Maktabgacha taʼlim sohasi siyosatini shakllantirish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi tomonidan 2022-yil 1-yarim yillik davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan HISOBOT

news-detail

I. AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR BOʻYICHA UMUMIY MAʼLUMOT

I.1. “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosi boʻyicha:

Joriy yilning 1-yarim yilligi davomida 933 ta hujjatlar va 266 ta murojaatlar kelib tushgan. Shulardan 758 ta (528 ta (74 ta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, 37 ta Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, 170 ta Vazirlar Mahkamasi, dan kelgan hujjatlar) hujjat va 230 ta murojaat) sining ijrosi taʼminlangan, 27 ta hujjat va 6 ta murojaat muddati oʻtib ijro etilgan. Qolgan 82 ta hujjatlar nazoratda.

I.2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlisi palatalari va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlarining ijrosi yuzasidan:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2022-yilning yanvar-mart oylarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan yigʻilish va taqdimotlar uchun Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tahliliiy maʼlumotlar tayyorlanib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga 2022-yil 19-yanvardagi 02-02/1-128-sonli xati bilan tegishli tahliliy maʼlumotlar taqdim etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi bilan hamkorlikda 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish ustidan taʼsirchan parlament nazorati yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarning “Umumqamrovli va adolatli sifatli taʼlimni taʼminlash hamda barchaga butun umri davomida taʼlim olish imkoniyatini ragʻbatlantirish” boʻyicha olib borilayotgan ishlar holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Ishchi guruhi tomonidan 2021-yil 14-17-sentyabr kunlari Samarqand viloyati maktabgacha taʼlim sohasi oʻrganildi.

Oʻrganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 24-martdagi 02-02/1-681-sonli xati asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasiga mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan tegishli maʼlumotlar yuborildi.

Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 18-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasining 2020-yil va 2021-yilning oʻtgan davridagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida” SQ-431-IV-qarori qabul qilingan boʻlib, mazkur qaror da Konsepsiyada belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar kelgusidagi vazifalar boʻyicha aniq vazifalar va topshiriqlar belgilandi.

Shuningdek, Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 10-fevraldagi 03-02/1-328-sonli xati asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-apreldagi “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5071-sonli qarori ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda SQ-431-IV-qarorining 2-band, 9-xatboshisi ijrosi yuzasidan tegishli batafsil axborot Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasiga yuborildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2022-yilning yanvar-mart oylarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan yigʻilish va taqdimotlar uchun Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tahliliiy maʼlumotlar tayyorlanib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga 2022-yil 19-yanvardagi 02-02/1-128-sonli xati bilan tegishli tahliliy maʼlumotlar taqdim etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori loyihasi ishlab chiqilib, vazirlikning 2021-yil 6-dekabrdagi 01-02/1-318-sonli xati bilan Vazirlar Mahkamasiga yuborildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022-2026-yillarga moʻljallangan milliy strategiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 15-bandi asosida qayta ishlandi va toʻldirildi. Mazkur toʻldirilgan va qayta ishlangan nusxasi vazirlikning 2022-yil 20-iyundagi 01-02/1-99-sonli xati Vazirlar Mahkamasiga yuborildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining:

2022-yil 25-martdagi 02-PA 2-1445-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazirining joriy yil 26-martdagi 07/1-636-son topshiriqlariga muvofiq YUNESKO bilan hamkorlikda Toshkent shahrida oʻtkaziladigan Xalqaro konferensiyaning amaliy jihatlarini muhokama qilish va Fransiyaning taʼlim sohasidagi ilgʻor tajribasini oʻrganish maqsadida joriy yilning 27-mart – 1-aprel kunlari Maktabgacha taʼlim vazirligi delegatsiyasi Parij shahriga xizmat safariga yuborildi. Xizmat safari yakunlari boʻyicha hisobot Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 4-apreldagi 03-02/1-768-sonli xati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi;

2022-yil 28-apreldagi 02-RA 1-6569-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning joriy yil 21-22-aprel kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida va kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan majlisda berilgan topshiriqlar boʻyicha 35-sonli yigʻilish bayoni” hamda 2022-yil 19-maydagi 02-RA 1-7720-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning joriy yil 12-13-may kunlari Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida va kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan majlisda berilgan topshiriqlar boʻyicha 43-sonli yigʻilish bayoni” topshirigʻi ijrosi yuzasidan Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Nazorat reja ishlab chiqilib, ijrosi yuzasidan tegishli maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (20.05.2022-y.dagi 03-02/1-1324-sonli, 13.06.2022-y.dagi 02-02/2-1337-sonli xatlari) hamda Vazirlar Mahkamasi (16.05.2022y.dagi 03-02/1-1295-sonli xatlari asosida)ga taqdim etildi;

2022-yil 22-apreldagi 02-PA 1-5914-sonli topshirigʻiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim tizimida boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasiga tegishli takliflar vazirlikning 02.06.2022-y.dagi 01-02/1-88-sonli xatiga asosan Moliya vazirligiga yuborildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son farmoni ijrosini taʼminlash, mamlakatda xotin-qizlarning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining joriy yil 14-martdagi 63-sonli buyrugʻi qabul qilindi. Unga koʻra, Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni pullik xizmat koʻrsatish shaklida tashkil etish toʻgʻrisida yoʻriqnoma ishlab chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-fevral “Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 132-sonli qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi 66-sonli qarori ijrosi yuzasidan Maktabgacha taʼlim vazirining joriy yil 14-fevraldagi 21-sonli buyrugʻi qabul qilindi. Unga muvofiq “Hududlarda bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish bosqichlari” ishlab chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarini amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 21-fevraldagi 83-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining joriy yil 2-martdagi 47-sonli buyrugʻi qabul qilindi. Ushbu buyruqqa asosan 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish mexanizmi hamda 2022-2026-yillarda barqaror rivojlanish sohasidagi sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga samarali erishish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha taʼlim va tarbiya hamda umumiy oʻrta taʼlim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaror loyihasi ishlab chiqilib, bu borada Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-maydagi 234-sonli qarori qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarori bilan tasdiqlangan Hududlarda maktabgacha taʼlim xizmatlarini kengaytirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 9-bandida Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini tashkil etish topshirigʻi berilgan.

Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan 2021-2022 (yanvar-fevral) oʻquv yili davomida 2 ta markazda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan zarur xonalar taʼmirlandi, bolalar va pedagoglarga qulayliklar yaratish uchun barcha zarur kommunikatsiyalar ulandi.

Shu bilan birga, markazlarning qonuniy faoliyat yuritishi uchun barcha zarur hujjatlar tartibga keltirilib, pedagoglarga ish haqi toʻlash uchun maxsus hisob raqamlari ochildi.

“Ilk rivojlanish markazi”da bolalar uchun 2 smenada faoliyat yuritadigan jami 80 ta guruh tashkil etilishi, ushbu guruhlarga maktabgacha yoshdagi 1 200 nafar bola qamrab olinishi hamda loyihani amalga oshirish jarayonida bolalar uchun yuqori sifatli mebellar, oʻyinchoqlar, oʻyin maydonchalari va boshqa turli xil jihozlar 2022-yilning iyun-iyul oyiga xarid qilinishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda pedagogika kollejlari binosida taʼmirlash ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda.

Mazkur loyiha Samarqand va Namangan viloyatlaridagi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qamrab olish imkonini berishiga, shuningdek, “Uyga tashrif” dasturini amalga oshirish jarayonida bolalarni taʼlim va salomatligini yaxshilashga xizmat qiladi.

Shuningdek, mazkur qaror bilan tasdiqlangan Hududlarda maktabgacha taʼlim xizmatlarini kengaytirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 2-bandida bolalarni maktabgacha taʼlim xizmati bilan qamrab olish darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlimning muqobil shakllari sifatida 7 ta ISUZU rusumli avtobuslar negizida 42 guruhlarni shakllantirish orqali 672 ta qoʻshimcha oʻrin yaratish topshirigʻi berilgan. Mazkur topshiriq ijrosini sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash maqsadida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyat hokimliklariga “Aqlvoy” bolalar maydonchasi uchun yer ajratish va poydevor quyib berish maqsadida xat yuborildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2022-2026-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-72-son qarori 7-ilovasiga muvofiq Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Islom taraqqiyot banki tomonidan kredit mablagʻlari hisobidan respublikaning barcha hududlarida 200 ga yaqin nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etiladi. Loyihani amalga oshirish uchun umumiy 50 mln. AQSH dollariga teng qarz mablagʻlari jalb etilishi koʻzda tutilgan. Shu munosobat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya hamda Investitsiyalar va Tashqi Savdo vazirligi bilan loyihaning barcha tarkibiy qismlarining (qattiq va yumshoq komponentlar) asosliligi boʻyicha 17-iyun kunida videomuloqot boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida 2022-yilda YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha II-Butunjahon konferensiyasini oʻtkazish boʻyicha tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida”gi 2022-yil 1-martdagi 92-F-sonli farmoyishi qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarorlari ijrosini taʼminlash yuzasidan nazorat reja ishlab chiqilib, ijrosi taʼminlanmoqda.

I.3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaror, farmon va farmoyishlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini oʻrganish boʻyicha:

Bosh boshqarma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ–4312-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasiga muvofiq maktabgacha taʼlim yoshdagi bolalar qamrovining har yilgi maqsadli koʻrsatkichlarining EMIS dasturidagi maʼlumotlar bilan oʻzaro muvofiqligini oʻrganish maqsadida joriy yilning Qashqadaryo (18-22-aprel) va Surxondaryo (11-14-may) viloyatlari faoliyatlari oʻrganildi. Oʻrganish yuzasidan maʼlumotlar vazirlik rahbariyatiga taqdim etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Vahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 132-sonli qarori ijrosi yuzasidan joriy yilning 18-22-aprel kunlari Andijon va Namangan 11-14-may kunlari viloyatlari oʻrganildi. Oʻrganish yuzasidan maʼlumotnoma vazirlik rahbariyatiga taqdim etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 319-son “Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan ilk bor tarbiyalanuvchilar qabul qilayotgan yangi qurilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tegishli mikrohududlarda yashovchi bolalarni ustunlik huquqi bilan qabul qilish holati Jizzax, Surxondaryo, Buxoro,Toshkent, Namangan viloyatlari misolida oʻrganildi. Oʻrganish yuzasidan tegishli maʼlumotlar vazirlik rahbariyatiga taqdim etildi.

Bugungi kunda respublika boʻyicha jami 28 012 ta, jumladan 6 412 ta davlat, 21 600 ta nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasining 38-maqsadi “Maktabgacha taʼlimdagi qamrov darajasini oshirish 62 foizdan kamida 80 foizga yetkazish” boʻyicha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida toʻliq kunlik, qisqa muddatli va majburiy bepul tayyorlov guruhlarini tashkil qilish rejalashtirilgan boʻlib, 3-7 yoshli bolalarning umumiy soni 2 820 161 nafar tashkil etadi va respublika boʻyicha umumiy qamrov 69,4 foizdan iborat. Bugungi kunda respublikada jami - 588 695 nafari 6 yoshli bolalar (84 foiz) maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrab olingan boʻlib ularning:

162 208 nafari - majburiy bepul bir yillik boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlariga;

357 699 nafari - toʻliq kunlik tayyorlov guruhlariga;

68 788 nafari - qisqa muddatli tayyorlov guruhlariga qamrab olindi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun bepul maktabgacha taʼlimning muqobil turlari joriy etildi. Jumladan:

“Aqlvoy” loyihasi doirasida respublikadagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan hamda qamrov koʻrsatkichlari past boʻlgan 142 ta MFYda 7 mingga yaqin bolalarni qamrab oladigan qayta jihozlangan 65 ta avtobuslar negizida 387 ta mobil guruhlar shakllantirildi.

