Pedagoglar
Maktabgacha ta'lim agentligi
20-oktabrdan bola parvarishiga doir muhim tavsiyalar taqdim etiladi

Bola kasal boʻlmasligi uchun nimalar qilish kerak? Olti oylik goʻdakka qanday qoʻshimcha ovqatlar bersa boʻladi? Bolaning tishlari chiqayotganda nimalarga eʼtibor qaratish zarur? Jajji oʻgʻil-qizlarning qomati toʻgʻri shakllanishi qanday omillarga bogʻliq? Ularga harf tanitishni qachondan boshlagan maʼqul? Farzandlarimizning immunitetini qanday mustahkamlash mumkin? Har bir ota-ona farzand parvarishida shu kabi minglab savollarga roʻbaroʻ keladi va har biriga toʻgʻri javob topishga harakat qiladi. Ayniqsa, yosh oilalarda bu jarayon bir muncha murakkab kechishi tabiiy. Bunday vaziyatda koʻpincha kattalarning koʻmagiga suyanishimiz bor gap. Boboyu buvilarimizning koʻrsatma va yoʻl-yoʻriqlari, hayotiy tajribasi biz uchun dasturilamal. Ammo bugungi taraqqiyot asrida farzand tarbiyasiga doir har bir vazifa va yumushni ilmiy asoslangan tavsiyalarga muvofiq bajarish maqsadga muvofiq. Buning tibbiy hamda pedagogik jihatdan maqbul metod va texnologiyalari ham ishlab chiqilgan. Ertaga — 20-oktyabrdan boshlab ana shunday tavsiya va maʼlumotlar bilan bepul tanishib borishingiz mumkin. Chunki ushbu sanadan eʼtiboran YUNISEF, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha taʼlim vazirligi hamkorligida yurtimizda “Ota-onalar oyligi” eʼlon qilinmoqda. Mazkur qoʻshma loyiha bolalarning ilk rivojlanish davrida ota-onalarga koʻmaklashishni koʻzda tutadi. U kichkintoylar parvarishiga doir ilmiy-amaliy dalillarga asoslangan muhim maʼlumot hamda tavsiyalarni taqdim etishga qaratilgan.Buning uchun yetakchi mutaxassis va soha ekspertlari bir oy davomida ilk bosqichda bolalarni toʻgʻri parvarishlash hamda ularning sogʻlom rivojlanishini taʼminlashga doir ilgʻor tajribayu maslahatlari bilan oʻrtoqlashadi. Ana shu materiallar salomatlik, toʻgʻri ovqatlanish, immunitet mustahkamlanishi, bolalarda koʻnikmalarni erta shakllantirish, ragʻbatlantirish, himoya va xavfsizlik qoidalari yuzasidan tavsiyalar, foto va videolavhalarni oʻz ichiga olgan. YUNISEF, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha taʼlim vazirligi veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari hamda boshqa media-maydonlar orqali mavzuga oid qiziqarli hayotiy misollar, maqolalar va mahorat darslari aholiga taqdim etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, oylik doirasida mutaxassislar ota-onalar va bola parvarishi bilan shugʻullanuvchilar savollariga teledasturlar orqali ham javob beradilar. — Farzandlar hayotining ilk yillarida ular parvarishiga eʼtiborli boʻlish inson kapitali, sogʻlom jamiyat va kelajakni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi, — deydi YUNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. — Salomatlik, oziqlanish, xavfsizlik va erta taʼlim bilan bogʻliq ilk tadbirlar bolalar rivojlanishining asosidir. Oʻgʻil-qizlarni hayotining dastlabki yillarida ota-onalar va boshqa tarbiyachilar tomonidan toʻgʻri parvarish qilish va qoʻllab-quvvatlash ularning barkamol rivojlanishida hal qiluvchi omillardan biridir. Bu oʻgʻil-qizlarning kelgusi hayotidagi muvaffaqiyatlar uchun ham poydevor boʻladi. Yana bir yangilik: hozirgi kunda YUNISEF, Sogʻliqni saqlash va Maktabgacha taʼlim vazirliklari ota-onalar hamda bola parvarishlovchilarga moʻljallangan innovatsion dastur — “Bebbo” mobil ilovasini yaratish ustida ish olib bormoqda. 7 yoshgacha boʻlgan kichkintoylarni tarbiyalashda asqatadigan mazkur yoʻriqnoma Oʻzbekistonda 2021-yilning noyabr oyida ishga tushiriladi. Maktabgacha taʼlim vazirligiAxborot xizmati.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim vazirligi va Jahon banki hamkorligi doirasida o'tkazilayotgan treninglar davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Jahon bankining “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida 2021-yil 4-oktyabrdan 29-oktyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasidagi maktabgacha taʼlim mutaxassislari uchun treninglar oʻtkazilmoqda. Treninglar MTV hamda Loyihani amalga oshirish guruhi mutaxassislari tomonidan tashkil etilmoqda va xalqaro maslahatchi, psixologiya fanlari nomzodi Zulfiya Veysova ishtirokida oʻtkazilmoqda. Treninglar “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tizimida bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvini joriy etish” mavzusida oʻtkazilmoqda. Toshkent va Sirdaryo viloyatlari maktabgacha taʼlim muassasalarining mutaxassislari uchun treninglar 4-8-oktyabr kunlari Toshkent shahrida oʻtkazildi va unda 19 nafar mutaxassis qatnashdi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining maktabgacha taʼlim mutaxassislari uchun treninglar 11-15-oktyabr kunlari Urganch shahrida oʻtdi. 18-22-oktyabr kunlari treninglar Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida oʻtkaziladi. 25-29-oktyabr kunlari esa treninglar Namangan, Fargʻona va Andijon viloyatlarida oʻtkaziladi. Treninglarda tuman maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktabgacha taʼlim boʻlimlari metodistlari, pedagoglari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining boshqa mutaxassislari ishtirok etadi. Treninglarning asosiy maqsadi — maktabgacha taʼlim pedagoglarning malakasini oshirish hamda bolalarning kelgusida maktab hayotiga silliq oʻtishi va moslashishiga koʻmaklashadigan ularning yoshi va individual xususiyatlarni hisobga oluvchi bolaning shaxsiyatiga yoʻnaltirilgan turli yondashuvlarni maktabgacha taʼlim tashkilotlarining taʼlim-tarbiya jarayonida qoʻllash boʻyicha xalqaro standartlar asosida milliy master-trenerlarni barcha hududlar kesimida tayyorlashdan iborat. Trening davomida olingan bilim va koʻnikmalar mutaxassislar tomonidan bolalar bilan ishlashda amalda qoʻllaniladi. Treninglar pedagoglarga bir-biridan oʻrganish imkoniyatini beruvchi kollegial taʼlim elementini oʻz ichiga oladi. Kelajakda milliy master-trenerlar kaskad usuli yordamida bevosita maktabgacha taʼlim tashkilotlari metodistlari va pedagoglariga taʼlim beradi. 1-modul boʻyicha oʻqitilgan kamida 100 nafar trener milliy master-trenerga aylanadi. 2022-yilning fevral oyida mazkur master-trenerlarni fasilitatsiya va treninglarni oʻtkazish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan 2-modul boʻyicha trening oʻtkazish rejalashtirilgan. Tayyorgarlikdan oʻtgan master-trenerlar loyiha doirasida 2024-yilga qadar boshqa maktabgacha taʼlim mutaxassislariga kaskad usuli yordamida taʼlim beradi. Loyiha doirasida belgilab qoʻyilganidek, 2024-yilga qadar 14,000 nafar maktabgacha taʼlim mutaxassisi maktabgacha taʼlim sohasida bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvi asosida oʻqitiladi. Maʼlumot uchun: Jahon banki loyihasi 2020-2024-yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Asosiy maqsadi — maktabgacha taʼlim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining taʼlim muhiti sifatini yaxshilash (zarur mebellar, oʻquv-uslubiy va didaktik materiallar bilan moddiy-texnik jihozlash), taʼlim-tarbiya jarayonini yanada sifatli rejalashtirish, shuningdek, pedagog kadrlarni xalqaro standartlar darajasida tayyorlash salohiyatini oshirish maqsadida taʼlim sifatini tizimli ravishda oʻlchash uchun zarur mexanizm va vositalarni ishlab chiqishdan iborat.

