Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligi rahbar xodimlarining 2023 yildagi xizmat safari bo‘yicha MA’LUMOT

O‘zbekiston_Respublikasi_Maktabgacha_ta’lim_vazirligi_rahbar_xodimlarining.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi direktori oʻrinbosarlari tomonidan 2023-yilda maqsadli koʻrsatkichlarga (indikatorlarga) erishish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida M A ʻ L U M O T

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi direktori oʻrinbosarlari tomonidan 2023-yilda maqsadli koʻrsatkichlarga (indikatorlarga) erishish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrsida M A ʻ L U M O T   I. Maktabgacha taʻlim agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Boboyev Farrux Axmedjanovich faoliyati natijadorligi boʻyicha. 1. Maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini 74,0 foizga yetkazish yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda respublika boʻyicha maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 33 942 tani tashkil etmoqda (6 780 tasi davlat va 27 162 tasi nodavlat). Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 847 tasi xususiy, 1 388 tasi davlat-xususiy sherikchilik asosidagi va 24 927 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etadi. Respublika boʻyicha 2 930 844 nafar 3-7 yoshli bolalarning 2 168 825 nafari yoki 74,0 foizi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olindi. Joriy yilning 1-yanvar holatiga nisbatan maktabgacha taʻlim tashkilotlari soni yangi qurilgan va yangi tashkil etilgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʻlim tashkilotlari hisobiga 3 982 taga ortganligini, ularga qoʻshimcha 65 ming nafarga yaqin bolalar qoʻshimcha qamrab olinganligini koʻrsatmoqda. Mazkur koʻrsatgichga quyidagilar hisobga erishildi: 182 ta (57 ta yangi qurish va 113 ta rekonstruksiya qilish, 2 ta mukammal taʼmirlash) davlat MTTlarda qurilish taʼmirlash ishlari amalga oshirildi; 71 ta DXSH asosidagi NMTTlar (7 100 oʻrin) hamda 4 402 ta (116 998 oʻrin) oilaviy shakldagi NMTTlar tashkil etildi; chekka hududlarida maktabgacha taʼlim xizmatlarini tashkil etish maqsadida qoʻshimcha ravishda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga 7 ta ISUZU avtobuslari qayta jihozlangan holda yetkazib berildi. Natijada, bugungi kunda Respublika boʻyicha 156 ta MFYlarda qayta jihozlangan 72 ta ISUZU HC-40 avtobuslarda tashkil etilgan 429 ta mobil guruhlarda 9,5 ming nafar 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qamrab olindi. YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda Namangan va Xorazm viloyatlarida maktabgacha taʼlimning muqobil shakli boʻlgan  20 ta “Turli xil yoshdagi maktabgacha taʼlim guruhlari” (oʻyin guruhlari) tashkil etilib, ularga jami 496 nafar bolalar qamrab olindi. Jahon banki bilan hamkorlikda “Bolani erta rivojlantirish” loyihasi doirasida Namangan va Samarqand viloyatlarida “Ilk rivojlanish markazlari” 3 ta model boʻyicha faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bunda, birinchi model (6 yoshgacha qamrab olinmagan bolalari boʻlgan oilalarga tashrif) boʻyicha jami 634 ta bolalar, ikkinchi model (oʻyin guruhlari) boʻyicha 861 nafar bolalar, uchinchi model (sogʻligi tufayli imkoniyati cheklangan 2 yoshdan 6 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga tashrif) boʻyicha 87 ta bolalar qamrab olindi. Surxondaryo viloyatining Termiz shahar, Termiz va Muzrabot tumanlaridagi Afgʻoniston davlatidan oʻtib kelgan oilalar farzandlari uchun 10 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida  400 nafar bolalarga Yunisef Xalqaro bolalar tashkiloti Yevropa Ittifoqining moliyaviy koʻmagi yordamida “Koʻp tilli inklyuziv taʼlim guruhlari”  tashkil etildi. 2. 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 92 foizga yetkazish yuzasidan quyidagi choralar koʻrildi. Maktabgacha taʻlim bilan qamrab olingan 661 945 nafar (93 %) 6 yoshli bolalarning 170 721 nafari 7 560 ta boshlangʻich taʼlimga bir yillik bepul majburiy tayyorlov guruhlariga, 456 769 nafari 13 055 ta toʻliq kunlik tayyorlov guruhlariga, 33 429 nafari  3 298 ta qisqa muddatli tayyorlov guruhlariga qamrab olindi. 