BMTning Xalqaro bolalar fondi YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda tajriba-sinov tariqasida Namangan va Xorazm viloyatlarida 8 ta maktabgacha taʼlimning “Turli xil yoshdagi maktabgacha taʼlim guruhlari” (oʻyin guruhlari) muqobil shakli joriy etilib, jami 400 nafar bola qamrab olindi.

I.4.Huquqiy-meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha:

Erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va taʼlim berish boʻyicha Butunjahon konferensiyasini tashkil etish boʻyicha “YUNESKO bilan qabul qiluvchi davlat oʻrtasidagi kelishuv” loyihasi imzolash uchun oʻrnatilgan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralarga taqdim etildi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi ning takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi.

“Maktabgacha taʼlim tizimida ekologik taʼlim va tarbiya” variativ dasturi ishlab chiqilib, joriy yilning 16-iyun kuni Toshkent shahridagi Yapon bogʻida “Maktabgacha taʼlim tizimida ekologik taʼlim va tarbiya” variativ dasturi boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.

Maktabgacha taʼlim vazirligi 2017-2021-yillarda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobot va taqdimotni, shuningdek YUNISEF tashkiloti hamkorligida 2023-yilga qadar belgilangan rejalarni qayta koʻrib chiqib takliflar YUNISEF tashkilotiga taqdim etilgan.

I.5. Respublika boʻyicha koʻrik-tanlov va ommaviy tadbirlar oʻtkazish boʻyicha:

Jamoatchilikni maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish faoliyatiga yanada keng jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 24-maydagi 122-sonli buyrugʻiga asosan joriy yilning 3-iyun kuni Sirdaryo viloyatida “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini boshqarish yuzasidan jamoatchilik nazoratini takomillashtirishda Kuzatuv kengashlari faoliyatining oʻrni” mavzusida amaliy seminar oʻtkazildi Oʻtkazilgan amaliy seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari, viloyatlar, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosarlari, boshqarmalarning Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tahlil boʻlimi boshligʻi, mutaxassislari hamda tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi vakillari, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari jami 60 nafar ishtirokchilar hamda tashkilotlarning Kuzatuv kengashi aʼzolari qatnashdi.

1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini keng nishonlash Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Velosport federatsiyasi tomonidan 2022-yil 31-may kuni Samarqand shahridagi Istirohat bogʻida “Oʻzbekistonda ikkinchi bolalar velomarafoni” oʻtkazildi. Tegishli maʼlumotlar vazirlik rahbariyatiga taqdim etildi.

Qibray tumanidagi Imkon reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan 150 oʻrinli koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimi joriy yilning mart oyida oʻtkazildi.

Buxoro shahrida Lukoyl loyihasi doirasida 250 oʻrinli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimi joriy yilning iyun oyida oʻtkazildi.

Qarshi shahridagi reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan 150 oʻrinli koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimi joriy yilning iyul oyida oʻtkazish rejalashtirilgan.

IIMavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar

II.1. Yangi tashkilotlarga tegishli mikrouchastkalardagi hududlarda yashovchi bolalarni ustunlik huquqi bilan qabul jarayonlarini oʻrnatilgan tartibda tashkil etish borasidagi muammolar:

Yangi tashkilotlarga tegishli mikrouchastkalardagi hududlarda yashovchi bolalarni ustunlik huquqi bilan qabul qilish jarayoni uchun hududiy boshqarmalar tomonidan vazirlikka taqdim etilayotgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning aksariyati haqqoniymasligi, berilgan maʼlumotlarda xatoliklar mavjudligi aniqlanmoqda. Yaʼni, Yangi tashkilot Vazirlar Mahkamasining 319-son qaroriga zid ravishda tegishli mikrouchastkalardagi hududlarda yashovchi bolalarni ustunlik huquqi bilan qabul qilinmasdan faoliyati boshlab yuborilmoqda, shuningdek MTTga qabul qilish uchun taqdim etilgan roʻyxatdagi bolalar boshqa davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ekanligi aniqlanmoqda.

Bu esa ish samaradorligi va shaffof tarzda faoliyat olib borilishiga toʻsqinliq qilmoqda. Mavjud muammolardan kelib chiqib, Axborot va pedagogika texnologiyalari markazi bir necha bor bildirgi bilan murojaat qilish holatlari yuzaga kelmoqda.

TAKLIFLAR:

Maktabgacha taʼlim vazirining 2021-yil 15-iyuldagi 136-sonli “Birinchi marta tarbiyalanuvchilar qabul qilayotgan yangi qurilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tegishli mikrouchastkalardagi hududlarda yashovchi bolalarni ustunlik huquqi bilan qabul qilish toʻgʻrisida”gi buyrugʻining 8-bandida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi boshliqlarining mazkur masala boʻyicha shaxsiy javobgarligini oshirish.

II.2. Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlarini tashkil etish borasidagi muammolar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-fevral “Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”132-sonli qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi 66-sonli qarori asosida bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyat olib borilmoqda.

