Fotogalereya
Jizzax viloyatining Doʻstlik tumanida bir kunda 3 ta DMTT foydalanishda topshirildi. Endilikda 520 nafar bolajonlar maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olinadi.Joriy yilning 8-aprel kuni Jizzax viloyati Doʻstlik tumani “Navroʻz” mahallasida 10-son DMTT 140 oʻrinli, 3-son DMTT 240 oʻrinli, 7-son 140 oʻrinli DMTTlar foydalanishga topshirildi. Barcha sharoitlarga ega, keng va yorugʻ xonalar, sport va musiqa zallari, innovatsion taʼlim berishga ixtisoslashgan jihozlar endilikda kichkintoylarimizning porloq istiqboli uchun xizmat qiladi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanning chekka hududida joylashgan «Mehrobod» mahallasida 90 oʻrinli 26-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining qurilish ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi. Ushbu tashkilot mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan yangidan qurildi. Bundan tashqari, aholi bandligini taʼminlash maqsadida, ushbu tashkilotga hududdagi 20 nafar pedagog va ishchi xodimlar ishga qabul qilish koʻzda tutilgani. Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotida 3 ta guruh uchun moʻljallangan, zarur mebellar bilan jihozlangan keng va yorugʻ xonalar, zamonaviy musiqa zali, shinam yotoqxona va barpo qilingan. «Mehrobod» mahallasida 327 nafar 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar mavjud boʻlsa, shularning 120 nafari ushbu davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qamrab olinishi koʻzda tutilgan. Shundan 90 nafari kuni uzaytirilgan guruhda, qolgan 30 nafari qisqa guruhlarga qamrab olinadi. Shu bilan birga, Qumqoʻrgʻon tumanining “Hurriyat” mahallasida ham 140 oʻrinli 10-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ham bolajonlarga oʻz eshigini ochdi. Ushbu davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 1978-yil qurilgan boʻlib, 2021-yilda “Obod qishloq dasturi” asosida taʼmirga tushib, 1 mlrd 800 mln mablagʻ hisobidan kapital taʼmirlash ishlari olib borildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotida 6 ta kuni uzaytirilgan va 2 ta qisqa guruh uchun moʻljallangan, zarur mebellar bilan jihozlangan keng va yorugʻ xonalar, zamonaviy musiqa zali, shinam yotoqxona, oshxona va yozgi ayvonchalar barpo qilingan. “Hurriyat” mahallasida 398 nafar 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar mavjud boʻlsa, shularning 190 nafari ushbu davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qamrab olinishi koʻzda tutilgan. Shundan 140 nafari kuni uzaytirilgan guruhda, qolgan 50 nafari qisqa guruhlarga qamrab olindi.
BatafsilMaktabgacha taʼlim vazirligi delegatsiyasi Parijda xizmat safarining uchinchi kuni navbatdagi samarali uchrashuvni oʻtkazdi. YUNESKO Bosh direktori Odri Azule xonim joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish boʻyicha II Butunjahon konferensiyasini oʻtkazish masalasini muhokama qilish uchun tashkilot bosh ofisida vazirlik rahbariyatini qabul qildi. Vazirlar darajasidagi mazkur anjumanni oʻtkazish uchun Oʻzbekistonning mezbon davlat sifatida tanlanishi YUNESKO rahbariyati tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlandi. Shu bois mazkur uchrashuv tashkilot Bosh direktoriga minnatdorchilik va hurmat-ehtirom bildirish uchun navbatdagi imkoniyat boʻldi. Odri Azule mamlakatimizning maktabgacha taʼlimni nafaqat mamlakat miqyosida, balki xalqaro miqyosda rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasini yuqori baholadi. Respublikamizning erta rivojlanish sohasidagi yutuqlari sezilarli boʻlib, xalqaro ekspertlar va hamkorlar tomonidan haqli ravishda baholanmoqda.
