Xalqaro hamkorlik yoʻnalishida
Hozirgi kunda Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama hamkorlik faol rivojlantirmoqda.
2022-yil yanvar-iyun davrida Maktabgacha taʼlim vazirligi va xorijiy hamkorlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan 21 ta uchrashuv oʻtkazildi va 6 ta (umumiy 77 ta) memorandum va kelishuvlar imzolandi.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tashabbusi bilan 2022-yilning noyabr oyida Toshkent shahrida YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha II-Butunjahon konferensiyasini oʻtkazishish rejalashtirilgan. Mazkur Global forumni oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-martdagi 92-F-sonli qarori qabul qilindi.
Shuningdek, Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati tomonidan Global forum tashkiliy masalalari boʻyicha YUNESKOning Parijdagi bosh ofisiga tashrif buyurildi va YUNESKO rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazildi.
Bundan tashqari, joriy yil oktyabr oyida Gretsiyaning “MM PUBLICATIONS” nashriyoti bilan hamkorlikni (2021-yil noyabr oyida umumiy qiymati 0,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 20 ming dona “Hi Kids! For Uzbekistan” kitoblar toʻplami maktabgacha taʼlim tashkilotlariga hadya etilgan) rivojlantirish maqsadida muzokaralar olib borildi.
Koreya Respublikasining “EDULINK” kompaniyasi bilan hamkorlikda bolalar uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlari, pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari uchun “S-Board” mobil taʼlim ilovasi ishlab chiqildi.
Shuningdek, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan maktabgacha taʼlim sohasidagi 20 ta pedagog kadrlar malakasini oshirish boʻyicha joriy yilning iyun oyidan qisqa muddatli kurslar tashkil etilishi belgilangan.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va oʻzlashtirish yoʻnalishida
2022 1-yarim yillikda Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida Xalqaro moliya institutlari bilan muzokaralar olib borildi.
Xususan, Islom taraqqiyot banki, OPEK fondi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi bilan umumiy qiymati 70 mln AQSH dollariga teng DXSH bitimlarini moliyalashtirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun loyihaoldi hujjatlar ishlab chiqildi va investorlar tomonidan loyihalar maʼqullandi.
Shuningdek, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi tomnidan 11 mln AQSH dollariga teng grant loyihani amalga oshirish maqsadida Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi va tegishli vazirliklar, idoralar bilan kelishildi. Hozirgi kunda, mazkur Hukumat qaror loyihasi Adliya vazirligiga yuridik ekspertiza olish uchun taqdim etilgan.
Shuningdek, Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi 2 va 8-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlarini taʼmirlash maqsadida Singapurning Indorama kompaniyasining jalb qilingan 250 ming AQSH dollari miqdoridagi grant mablagʻlari toʻliq oʻzlashtirildi.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Investitsiya dasturi doirasida (PQ-72 30.12.2021) 2022-yil yanvar-iyun holatiga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 2 ta loyiha (Jahon banki va Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokidagi loyixalar) boʻyicha 9,6 mln AQSH dollari (rejaning 100%) oʻzlashtirildi.
Bundan tashqari, AQSH dasturlarini amalga oshiruvchi “Mercy Corps” xalqaro nodavlat tashkiloti bilan qiymati 21,7 mln AQSH dollarga teng boʻlgan “Taʼlim uchun oziq-ovqat” loyihasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida amalga oshirilmoqda.
Ijro intizomini taʼminlash yoʻnalishida
Xalqaro hamkorlik va chet el investitsiyalarini jalb qilish yoʻnalishida vazirlikka 541 ta idoralararo va yuqori turvchi tashkilotlarning topshiriq va murojaat xatlari kelib tushgan, shundan
481 tasiga javoblar yoʻllangan. Jismoniy va yurikdik shaxslardan 15 ta murojaatlar kelib tushgan va barcha murojaatlar koʻrib chiqilgan.
2022-yil 1-yarim yillikda ijrosi taʼminlanishi zarur boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining barcha qarorlari va topshiriqlari boʻyicha maʼlumotlar “app.gov.uz” elektron tizimiga kiritildi.
Mavjud muammolar
Islom taraqqiyot banki, OPEK fondi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi bilan umumiy qiymati 70 mln AQSH dollariga teng DXSH bitimlarini moliyalashtirishga qaratilgan loyihalari boʻyicha loyihaoldi xujjatlarga Moliya vazirligi tomonidan takliflar berildi.
Xususan, loyihalar doirasida tadbirkorlarga beriladigan kredit foizlari bozor shartlarida boʻlishi hamda loyihalarga taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan “yumshoq” komponentlarning maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqish Moliya vazirligi tomonidan taklif sifatida kiritilgan.
Mazkur takliflar inobatga olinishi, loyihalarning tadbirkorlar uchun jozibadorlik darajasi tushishina olib keladi. Natijada davlat tashqi qarz mablagʻlari samarasiz ishlatilishi xavfi mavjud.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda OPEK fondi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi bilan umumiy qiymati 70 mln AQSH dollariga teng loyihalarni qayta koʻrib chiqishni tavsiya etiladi.
Yil yakuniga qadar bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar
Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Investitsiya dasturi doirasida (PQ-72 30.12.2021) 2022-yil yakuniga qadar rejalashtirilgan 21.9 mln AQSH dollariga teng mablagʻlarni 2 investitsiya loyihalari doirasida oʻzlashtirish belgilangan.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi hamkorligidagi 11 mln AQSH dollariga teng grant loyihani amalga oshirish maqsadida Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilishi va qurilish ishlari boshlanishi kutilmoqda.
EduLink Kompaniyasi (Koreya Respublikasi) bilan maktabgacha taʼlim tizimida ingliz tili koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha kelishuv imzolash koʻzda tutilgan.
Maktabgacha taʼlim sohasini yanada rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat MTT tarmogʻini kengaytirish maqsadida vazirlik tomonidan Osiyo taraqqiyot banki bilan 100 MTT tashkilotini yaratish loyihasini amalga oshirish boʻyicha muzokaralar olib boriladi.