I. Davlat-xususiy sheriklik asosida tuzilgan bitimlar boʻyicha monitoring olib borishni tashkil etish yoʻnalishida.
2018-2019-yillarda bitimi imzolangan va imtiyozli kredit mablagʻlari bilan moliyalashtirilgan biroq qurilish va jihozlash ishlari muddatida bajarilmagan loyihalar soni yil boshiga 76 tani tashkil qilgan.
Imtiyozli kredit mablagʻlari bilan moliyalashtirilgan biroq qurilish, rekonstruksiya va jihozlash ishlari oʻz muddatida yakunlanmagan bitimlar boʻyicha Xususiy sheriklar tomonidan bitim majburiyatlarini bajarilishi jarayoni ustidan Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida monitoring olib borilib, natijada jami 19 ta loyihalar boʻyicha xususiy sheriklarga nisbatan qurilish ishlarini oʻz muddatida yakunlamaganliklari uchun bitimning 6.2-bandiga asosan ularga nisbatan jami 2 279,9 mln.soʻm penya hisoblandi va talabnomalar yuborildi.
Bugungi kunda qurilish ishlari yakunlanmagan loyihalar soni
60 tani tashkil qiladi.
2.Bitim majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmagan 9 ta loyihalar boʻyicha oldin yuborilgan talabnomalar boʻyicha sudlarga daʼvo arizalari kiritilgan, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 2 ta, Xorazm viloyatidagi 5 ta, Jizzax viloyatidagi 2 ta loyihalar boʻyicha iqtisodiy sud ishi jarayonlarida qatnashildi, sud qarori boʻyicha vazirlik foydasiga 279,8 mln. soʻm penya undirish yuzasidan qarorlar chiqdi.
Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi “BILAGʼON SITI” NTMga 1780,0 mln.soʻm imtiyozli kredit mablagʻi toʻliq ajratilgan boʻlib, Xususiy sherik tomonidan qurilish ishlari boshlanmagan, mazkur holat yuzasidan monitoring hujjatlari qonuniy chora koʻrish uchun Bosh Prokuraturaga yuborildi.
Muammoli loyihalar boʻyicha tegishli tuman va shahar hokimligi, prokuraturasi va ichki ishlar boʻlimlariga xatlar yuborilib, loyihalar oʻz vaqtida ishga tushishini nazoratga olinishida amaliy yordam soʻraldi.
Qurilish ishlari umuman boshlanmagan jami 11 ta loyihalar boʻyicha Xususiy sheriklarga qurilish ishlarini boshlash choralarini koʻrishliklari aks holda bitim bekor qilinishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirish xatlari yuborildi.
II. Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yoʻnalishida.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 12-apreldagi PQ-5071-son qarori ijrosi yuzasidan 2018-2019-yillarda bitimi imzolangan qurilish ishlari 25 va undan ortiq foizlarda bajarilgan quvvati 12940 taga moʻljallangan jami 115 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirilishi va ularda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan choraklik monitoring olib borildi.
Tijorat banklari tomonidan jami 115 ta loyihalarga bitim boʻyicha ajratilishi lozim boʻlgan kredit mablagʻlari 256 182,0 mln.soʻm boʻlib, haqiqatda 50 ta loyihalarga jami 162 462,4 mln.soʻm kredit mablagʻlari ajratilgan. Qolgan 93 719,8 mln.soʻm kredit mablagʻlari 8 ta Xususiy sheriklar tomonidan kredit mablagʻlari olishni rad qilinganligi, 2 ta loyiha boʻyicha bitimlar bekor qilinganligi, 12 ta loyihalar boʻyicha garov taʼminoti taʼminlanmaganligi, 33 ta loyihalar boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari olib borilayotganligi sababli moliyalashtirilmaganligi aniqlandi.
Bugungi kunda jami 113 ta loyihalardan 6 tasi ishga tushirilgan, qolgan 107 ta loyihalar boʻyicha qurilish ishlari davom etmoqda.
Bu haqida Vazirlar Mahkamasiga 2022-yil 27-iyundagi 02-02/3-1534-sonli xat bilan maʼlumotnoma berildi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Xorazm va Toshkent viloyatida jami 24 loyihalar boʻyicha Xususiy sheriklar tomonidan bitim majburiyatlarini bajarilishi va ularni kredit mablagʻi bilan moliyalashtirilishi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi. Shuningdek monitoring davrida tegishli bank muassasalari va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda ishlar olib borildi, ishlarni jadallashtirish yuzasidan tarmoq grafiklari ishlab chiqildi.
