MAVZU: 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi hamda “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturi doirasida mamlakatimizda maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni, uning Oʼzbekistonda oʼziga xos xususiyatlari, vazirlik tashkil etilganidan buyon olib borilgan faoliyat samaradorligi va uning hozirda izchil davom etayotganini hayotiy misollar va ilmiy asoslangan tahlillar asosida xolis va haqqoniy yorituvchi materiallar qabul qilinadi.
Tanlovga 2020 yilning 5 sentyabridan 2021 yilning 5 iyungacha boʼlgan davrda rasman chop etilgan, gazeta-jurnallar va internet nashrlarida eʼlon qilingan maqolalar, radio va telekanallarda efirga uzatilgan materiallar joriy yilning 23 iyuniga qadar qabul qilinadi. Barcha taqdim etilgan materiallar Ishchi guruh tomonidan oʼrganiladi.
Respublikada faoliyat olib boruvchi ommaviy axborot vositalari vakillari (tanlovga) oʼz ijodiy ishlarini Oʼzbekiston Respulikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga joriy yilning 23 iyunigacha shaxsiy maʼlumotnoma, bogʼlanish uchun telefon raqami va pasport nusxasini ilova qilingan holda taqdim etishlari lozim boʼladi.
“Yangi Oʼzbekistonda farzandlar kelajagi!” tanlovida 3 yoʼnalishda jami
6 ta gʼolib aniqlanadi:
1-yoʼnalish: “Eng yaxshi publitsistik material” (bosma nashrlar)
2 nafar gʼolib (oʼzbek va rus tilidagi material uchun)
2-yoʼnalish: “Eng yaxshi maqola” (internet saytlar va nashrlar)
2 nafar gʼolib (oʼzbek va rus tilidagi maqola uchun)
3-yoʼnalish: “Eng yaxshi efir materiali” (televidenie va radio)
2 nafar gʼolib (oʼzbek va rus tilidagi efir materiali uchun)
Talab qilinadi: Ishtirokchilar oʼz materiallarini @MTVtanlov_bot telegram manziliga yuborishlari kerak, zarur savollar boʼyicha +99899-861-96-56 qoʼngʼiroq qilishlari mumkin.
Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati