Taʼlim jarayoni sifatini taʼminlash va innovatsion pedagogik texnologiyalarini joriy etish boshqarmasining 2022-yil I-yarim yillik faoliyati natijalari toʻgʻrisida HISOBOT

news-detail

Boshqarma tomonidan joriy yil tomonidan 6 oy davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  1. Maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalish boʻyicha

2022-yil uchun “Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yangi tizimini yaratish boʻyicha ishlab chiqilgan «Yoʻl xaritasi” doirasida amalga oshiriladigan ishlar belgilanib, berilgan vazifalar ijrosi oʻz muddatida amalga oshirilib, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga maʼlumot taqdim etib kelinmoqda.

1. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-iyundagi 305-F-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Iqlim oʻzgarishining Oʻzbekistondagi oqibatlarini yumshatish boʻyicha qisqa (2021-2023-yillar) va oʻrta (2023-2025-yillar) muddatli chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi”ning 44-bandi hamda Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil I yarim yillik ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 25-mart “Xalqaro Yer kuni munosabati bilan “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovini oʻtkazish hamda respublika koʻrgazmasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 67-son buyrugʻi qabul qilindi.

Buyruq bilan “Xalqaro Yer kuni munosabati bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida «Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovlarini oʻtkazish hamda respublika koʻrgazmasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi Nizom tasdiqlandi.

     Mazkur Nizomga asosan tanlov va koʻrgazmaning:

davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 1-bosqichi 10-20-mart kunlari;

         tuman (shahar) 2-bosqichi 20-30-mart kunlari;

         hududiy boshqarma 3-bosqichi 1-10-aprel kunlari oʻtkazildi.

2022-yilning 27-aprel kuni vazirlik binosida komissiya aʼzolari ishtirokida “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida bolalar rasmlari tanlovining Respublika bosqichiga maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari tomonidan taqdim etilgan (14 ta hududdan 3 tadan yuborilgan umumiy 42 ta rasmlar) rasmlarni saralash hamda I, II, III oʻrin gʻoliblari aniqlash maqsadida, “Xalqaro Yer kuni munosabati bilan «Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovining respublika bosqichi baholash mezonlari va ballari koʻrib chiqildi.

Komissiya xulosasiga koʻra,  I, II va III oʻrin va oʻziga xosligiga koʻra turli xil nominatsiya gʻoliblari aniqlandi (roʻyxat ilova qilinadi).

Joriy yilning 29-aprel kuni Mirobod tumanida joylashgan 34-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida rasmlar tanlovining Respublika bosqichi koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

Koʻrgazmada gʻolib va ishtirokchilar vazirlikning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi. Oʻtkazilgan koʻrgazma OAV va vazirlikning veb saytida yoritildi.

2. 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” 1925-yil Jenevada bolalar farovonligiga bagʻishlangan Butunjahon konferensiyasida taʼsis etilgan va 1950-yildan beri bayram sifatida nishonlab kelinadi.

Respublikamizda bolalarning sanʼat va madaniyatga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni tasviriy sanʼatga, badiiy ijodga boʻlgan qiziqish va eʼtiborini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi tashabbusi bilan respublikamizdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida   “Zaminda tinchlik - bizning qoʻlimizda” mavzusida bolalar rasmlari koʻrgazmasi tashkil etdi.

Mazkur koʻrgazma joriy yilning 30-mayidan 2-iyun kuniga qadar “Yoshlar ijod saroyi”da oʻtkazildi.

Koʻzgazmada maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari tomonidan chizilgan 280 dan ortiq jajji rassomlar tomonidan chizilgan rasmlar ishtirok etdi. Tarbiyalanuvchilar oʻzlarining ijod namunalari bilan ona zaminda tinchlik, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini rasmlarlar orqali ifodalashga harakat qilganlar.

Koʻrgazmaning ochilish marosimida Yunusobod tumanida joylashgan  304-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan musiqa va raqs dasturlari namoyish etildi.

Koʻrgazma 2022-yilda Shanxay hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan sammiti oldidan hamda Xitoyning Uxan shahrida boʻlib oʻtadigan Xalqaro bolalar rasmlari koʻrgazmasida ham ekspozitsiya qilinadi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-sentabrdagi
PQ-5251-son qarori bilan tasdiqlangan Velosport turlarini 2021-2022-yillarda
rivojlantirish dasturining 6-bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligining 2021-yil 30-sentabrdagi 190/1-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan 2021-2022-yillarda maktabgacha taʼlim tizimida velosportni ommalashtirish dasturining 3-bandlari ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 28-aprelda “Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida bolalar velomarafonini tashkil etish toʻgʻrisida” 100-son buyrugʻi qabul qilindi.

Mazkur buyruq bilan Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida bolalar velomarafoni(keyingi oʻrinlarda - velomarafon)ni oʻtkazish boʻyicha Nizom (keying oʻrinlarda - Nizom) ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

         Nizomga asosan Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida bolalar velomarafoni tashkil etildi.