III. Ijro intizomini taʼminlash yoʻnalishida.
1.Joriy yil 6 oy davomida jami 337 ta yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida bitim tuzish, imtiyozli kredit ajratish, subsidiya ajratilishi va boshqa masalalar yuzasidan yozma va ogʻzaki murojaatlari kelib tushgan Mazkur murojaatlarning 318 tasiga javob xatlari yuborildi va tushuntirish ishlari olib borildi, 19 tasi ish jarayonida.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bitim muddatini uzaytirish, tashkilot quvvatini oshirish, tashkilot manzilini oʻzgartirish va yangi bitim tuzish, 12-bob boʻyicha bitim tuzish, bitimni bekor qilish yuzasidan taqdim qilingan Samarqand viloyati boʻyicha jami 128 ta hujjatlar, Fargʻona viloyati boʻyicha jami 36 ta, Toshkent viloyati boʻyicha jami 216 ta va Namangan viloyati boʻyicha jami 72 ta, hammasi boʻlib 482 ta hujjatlar oʻrganib chiqilib, natijasi boʻyicha bitimga qoʻshimcha kelishuv tuzish uchun 452 tasi taqdim qilindi, 30 ta hujjatlar ularda kamchilik mavjudligi yoki qamrov darajasi 100 foizdan oshiqligi sababli, 12-bob boʻyicha mulkka egalik huquqi jismoniy shaxs nomida boʻlganligi uchun qaytarildi.
IV. Mavjud muammolar.
1.Bugungi kunda davlat-xususiy sheriklik asosida tuzilgan bitimlar boʻyicha jami 60 ta loyihalarda qurilish, rekonstruksiya va jihozlash ishlari oʻz muddatida bajarilmay kelinmoqda.
Davlat-xususiy sheriklik asosida tuzilgan bitimlarning
4.1. va 5.2.8-bandlarida xususiy sheriklar davlat sherigiga har chorakda bitim boʻyicha majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan maktabgacha taʼlim hududiy boshqaruv organlari orqali hisobot topshirishlari belgilangan.
Shunga asosan, har bir xususiy sherikka tegishli axborot va hisobotlarni taqdim qilishlari toʻgʻrisida yozma ravishda maʼlum qilishlari va ushbu axborot va hisobotlarni vazirlikka taqdim qilishlari yuzasidan hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalariga vazirlikning 2021-yil 22-fevralda 03-03/2-357-sonli hamda
2021-yil 8-iyuldagi 02-03/2-2052-sonli koʻrsatma xatlari yuborilgan boʻlsada, ushbu topshiriq hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari tomonidan bajarilmasdan kelinmoqda.
Investitsiya majburiyatini bajarmay kelayotgan barcha Xususiy sheriklarga ogohlantirish xatlari va talabnomalar yuborildi, barcha tegishli sektor rahbarlaridan amaliy yordam soʻrab xatlar joʻnatildi, sudga daʼvo arizalari kiritildi. Biroq shunga qaramay ayrim Xususiy sheriklar tomonidan obyektni foydalanishga topshirish choralari koʻrilmay kelinmoqda. Shu sababli yuqorida qayd etilgan 60 ta loyihalardan 18 tasi boʻyicha Xususiy sheriklar tomonidan obyektlar tashlab ketilganligi, oʻz mablagʻlarini sarflashni xohlashmayotganliklari sababli tegishli tartibda bitimlar bekor qilinishi, 6 ta bitimlar boʻyicha tashkilot taʼsischisini oʻzgartirish choralari koʻrilishi tavsiya qilinadi.
V. Yil yakuniga qadar bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil
10-iyundagi PQ-5144-son qarorining ikkinchi ilovasi 6.3-bandi ijrosi yuzasidan choraklik monitoring olib borish.
2. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyatini oʻz muddatida boshlamagan Andijon viloyatidagi 1 ta, Jizzax viloyatidagi 1 ta, Surxondaryo viloyatidagi 1 ta, Toshkent viloyatidagi 2 ta va Namangan viloyatidagi 2 ta loyihalar boʻyicha joyiga chiqqan holda monitoringini olib borish.
3. Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushadigan murojaatlarni oʻrganib chiqib, oʻz vaqtida javob xatlarini yoʻllash.
4. Vazirlik rahbariyati tomonidan beriladigan topshiriqlarni bajarish.