Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 3-avgustdagi “2022-2023-oʻquv yilida professional taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 262-son buyrugʻi bilan pedagogika kollejlarining 2022/2023 oʻquv yili uchun kunduzgi, sirtqi, kechki va dual taʼlim shakllari boʻyicha qabul parametrlari tasdiqlandi.
Mazkur qabul parametrlariga asosan 92 ta pedagogika kollejlarida 2022-yil 10-avgustdan – 10 sentabr kuniga qadar (shu kun ham) quyidagi mutaxassisliklar uchun qabul eʼlon qilindi:
Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi;
Maktabgacha taʼlim tashkiloti yordamchi tarbiyachisi;
Musiqa rahbari;
Jismoniy tarbiya va sport;
Maktabgacha taʼlim tashkiloti xoreografiyasi
Kutubxonashunoslik;
Oshpazlik, qandolatchilik;
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari maishiy masalalar boʻyicha menejeri.
Abituriyentlarni roʻyxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz saytida “Professional taʼlim muassasalariga qabul” boʻlimi orqali amalga oshirilmoqda.
Roʻyxatga olish 10-sentabrga qadar (10-sentabr kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 10-sentabrga qadar oʻz maʼlumotlarini oʻzgartirishlari mumkin.
Pedagogika kollejlariga qabul jarayoni boʻyicha pedagogika kollejlarining direktorlariga murojaat qishingiz mumkin.