  1. 4. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda joriy yilning 13-iyun kuni Mirobod tumanida joylashgan 482-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida “Zukko bolajon!” loyihasi doirasida   “Zukko Bolajon” foto-albomi taqdimotiga bagʻishlangan, badiiy-musiqali bayram tadbiri oʻtkazildi. Loyihaning kelgusidagi asosiy maqsadi etib:
  2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Zukko bolajon!” albomi asosida devoriy lavhalar bilan bezatish;
  3. “Zukko bolajon!” fotoalbomining taqdimoti va tavsiyaviy targʻibot ishlarini olib borish;

“Zukko bolajon!” loyihasi doirasida milliy anʼanalari asosida bezatilmagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini devoriy surʼatlar milliy qadriyatlarimizga mos tarzda bezash boʻyicha mutaxassislar bilan hamkorlikda tavsiya ishlab chiqish belgilangan.

5. “Yangi Oʻzbekiston” ijtimoiy-siyosiy gazetasining 2022-yil 6-apreldagi 68 (590)-sonida “Bolalar bogʻchasi — ilk moslashuv davrasi”, “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari qanday bezatilishi kerak?”, “Milliy ertaklar — oʻzlikka yetaklar”, “Nurota tajribasi nega ommalashtirilyapti?”, “Tarbiyachining oʻzi tarbiyalangan boʻlishi kerak” sarlavhali maqola chop etildi.

  1. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4954-son qarori bilan tasdiqlangan “Shaxmatni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturini 2021-yilda amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl xaritasi”ning 2-bandiga muvofiq “Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston birinchiligi musobaqalarini tashkil etish” vazifasi belgilangan.

Shu munosabat bilan, Maktabgacha taʼlim vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining «Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida «Shaxmat kunlar”ni oʻtkazib borish toʻgʻrisida» 2021-yil 27-apreldagi 69-son buyrugʻiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida» 2022-yil 1-iyundagi 131-son buyrugʻiga hamda “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti boshqichi  joriy yilning 5-8-iyun kunlari, tuman (shahar) bosqichi 12-16-iyun kunlari, viloyat bosqichi 19-22-iyun kunlari oʻtkazildi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining Respublika bosqichi, viloyat bosqichida gʻolib boʻlgan 28 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oʻgʻil va qiz bola tarbiyalanuvchilari oʻrtasida joriy yilning 28-iyun kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

II. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari attestatsiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” qarori bilan “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq vazirlik tizimida 2022-yil I-yarim yil rejaga asosan respublikada 1103 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari attestatsiyaga jalb etilgan. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida reja asosida 876 MTTlar jalb etildi, ulardan 55 MTTlar oʻtmadi deb etirof etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan may oyining bayonnomasi taqdim etilmagani sababli yanvar-aprel oylari natijalariga koʻra quyidagi tahlilliy maʼlumotlar aniqlandi.

Jami yanvar-aprel oylarida 876 MTTlar jalb etilib, ulardan 773 (88,2%) MTTlar “oʻtdi” deb eʼtirof etildi. Jami “oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan 103 MTTlardan 48 (4,6%) MTTlar turli, oʻzlariga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra oʻtmadi, 55 (6,2%) MTTlarga esa Nizomga muvofiq choralar koʻrildi.