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va Ommaviy Kommunikatsiyalar Agentligida Maktabgacha taʼlim vazirligining “Davlat-xususiy sherikligi xususidagi muammolar va ularning yechimlari borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Ushbu matbuot anjumanida soha mutaxassislari tomonidan 2017 — 2021-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini davlat tomonidan boshqarishning samarali tizimini yaratish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda davlat-xususiy sherikligi hamda nodavlat sektorini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar va bu borada olib borilgan ishlar, natijalar, kamchiliklar, yutuqlar haqida soʻz yuritilib, quyidagilar maʼlum qilindi: Maktabgacha taʼlim tizimini, shu jumladan maktabgacha taʼlim xizmatlari nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalarning maktabgacha taʼlim tizimiga yanada kengroq qamrab olinishini taʼminlash hamda maktabgacha taʼlim sohasidagi davlat-xususiy sherikchiligi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, davlat-xususiy sheriklik yoʻnalishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13 ta qarorlari qabul qilinib hozirgi kunga qadar amal qilinmoqda. Qabul qilingan qarorlar ijrosi sifatida 2018-2021-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida 179 270 quvvatga ega nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun 1 733 nafar tadbirkorlar bilan bitimlar imzolangan. 2018-2021-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida 20 643 nafar tadbirkorlar tomonidan 626 374 quvvatga ega nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi hamda 70 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi. Xususan, 116 267 quvvatga ega 1 154 ta davlat-xususiy sheriklik hamda 510 107 quvvatga ega 19 489 ta oilaviy nodavlat bogʻchalar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Jami faoliyati boshlangan 20 643 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan 626 374 nafar bolalarning 384 593 (61,4%) nafari ijtimoiy koʻmakka muhtoj oila farzandlari hisoblanadi (DXSH loyihalarida 28 601 (24,6%), oilaviy loyihalarda 360 135 nafari (70,6%). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-sonli qaroriga asosan qamrovi past boʻlgan tumanlarda 54 825 oʻringa moʻljallangan 2 033 ta oilaviy shakldagi bitimlar imzolandi va oʻz faoliyatini boshladi. Natijada, bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olishda davlat-xususiy sheriklik ulushi 2019-yilga nisbatan 14,0 foizdan 31 foizga oshirildi. Moliya vazirligi va hududlarga biriktirilgan tijorat banklari bilan hamkorlikda 118 042 quvvatga ega 1 155 ta loyihalarni imtiyozli kreditlar bilan moliyalashtirish uchun 2,1 trln. soʻm miqdorida resurs mablagʻi yoʻnaltirildi. Qolgan loyihalar oʻrnatilgan tartibda moliyalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Qamrovi past boʻlgan tumanlarda Ishchi guruhi tomonidan koʻrib chiqilgan 90 ta davlat xususiy sheriklik bitimlari imzolanib, oʻrnatilgan tartibda Moliya vazirligiga moliyalashtirish uchun yoʻnaltirildi. 2018-2021-yillarda davomida davlat-xususiy sheriklik asosida 179 270 quvvatga ega 1 733 nafar tadbirkorlar bilan bitimlar imzolangan. Shundan: 118 042 quvvatga ega 1 155 ta loyiha toʻliq moliyalashtirildi; 19 643 quvvatga ega 180 ta loyihaga kredit talab etilmaydi; 7945 quvvatga ega 64 ta loyihaga imtiyozli kredit ajratish uchun tavsiya berildi; 5350 quvvatga ega 48 ta loyiha Saudiya taraqqiyot fondi tomonidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan; 10 975 quvvatga ega 97 ta loyihaga biriktirilgan tijorat tomonidan oʻrnatilgan tartibda oʻz mablagʻlari hisobidan imtiyozli kredit ajratish ishlari olib borilmoqda. 14 550 quvvatga ega 166 ta bilan bitim bekor qilindi (tadbirkorlarning oʻz mablagʻi evaziga davom ettirish hamda iqtisodiy jihatdan samarasiz deb topilgan loyihalar) 2 765 quvvatga ega 23 ta loyihalar bilan bitim bekor qilish ishlari olib borilmoqda 2018-2020-yillarda imtiyozli kredit ajratilgan, biroq bitimda koʻrsatilgan muddatda oʻz faoliyatini boshlamagan loyihalar soni 74 tani tashkil etadi. 74 ta loyihalardan 46 tasi boʻyicha 9 mlrd. 712 mln.soʻm penya undirish maqsadida sudlardagi daʼvo arizalar qondirildi. Qolgan 28 ta muammoli loyihalar boʻyicha daʼvo arizalari tayyorlanmoqda. Islom taraqqiyot banki hamda Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) hamkorligida jami 53 mln. AQSH dollari miqdorida imtiyozli mablagʻlarni ajratilishi hisobiga 200 dan ziyod davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirilishi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. Kelishuvga erishilgan taqdirda 2023-yildan boshlab loyihalar moliyalashtirilishi rejalashtirilgan. 2022-yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar. 2022-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida 100 ta hamda 1 200 ta oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish orqali qoʻshimcha 45 000 dan ziyod quvvat hamda 4 000 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish rejalashtirilgan. Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi bilan umumiy qiymati 10,9 mln. AQSH dollari miqdoridagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yaratish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha ikki tomonlama kelishuvga erishilgan. Kelishuvga asosan 5 350 quvvatga ega 48 ta loyiha moliyalashtirilishi nazarda tutilgan.