2023-yil davomida 98 ta toʻliq kunlik, 271 ta qisqa muddatli, 1 384 ta  majburiy bepul tayyorlov guruhlari tashkil etilishi natijasida jami 711 768 nafar 6 yoshli bolalarning 661 945 nafari, yoki 93,0 foizi qamrab olindi. Mazkur guruhlar 9 turdagi mebel va boshqa jihozlar, 36 nomdagi oʻquv-metodik vositalar, didaktik qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar, oʻyin va oʻyinchoqlar toʻplamlari bilan taʻminlandi. 3. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik bilan qamrab olishni 99 foizga yetkazish choralar koʻrildi. 2023-yilning 1-choragida tarbiyalanuvchilarning 694 626 nafari (51,5 %), 1-yarim yillikda 984 953 nafar (73,0 %), 9 oy davomida 1 287 150 nafar (95,4 %) hamda yil yakuniga kelib tarbiyalanuvchilarning 1 334 525 nafari (99,0 %) chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi taʻminlandi. 4. “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali kelib tushayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida, sifatli taʼminlanishi ustidan har oylik nazorat tashkil etildi. Maktabgacha taʼlim agentligiga 2023-yil davomida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida belgilangan 225 ta topshiriq kelib tushgan boʻlib, shundan: Prezident Farmonlaridagi topshiriqlar soni 42 tani (18,7 %); Prezident Qarorlaridagi topshiriqlar soni 158 tani (70,2 %); Yigʻilish bayonlaridagi topshiriqlar soni 25 tani (11,1 %) tashkil etadi. Mazkur topshiriqlarning 83 tasida (36,9 %) agentlik asosiy ijrochi sifatida belgilangan. Joriy yil 5-dekabr holatiga jami 225 ta topshiriqdan 206 tasining ijrosi boʻyicha maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilib, 135 ta topshiriq ijrosi nazoratdan olindi va 71 ta topshiriq navbatdagi muddatga uzaytirildi. Yil yakuniga qadar qolgan 19 ta topshiriq ijrosini oʻz vaqtida sifatli taʼminlash choralari koʻrilmoqda. 5. Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini joyida hal qilish va aholini ortiqcha ovvoragarchiligini oldini olish maqsadida reja-grafik asosida joylarda sayyor qabullarni tashkil etish. 2023-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini joyida hal qilish maqsadida 8 ta viloyatda Maktabgacha taʻlim agentligi direktori va uning oʻrinbosarlari tomonidan hududiy Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmalari bilan birgalikda sayyor qabullar tashkil etildi. Mazkur sayyor qabullar davomida kelib tushgan 74 ta murojaatni joyida hal etish choralari koʻrildi. Shuningdek, 2023-yilning 9 oyida Maktabgacha taʻlim agentligi direktori va uning oʻrinbosarlari shaxsiy qabulida 136 ta murojaat oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilib, fuqarolarga amaliy yordam koʻrsatildi. 6. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga muvofiq guruhlar kesimida “Maktabgacha taʼlimda tarbiya” nomli metodik qoʻllanma ishlab chiqish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti bilan hamkorlikda “Milliy-ma’naviy qadriyatlar va komil inson tarbiyasi”, “Ajdodlar tarbiyasida barkamol avlod tarbiyasi”, Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviy-axloqiy tarbiyani olib borish” bo’yicha uslubiy hamda “Maktabgacha yoshdagi bolalarda vatanga muhabbat tuygʻusini shakllantirish” nomli oʻquv-metodik qoʻllanmalar tayyorlanib,  agentlikning https://mpe.uz veb-saytidagi “Ta’lim va tarbiya” ruknining, “Pedagoglar” va “Ota-onalar” uchun boʻlimlariga amaliyotda foydalanish uchun joylashtirildi. 7. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilari jamiyati bilan hamkorlikda 14 hududning 1 tadan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Mening ilk kitob javonim” loyihasi amalga oshirish  O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostidagi “Ma‘naviyat festivali” doirasida joriy yilning avgust oyida Andijon viloyati Andijon tumanidagi 28-son DMTT,  Toshkent  viloyati  Oqqo‘rg‘on tumani 1-son DMTT va Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar 6-son DMTTlarida “Mening ilk kitob javonim” loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida kichik kitob javonlari o‘zbek xalq ertaklari, rivoyatlar, hikoyalar va bolalar uchun sheriy to‘plamlar bilan ta‘minlandi. Buxoro viloyati, Kogon tumanidagi 13- va 18-son, Buxoro shahridagi 76- va 80-son hamda Shofirkon tumanidagi  1-son DMTTlarida, Toshkent viloyati, Chinoz tumanidagi 28-, 14-, 36-, 34-, 1-, 15-, 16-, 32-, 8- va 9-son DMTTlarida,  Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi DMTTlarida, Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanidagi  23-son DMTTlarida, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi DMTTlari, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanidagi DMTTlarining tarbiyalanuvchilarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, urf-odat, muqaddas anʼanalarimizga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, ularning maʼnaviy dunyosini boyitish, kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Maktabgacha ta’lim agentligi, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat va notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati tomondan "Mening ilk kitob javonim" loyihasi doirasida bolajonlarga tavsiyaviy adabiyotlarining elektron variantlari keltirilgan flayerlar tarqatildi.   II. Maktabgacha taʼlim agentligi direktori oʻrinbosari Muslitdinov Nodir Xojiyevich faoliyati natijadorligi boʻyicha. 1. Maktabgacha taʼlim tizimida noqonuniy moliyaviy xatti-harakatlar, korrupsiya holatlari va byudjet mablagʻlarining maqsadsiz sarflanishini oldini olish. NMTTBATning funksional imkoniyatlari kengaytirilib, MTTning elektron pasporti moduli, Yagona mavsumiy taomnoma asosida oziq-ovqat xarajatlarini avtomatik tarzda hisoblash moduli ishlab chiqildi va bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini elektron hisobga olish hamda fiskal chekini toʻlovchiga taqdim etish tizimi joriy etildi. Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan 2,8 mlrd soʻm mablagʻlar ajratilib, Toshkent shahridagi 480 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari planshet va Wi-Fi routerlar bilan taʼminlash boʻyicha oʻrnatilgan tartibda oʻtkazilgan tender savdolariga asosan gʻolib korxonalar bilan tuzilgan shartnoma asosida planshet va Wi-Fi routerlar yetkazib berildi. 2. Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini rivojlantirish 2023-yilning 1-dekabriga qadar  jami 7 100 quvvatga ega 71 ta DXSH asosidagi NMTTlar hamda 116 998 quvvatga ega 4 402 ta oilaviy shakldagi NMTTlar tashkil etilib, davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 26 mingga yetkazildi va 11,7 ming yangi ish oʻrinlari yaratildi. Davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga davlat byudjetidan 2,5 trln. soʻm subsidiyalar hisoblanib, avtomatik tarzda moliyalashtirildi. 3. 2023-yil uchun ajratilgan markazlashgan mablagʻlar doirasida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻrnatilgan tartibda mebel va boshqa turdagi jihozlar xarid qilish choralarini koʻrish. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “2023-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infrafuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-465-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 132-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2023-yilda 335 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini hamda 370 ta boshlangʻich taʼlimga bir yillik majburiy tayyorlov guruhlarini mebel va boshqa jihozlar taʼminlash boʻyicha tender savdolari oʻtkazildi. 20 ta gʻolib korxonlar bilan 122,2 mlrd soʻmlik shartnomalar imzolanib,  ular tomonidan 100 foiz mebel va boshqa jihozlar manzilli roʻyxat asosida davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlariga etkazib berildi. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida avtomatlashtirilgan tizim ishga tushirish maqsadida Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan 2,8 mlrd soʻm mablagʻ ajratilib, Toshkent shahridagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun planshet va Wi-Fi routerlar xarid qilindi. 