Bugungi kunda respublikada jami - 588 695 nafara 6 yoshli bolalar (83,8 foiz) maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrab olingan boʻlib, ularning162 208 nafari majburiy bepul bir yillik boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlari, 357 699 nafari - toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari, 68 788 nafari - qisqa muddatli tayyorlov guruhlariga qamrab olingan.

MAVJUD MUAMMOLAR:

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan hududlarda tashkil etilgan Majburiy taʼlim guruhlari faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar, bolalar qatnovi oʻrganilganda, bir qancha kamchiliklar aniqlandi.

Jumladan, hududlarda tashkil etilgan 40 ta majburiy taʼlim guruhlari faoliyati vaqtincha toʻxtatilganligi (QQRda 7 ta, Andijonda 13 ta, Buxoroda 7 ta, Namanganda 4 ta, Sirdaryoda 4 ta), buning natijasida esa foydalanilmay kelayotgan jihozlarning mavjudligi, ayrim hududlarda haqiqatda pedagog faoliyat koʻrsatmasada, ish haqi olib kelganligi (QQR da 4 nafar, Buxoroda 3 nafar, Namanganda 2 nafar, Surxondaryoda 1 nafar), hisobotda koʻrsatilgan bolalar soniga qoʻshib yozishlar yuzaga kelganligi (Navoiyda 150 nafar), bundan tashqari 6 yoshga toʻlmagan bolalar roʻyxatga olinganligi (Buxoroda 50 nafar, Jizzaxda 20 nafar) aniqlangan.

TAKLIFLAR:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari boshliqlari:

1. Oʻrganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va yoʻl qoʻyilgan xatolarga asoslanib, hududiy boshqarmalar boshliqlari Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlari uchun ajratiladigan mebel va jihozlarni qabul qilish va ulardan samarali foydalanishni nazoratga olish.

2. Maktabgacha taʼlim vazirining joriy yil 14-fevraldagi 21-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Hududlarda bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish bosqichlari”da belgilangan vazifalar ijrosini oʻz vaqtida taʼminlashda shaxsiy masʼuliyatni oshirish.

III. 3. 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish borasidagi muammolar:

Maʼlumki, 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi yuzta maqsaddan iborat boʻlib, toʻrtinchi ustuvor yoʻnalish – Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish yoʻnalishida maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha belgilangan uchta maqsadning 38-maqsadi Maktabgacha taʼlimdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga yetkazishdan iborat.

Mazkur Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida yangi tashkil etilgan quvvatlar hisobiga 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish koʻrsatgichini 2022-yil yakuniga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi 80,1, Andijon 80,2, Buxoro 89,6, Jizzax 78,0, Qashqadaryo 58,8, Navoiy 86,0, Namangan 75,7, Samarqand 72,7, Surxondaryo 70,0, Sirdaryo 85,1,, Toshkent 74,8, Fargʻona 90,0, Xorazm 75,0 va Toshkent shahri 86,4 foizga yetkazish koʻzda tutilgan.

MAVJUD MUAMMOLAR:

Joriy yilning aprel oyida Maktabgacha taʼlim vazirining tegishli xizmat safari buyruqlariga asosan vazirlik xodimlari Andijon, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida xizmat safarida boʻlib, 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi oʻrganildi.

Oʻrganish natijalariga koʻra, bir qator xato va kamchiliklar aniqlandi.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 244-sonli qaroriga 1-ilova “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” talablariga rioya qilinmagan.

Guruhlarda yoʻllanmasiz bolalarning mavjudligi yoki qisqa muddatli guruhlar uchun olingan yoʻllanmalar asosida tashkilotga qabul qilingan bolalarning asosiy guruhlarda yurganligi, yaʼni, yoʻllanmasi mavjud boʻlmagan bola mavjudligi aniqlangan.

Bugungi kunda respublika boʻyicha 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 69,4 foizni tashkil etib, hududlar kesimida tahlil qilganda:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi 78,0, (-2.1%) Andijon 72,3 (-9.7%), Buxoro 75,9 (-13.7%), Jizzax 75,1 (-2.9%), Qashqadaryo 49,3 (-8.7%), Navoiy 80,9 (-5.1%), Namangan 72,7 (-2.3%), Samarqand 65,9 (-6.8%), Surxondaryo 55,8 (-14.2%), Sirdaryo 75,3 (-9.8%), Toshkent 65,0 (-9.8%), Fargʻona 79,0 (-11%), Xorazm 73,8 (-1.2%) va Toshkent shahri 79,6 (-9.8%) foizni tashkil etadi.

TAKLIFLAR:

Bundan koʻrinib turibdiki, hududiy boshqarmalar boshliqlariga ushbu koʻrsatgichni Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan shaxsiy masʼuliyatni oshirgan holda faoliyat olib borishlari talab etiladi.

III. 2022-yilning 2 yarim yilligida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2022-yilning iyul-avgust oylarida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan yigʻilish va taqdimotlar uchun tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim tizimida boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasini oʻrnatilgan tartibda kelishish

3. Oʻzbekiston Respubdlikasining Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-martdagi “Toshkent shahrida 2022-yilda YUNESKOning “Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish” boʻyicha II Butunjahon konferensiyasini oʻtkazish boʻyicha tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida”gi 92-F farmoyishi ijrosini taʼminlash

4. YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish boʻyicha II Butunjahon konferensiyasiga tayyorgarlik koʻrish va yuqori saviyada oʻtkazish

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Vahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 132-sonli qarori ijrosi holatini oʻrganish (Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona viloyatlari)

6. Qarshi shahridagi reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan 150 oʻrinli koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimini oʻtkazish.