III. Oʻquv, metodik va didaktik materiallar bilan taʼminlash boʻyicha

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5144 Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oilaviy, nodavlat, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻquv-uslubiy va didaktik materiallar ehtiyojlarini tasdiqlangan manzilli roʻyxat asosida barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazildi. Oʻquv-uslubiy va didaktik materiallarni taʼlim-tarbiya jarayonida samarali qoʻllash boʻyicha hududiy masʼul xodimlar tomonidan kaskad usulida amaliy seminar-treninglar oʻtkazildi.
  2. MTTlarga zarur boʻlgan oʻquv-uslubiy va didaktik materiallar ehtiyoji aniqlanib, ular asosida Maktabgacha taʼlim vazirligi qoshidagi axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion markazi MCHJ ga oʻquv-didaktik materiallarni texnik topshiriqlar va maketlarini ishlab chiqish boʻyicha topshirigʻi berilgan.
  3. “Maktabgacha yoshdagi bolalarda sport bilan shugʻullanishga sogʻlom, kuchli va taʼsirchan motivatsiyani shakllantirish” oʻquv-uslubiy qoʻllanmasi vazirlikning internet jahon axborot tarmogʻida rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.
  4. «Maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk tasavvurlarlarini shakllantirish» nomli maktabgacha taʼlim tashkilot pedagoglari uchun oʻquv-uslubiy qoʻllanmasi tayyorlanib, nashrga tavsiya etildi.
  5.  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oila va xotin-qizlarni tizimli
    qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari
    toʻgʻrisida» 2022-yil 7-martdagi PF-87-son farmoni bilan tasdiqlangan
    “2022 - 2026-yillarda xotin qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha Milliy dasturni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi”ning   93-bandi ijrosi yuzasidan hamkor tashkilotlarning vakillaridan iborat ishchi guruhi shakllantirilib, maktabgacha yoshdagi bolalarda oila muqaddasligi, ota-onani hurmat qilish, keksalarni eʼzozlash kabi fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan “Men va mening oilam” uslubiy qoʻllanmasi tayyorlandi..
  6. 2-3 yosdagi maktabgacha taʼlim tashkilot tarbiyalanuvchilari uchun namunaviy taʼlim-tarbiyaviy dasturi va uni amaliyotda qoʻllash yuzasidan tarbiyachi pedagoglar uchun taqdimot materiallari seminar uchun tayyorlandi.
  7. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga Gretsiyaning “MM-publication» nashriyoti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 20 ming nusxa darsliklarni maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ingliz tilini oʻrganish uchun «Hi Kids! For Uzbekistan» toʻplami (Hi Kids! Studentʼs book, Hi Kids! Workbook va Hi Kids! Teacherʼs book) taqdim etildi va seminar-treninglar oʻtkazildi. Hozirgi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ingliz tili pedagoglarining oʻquv yili yakuni boʻyicha fikr va hulosalari umumlashtirilmoqda.
  8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori bilan tasdiqlangan “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash boʻyicha «Yoʻl xaritasi”ning 10-bandiga muvofiq «Maktabgacha yoshdagi bolalarning lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi va yangi imlo qoidalari boʻyicha savodxonligini shakllantirishga moʻljallangan turli koʻrgazmali va tarqatma materiallar tayyorlash» vazifasi belgilangan. Mazkur band ijrosini taʼminlash maqsadida vazirlik mutaxassislari tomonidan “Ilk qadam” maktabgacha taʼlim tashkilotining davlat oʻquv dasturiga mufoviq oy mavzularida duch keladigan, kundalik muloqotda kam ishlatiladigan soʻzlardan tarkib topgan «Mening ilk izohli lugʻatcham» nomli maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari uchun izohli lugʻatcha (rasmli-bezakli) ishlab chiqilib hulosa olish uchun mutaxassislarga yuborildi.

IV. Xalqaro loyihalarda ishtroki

  1. “MELQO” «Maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimini ishlab chiqish va tadbiq etishga koʻmaklashish» loyihasi doirasida «Oʻzbekistonda bolalarni erta yoshdan  rivojlantirishni takomillashtirish loyhasi» orqali erta yoshdagi bilim sifati va natijalarini baholash (MELQO) vositalarini yakuniy koʻrinishga keltirish boʻyicha harakatlar rejasi, mazkur vositalar birlamchi sinovdan oʻtkazilib va milliy darajada joriy etish jarayoni boʻyicha loyihasi ishlab chiqildi.
  2. Instansiyaning 2021-yil 9-iyuldagi 2021-yil 27-iyuldagi 11-RA 2-4459-son koʻrsatmasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va “Mehribonlik korpusi”ning Oʻzbekistondagi filiali oʻrtasida “Oʻzbekistonda taʼlim va bolalar ovqatlanishi uchun oziq-ovqatlar” loyihasini Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirish boʻyicha uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum doirasida 2021-2024-yillarda “Mehribonlik korpusi” tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyati davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari shart-sharoitlarini yaxshilash uchun Kitobxonlik burchaklarini yaratish hamda jihozlash yuzasidan rejaga asosan tashkiliy ishlar davom etmoqda.
  3. “Bolalik akademiyasi”(www.bolakadem.uz)- raqamli platformasi yetakchi taʼlim sohasining ilgʻor mutaxassislari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, UNICEF va “Bilim makon” Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi hamkorligida yaratilgan qulay va moslashtirilgan raqamli platforma. Raqamli platforma uzluksiz taʼlimni qoʻllab-quvvatlash, anʼanaviy taʼlim tizimlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish, Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim sohasidagi pedagoglar va mutaxassislarga, shuningdek ota-onalar va maktabgacha yoshdagi bolalarga yordam berish uchun moʻljallangan boʻlib mazmuniy jihatdan takomillashtirilib borilmoqda.
  4. 2021-yil 24-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Oʻzbekiston-Koreya biznes uyushmasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolangan boʻlib, uning asosida Koreyaning EDULINK kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan S-board mobil ilovasi tanlanma asosida 2021-yil sentabr oyidan boshlab Bektemir tumanidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga (DTM) eksperimental (pilot) asosida joriy etildi va MTV mutaxassislari tomonidan berilgan tavsiyalar asosida takomillashtish ishlari olib borilmoqda.

