I. Amalga oshirilgan ishlar
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparat hamda markazlashgan xolda yetkazib beriladigan tovarlar (ishlar va xizmatlar) uchun byudjetdan 2022-yil 1-yarim yil uchun jami 212,6 mlrd.soʻm mablagʻ ajratildi. Shundan vazirlikning markaziy apparati uchun ish xaqi va unga tenglashtirilgan va boshqa xarajatlar 5,8 mlrd.soʻm, maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi uchun 58,0 mlrd.soʻm, markazlashlashgan xolda yetkazib beriladigan jixozlash va didaktik oʻquv qoʻllanmalar hamda tadbirlar uchun 134,8 mlrd.soʻm, Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan chet el xizmat safari uchun 13,5 mlrd.soʻm mablagʻ ajratildi.
Ushbu mablagʻlardan 73,3 mlrd.soʻm (ijrosi 34,5%) mablagʻlar xarajat qilingan.
Jumladan:
1.1. Vazirlikning markaziy apparati uchun ish xaqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha 3,5 mlrd.soʻm va boshqa toʻlovlar uchun 1,5 mlrd.soʻm mablagʻ xarajat qilingan (ijrosi 83%).
Markazlashlashgan xolda yetkazib beriladigan jixozlash va didaktik oʻquv qoʻllanmalar hamda tadbirlar uchun rejalashtirilgan 134,8 mlrd.soʻmdan 3,7 mln. soʻm xarajatlar amalga oshirilgan.
2021-yilgi markazlashgan mablagʻlari hisobidan imzolangan shartnomalarga muvofiq 2022-yil 1-chorakda “Kuzi ojizlar assotsiatsiyasi” UK choyshablar tuplami uchun 131,2 mln.soʻm mablagʻ toʻlab berildi. Shu bilan birga “Sam Antel Gilam” QK davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga gilamlar yetkazib berish uchun 3,2 mlrd.soʻm toʻlab berildi(ijrosi 3%).
Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi uchun 58,0 mlrd.soʻm kassa xarajatlari amalga oshirilgan (ijrosi 100%).
Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan chet el xizmat safari hamda YUNESKO ishtirokida xalqaro tadbirlar uchun 6,4 mlrd.soʻm xarajatlar amalga oshirilgan(ijrosi 46%).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son “2021/2022 oʻquv yilida oʻzbekiston respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida” gi Qaroriga asosan maktabgacha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim berayotgan nodavlat oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan talabalarning 2021-2022 oʻquv yili uchun 0,5 mlrd.soʻm kontrakt toʻlovlari vazirlik tomonidan qoplab berildi (ijrosi 100%).
1.2. Vazirlik ehtiyoji hamda vazirlik tizimidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tovar moddiy boyliklar xarid qilish uchun 2022-yil 6 oy davomida 5,8 mlrd.soʻmlik 156 ta shartnoma va
125,8 mlrd.soʻmlik 353 ta yuridik majburiyatlarni roʻyxatga olish buyurtmanomalari imzolandi.
1.3. Vazirlik tasarrufidagi respublika byudjetidan mablagʻ oluvchi tashkilotlaridan 2021-yillik va 2022-yil 1-chorak moliyaviy hisobotlar, byudjet mablagʻlari ijrosi toʻgʻrisida maʼlumotlar, byudjetdan tashqari mablagʻlar tushum va xarajatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar, tovar moddiy boyliklari kirim-chiqim toʻgʻrisida maʼlumotlar, byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarning yakuniy moliviy natijalari hamda debitor va kreditor qarzdorliklar hisobotlar tahlil qilindi. Hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga jamlanma hisobotlar topshirildi. Shu bilan birga vazirlikning rasmiy veb saytiga jamlanma moliyaviy hisobotlar va amalga oshirilgan ishlar xar chorakda oʻz vaqtida joylashtirilib borilmoqda.
1.4. “Ijro.gov.uz” tizimidagi, jami 390 ta Xukumat tomonidan topshiriqlar, shuningdek, va turli tashkilot va idoralardan kelib tushgan. Shundan, yuridik va jismoniy shaxslardan 18 tani tashkil etadi. murojaatlardan 382 ta ijrosi taʼminlandi.8 tasi ish jarayonida.
2022-yil 6 oy davomida byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan xizmat safari boʻyicha bunak hisobotlar 308 ta ortiq boʻlib, jami 1,2 mlrd.soʻm sarflangan. Oʻtgan yilgi mos davrga nisbatan
2,3 barobar koʻp (2021-yil 1-yarim yilda 0,5 mlrd.soʻm xarajat qilingan). Ushbu maʼlumot vazirlikning rasmiy veb saytiga xar chorakda joylashtirilib borilmoqda.