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutida “Talaba ishga joylashadi” shiori ostida oʻtkazilgan mehnat yarmarkasida Jizzax viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi xodimlari, boshqarma tasarrufidagi tuman boʻlimi mudirlari ishtirok etdilar. Boshqarma tasarrufidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mavjud 109 ta vakant oʻrinlarga 200 dan ziyod talabalardan murojaat qabul qilindi. Qabul qilingan murojaatlar boʻyicha boshqarma hamda institutning maktabgacha taʼlim fakulteti bilan memorandum imzolandi. Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat kengashining 34-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada Jizzax viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berildi. Sessiya davomida viloyat hokimining buyrugʻi bilan Jizzax viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi uchun alohida bino ajratildi.
Yurtimizga Navroʻzi olam kirib kelishiga ham oz fursat qoldi. Ushbu bayram arafasida barcha hududlarda katta-katta tadbirlar oʻtkazilmoqda. Xususan, Toshkent shahar Shayxontohur tumani MTB tasarrufidagi 229-241-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ishtirokida ham “Assalom Navroʻz” tadbirdan tashkil etildi. Tadbirda bolajonlar ishtirokida sahna koʻrinishlari namoyish etildi hamda raqslar ijro etildi.
Namangan viloyatining Uychi tumani Ovchibuloq mahallasida bironta ham MTTboʻlmagan. Aholi murojaatlari asosida qariyb 7 milliard soʻmga qurilgan 50-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshladi. Tashkilot 180 nafar oʻringa moʻljallangan boʻlib, ota-onalik badal toʻlovi 50 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga, viloyatning Uchqoʻrgʻon tumanida ham 25-sonli DMTT bolajonlarga eshik ochdi. Tashkilotni qurish uchun 3 mlrd 96 mln soʻm sarflangan boʻlib, 120 oʻringa moʻljallangan. MTT ish boshlashi natijasida 20 dan ortiq ish oʻrni yaratildi. Ushbu 2 ta MTTning ochilishi 300 nafar bolaning qamroviga sabab boʻldi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistonda reabilitatsiyani kuchaytirish bo‘yicha ekspert missiyasining ekspertlar guruhi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov imkoniyati cheklangan bolalarning maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ko'p tarmoqli kompleks yondashuv amalga oshirilmoqda, bunda alohida ta'limga muhtoj bolalarga maktabgacha ta'lim bilan birgalikda yuqori sifatli reabilitatsiya yordami ko'rsatiladi. Bu esa bolalikdan nogironlikning oldini olish va kamaytirishga yordam beradi. Shu bilan birga bolalarning ijtimoiy moslashuvi, nogiron bolalarning har tomonlama hayotiy faoliyati va jamiyat hayotiga faol jalb etilishini ta'minlanadi. Uchrashuvda maktabgacha yoshdagi bolalarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha mavjud vaziyatning ustuvor masalalari muhokama qilinib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari bilan o‘zaro hamkorlik qilish belgilab olindi.
Joriy yilning 4-mart kuni Maktabgacha taʼlim vazirligida “Maktabgacha taʼlim vazirligining faoliyatiga doir hisoboti — tizimdagi 2021-yil natijalari, 2022-yilda rejalashtirilgan vazifalar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin, vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼul xodimlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 2021-yilda Maktabgacha taʼlim tizimiga respublika byudjetidan jami 6,7 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, hisobot davrida 6,6 trln. soʻm (98%) mablagʻ xarajat qilingan. Jumladan: Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparatini saqlash xarajatlari uchun 10,7 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 10,5 mlrd. soʻmga (98%); Maktabgacha taʼlim vazirligining markazlashgan mablagʻlari hisobidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini jihozlash, mantiqiy oʻyin, oʻyinchoqlar, oʻquv-didaktik materiallar bilan taʼminlashga 181 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 177,1 mlrd. soʻmga (97,8%); Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasiga 103,6 mlrd. soʻm (100%); Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining birinchi va ikkinchi guruh xarajatlariga 4,0 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 4,0 trln. soʻmga (100%); Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga subsidiya uchun 1,2 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 1,2 trln. soʻmga (100%); Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʻquv-metodik materiallar bilan taʼminlashga 39,2 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 34,9 mlrd. soʻmga (89,2%); Aqlvoy dasturi doirasida mobil avtobuslar xarid qilishga 2,6 mlrd. soʻm (100%); Kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash xarajatlariga 50,7 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 49,4 mlrd. soʻmga (97,4%); "Imkon" reabilitatsiya markaziga ega koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotini saqlash xarajatlariga 1,4 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 511,8 mln. soʻmga (36%); Investitsiya dasturi doirasida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlariga 1,1 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 991 mlrd. soʻmga (88,4%) bajarilgan. 