V. Amaliy seminar-treninglar va oʻrganishlar

  1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati , Toshkent viloyati, Namangan viloyatlarida oʻrganishlar olib borilgan boʻlib, kamchiliklari yuzasidan amaliy seminarlar oʻtkazilgan.
  2. Iyun oyida Taʼlim sifati jarayonini taʼminlash va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish hududiy masʼul xodimlari ishtrokida onlayn tarzda Taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan ZOOM yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

VI. Ijro intizomi boʻyicha

1. Taʼlim jarayoni sifatini taʼminlash va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish boshqarmasiga http://mf.ijro.uz/ portali orqali 2022-yilning 6 oyi davomida jami 26 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ushbu murojaatlarning barchasini ijrosi belgilangan muddatda taʼminlandi.

2. Taʼlim jarayoni sifatini taʼminlash va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish boshqarmasiga http://mf.ijro.uz/ portali orqali 2022-yilning 6 oyi davomida jami 479 ta hujjatlar kelib tushgan boʻlib, ushbu hujjatlarning 394 tasining ijrosi taʼminlandi. 85 ta hujjatlar ish jarayonida. Belgilangan muddatlarda ijrosi taʼminlanadi.

3. “app.ijro.uz” tizimi orqali jami 157 ta hujjatlar loyihalari kelishildi yoki ishlab chiqildi. Shundan 117 ta hujjatlar boshqarma boshligʻiga boshqarma xodimlari yoki boshqarma boshliqlari tomonidan kelishishga kiritilgan. Shu bilan birga boshqarma boshligʻi tomonidan 40 ta hujjat loyihasi ishlab chiqilgan (loyihalar raqamlari ilova qilinadi).

4. Ekspertizadan oʻtkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga (project.gov.uz, app.ijro.uz va boshqalar) mustaqil yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda 12 ta xulosalar tayyorlandi.

VII. Muammolar

1. Boshqarmada ish hajmini koʻpligi, xususan jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishi boʻyicha mutaxassis yoʻqligi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha 1 nafar mutaxassis shugʻullanayotganligi muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Yechimi: Boshqarmada kamida 2 ta qoʻshimcha shtat ajratish va unga jismoniy tarbiya va sport boʻyicha hamda maʼnaviy-marifiy ishlar boʻyicha  qoʻshimcha mutaxassislarni ishga qabul qilish.

VIII. 2022-yilning ikkinchi yarmida rejalashtirilgan asosiy vazifalar.

1. Maktabgacha taʼlim tizimida “Anʼanaviy avgust kengashini” oʻtkazishda tegishli boshqarmalar bilan hamkorlik qilish.

2. 2022/2023 oʻquv yilida maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun ishlab chiqilayotgan oʻquv-metodik va didaktik materiallarni ishlab chiqilishida Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi bilan hamkorlik qilish.

3. Maktabgacha taʼlim tizimida taʼlim sifatini samarali tashkil etish boʻyicha tizimli seminar-treninglarni tashkil etish.

4. Maktabgacha taʼlim tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish boʻyicha seminar oʻtkazish.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim agentligi rahbariyatining xorijga xizmat safarlari

Maktabgacha ta'lim agentligi rahbariyatining xorijga xizmat safarlari IMG_0002.pdf 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Мактабгача таълим хизматларини кўрсатиш бўйича маълумотлар

