik darajasini oshirish maqsadida yuqorida nomi keltirilgan loyihani yanada toʻldirishga qaratilgan. “Oʻqitishning oʻyinga asoslangan innovatsion yondashuvlari” tashabbusi bolalarga oʻyin vositasida taʼlim berish imkonini taqdim etish orqali butun mamlakatdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi taʼlim sifatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Oʻyin jarayonida oʻqitish bolalardagi mavjud qobiliyatni toʻlaqonli ochib beradi, shuningdek, ularni butun hayoti davomida oʻqishga, hamkorlik qila olishga, muammolarni hal qilishga oʻrgatish bilan bir qatorda ijodiy fikrlovchi va eʼtiborli yetakchi boʻlib yetishishlariga zamin yaratadi. Bu esa ularni bugungi oʻzgaruvchan zamonda muvaffaqiyat yoʻlidan borishlariga koʻmaklashadi», – dedi maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin xonim. Taqdim etilgan grant interaktiv vositalarni ishlab chiqishni moliyalashtiradi. Ushbu vositalardan maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilari ham, ota-onalar ham birday foydalana oladilar. Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oʻyinga asoslangan taʼlim resurslari va tarbiyachilarning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kursi ishlab chiqiladi hamda ular alohida ishlab chiqilgan mobil dasturiy taʼminot vositasida joriy etiladi. Dastur auditoriyada oʻqitishning oʻyinga asoslangan metodlaridan foydalanish boʻyicha tarbiyachilar malakasini oshirishga moʻljallangan interaktiv videomodullarni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, mobil dasturiy taʼminot MTVning ota-onalar bilan hamkorligini mustahkamlashga koʻmaklashadi. Ota-onalarga uyda oʻyin jarayonida taʼlim berishni oʻrgatish boʻyicha seminarda ishtirok etish tavsiya etiladi. Ota-onalar, buvi va buvalar hamda aka-uka va opa-singillar uchun moʻljallangan maxsus materiallardan foydalanish imkoni ham taqdim etiladi. “Jahon banki Oʻzbekiston hukumatining 2017-yildan buyon maktabgacha taʼlim berishni kengaytirish bilan bogʻliq masalalarda erishgan yutuqlarini eʼtirof etadi. Biz MTVni bolalarni maktabga yanada yaxshiroq tayyorlaydigan va ularga, keyinchalik – voyaga yetgach, jamiyatning faol aʼzosi boʻlib yetishishlariga yordam beradigan zarur bilim va koʻnikmalarni oʻrgatish bilan bogʻliq faoliyatida bundan keyin ham qoʻllab quvvatlaymiz”, – dedi Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Marko Mantovanelli.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʼzbekiston bolalari jahon nigohida

Jahon bankining “Yosh bolalarni erta rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi 2019-2024 yillarga moʼljallangan boʼlib, asosiy vazifalari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini zarur mebel, oʼquv materiallari va didaktik materiallar bilan moddiy-texnik uskunalar bilan taʼminlash, taʼlim sifatini yaxshilash uchun zarur mexanizmlar ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro standartlar darajasida pedagoglarni tayyorlash sifatini oshirishdan iboratdir. Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Jahon bankining «Yosh bolalarni erta rivojlantirishni takomillashtirish» loyihasi doirasida 2021 yilning 12-16 aprel kunlari psixologiya fanlari nomzodi, Xalqaro maslahatchi Veisova Zulfiya Аltaevna ishtirokida «Oʼzbekistonda bola uchun maxsus maktabgacha taʼlimni oʼrgatish shakllarini joriy qilish» mavzusida treninglar oʼtkazildi. Shu bilan birga 22 aprel kuni Xalqaro maslahatchi Veisova Zulfiya Аltaevna Maktabgacha taʼlim vazirligiga tashrif buyurib, loyiha doirasida masʼul mutaxassislar bilan uchrashdi. Uchrashuvda kelajakdagi hamkorlik rejalari haqida suhbatlashildi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Finlyandiyalik soha mutaxassislari Navoiyda

Zarafshon shahrida Finlyandiya davlati bilan hamkorlikda "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonida zamonaviy axborot kommunikasion-texnologiyalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish" mavzusida amaliy seminar o'tkazildi. Joriy yilning 10 aprel kuni Zarafshon shahridagi 2-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonida zamonaviy axborot kommunikasion-texnologiyalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish" mavzusida viloyat amaliy seminari o'tkazildi. Amaliy seminarda tuman va shahar maktabgacha ta'lim bo'limi mudirlari hamda Mttlari direktorlari va pedagoglari ishtirok etdilar. Qizg'in va savol-javoblarga boy o'tgan amaliy seminar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, semenarda viloyatimizga tashrif buyurgan Fillyandiyalik ta'lim sohasi vakilari ham ishtirok etib, mamlakatimizda maktabgacha ta'lim sohasida olib borilayotgan ishlarni hamda maktabgacha yoshdagi bolalarga bo'lgan e'tibor va ularga berilayotgan ta'lim-tarbiya jarayonlari bo'yicha ijobiy fikr bildirib, alohida e'tirof etdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Davlat tashqi qarzi hisobidan maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirishda rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar

Hukumat qaroriga (PQ-4883, 6-noyabr, 2020 yil) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga Islom taraqqiyot banki (ITB), Quvayt Arab Iqtisodiyot Jamg‘armasi mablag‘larini jalb qilish evaziga maktabgacha ta’lim sohasida istiqbolli investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun rivojlanish (KFAED) va OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi (OPEK jamg‘armasi) hisobidan amalga oshirish vazifasi yuklatilgan. Ushbu loyihalarni tashqi davlat qarzi hisobidan 70 million AQSH dollari miqdorida amalga oshirish rejalashtirilgan, shundan 30 millioni ITBga, 20 million – KFAED va 20 million – OPEK jamg‘armasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu qarz mablag‘lari hisobiga respublika bo‘ylab davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini ko‘paytirish rejalashtirilgan. Shunday qilib, mamlakatimizda umumiy quvvati 28,5 ming o‘rindan ortiq bo‘lgan 250 dan ortiq nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari quriladi. Hozirda vazirlik ITB, KFAED va OPEK jamg‘armasidan mablag‘ jalb qilish bo‘yicha ish olib bormoqda. Ushbu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda muvofiqlashtiriladi va amalga oshiriladi.

Вид сайта
Размер шрифта