4. Maktabgacha taʼlim agentligining 2024-yilga moʻljallangan byudjet prognozi va 2025-2026-yillar uchun byudjet moʻljallarini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi tomonidan navbatdagi 2024-yil va kelgusi 2025-2026-yillar (ikki yil) uchun byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar va byudjet tashkilotlari tomonidan talab etiladigan mablagʻlar byudjetdan mablagʻ ajratishga asoslangan holda ishlab chiqildi. Bunda, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hisob kitob qilinib, 2024-yil uchun 13,2 trln.soʻm, 2025-yil uchun 13,7 trln.soʻm,  2026-yil uchun 14,3 trln. soʻm miqdorida mablagʻ talab etilishi prognoz qilindi (rejalashtirildi). 5. Davlat va davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni sogʻlom ovqatlantirish holati monitoringini yuritish Tarbiyalanuvchilarni xavfsiz va sifatli ovqatlantirishni taʼminlash maqsadida hududiy maktabgacha va maktab taʻlim boshqarmalari hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bilan hamkorlikda 6 281 nafar DMTT direktorlari,  7 597 nafar hamshiralar, 10 554 nafar oshpazlar, 5 608 nafar xoʻjalik mudirlari ishtirokida seminar-treninglar tashkil etildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʻlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va “Mercy Corps” xalqaro nodavlat tashkilotining Oʻzbekistondagi filiali oʻrtasida imzolangan anglashuv Memorandum asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Surxondaryo viloyatidagi maqsadli tanlab olingan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi 1 000 nafardan ortiq direktor, tarbiyachi, hamshira, oshpaz va xo‘jalik mudirlari uchun “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining oʻqish va yozish, hamda gigiena va sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini oshirish”, “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning o‘sishi va rivojlanishini monitoring qilish, ularning to‘g‘ri ovqatlanishi va gigiyenasi bo‘yicha hamshiralarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish”, “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish” mavzularida malaka oshirish seminarlari o‘tkazildi. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 1 172 tasida 83 nafar tadbirkorlar tomonidan autsorsing xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan. Qolgan 5 587 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida anʼanaviy usulda ovqatlantirish tashkil etilgan. Respublikadagi 6,7 mingta (100 foiz) davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ovqatlantirish ishlari “Aqlvoy-oshpaz, bogʻchalar uchun taomlar retsepti” toʻplamidan foydalangan holda tuzilgan yagona taomnoma asosida tashkil etildi. 6. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilarni zamonaviya usullarni jalb etgan holda oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga qaratilgan ovqatlantirish kombinati faoliyatini tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 8-apreldagi 08-527-sonli topshiriq xati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 47-son yigʻilishi bayoniga asosan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Maktabgacha taʼlim agentligi xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Rossiya Federatsiyasining ayrim hududlarida Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarini sogʻlom ovqatlantirish tashkil etilishi oʻrganildi. Tajriba-sinov tariqasida kamida ikkita-uchta hudduda (bir nechta shahar va tumanlarni qamrab olgan holda) bosqichma-bosqich ovqatlantirish kombinatlari mavjud ishlab chiqarish – logistika markazlarini (kichik markazlar) tashkil etish choralarini koʻrish, ijtimoiy ovqatlantirishni qonunchilik asosida tartibga solib, ushbu jarayonni tashkil etishda xususiy tadbirkorlik subyektlarni keng jalb etishga eʼtibor qaratish yoʻnalishida yana boshqa davlatlarning ilgʻor tajribasi oʻrganilib, maktabgacha va umumiy taʼlim tashkilotlarida sogʻlom, xavfsiz va sifatli ovqatlantirishni tashkil etish uchun optimal mexanizmni ishlab chiqishga qaratilgan qoʻshimcha takliflar tayyorlanadi. Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining 2023-yil 4-avgustdagi 02/1-348-sonli xati bilan Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida kombinat usulida ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.   