Мактабгача таълим хизматларини кўрсатишда тенг имкониятларни яратиш бўйича белгиланган устувор вазифалар, амалга оширилган ишлар, мавжуд муаммолар ва уларни бартараф этиш юзасидан М А Ъ Л У М О Т   I. 2017-2023 йилларда амалга оширилган ишлар: Ўтган давр мобайнида мактабгача таълим тизими тубдан ислоҳ қилиш ҳамда мактабгача таълим ташкилотлари тармоғини кенгайтириш ва болаларни мактабгача таълим билан янада кенгроқ қамраб олинишини таъминлаш йўналишида қатор ижобий натижаларга эришилди. Жумладан, 2017 йилда мактабгача таълим ташкилотлари сони 5 211 тани ташкил этган бўлса, соҳага нодавлат секторни кенг жалб қилиш учун қулай шарт-шароитлар яратиш ҳамда мамлакатда илк маротаба давлат-хусусий шериклик тизимини жорий қилиш натижасида 2023 йилга келиб, мактабгача таълим ташкилотлари сони 6,5 баробарга ортиб, 33 942 тага етказилди. Мисол учун, нодавлат секторнинг улуши 2017 йилда 0,5 фоиз(250 та)ни ташкил этган бўлса, ҳозирда уларниг улуши 80 фоиз(28 минг та)га етказилди. Республика бўйича 2017 йилда болаларни мактабгача таълим билан қамрови 27 фоиз(700 минг нафар)ни ташкил этган бўлса, 2023 йилга келиб ушбу кўрсаткич 2,6 баробарга орттирилиб, 74 фоиз (2,2 млн. нафар)га етказилди. Республикадаги барча болалар учун бир хил бошланғич имкониятларни яратиш йўлида ҳар бир боланинг мактабга киришидан бир йил олдин умумий ўрта таълимга мажбурий бир йиллик тайёргарликдан ўтишга бўлган ҳуқуқи “Мактабгача таълим ва тарбия” тўғрисидаги қонун билан кафолатланди. Эндиликда болалар мактабга чиқишдан олдин бир йиллик мажбурий бепул мактабга тайёрловдан ўтказилмоқда. Жорий йил якунига келиб қамраб олинган 6 ёшли болалар улуши 93 фоизга (692 минг нафарга) етди. Мактабгача таълим хизматларини янада кенгайтириш мақсадида мактабгача таълимнинг муқобил шакллари яратилди. Хусусан, барча болаларга тенг имкониятлар яратиш мақсадида 25 мингта оилавий нодавлат мактабгача таълим ташкилотлари фаолияти йўлга қўйилиб, 662 минг нафар болалар қамрови таъминланди. Мактабгача таълим ташкилотларини қуриш имкони мавжуд бўлмаган олис ва чекка ҳудудларда “Ақлвой” лойиҳаси доирасида 156 та маҳаллаларда қайта жиҳозланган 72 та ИСУЗУ автобусларда негизида 429 та мобиль гуруҳлар ташкил этилиб, уларга 9,5 минг нафар болалар қамраб олинди. ЮНИСЕФ халқаро болалар ташкилоти билан ҳамкорликда ташкил этилган 20 та “Турли хил ёшдаги мактабгача таълим гуруҳлари” (ўйин гуруҳлари)га 496 нафар болалар қамраб олинди. Жаҳон банкининг “Болани эрта ривожлантириш” лойиҳаси доирасида ташкил этилган “Илк ривожланиш марказлари”га жами 1 600 нафар болалар жалб этилди. Инклюзив таълим тамойиллари ва имконияти чекланган болаларга ёрдам кўрсатишнинг янги шакллари жорий этилди. Жумладан, Нукус, Қарши, Зарафшон шаҳарлари ва Қибрай туманида реабилитация марказига эга бўлган кўп тармоқли ихтисослаштирилган ва қўшма турдаги мактабгача таълим ташкилоти каби янги шакллар жорий этилди. Барча кўп тармоқли ихтисослаштирилган давлат мактабгача таълим ташкилотлари реабилитиция асбоб ускуналари билан таъминланди. Мактабгача таълим ташкилотларида фаолият кўрсатаётган педагог кадрлар сони 58 минг нафардан 160 минг нафарга оширилди. Олий маълумотли педагог кадрларнинг улуши 21,6 фоиздан 34,1 фоизга етказилди. Барча давлат мактабгача таълим ташкилотлари ҳамда 14 000 та оилавий нодавлат мактабгача таълим ташкилотлари ўқув-методик, кўргазмали ва дидактик материаллар билан таъминланди. Ўзбекистон Республикаси Илк ва мактабгача ёшдаги болалар ривожланишига қўйиладиган давлат талаблари, “Илк қадам” давлат ўқув дастури, 6 ёшли болаларни мактаб таълимига тайёрлаш учун “Илм йўли” вариатив дастури, алоҳида таълим эхтиёжларига муҳтож бўлган болалар учун мослаштирилган ўқув дастури, 6 номдаги педагогларнинг касбий компетенцияларини оширишга қаратилган  методик қўлланмалар ва ривожантирувчи ўқув-дидактик материаллар компетенциявий ёндошув асосида такомиллаштирилиб яратилган. Мактабгача таълим тизимида фаолият юритиб келаётган педагог ходимлар учун узлуксиз методик хизматни ташкил этиш мақсадида “Learning passport” (Болалик академияси – bolakadem.uz) таълим электрон платформаси жорий этилди. Шу билан бирга, 6 ёшгача бўлган болалар саломатлиги ва ривожланишининг барча жиҳатлари бўйича мутахассислар маслаҳати билан таъминлаб берувчи ота-оналар учун «Bebbo» мобил иловаси ишга туширилди. Республикадаги 3 519 та давлат мактабгача таълим ташкилотларида 10 155,0 млрд.