2021-yilda respublikada 8 849 ta (190 ta davlat, 8 539 ta oilaviy va DXSH asosidagi 120 ta nodavlat MTT) maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyilishi natijasida bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrovi 6.1 foizga oshirildi. Maktabgacha taʼlimning hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda tungi smenada ishlovchi ayollarning farzandlari uchun 24 soatlik guruhlarni tashkil etishga boʻlgan haqiqiy ehtiyoj 6 196 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi 980 325 nafar bolalarning qonuniy vakillari oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazish orqali oʻrganib chiqildi. Soʻrovnomalar natijasiga asosan, joriy yilning 1-iyun kunidan boshlab respublikaning 5 ta hududida jumladan, Andijon viloyatida — 25 ta, Buxoro viloyatida —10 ta, Jizzax viloyatida —4 ta, Navoiy viloyatida —4 ta, Xorazm viloyatida —5 ta, jami 48 ta 24 soatlik guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bugungi kunda respublikada jami 27 103 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularning 6 387 tasi davlat va 20 716 tasi nodavlat (774 ta xususiy, 18 797 ta oilaviy va DXSH asosidagi 1 145 ta nodavlat MTT) maktabgacha taʼlim tashkilotlaridir. Maktabgacha yoshdagi 2,9 mln. nafar bolalardan 1,9 mln. nafari yoki 67% bolalar maktabgacha taʼlimga qamrab olingan boʻlsa, ularning 566 996 nafarini (82%) 6 yoshli bolalar tashkil etmoqda. 2022-yilda bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrovini 70,7% ga yetkazish rejalashtirilgan. 2021-yilda 13 098 quvvatga ega 120 ta DXSH asosidagi NMTT lar hamda 239 484 quvvatga ega 8 553 ta oilaviy shakldagi NMTTlar tashkil etilishiga erishildi. Natijada, 252 582 ta qoʻshimcha quvvat (120 ta DXSH asosidagi NMTT va 8 553ta oilaviy MTTlar) hamda 22 720 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xavfsiz va oqilona ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan gigiyenik talablar” Sanitariya qoida va meʼyorlari (SanPiN) qayta koʻrib chiQilib, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazildi. Maktabgacha taʼlim tizimidagi davlat-xususiy sheriklik va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha yoʻriqnoma hamda “Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar uchun mavsumiy taomnoma”lar ishlab chiqildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun taomlar “Aqlvoy-oshpaz” nomli retseptlari kitobi ishlab chiqildi. Retseptlar kitobiga kiritilgan taomlar uchun texnologik kartalar asosida taomlarni tayyorlash jarayoni tajribadan oʻtkazildi. Ikki yuz ellikdan ortiq taomlarni tayyorlash texnologiyalari, sifat xarakteristikalari yangitdan yozib chiqildi. Tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq 222 ta obyektdan: - 41 ta obyekt oldingi yildan oʻtuvchi; - 181 ta yangidan boshlanuvchi obyektlar hisoblanadi. Bugungi kun holatiga 2021-yil Investitsiya dasturi doirasidagi 222 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti obyektlaridan 199 tasida qurilish – taʼmirlash ishlari yakunlandi. 2021-yilda barcha manbalar hisobidan 3 ta loyiha doirasida 50,6 mln.AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar oʻzlashtirildi shundan: xalqaro moliya institutlari mablagʻlari – 35,8 mln. AQSH dollari; begʻaraz koʻmak (grant) xorijiy investitsiyalar – 14,8 mln. AQSH dollari Hisobot davrida Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida 43,6 mln AQSH dollari miqdorida xalqaro kelishuvlarga erishilgan. Shu bilan birga, Prezidentning “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonida Maktabgacha taʼlim vazirligining zimmasiga 3 ta vazifa yuklatilgan. Xususan, 2022/2023-yillarda 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 foizga, 2024/2025 oʻquv yili yakuniga qadar 100 foizga yetkaziladi. Maktabgacha taʼlim tizimiga xususiy sektor mablagʻlarini jalb qilish orqali 7 mingdan ziyod yangi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etiladi. Bogʻcha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimi joriy etiladi. 2022 — 2026-yillarda 160 mingdan ziyod pedagog kadrlarning malakasini oshiriladi. Maktabgacha taʼlim tizimida moliyaviy jarayonlarning shaffof tarzda amalga oshirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratiladi.
BatafsilMaktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati