I. Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish yoʻnalishida.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan 2021-yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3651-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan Nizomning 12-bobiga asosan xususiy sherik mulki negizida 4820 quvvatga ega nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish maqsadida imtiyozli kredit mablagʻi talab etmaydigan 41 ta loyihalar bilan davlat-xususiy sheriklik bitimlari imzolandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil
10-iyundagi PQ-5144-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan hokimliklarning tavsiya xatlariga asosan, qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda umumiy quvvati 965 oʻringa moʻljallangan 9 ta DXSH asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish yuzasidan bitimlar imzolandi.
Qarorga asosan respublikada umumiy quvvati 11 275 oʻringa moʻljallangan 100 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish belgilangan.
Bugungi kunda 97 ta bitimlar imzolandi. Mazkur 95 ta loyihadan 25 foiz va undan yuqori qurilish ishlarini bajargan 75 ta loyihalar moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi va hududlarga biriktirilgan banklarga tavsiya qilingan. Qolgan 20 ta loyihadan 6 tasi kredit mablagʻlarini jalb qilmagan holda amalga oshirilmoqda.
Moliyalashtirish uchun tavsiya qilingan loyihalarga biriktirilgan tijorat banklari tomonidan 17 ta loyihalarda bosqichma bochqich moliyalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda (Surxondaryo viloyatida 7 ta, Qashqadaryo viloyatida 4 ta, Andijon viloyatida 3 ta, Buxoro viloyatida 1 ta, Jizzax viloyatida 1 ta va Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1 ta).
Ushbu moliyalashtirilgan loyihalarning 5 nafari oʻz faoliyatini boshladi, jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1 ta, Buxoro viloyatida 1 ta, Surxondaryo viloyatida 1 ta, Jizzax viloyatida 1 ta va Fargʻona viloyatida 1 ta.
Shuningdek, moliyalashtirishga tavsiya qilingan 55 ta loyihalardan 6 ta loyiha 3-chorak yakuniga faoliyatini boshlashi (Qashqadaryo viloyatida 3 ta, Toshkent viloyatida 2 ta, Surxondaryo viloyatida 1 ta), qolgan 49 ta loyihalarida qurilish ishlari yil yakuniga qadar tugatilishi kutilmoqda.
Shuningdek, oilaviy shakldagi bogʻchalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida 48 494 quvvatga ega 1 236 ta bitimlar imzolandi.
2022-yil 6 oy yakuniga koʻra 5060 quvvatga ega 46 ta DXSH asosidagi NMTT lar hamda 26600 quvvatga ega 760 ta oilaviy shakldagi NMTTlar tashkil etilishiga erishildi.
Natijada, 31 660 ta qoʻshimcha quvvat (46 ta DXSH asosidagi NMTT va 760 ta oilaviy MTTlar) hamda 2924 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Bugungi kunda 115 ta loyihadan faqatgina 65 tasiga tijorat banklari banklar tomonidan kredit liniyalari ochilganligi maʼlum boʻlmoqda, yaʼni: Jizzax viloyatida Qishloqqurilishbank tomonidan 9 ta, Navoiy viloyatida Turon bank tomonidan 5 ta, Buxoro viloyatida Ipoteka bank tomonidan 9 ta, Qashqadaryo viloyatida Agro bank tomonidan 3 ta, Samarqand viloyatida Mikrokredit bank tomonidan 8 ta, Andijon viloyatida Xalq bank tomonidan 6 ta, Fargona viloyatida Agrobank tomonidan 5 ta, Toshkent viloyatida Aloqa bank tomonidan 2 ta, Qoraqalpogiston Respublikasida Sanoatqurilish bank tomonidan 2 ta, Xorazm viloyatida Milliy bank tomonidan 12 ta, Surxondaryo viloyatida Milliy bank tomonidan 3 ta, Sirdayo viloyatida Asaka bank tomonidan 1 ta.
Shuningdek, Monitoring natijasida joriy yil uchun tarmoq jadvalida belgilangan mablagʻlarni oʻzlashtirish boʻyicha Saudiya Taraqqiyot jamgarmasi (STJ) masʼul vakillari bilan bir necha bor muzokaralar olib borildi. Joriy yilning 13-iyun kuni birinchi 6 ta yuborilgan invoiclar uchun hech kanday eʼtiroz yoʻqligi va ushbu invoiclarga pul mablagʻlari oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi ijobiy xat qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 24-maydagi 07-1362-son xatiga asosan joriy yilning 27-may kuni Toshken shahar Uzekspomarkazi bonosida Yunusobod, Yashnobod, Shayxontoxur va M.Ulugʻbek tumanlari aholisi bilan Ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabulda Maktabgacha taʼlim vaziriligi qoshidagi injirining davlat korxonasi rahbari B.Qayumov, vazirlikning masʼul xodimlari, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi boshligʻi va masʼul xodimlari, Yunusobod, Yashnobod, Shayxontoxur va M.Ulugʻbek tumanlari maktabgacha taʼlim boʻlimi mudirlari va masʼul xodimlari ishtirok etdilar. Sayyor qabulda
11 nafar jismoniy va yuridik shaxslar murojaat etishdi, shulardan
2 nafarining masalasi joyida xal etildi va amaliy yordam berildi, 2 nafar fuqaroning murojaati boʻyicha tegishli tushuntirish ishlari olib borildi, 7 nafarining murojaati nazoratga olindi.
- Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bogʻchalari tarmogʻini kengaytirish yoʻnalishida quyidagi muammo va kamchiliklar kuzatilmoqda:
Respublikaning xar bir tumanida kamida 50 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud boʻlib, ularni nazorat qiluvchi xodimlar soni 1 nafarni tashkil etadi.
Buning natijasida
- mavjud nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini faoliyatini oʻrganish uchun jismonan ulgurilmay qolmoqda.
- oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotida xaqiqatda qatnayotgan bolalar nazoratini olib borishda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmoqda.
- qurilishi yakunlanmay qolayotgan MTTlarni oʻz vaqtida monitoringini yuritish orqada qolmoqda.
Shuningdek, ushbu xodimlarning lavozim darajasi mutaxassis boʻlganligi sababli, xodimlarning oylik maoshiga kamligi xududlardagi xodimlar oʻrni vakantga aylanishiga sabab boʻlmoqda.
- 2020-yilda toʻliq moliyalashtirilgan 28 ta muammoli loyihalar boʻyicha talabnomalar yuborilgan. Ushbu loyixalar oʻz muddatida ochilmayotganligi sababli sudga daʼvo arizalari tayyorlanmoqda.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarorida imzolangan bitimlarning 9 tasida 25 foizdan kam hajmda ish bajarilgan boʻlsa, 5 ta loyihada umuman qurilish ishlari boshlanmagan (Xorazm viloyatida 3 ta, Sirdaryo viloyatida 1 ta, Surxondaryo viloyatida 1 ta).
III. Yil yakuniga qadar bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar
1. Xududlarda umuman MTM boʻlmagan mahallalarda oʻrganish natijalariga asosan bitimlarini imzolash choralarini koʻrish.
2. Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlarni tegishli davlat-xususiy sheriklik loyihalariga ajratilishini taʼminlash.
3. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyatini boshlamagan loyihalarni monitoringini olib borish va yil yakuniga qadar faoliyatini boshlashga koʻmaklashish.