сўм эвазига 535 160 ўринли қурилиш-таъмирлаш (янги 513 та 73 905 ўрин, реконструкция 2 215 та қўшимча 104 030 ўрин яратилган ва мавжуд 231 278 ўрин таъмирланган, мукаммал таъмир 791 та 125 946 ўрин) ишлари амалга оширилган. 2017 йилда Мактабгача таълим соҳасига давлат бюджетидан 2,1 трлн. сўм ёки бюджет харажатларининг 4,4 % миқдорда маблағ ажратилган бўлса, 2023 йилга келиб бюджет харажатларининг 5,8 % миқдорда 11,8 трлн. сўм ёки 5,6 баравар кўпроқ маблағ ажратилди. 2021 йилдан бошлаб, 27 мингдан зиёд давлат-хусусий шериклик асосидаги мактабгача таълим ташкилотларида мутлақ янги бўлган Нодавлат мактабгача таълим ташкилотларини бошқариш ахборот тизими жорий этилиди. Ушбу ахборот тизими орқали янги оилавий МТТларни ташкил этиш, уларнинг қувватини ошириш ва битим муддатларини узайтириш масалаларида электрон ариза қабул қилиниши, нодавлат МТТларга субсидия ва компенсациялар автоматлаштирилган тарзда тўлаб берилиши йўлга қўйилди. Давлат мактабгача таълим ташкилотларининг 1,2 мингтасида 83 нафар тадбиркорлар томонидан аутсорсинг хизматлари кўрсатилиши йўлга қўйилди. Республикадаги барча давлат мактабгача таълим ташкилотларида овқатлантириш ишлари “Ақлвой-ошпаз, боғчалар учун таомлар рецепти” тўпламидан фойдаланган ҳолда тузилган Ягона мавсумий таомнома асосида ташкил этилди. АҚШ қишлоқ хўжалиги вазирлигининг Ўзбекистондаги “Mercy corps” филиали ҳамкорлигида Қорақалпоғистон Республикаси ва Сурхондарё вилоятидаги 60 та ДМТТнинг санитария гигиена хоналари (хожатхоналар), сув таъминоти тизими ҳамда ошхоналар таъмирланди ва замонавий керакли жиҳозлар билан таъминланди. Ҳозирги кунда 100 та мақсадли ДМТТ ларда юқоридаги ишлар давом этмоқда. “Таълим учун озиқ-овқат ва болалар овқатланиши” дастури доирасида ушбу давлат мактабгача таълим ташкилотларига Ўзбекистонга беғараз ёрдам сифатида 4 турдаги бойитилган озиқ-овқат (20 тонна ўсимлик ёғи, 40 тонна гуруч, 80 тонна ун ва 10 тонна сариқ ярим нўхат) маҳсулотлари олиб келинди ва бугунги кунда мақсадли 166 та давлат мактабгача таълим ташкилотларига “Ягона мавсумий таомнома”га асосан тарқатиб келинмоқда ва истеъмоли мониторинг қилинмоқда. АҚШ қишлоқ хўжалиги вазирлигининг Ўзбекистондаги “Mercy corps” филиали билан ҳамкорлигида Мактабгача таълим ташкилотлари директор ва мутахассисларини қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш институти қошида ҳамшираларни касбий малакасини ошириш, шошилинч ҳолатларда болаларга биринчи тиббий ёрдам кўрсатиш кўникмаларни шакллантириш учун махсус ўқув ускуналар, ўқув тренажёр билан жиҳозланган Ўқув-симуляцион марказ фаолияти йўлга қўйилди. Мактабгача таълим ташкилоти ҳамширалари учун ўқув-дастурлар тасдиқланиб, ушбу Марказда Қорақалпоғистон Республикаси ва Сурхондарё вилоятидаги мактабгача таълим ташкилотларининг 160 нафар ҳамшираларининг малакаси оширилди. Тошкент, Нукус ва Термиз шаҳарларида “Мактабгача таълим тизимида болаларнинг илк ёшидан саводхонлик, рационал овқатланиш, гигиена ва соғлом турмуш тарзи кўникмаларини шакллантиришда компетенциявий ёндашувни жорий этиш” мавзусида ўтказилган амалий конференциялар, семинарлар, ўқув-тренингларда мактабгача таълим ташкилотларининг 1 000 нафардан ортиқ раҳбарлари, методистлари, педагоглари, ошпазлари ва хўжалик ишлари бўйича директор ўринбосарлари малакаси оширилди ва 60 нафар тренерлар тайёрланди. Улар томонидан жойларда менторлар сифатида амалий-ташкилий  ёрдамлар кўрсатиб келинмоқда. Шунингдек, Қорақалпоғистон Республикаси ва Сурхондарё вилоятларидаги мақсадли 60 та ДМТТ да “Кичик кутубхоналар” (уголки чтения) ташкил этилди, уларнинг ҳар бири 150 донадан китоб, дидактик материаллар ва жиҳозлар билан таъминланди. “Ақлвой ошпаз” болалар боғчалари учун рецептлар тўплами қорақалпоқ тилига ўгирилди ва 150 дона китоб нашр қилинди. “Саломатлик алифбоси” китоб тўплами  ўзбек, қорақалпоқ, инглиз тилларига таржима қилинди.  Электрон  тарзда яратилган “онлайн” платформа орқали 4 та ўқув курси ташкил этилиб 100 нафар мактабгача таълим ташкилотларнинг ҳамширалари малакаси оширилди. Соҳада хорижий инвестиция лойиҳаларини мувафаққиятли амалга ошириш натижасида жами 261,1 млн. доллар хорижий инвестициялар (шундан 60,7 грант маблағлари) жалб қилиниб, 147,9 млн. доллар маблағ ўзлаштирилди. Жаҳон банки лойиҳаси доирасида 100 ДМТТда MELQO халқаро баҳолаш воситасини қўллаш орқали илк маротаба мактабгача таълим сифатини ўлчаш миллий тадқиқот ишлари амалга оширилди.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim agentligining 2024-yilga moʻljallangan yillik ISH REJASI

  Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligining 2024-yilga moʻljallangan yillik ISH REJASI   T/r Maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlari)ga erishish boʻyicha chora-tadbirlar Amalga oshirish mexanizmi / ishlab chiqiladigan hujjat Ijro muddati Masʼullar Agentlik rahbariyati Tarkibiy bo‘linmalar 1.           Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini 76,0 foizga yetkazish. 1. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 34 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish va 138 tasini rekonstruksiya qilish orqali qoʻshimcha 10 460 ta yangi quvvatlar yaratish. 2. 1 400 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish orqali 36 000 yangi quvvat yaratish. 3. Maktabgacha taʼlimning muqobil shakli boʻlgan “play” guruhlari faoliyatini tashkil etish. Yil davomida   Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish boshqarmasi (Usanov), Maktabgacha taʼlim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va jihoz bilan taʼminlash qilish boʻlimi (Uzakov), Moliya-iqtisod va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi (Bahronov) 2.           6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrov darajasini 96 foizga yetkazish. Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish va boshlangʻich taʼlimga sifatli tayyorlash. Bunda, qoʻshimcha: 189 ta qisqa muddatli tayyorlov guruhlari; 85 ta toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari; 441 ta majburiy bepul tayyorlov guruhlarini tashkil etish. Yil davomida Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish boshqarmasi (Usanov) 3.           Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlarni muvofiqlashtirish.   1. Tuman(shahar) tibbiyot birlashmasi hamda maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining qoʻshma buyrugi bilan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tarmoq jadvallarini tasdiqlash. 2. 2024-yilda jami tarbiyalanuvchilarning 99,5%ni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish. Jumladan: 1-chorakda – 35,0%; 2-chorakda – 70,0%; 3-chorakda – 85,0%; 4-chorakda – 99,5%. 3. Har chorakda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlarni monitoring qilish. Yanvar             Har chorakda             Har chorakda   Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Bolalar salomatligini taʼminlash va ovqatlantirishni tashkil etish boshqarmasi (Xasanova) 4.           Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom va toʻgʻri ovqatlanishini taʼminlash yuzasidan monitoring oʻtkazish va monitoring natijalariga koʻra oʻquv-amaliy-semianrlar tashkil etish. 1. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish ishlarini belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda tashkil etilishini oʻrganish. 2. 2024-yilda jami 450 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini oʻrganish. Jumladan: 1-chorakda – 125 ta; 2-chorakda – 125 ta; 3-chorakda – 100 ta; 4-chorakda – 100 ta. 3. Monitoring natijalari boʻyicha muhokama oʻtkazish va aniqlangan muammolarni hal etish choralarini koʻrish. 4. Seminar-trening oʻtkazish reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlatish. 5. Seminar-trening jarayonlarini internet tarmoqlari va OAVlarida yoritilishini taʼminlash. Doimiy         Doimiy             Har chorakda Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Bolalar salomatligini taʼminlash va ovqatlantirishni tashkil etish boshqarmasi (Mirzakarimov) 5.           “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosini taʼminlash. 1. Har haftada dushanba va juma kunlari tegishli boshqarma va boʻlimlar bilan birgalikda “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratda turgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash boʻyicha muhokamalar oʻtkazish. 2. Topshiriqlar ijrosini taʼminlamagan masʼullarga nisbatan intizomiy chora koʻrish boʻyicha direktorga taklif kiritish. Har hafta dushanba va juma kunlari     Har oyning 5 sanasiga qadar Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Nazorat-tahlil va murojaatlar bilan ishlash boʻlimi (Odilov) 6.           Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rnatilgan tartibda koʻrib chiqilishini ta’minlash 1. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rnatilgan tartibda koʻrib chiqilishi yuzasidan nazorat olib borish 2. Har chorak yakunida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish natijalarini tahlil qilish hamda rahbariyat huzurida muhokama qilish. 3. Agentlikda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan yuqori tashkilotlarga axborot kiritish. Doimiy     Har chorakda Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Nazorat-tahlil va murojaatlar bilan ishlash boʻlimi (Dadabayev), Tegishli tarkibiy boʻlinmalar 7.           Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarining davomatini shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali yuritish amaliyotini joriy qilish. 1. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bino va inshootlari, guruhlari va tarbiyalanuvchilari soni, hamda boshqa koʻrsatkichlari boʻyicha MTTning elektron pasportini yaratish. 2. Axborot tizimida shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali xodimlar va tarbiyalanuvchilarining davomati yoʻqlama qilish va elektron tabellarni shakllantirish. Aprel         Dekabr Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov) Axborot xavfsizligini taʼminlash va raqamlashtirish boʻlimi (Djurayev), Tegishli tarkibiy boʻlinmalar 8.           Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini kompyuter guruhlari bilan taʼminlash. 1. Kompyuter guruhlari bilan taʼminlanadigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari manzilli roʻyxat shakllantirish. 2. Elektron tender savdolari oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarni tashkil etish. 3. Imzolangan shartnomalar boʻyicha joylarga yetkazilgan jihozlar toʻgʻrisida monitoring yuritish. Fevral     Iyul   IV chorak Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov), Maktabgacha taʼlim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va jihoz bilan taʼminlash qilish boʻlimi (Uzakov) Tegishli tarkibiy boʻlinmalar 9.           Davlat-xususiy sheriklik asosida oilaviy MTT faoliyatini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sherikchilik toʻgʻrisida bitimlar imzolash. 1. Oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish boʻyicha kelib tushgan elektron arizalarini koʻrib chiqish. 2. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini yuritish uchun xususiy sherik bilan bitim imzolash. Yil davomida Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov) Moliya-iqtisod va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi (Bahronov) 10.       Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ehtiyojlarini aniqlash va ularni jihozlash (qayta jihozlash). 1. Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari talab va takliflari asosida 2024-yil Investitsiya dasturiga kiritilgan hamda qoʻshimcha jihozlanadigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari manzilli roʻyxatini shakllantirish 2. Xarid qilinadigan jihozlarning bozor konyunkturasidagi narxlarini oʻrnatilgan tartibda oʻrganish va tender hujjatlari loyihasini tayyorlash. 3. Elektron tender savdolarini oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarni tashkil etish. 4. Imzolangan shartnomalar boʻyicha joylarga yetkazilgan jihozlar toʻgʻrisida monitoring yuritish. I chorak           May     Avgust   IV chorak   Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov) Maktabgacha taʼlim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va jihoz bilan taʼminlash boʻlimi (Uzakov) 11.       Maktabgacha taʼlim tizimiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, taʼlim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish maqsadida zamonaviy didaktik materiallar bilan taʼminlash. 1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʻquv-metodik vositalar, qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar, didaktik oʻyin va oʻyinchoqlarga boʻlgan extiyojini aniqlash. 2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik vositalar, qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar, didaktik oʻyin va oʻyinchoqlarning texnik topshiriqlarini ishlab chiqish. 3. Ishlab chiqilgan oʻquv-metodik vositalar, qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar, didaktik oʻyin va oʻyinchoqlarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazish. Fevral       Mart         III chorakda Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Taʼlim sifatini baholash, metodik yordam koʻrsatish va tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi  (Grosheva), Axborot va pedagogik inavatsion texnologiyalar markazi (Kim) 12.       Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish. 1. Hududlarning malaka oshirishga boʻlgan 14 000 nafar rejasiga asosan har oyda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tashkil etish: 1-chorakda – 3200 nafar; 2-chorakda – 3 400 nafar; 3-chorakda – 2 800 nafar; 4-chorakda – 4 600 nafar. 2. Har chorak yakunlari boʻyicha malaka oshirish rejasining ijrosi boʻyicha muhokama oʻtkazish va aniqlangan muammolarni hal etish choralarini koʻrish. Har chorakda               Har chorakda Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Pedagog kadrlarni kasbiy salohiyatini rivojlantirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirirsh boshqarmasi (Xamdamova) 13.       Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish 1. Investitsiya loyihalari doirasida mablagʻlarni jalb etish boʻyicha XMI nomiga soʻrovnoma yuborish. 2. Jami 40,0 mln dollar mablagʻlarni jalb etish. Jumladan: 2-chorakda – 20,0 mln dollar; 4-chorakda – 20,0 mln dollar. 3. Har oy Xalqaro moliya institutlari bilan muzokara olib borish. Yanvar     Yil davomida     Har oyda Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Chet el loyihalarini amalga oshirish boʻlimi (Abdulxayev) 14.       Maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida investitsiyalarni oʻzlashtirish 1. Investitsiya loyihalari doirasida mablagʻlarni oʻzlashtirish boʻyicha tarmoq jadvallarini tasdiqlash. 2. 2024-yilda jami 25,1 mln dollar mablagʻlarni oʻzlashtirish. Jumladan: 1-chorakda – 1,8 mln dollar; 2-chorakda – 4,0 mln dollar; 3-chorakda – 9,9 mln dollar; 4-chorakda – 9,4 mln dollar. 3. Har haftada investitsiya loyihalarini ijrosi boʻyicha muhokama oʻtkazish va aniqlangan muammolarni hal etish choralarini koʻrish. Yanvar     Har chorakda           Har haftada Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Chet el loyihalarini amalga oshirish boʻlimi (Abdulxayev)  

Вид сайта
Размер шрифта