Maktabgacha ta'lim agentligi
KOICA bilan hamkorlikda o'quv kurslari boshlandi

Joriy yilning 12 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim Vazirligi va KOICA hamkorligida "O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirish va kelgusidagi taraqqiyoti" dasturi doirasida 12-30 iyul kunlariga moʻljallangan "Oʻzbekiston maktabgacha ta’lim tizimi pedagog kadrlarini malakasini oshirish" oʻquv kurslari boshlandi. Mazkur o'quv kurslari 2021-2023 yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo'lib, har 3 yil davomida maktabgacha ta'lim sohasining 20 nafar xodimi dasturda ishtirok etadi. Tadbir doirasida Koreyaning Soonchunhyang Universiteti yetakchi professor-o'qituvchilar ishtirokida ikki va uch haftalik ma'ruzalar va amaliy mashg'ulotlar rejalashtirilgan. Bugungi kunda 120 nafar xodimlardan 21 nafari (4 nafar direktor, 4 nafar metodist, 13 nafar maktabgacha tarbiyachi ) suhbat asosida tanlab olindi. O'quv kursi maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarga yo'naltirilgan yondashuvlarni va o'quv dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan. Epidemiologik vaziyat tufayli o'quv kurslari onlayn tarzda tashkil etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi UP-5198-sonli "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrda PQ-3305-sonli "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida". Institut o'z faoliyatini amalga oshiradi: rahbarlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida va pedagogik zamonaviy pedagogik texnologiyalar va usullardan foydalangan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini yuqori professional darajada hal qilishga qodir bo'lgan maktabgacha ta'lim tizimining kadrlari: maktabgacha ta'lim muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi; ikkalasini ham nazorat qiladi maktabgacha ta'lim muassasalarining sinterlovchi pedagogik xodimlari; maktabgacha ta'lim sohasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi; ushbu sohada zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, ilg'or xorijiy tajribalarni joriy etishga ko'maklashadi. pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga maktabgacha ta'lim; maktabgacha ta'lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni kasbiy tayyorlash amalga oshiriladigan mutaxassisliklar ro'yxatini belgilaydi; davlatning etakchi va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o'tkazishni tashkil etadi maktabgacha ta'lim muassasalari;

Вид сайта
Размер шрифта