III. Maktabgacha taʼlim agentligi direktori oʻrinbosari Raxmatillayev  Oyatillo Zikrillayevich faoliyati natijadorligi boʻyicha. 1. Taʼlim-tarbiya jarayoniga malakali va kasbiy jixatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni jalb qilish orqali MTTlardagi oliy maʼlumotli kadrlar ulushini 35% ga yetkazish Bugungi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 160 381 nafar (oliy maʼlumotlilar ulushi 34,1 foiz) rahbar va pedagoglar faoliyat yuritmoqda. Ularning 117 435 nafari (73,3 foiz) davlat va 42 946 nafari (26,7 foiz) nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelmoqda. 2022-2023-oʻquv yilida 13 ta pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʻlim muassasalarining “Maktabgacha taʻlim” yoʻnalishini tugatgan 2 297 nafar bitiruvchilarning manzilli roʻyxati shakllantirildi. Bitiruvchilarini maktabgacha taʻlim tashkilotlaridagi mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlariga jalb etish choralari koʻrildi. Bugungi kunda davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlari faoliyat olib borayotgan 13 855 nafar oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlarni oliy taʻlim muassasalarida sirtqi va kechki taʼlim shakliga taʻlim olishmoqda.   Toshkent shahridagi Puchon universiteti bilan hamkorlikda tajriba sinov tariqasida 6 ta pedagogika kollejlarining “Maktabgacha taʻlim” yoʻnalishi boʻyicha “2+2” qoʻshma taʻlim dasturini joriy etildi. Maktabgacha taʻlim agentligi tasarrufidagi 2 ta oliy taʻlim muassasalarida (Toshkent shahridagi Puchon universiteti hamda A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali) 2 038 nafar talabalar tahsil olishmoqda. 2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining 31 180 nafarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarga jalb qilish orqali pedagog kadrlar sifatini oshirish 2023-yilda jami 14742 nafar rahbar va pedagog kadrlarning, shundan, maktabgacha taʻlim tashkilotlarining 14 139 nafar rahbar va pedagog kadrlari, pedagogika kollejlarining 603 nafar pedagog kadrlarining malakasini oshirish rejalashtirilgan. 2023-yilning yanvar-sentabr oylari davomida maktabgacha taʻlim tashkilotlarining 10 102 nafar rahbar va pedagog kadrlarning hamda 2023-yilning yanvar-iyun oylarida pedagogika kollejlarining 71 nafar pedagog kadrlarining malakasi oshirildi. 2023-yil oylar kesimida rejaga nistabat amalda toʻliq bajarilgan. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 14 mingdan ziyod xodimlarini (40 soatga moʻljallangan) qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida oʻqitish maqsadida Xalqaro loyihalar doirasida xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda 40 soatga moʻljallangan qisqa muddatli malaka oshirish kursining oʻquv dasturi ishlab chiqilib, oʻquv kurslari quyidagi 3 bosqichda tashkil etildi: 2023-yil 7-11-avgust kunlari qisqa muddatli oʻquv kursining 1-bosqichi doirasida 30 nafar trenerlar oʻqitildi. 2023-yilning 30-oktyabr – 3-noyabr kunlari oʻquv kurslarining 2-bosqichida 700 nafar trenerlar tayyorlandi. Oʻquv kurslarining 3-bosqichini joriy yilning 20-24-noyabr kunlari oʻtkazildi, unda 14 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari jalb etildi. Qisqa muddatli malaka oshirish kursining tinglovchilariga QR-kodli elektron shaklda sertifikat berildi. 3. Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish va oʻzlashtirish 2023-yil davomida investitsiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha: 2023-yilning Yanvar-noyabr oylarida jami 6,6 mln. dollar (hisobot davri rejasiga nisbatan 104 foiz) investitsiyalar oʻzlashtirildi. Jumladan, Jahon banki ishtirokidagi loyiha (umumiy qiymati 59,5 mln. dollar) doirasida 5,2 mln. dollar (hisobot davri rejasiga nisbatan 108 foiz); Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokidagi loyiha (umumiy qiymati 10,9 mln. dollar) doirasida 1,4 mln. dollar (hisobot davri rejasiga nisbatan 100 foiz) oʻzlashtirilgan. 