Tender nomi: Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga mebel va gilamlarni elektron shaklda xarid qilish.
Tender predmeti (tovar) – 2022-yilda Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini mebel va gilamlar bilan taʼminlashni tashkil etish.
Tender tashkilotchisi: Maktabgacha taʼlim vazirligi.
Tenderda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, mebel va gilamlarni ishlab chiqarish va/yoki buyurtmachiga sifati va bahosi jihatidan maʼqul tarzda hamda lot boʻyicha koʻrsatilgan miqdorlarda ishlarni bajarish imkoniyati va tajribasiga ega barcha mahalliy va xorijiy korxona va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.
Tender savdolari ishtirokchisi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablariga javob beradigan, ishlarni bajaruvchi obekti hisoblangan yuridik shaxs boʻlishi;
Shartnoma tuzish huquqiga ega boʻlishi;
Shartnomani bajarish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega boʻlishi hamda eng yaxshi taklifni tashlash hujjatlarida koʻrsatilgan talablarni bajarishi kerak.
Tender ishtirokchilari maxsus axborot portaliga (https://etender.uzex.uz/home) joylashtirilgan elektron shakldagi tender hujjatlarini yuklab olishlari va unda koʻrsatilgan talablar bilan tanishib chiqqan holda oʻz takliflarini topshirishlari lozim. Tenderda takliflarning shakli va topshirish shartlari tender hujjatida koʻrsatilgan.
Tender takliflari elektron shaklda taqdim etiladi, tender hujjatlarida koʻrsatilgan
1–shaklga muvofiq tenderda ishtirok etishga ariza bilan qabul qilinadi.
Avans toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 90 (toʻqson) kalendar kun muddatda jihozlarni tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga yetkazish va oʻrnatish ishlarini amalga oshirish Tender gʻoliblaridan talab etiladi.
Tender jarayonlari va tartibi haqida qoʻshimcha maʼlumot olish istagida boʻlgan tender ishtirokchilari, eʼlon nashr qilingan sanadan boshlab (haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar Maktabgacha taʼlim vazirligining quyidagi manzili boʻyicha murojaat qilishlari mumkin:
Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani,
Amir Temur shoh koʻchasi 17-uy, tel: (+99891 010-71-77).
e-mail : equip@mpe.uz
Masʼul: J.Mamanazarov, B.Nabixoʻjayev
Tender takliflari zakalat koʻrinishida:
mahalliy va xorijiy korxonalar boʻlgan tender ishtirokchilari tomonidan tender taklifi bermoqchi boʻlgan lotning cheklangan qiymatidan mebel 1,0 foiz va gilam 0,5 foiz miqdoridagi pul mablagʻlarini naqdsiz shaklda maxsus hisob raqamiga oʻtkazishi shart.
Tender ishtirokchisi mahsulot namunalarini eʼlon muddati tugagunga qadar (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) taqdim etishi lozim.
Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Oqdaryo koʻchasi 122-uy.
Tel.: (+99891 010-71-77)
Tender takliflari maxsus axborot portalida koʻrsatilgan sanadan kechiktirilmagan holda elektron shaklda taqdim etilishi lozim.
2022-yilda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun qoʻshimcha xarid qilinishi rejalashtirilgan mebel jihozlarining eng yuqori summasi
Lot raqami |
Lot nomi |
Jihozlar soni |
Eng yuqori summasi |
Boʻnak summasi |
Jami: |
|
7 195 299 811 |
71 952 999 |
|
Lot № 1 |
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun mebellar (Respublikaning 8 ta hududi boʻyicha) |
Roʻyxat boʻyicha |
7 195 299 811
|
71 952 999 |
2022-yilda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun xarid qilinishi
rejalashtirilgan gilamlarning eng yuqori summasi
Lot raqami |
Lot nomi |
Jihozlar soni |
Eng yuqori summasi |
Boʻnak summasi |
Jami: |
|
5 444 907 300 |
27 224 537 |
|
Lot № 16 |
Gilamlar (Respublika boʻyicha) |
Roʻyxat boʻyicha |
5 444 907 300
|
27 224 537 |