7. “Yangi Oʻzbekistonning avlodlari: sifatli taʼlim va imkoniyatlar” mavzusida anʼanaviy Avgust konferensiyasini oʻtkazish

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ–4312-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasiga muvofiq maktabgacha taʼlim yoshdagi bolalar qamrovining har yilgi maqsadli koʻrsatkichlarining EMIS dasturidagi maʼlumotlar bilan oʻzaro muvofiqligini oʻrganish (Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona viloyatlari misolida)

9. “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida shanba va yakshanba kunlari faoliyat yuritadigan kunlik guruhlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlatish

10. Idoraviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagini bildirgan yirik sanoat korxonalari, xoʻjalik birlashmalari va klasterlarning idoraviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish boʻyicha takliflarini koʻrib chiqish, uslubiy yordam koʻrsatib borish.

11. app.ijro.uz tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining bajarilishi hamda ushbu tizim orqali kelib tushgan hujjatlar va chiquvchi xatlarning nazoratini olib borish

12. Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligini keng nishonlash.

13. 1-Oktyabr – “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayram tadbirini nishonlash

14. Namangan va Samarqad viloyatlarida Ilk rivojlanish markazlari doirasida erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va taʼlim berish yuzasidan boshqaruv faoliyatini oʻrganish.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim agentligi rahbariyatining xorijga xizmat safarlari

Maktabgacha ta'lim agentligi rahbariyatining xorijga xizmat safarlari IMG_0002.pdf 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Мактабгача таълим хизматларини кўрсатиш бўйича маълумотлар

Мактабгача таълим хизматларини кўрсатишда тенг имкониятларни яратиш бўйича белгиланган устувор вазифалар, амалга оширилган ишлар, мавжуд муаммолар ва уларни бартараф этиш юзасидан М А Ъ Л У М О Т   I. 2017-2023 йилларда амалга оширилган ишлар: Ўтган давр мобайнида мактабгача таълим тизими тубдан ислоҳ қилиш ҳамда мактабгача таълим ташкилотлари тармоғини кенгайтириш ва болаларни мактабгача таълим билан янада кенгроқ қамраб олинишини таъминлаш йўналишида қатор ижобий натижаларга эришилди. Жумладан, 2017 йилда мактабгача таълим ташкилотлари сони 5 211 тани ташкил этган бўлса, соҳага нодавлат секторни кенг жалб қилиш учун қулай шарт-шароитлар яратиш ҳамда мамлакатда илк маротаба давлат-хусусий шериклик тизимини жорий қилиш натижасида 2023 йилга келиб, мактабгача таълим ташкилотлари сони 6,5 баробарга ортиб, 33 942 тага етказилди. Мисол учун, нодавлат секторнинг улуши 2017 йилда 0,5 фоиз(250 та)ни ташкил этган бўлса, ҳозирда уларниг улуши 80 фоиз(28 минг та)га етказилди. Республика бўйича 2017 йилда болаларни мактабгача таълим билан қамрови 27 фоиз(700 минг нафар)ни ташкил этган бўлса, 2023 йилга келиб ушбу кўрсаткич 2,6 баробарга орттирилиб, 74 фоиз (2,2 млн. нафар)га етказилди. Республикадаги барча болалар учун бир хил бошланғич имкониятларни яратиш йўлида ҳар бир боланинг мактабга киришидан бир йил олдин умумий ўрта таълимга мажбурий бир йиллик тайёргарликдан ўтишга бўлган ҳуқуқи “Мактабгача таълим ва тарбия” тўғрисидаги қонун билан кафолатланди. Эндиликда болалар мактабга чиқишдан олдин бир йиллик мажбурий бепул мактабга тайёрловдан ўтказилмоқда. Жорий йил якунига келиб қамраб олинган 6 ёшли болалар улуши 93 фоизга (692 минг нафарга) етди. Мактабгача таълим хизматларини янада кенгайтириш мақсадида мактабгача таълимнинг муқобил шакллари яратилди. Хусусан, барча болаларга тенг имкониятлар яратиш мақсадида 25 мингта оилавий нодавлат мактабгача таълим ташкилотлари фаолияти йўлга қўйилиб, 662 минг нафар болалар қамрови таъминланди. Мактабгача таълим ташкилотларини қуриш имкони мавжуд бўлмаган олис ва чекка ҳудудларда “Ақлвой” лойиҳаси доирасида 156 та маҳаллаларда қайта жиҳозланган 72 та ИСУЗУ автобусларда негизида 429 та мобиль гуруҳлар ташкил этилиб, уларга 9,5 минг нафар болалар қамраб олинди. ЮНИСЕФ халқаро болалар ташкилоти билан ҳамкорликда ташкил этилган 20 та “Турли хил ёшдаги мактабгача таълим гуруҳлари” (ўйин гуруҳлари)га 496 нафар болалар қамраб олинди. Жаҳон банкининг “Болани эрта ривожлантириш” лойиҳаси доирасида ташкил этилган “Илк ривожланиш марказлари”га жами 1 600 нафар болалар жалб этилди. Инклюзив таълим тамойиллари ва имконияти чекланган болаларга ёрдам кўрсатишнинг янги шакллари жорий этилди. Жумладан, Нукус, Қарши, Зарафшон шаҳарлари ва Қибрай туманида реабилитация марказига эга бўлган кўп тармоқли ихтисослаштирилган ва қўшма турдаги мактабгача таълим ташкилоти каби янги шакллар жорий этилди. Барча кўп тармоқли ихтисослаштирилган давлат мактабгача таълим ташкилотлари реабилитиция асбоб ускуналари билан таъминланди. Мактабгача таълим ташкилотларида фаолият кўрсатаётган педагог кадрлар сони 58 минг нафардан 160 минг нафарга оширилди. Олий маълумотли педагог кадрларнинг улуши 21,6 фоиздан 34,1 фоизга етказилди. Барча давлат мактабгача таълим ташкилотлари ҳамда 14 000 та оилавий нодавлат мактабгача таълим ташкилотлари ўқув-методик, кўргазмали ва дидактик материаллар билан таъминланди. Ўзбекистон Республикаси Илк ва мактабгача ёшдаги болалар ривожланишига қўйиладиган давлат талаблари, “Илк қадам” давлат ўқув дастури, 6 ёшли болаларни мактаб таълимига тайёрлаш учун “Илм йўли” вариатив дастури, алоҳида таълим эхтиёжларига муҳтож бўлган болалар учун мослаштирилган ўқув дастури, 6 номдаги педагогларнинг касбий компетенцияларини оширишга қаратилган  методик қўлланмалар ва ривожантирувчи ўқув-дидактик материаллар компетенциявий ёндошув асосида такомиллаштирилиб яратилган. Мактабгача таълим тизимида фаолият юритиб келаётган педагог ходимлар учун узлуксиз методик хизматни ташкил этиш мақсадида “Learning passport” (Болалик академияси – bolakadem.uz) таълим электрон платформаси жорий этилди. Шу билан бирга, 6 ёшгача бўлган болалар саломатлиги ва ривожланишининг барча жиҳатлари бўйича мутахассислар маслаҳати билан таъминлаб берувчи ота-оналар учун «Bebbo» мобил иловаси ишга туширилди. Республикадаги 3 519 та давлат мактабгача таълим ташкилотларида 10 155,0 млрд.