1.5. Byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarning kassa xarajatlari ijrosi (2-3-memorial orderlar), turli tashkilotlar bilan hisob-kitob (6-7-memorial orderlar), xodimlarga hisoblangan ish haqi va unga tenglashtirilgan mablagʻlar hisobi (5-memorial order) va tovar moddiy boyliklar hisobi (9-13-memorial orderlar) kitoblari (ushbu hisob-kitoblar 500 tadan ortiq kitob shaklda pereplet qilindi) hamda avtotransport vositalariga olingan yoqilgʻi va yoqilgʻi moylash maxsulotlari (yul varaqasiga asosan) hisobdan chiqarildi.
II. Muammolar va kamchiliklar
2.1. Vazirlikning markaziy apparati hamda markazlashtirilgan mablagʻlarning davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlar xarajatlar smetasiga yillik reja asosida moliyalashtirilgan. Vazirlikning tegishli boshqarma va boʻlimlari tomonidan mazkur yillik reja asosida ishlarning oʻz vaqtida bajarilmasligi rejalashtirilgan mablagʻlarning oʻz vaqtida sarflanishiga toʻsqinlik qilmoqda.
2.2. Vazirlik tomonidan tashkillashtirilgan turli tadbirlarning xarajatlar smetasi boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar va xizmatlar) “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq shartnoma imzolanib, toʻlovlar va yetkazib berishi bilan 5-15 kun vaqt safrlanadi. Shu bois tadbir oʻtkazish boʻyicha boʻyruqlar tadbir oʻtkazish muddatidan kamida 15 kun oldin imzolanishi maqsadga muvofiq boʻladi.
2.3. Xizmat safari boʻyicha bunak hisobotlar xizmat safariga yuborilgan xodim tomonidan 3 ish kunida taqdim etishi zarur boʻlsa-da, hisobotlar muddatidan ancha kechikib topshirilmoqda.
III. Takliflar
3.1. Vazirlikning tegishli boshqarma va boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlarni reja jadval tuzish va rejalashtirilgan ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilsa, yillik xarajatlar smetasiga rejalashtirilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida va toʻliq sarflanishiga olib keladi.
3.2. Vazirlik tomonidan turli tadbirlarning boʻyruqlarini tadbir oʻtkazish muddatidan kamida 15 kun oldin “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga mos ravishda imzolatish.
3.3. Xizmat safari boʻyicha bunak hisobotlar xizmat safariga yuborilgan xodim tomonidan 3 ish kunida taqdim etishini taʼminlash.
IV. 2022 yilning 2-yarim yilligiga ish rejalar
4.1. Vazirlikning 2022-yil 1-yarim yillik hamda 9 oylik byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarning ijrosi, debitor va kreditor qarzdorliklar hamda balans hisobotlarini tayyorlash, shuningdek, vazirlik tasarrufidagi respublika byudjetidan mablagʻ oluvchi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini qabul qilish va jamlanma moliyaviy hisobotlarni Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
4.2. Vazirlik xodimlarining oylik ish haqi boʻyicha maʼlumotlarni Davlat soliq qoʻmitasi, Xalq banki va Davlat statistika qoʻmitasiga 1-yarim yillik va 9 oylik hisobotlarni topshiriladi.
4.3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2024-yillarda oʻzbekiston respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Qaroriga asosan manzilli roʻyxat asosida DMTT lariga yetkazib beriladigan jixozlar yuoʻyicha imzolangan shartnomalarga muvofiq 15% oldindan toʻlovlarni hamda yetkazib berilgan jixozlar boʻyicha 70% mablagʻlar toʻlovlarini amalga oshiriladi.
4.4. Vazirlik markaziy apparat xodimlariga xar oy ish xaqi hisoblash, shu bilan birga vazirlik, xududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari xodimlariga va respublika tashkilotlari xodimlariga maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ustama moliyalashtiriladi.
4.5. Vazirlikning ehtiyoji uchun xarid qilinadigan tovarlar (ishlar va xizmatlar) kirim va chiqimlarini va hisobotini yuritish, shu bilan birga vazirlik balansidagi avtotransport vositalari taʼmirlash, yoqilgʻi va moylash xizmatlari boʻyicha toʻlovlar, yul varaqasiga asosan yoqilgʻi sarfini hisoblash va tahlil qilinadi.
4.6. Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil markazlashgan tadbirlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi bilan tasdiqlangan tadbirlarning xarajatlar smetasiga muvofiq imzolangan shartnomalar asosida toʻlovlarni amalgi oshirish va tadbirda sarflangan mablagʻlar boʻyicha moliyaviy hisobotlarni qabul qilish va balansdan chiqarish ishlari amalga oshiriladi.