2023-yil davomida investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha: Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan qiymati 156,9 mln. dollarga teng bo‘lgan 3 ta istiqbolli investitsiya loyihalarining moliyaviy manbalari aniqlandi. Jumladan, 1) 2024-2028 yillarda Islom taraqqiyot banki va OPEK jamg‘armasi ishtirokida respublika bo‘yicha 200 ta nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tarmog‘ini davlat-xususiy sheriklik asosida kengaytirish nazarda tutilgan. Loyihaning umumiy qiymati – 66,9 mln. doll., shundan: - ITBning qarz mablag‘lari – 30 mln. doll.; - OPEKning qarz mablag‘lari – 20 mln. doll.; - Tadbirkorlar tomonidan ajratilgan mablag‘lar – 12,5 mln. doll.; - O‘zbekiston Respublikasining hissasi – 4,40 mln. doll.; 2023 yil 26 aprel kuni UZB-1018-sonli O‘zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida agentlik shartnomasi, qarz bitimi, hadli bitimlar imzolangan. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro moliya institutlari hamda xalqaro hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmog‘ini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish” Qarori loyihasi ishlab chiqildi va kelishuv jarayonida. 2023 yilning 19 iyul kuni Maktabgacha taʼlim agentligida OPEK jamg‘armasi davlat sektori operatsiyalari bo‘yicha menenjeri Olga Mikhailova boshchiligidagi missiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar OPEK jamg‘armasi ishtirokini ko‘zda tutuvchi Islom taraqqiyot bankining qo‘shma loyihasini amalga oshirishning yakunlangan bosqichlarini, hamda amalga oshirish rejalari va loyihaning operatsion modeli tafsilotlari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. 2024-yil I-chorak yakuniga qadar loyiha jamg‘arma kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishi kutilmoqda. Ushbu loyihani O‘zbekistonda amalga oshirishning dolzarbligi qator omillar bilan izohlanadi: - birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari cheklanganligini va aholi tug‘ilishi o‘sishi dinamikasini hisobga olgan holda, 200 ta nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tarmog‘ini davlat-xususiy sheriklik asosida kengaytirish. - ikkinchidan, Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tashkil etilishi natijasida respublika bo‘ylab 30 mingnafar bolalar maktabgacha taʼlimga qamrab olinadi hamda 2,5 mingayaqin ish o‘rinlari yaratiladi. 2) Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi bilan hamkorlikda qiymati 20 mln. AQSH doll. teng boʻlgan Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish" loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu loyiha doirasida DXSH asosida 70 ta yangi MTM qurilishi koʻzda tutilgan. Xozirgi kunda Qarz bitimi loyihasi ishlab chiqilib Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan kelishishi kutilmoqda.  3) Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda qiymati 70 mln. AQSH doll. teng boʻlgan “Maktabgacha taʼlim muassasalari qurish va rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha taʼlim muassasalari qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlashga qaratilgan Memorandumi imzolangan. Xozirgi kunda texnik va huquqiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlar OTB mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda. 4. 2023-yilda 57 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish va 113 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-465-son qaroriga muvofiq tashkilotlarni qurish va rekonstruksiya qilish yuzasidan manzilli dasturga asosan 2023-yilda maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻyicha jami 29 290 ta quvvat (oʻrin)ga ega 182 ta loyiha amalga oshirilib, 1 036,4 mlrd soʻmlik mablagʻlar ajratilgan. Shundan, 57 tasi (448,5 mlrd soʻm) yangi qurilish obyekti boʻlib, 123 tasida (573,3 mlrd soʻm) rekonstruksiya, 2 tasida (14,6 mlrd soʻm) mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirilmoqda, natijada 19 540 ta yangi oʻrinlar yaratilishi koʻzda tutilgan. 2023-yil 5-dekabr holatiga 127 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirildi (41 ta yangi qurilish, 84 ta rekonstruksiya, 2 ta mukammal taʼmirlash). 5. 