сўм эвазига 535 160 ўринли қурилиш-таъмирлаш (янги 513 та 73 905 ўрин, реконструкция 2 215 та қўшимча 104 030 ўрин яратилган ва мавжуд 231 278 ўрин таъмирланган, мукаммал таъмир 791 та 125 946 ўрин) ишлари амалга оширилган. 2017 йилда Мактабгача таълим соҳасига давлат бюджетидан 2,1 трлн. сўм ёки бюджет харажатларининг 4,4 % миқдорда маблағ ажратилган бўлса, 2023 йилга келиб бюджет харажатларининг 5,8 % миқдорда 11,8 трлн. сўм ёки 5,6 баравар кўпроқ маблағ ажратилди. 2021 йилдан бошлаб, 27 мингдан зиёд давлат-хусусий шериклик асосидаги мактабгача таълим ташкилотларида мутлақ янги бўлган Нодавлат мактабгача таълим ташкилотларини бошқариш ахборот тизими жорий этилиди. Ушбу ахборот тизими орқали янги оилавий МТТларни ташкил этиш, уларнинг қувватини ошириш ва битим муддатларини узайтириш масалаларида электрон ариза қабул қилиниши, нодавлат МТТларга субсидия ва компенсациялар автоматлаштирилган тарзда тўлаб берилиши йўлга қўйилди. Давлат мактабгача таълим ташкилотларининг 1,2 мингтасида 83 нафар тадбиркорлар томонидан аутсорсинг хизматлари кўрсатилиши йўлга қўйилди. Республикадаги барча давлат мактабгача таълим ташкилотларида овқатлантириш ишлари “Ақлвой-ошпаз, боғчалар учун таомлар рецепти” тўпламидан фойдаланган ҳолда тузилган Ягона мавсумий таомнома асосида ташкил этилди. АҚШ қишлоқ хўжалиги вазирлигининг Ўзбекистондаги “Mercy corps” филиали ҳамкорлигида Қорақалпоғистон Республикаси ва Сурхондарё вилоятидаги 60 та ДМТТнинг санитария гигиена хоналари (хожатхоналар), сув таъминоти тизими ҳамда ошхоналар таъмирланди ва замонавий керакли жиҳозлар билан таъминланди. Ҳозирги кунда 100 та мақсадли ДМТТ ларда юқоридаги ишлар давом этмоқда. “Таълим учун озиқ-овқат ва болалар овқатланиши” дастури доирасида ушбу давлат мактабгача таълим ташкилотларига Ўзбекистонга беғараз ёрдам сифатида 4 турдаги бойитилган озиқ-овқат (20 тонна ўсимлик ёғи, 40 тонна гуруч, 80 тонна ун ва 10 тонна сариқ ярим нўхат) маҳсулотлари олиб келинди ва бугунги кунда мақсадли 166 та давлат мактабгача таълим ташкилотларига “Ягона мавсумий таомнома”га асосан тарқатиб келинмоқда ва истеъмоли мониторинг қилинмоқда. АҚШ қишлоқ хўжалиги вазирлигининг Ўзбекистондаги “Mercy corps” филиали билан ҳамкорлигида Мактабгача таълим ташкилотлари директор ва мутахассисларини қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш институти қошида ҳамшираларни касбий малакасини ошириш, шошилинч ҳолатларда болаларга биринчи тиббий ёрдам кўрсатиш кўникмаларни шакллантириш учун махсус ўқув ускуналар, ўқув тренажёр билан жиҳозланган Ўқув-симуляцион марказ фаолияти йўлга қўйилди. Мактабгача таълим ташкилоти ҳамширалари учун ўқув-дастурлар тасдиқланиб, ушбу Марказда Қорақалпоғистон Республикаси ва Сурхондарё вилоятидаги мактабгача таълим ташкилотларининг 160 нафар ҳамшираларининг малакаси оширилди. Тошкент, Нукус ва Термиз шаҳарларида “Мактабгача таълим тизимида болаларнинг илк ёшидан саводхонлик, рационал овқатланиш, гигиена ва соғлом турмуш тарзи кўникмаларини шакллантиришда компетенциявий ёндашувни жорий этиш” мавзусида ўтказилган амалий конференциялар, семинарлар, ўқув-тренингларда мактабгача таълим ташкилотларининг 1 000 нафардан ортиқ раҳбарлари, методистлари, педагоглари, ошпазлари ва хўжалик ишлари бўйича директор ўринбосарлари малакаси оширилди ва 60 нафар тренерлар тайёрланди. Улар томонидан жойларда менторлар сифатида амалий-ташкилий  ёрдамлар кўрсатиб келинмоқда. Шунингдек, Қорақалпоғистон Республикаси ва Сурхондарё вилоятларидаги мақсадли 60 та ДМТТ да “Кичик кутубхоналар” (уголки чтения) ташкил этилди, уларнинг ҳар бири 150 донадан китоб, дидактик материаллар ва жиҳозлар билан таъминланди. “Ақлвой ошпаз” болалар боғчалари учун рецептлар тўплами қорақалпоқ тилига ўгирилди ва 150 дона китоб нашр қилинди. “Саломатлик алифбоси” китоб тўплами  ўзбек, қорақалпоқ, инглиз тилларига таржима қилинди.  Электрон  тарзда яратилган “онлайн” платформа орқали 4 та ўқув курси ташкил этилиб 100 нафар мактабгача таълим ташкилотларнинг ҳамширалари малакаси оширилди. Соҳада хорижий инвестиция лойиҳаларини мувафаққиятли амалга ошириш натижасида жами 261,1 млн. доллар хорижий инвестициялар (шундан 60,7 грант маблағлари) жалб қилиниб, 147,9 млн. доллар маблағ ўзлаштирилди. Жаҳон банки лойиҳаси доирасида 100 ДМТТда MELQO халқаро баҳолаш воситасини қўллаш орқали илк маротаба мактабгача таълим сифатини ўлчаш миллий тадқиқот ишлари амалга оширилди.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim agentligining 2024-yilga moʻljallangan yillik ISH REJASI

  Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligining 2024-yilga moʻljallangan yillik ISH REJASI   T/r Maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlari)ga erishish boʻyicha chora-tadbirlar Amalga oshirish mexanizmi / ishlab chiqiladigan hujjat Ijro muddati Masʼullar Agentlik rahbariyati Tarkibiy bo‘linmalar 1.           Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini 76,0 foizga yetkazish. 1. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 34 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish va 138 tasini rekonstruksiya qilish orqali qoʻshimcha 10 460 ta yangi quvvatlar yaratish. 2. 1 400 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish orqali 36 000 yangi quvvat yaratish. 3. Maktabgacha taʼlimning muqobil shakli boʻlgan “play” guruhlari faoliyatini tashkil etish. Yil davomida   Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish boshqarmasi (Usanov), Maktabgacha taʼlim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va jihoz bilan taʼminlash qilish boʻlimi (Uzakov), Moliya-iqtisod va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi (Bahronov) 2.           6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrov darajasini 96 foizga yetkazish. Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish va boshlangʻich taʼlimga sifatli tayyorlash. Bunda, qoʻshimcha: 189 ta qisqa muddatli tayyorlov guruhlari; 85 ta toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari; 441 ta majburiy bepul tayyorlov guruhlarini tashkil etish. Yil davomida Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish boshqarmasi (Usanov) 3.           Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlarni muvofiqlashtirish.   1. Tuman(shahar) tibbiyot birlashmasi hamda maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining qoʻshma buyrugi bilan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tarmoq jadvallarini tasdiqlash. 2. 2024-yilda jami tarbiyalanuvchilarning 99,5%ni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish. Jumladan: 1-chorakda – 35,0%; 2-chorakda – 70,0%; 3-chorakda – 85,0%; 4-chorakda – 99,5%. 3. Har chorakda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlarni monitoring qilish. Yanvar             Har chorakda             Har chorakda   Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Bolalar salomatligini taʼminlash va ovqatlantirishni tashkil etish boshqarmasi (Xasanova) 4.           Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom va toʻgʻri ovqatlanishini taʼminlash yuzasidan monitoring oʻtkazish va monitoring natijalariga koʻra oʻquv-amaliy-semianrlar tashkil etish. 1. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish ishlarini belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda tashkil etilishini oʻrganish. 2. 2024-yilda jami 450 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini oʻrganish. Jumladan: 1-chorakda – 125 ta; 2-chorakda – 125 ta; 3-chorakda – 100 ta; 4-chorakda – 100 ta. 3. Monitoring natijalari boʻyicha muhokama oʻtkazish va aniqlangan muammolarni hal etish choralarini koʻrish. 4. Seminar-trening oʻtkazish reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlatish. 5. Seminar-trening jarayonlarini internet tarmoqlari va OAVlarida yoritilishini taʼminlash. Doimiy         Doimiy             Har chorakda Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Bolalar salomatligini taʼminlash va ovqatlantirishni tashkil etish boshqarmasi (Mirzakarimov) 5.           “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosini taʼminlash. 1. Har haftada dushanba va juma kunlari tegishli boshqarma va boʻlimlar bilan birgalikda “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratda turgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash boʻyicha muhokamalar oʻtkazish. 2. Topshiriqlar ijrosini taʼminlamagan masʼullarga nisbatan intizomiy chora koʻrish boʻyicha direktorga taklif kiritish. Har hafta dushanba va juma kunlari     Har oyning 5 sanasiga qadar Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Nazorat-tahlil va murojaatlar bilan ishlash boʻlimi (Odilov) 6.           Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rnatilgan tartibda koʻrib chiqilishini ta’minlash 1. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rnatilgan tartibda koʻrib chiqilishi yuzasidan nazorat olib borish 2. Har chorak yakunida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish natijalarini tahlil qilish hamda rahbariyat huzurida muhokama qilish. 3. Agentlikda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan yuqori tashkilotlarga axborot kiritish. Doimiy     Har chorakda Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Nazorat-tahlil va murojaatlar bilan ishlash boʻlimi (Dadabayev), Tegishli tarkibiy boʻlinmalar 7.           Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarining davomatini shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali yuritish amaliyotini joriy qilish. 1. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bino va inshootlari, guruhlari va tarbiyalanuvchilari soni, hamda boshqa koʻrsatkichlari boʻyicha MTTning elektron pasportini yaratish. 2. Axborot tizimida shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali xodimlar va tarbiyalanuvchilarining davomati yoʻqlama qilish va elektron tabellarni shakllantirish. Aprel         Dekabr Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov) Axborot xavfsizligini taʼminlash va raqamlashtirish boʻlimi (Djurayev), Tegishli tarkibiy boʻlinmalar 8.           Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini kompyuter guruhlari bilan taʼminlash. 1. Kompyuter guruhlari bilan taʼminlanadigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari manzilli roʻyxat shakllantirish. 2. Elektron tender savdolari oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarni tashkil etish. 3. Imzolangan shartnomalar boʻyicha joylarga yetkazilgan jihozlar toʻgʻrisida monitoring yuritish. Fevral     Iyul   IV chorak Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov), Maktabgacha taʼlim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va jihoz bilan taʼminlash qilish boʻlimi (Uzakov) Tegishli tarkibiy boʻlinmalar 9.           Davlat-xususiy sheriklik asosida oilaviy MTT faoliyatini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sherikchilik toʻgʻrisida bitimlar imzolash. 1. Oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish boʻyicha kelib tushgan elektron arizalarini koʻrib chiqish. 2. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini yuritish uchun xususiy sherik bilan bitim imzolash. Yil davomida Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov) Moliya-iqtisod va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi (Bahronov) 10.       Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ehtiyojlarini aniqlash va ularni jihozlash (qayta jihozlash). 1. Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari talab va takliflari asosida 2024-yil Investitsiya dasturiga kiritilgan hamda qoʻshimcha jihozlanadigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari manzilli roʻyxatini shakllantirish 2. Xarid qilinadigan jihozlarning bozor konyunkturasidagi narxlarini oʻrnatilgan tartibda oʻrganish va tender hujjatlari loyihasini tayyorlash. 3. Elektron tender savdolarini oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarni tashkil etish. 4. Imzolangan shartnomalar boʻyicha joylarga yetkazilgan jihozlar toʻgʻrisida monitoring yuritish. I chorak           May     Avgust   IV chorak   Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov) Maktabgacha taʼlim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va jihoz bilan taʼminlash boʻlimi (Uzakov) 11.       Maktabgacha taʼlim tizimiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, taʼlim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish maqsadida zamonaviy didaktik materiallar bilan taʼminlash. 1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʻquv-metodik vositalar, qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar, didaktik oʻyin va oʻyinchoqlarga boʻlgan extiyojini aniqlash. 2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik vositalar, qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar, didaktik oʻyin va oʻyinchoqlarning texnik topshiriqlarini ishlab chiqish. 3. Ishlab chiqilgan oʻquv-metodik vositalar, qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar, didaktik oʻyin va oʻyinchoqlarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazish. Fevral       Mart         III chorakda Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Taʼlim sifatini baholash, metodik yordam koʻrsatish va tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi  (Grosheva), Axborot va pedagogik inavatsion texnologiyalar markazi (Kim) 12.       Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish. 1. Hududlarning malaka oshirishga boʻlgan 14 000 nafar rejasiga asosan har oyda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tashkil etish: 1-chorakda – 3200 nafar; 2-chorakda – 3 400 nafar; 3-chorakda – 2 800 nafar; 4-chorakda – 4 600 nafar. 2. Har chorak yakunlari boʻyicha malaka oshirish rejasining ijrosi boʻyicha muhokama oʻtkazish va aniqlangan muammolarni hal etish choralarini koʻrish. Har chorakda               Har chorakda Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Pedagog kadrlarni kasbiy salohiyatini rivojlantirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirirsh boshqarmasi (Xamdamova) 13.       Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish 1. Investitsiya loyihalari doirasida mablagʻlarni jalb etish boʻyicha XMI nomiga soʻrovnoma yuborish. 2. Jami 40,0 mln dollar mablagʻlarni jalb etish. Jumladan: 2-chorakda – 20,0 mln dollar; 4-chorakda – 20,0 mln dollar. 3. Har oy Xalqaro moliya institutlari bilan muzokara olib borish. Yanvar     Yil davomida     Har oyda Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Chet el loyihalarini amalga oshirish boʻlimi (Abdulxayev) 14.       Maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida investitsiyalarni oʻzlashtirish 1. Investitsiya loyihalari doirasida mablagʻlarni oʻzlashtirish boʻyicha tarmoq jadvallarini tasdiqlash. 2. 2024-yilda jami 25,1 mln dollar mablagʻlarni oʻzlashtirish. Jumladan: 1-chorakda – 1,8 mln dollar; 2-chorakda – 4,0 mln dollar; 3-chorakda – 9,9 mln dollar; 4-chorakda – 9,4 mln dollar. 3. Har haftada investitsiya loyihalarini ijrosi boʻyicha muhokama oʻtkazish va aniqlangan muammolarni hal etish choralarini koʻrish. Yanvar     Har chorakda           Har haftada Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Chet el loyihalarini amalga oshirish boʻlimi (Abdulxayev)  

Вид сайта
Размер шрифта