6 598 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini 25 nomdagi oʻquv-metodik va didaktik materiallar bilan taʼminlash. 2023-yil davomida 6 549 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va 3 170 ta bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlariga 32 turdagi oʻyin va oʻyinchoqlar, 36 turdagi rivojlantiruvchi oʻquv didaktik materiallar yetkazib berilishi ta’minlandi. 6. Maktabgacha taʼlim pedagoglariga bolalarga yoʻnaltirilgan yondashuv metodikasi boʻyicha malakasini oshirish Jahon banki bilan hamkorlikda “Bolani erta rivojlantirish” loyihasi doirasida Namangan va Samarqand viloyatlarida “Ilk rivojlanish markazlari” 3 ta model boʻyicha faoliyat koʻrsatmoqda. Bunda, birinchi model (6 yoshgacha qamrab olinmagan bolalari boʻlgan oilalarga tashrif) boʻyicha jami 634 ta bolalar, ikkinchi model (oʻyin guruhlari) boʻyicha 861 nafar bolalar, uchinchi model (sogʻligi tufayli imkoniyati cheklangan 2 yoshdan 6 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga tashrif) boʻyicha 87 ta bolalar qamrab olingan. Jahon Banki ishtirokidagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida treninglar tashkil etish yuzasidan 2023-yil iyul oyida 10 kun davomida Reach Up dasturi boʻyicha oʻquv seminar- treningi boʻlib oʻtdi. “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida Toyloq “Ilk rivojlanish” markazida  Kosonsoy va Samarqand  “Ilk rivojlanish markazi” xodimlari ishtirok etdilar. Treningda Yamaykaning Reach Up xalqaro tashkiloti mutaxassislari Kristina Pouel va Syuzan Chang-Lopes, loyihaning taʻlim boʻyicha mutaxassislari L.S.Yusupova  Yu.A.Shermatova, Oʻzbekiston inklyuziv taʻlim boʻyicha xalqaro koordinatori T.L.Chabrova oʻz bilimlari va tajribalarini markaz xodimlariga oʻrgatishdi. “Uyga tashrif” modeli boʻyicha taʻlim-tarbiya jarayonida qoʻllaniladigan oʻyinchoqlar, bolalar bilan ishlash usullari chuqurlashtirilgan tarzda oʻrgatildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish hamda oʻquv dasturlarini takomillashtirish orqali taʼlim sifatini taʼminlash jarayonlari samaradorligini oshirish maqsadida xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 14 mingdan ziyod xodimlarini  qisqa muddatli (40 soatga moʻljallangan) malaka oshirish kurslarida oʻqitish yoʻlga qoʻyildi. 7. Jahon Banka ishtirokidagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasining kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini joriy yilning birinchi yarim yilligida 70 % ga bajarilishini taʼminlash Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga mebel va boshqa jihozlar hamda oʻquv-uslubiy materiallarni yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalar bo‘yicha toʻlovlar o‘z vaqtida amalga oshirildi. Joriy yil 11 oy yakunlari bo‘yicha Jahon banki ishtirokidagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida kredit mablagʻlarining oʻzlashtirish ko‘rsatkichi 71 % ni tashkil etdi.  8. Taʼlim boʻyicha Global hamkorlik tashkilotining 2 mln. AQSH dollari miqdoridagi Grant mablagʻlarini oʻzlashtirish Kengaytirilgan (stretch) indikatorlar 1-koʻrsatkichini oʻrganish boʻyicha joriy yilning oktyabr oyida jalb etilgan xalqaro konsultantlar tomonidan Respulikaning 5 ta viloyatida oʻrganishlar olib borildi. O‘rganish yakunlari yuzasidan hisobot tayyorlanmoqda. Tayyorlangan hisobotga asosan Jahon banki roziligi olinganidan soʻng 1 million AQSh dollaridan foydalanish kutilmoqda. Kengaytirilgan (stretch) indikatorlar 2-koʻrsatkichini oʻrganish joriy yilning dekabr oyida rejalashtirilgan. 9. Jahon Banki ishtirokidagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida yetkazib berilgan poligrafiya uskunalarini ishga tushirish Jahon Banki ishtirokidagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazida joriy yilning iyul-sentabr oylarida poligrafiya uskunalari  o‘rnatilishi va ishga tushirilishi ta’minlandi. Shunindek, yetkazib beruvchi tashkilot tomonidan Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazining mutaxassislari uchun  poligrafiya uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish boʻyicha treninglar tashkil etildi.  

Вид сайта
Размер шрифта