Tender nomi: Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga mebel va boshqa jihozlarni elektron shaklda xarid qilish.
Tender predmeti (tovar) – 2022-yilda Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini mebel va boshqa jihozlar bilan taʼminlashni tashkil etish.
Tender tashkilotchisi: Maktabgacha taʼlim vazirligi.
Tenderda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, mebel va boshqa jihozlarni ishlab chiqarish va/yoki buyurtmachiga sifati va bahosi jihatidan maʼqul tarzda hamda lot boʻyicha koʻrsatilgan miqdorlarda ishlarni bajarish imkoniyati va tajribasiga ega barcha mahalliy va xorijiy korxona va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.
Tender savdolari ishtirokchisi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablariga javob beradigan, ishlarni bajaruvchi obekti hisoblangan yuridik shaxs boʻlishi;
Shartnoma tuzish huquqiga ega boʻlishi;
Shartnomani bajarish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega boʻlishi hamda eng yaxshi taklifni tashlash hujjatlarida koʻrsatilgan talablarni bajarishi kerak.
Tender ishtirokchilari maxsus axborot portaliga (https://etender.uzex.uz/home) joylashtirilgan elektron shakldagi tender hujjatlarini yuklab olishlari va unda koʻrsatilgan talablar bilan tanishib chiqqan holda oʻz takliflarini topshirishlari lozim. Tenderda takliflarning shakli va topshirish shartlari tender hujjatida koʻrsatilgan.
Tender takliflari elektron shaklda taqdim etiladi, tender hujjatlarida koʻrsatilgan 1–shaklga muvofiq tenderda ishtirok etishga ariza bilan qabul qilinadi.
Avans toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 90 (toʻqson) kalendar kun muddatda jihozlarni tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga yetkazish va oʻrnatish ishlarini amalga oshirish Tender gʻoliblaridan talab etiladi.
Tender jarayonlari va tartibi haqida qoʻshimcha maʼlumot olish istagida boʻlgan tender ishtirokchilari, eʼlon nashr qilingan sanadan boshlab (haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar Maktabgacha taʼlim vazirligining quyidagi manzili boʻyicha murojaat qilishlari mumkin:
Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani,
Amir Temur shoh koʻchasi 17-uy, tel: (998 71) 207-04-08 (808), (+99891 010-71-77).
e-mail : equip@mpe.uz
Masʼul: J.Mamanazarov, B.Nabixoʻjayev
Tender takliflari zakalat koʻrinishida:
mahalliy va xorijiy korxonalar boʻlgan tender ishtirokchilari tomonidan tender taklifi bermoqchi boʻlgan lotning cheklangan qiymatidan 0,5 foiz miqdoridagi pul mablagʻlarini naqdsiz shaklda maxsus hisob raqamiga oʻtkazishi shart.
Zakalat summasi toʻliq boʻlmagan holda tender takliflari Xarid komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
Tender ishtirokchisi mahsulot namunalarini eʼlon muddati tugagunga qadar (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) taqdim etishi lozim.
Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Oqdaryo koʻchasi 122-uy.
Tel.: (+99891 010-71-77)
Tender takliflari maxsus axborot portalida koʻrsatilgan sanadan kechiktirilmagan holda elektron shaklda taqdim etilishi lozim.
2022-yilda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun xarid qilinishi rejalashtirilgan mebel va boshqa jihozlarning eng yuqori summasi
Лот номи |
Жиҳозлар сони |
Энг юқори суммаси |
Бўнак суммаси |
|
Жами: |
|
124 366 341 933 |
621 831 710 |
|
Лот № 1 |
Қорақалпоғистон Республикасидаги давлат мактабгача таълим ташкилотлари учун мебеллар |
Рўйхат бўйича |
5 798 904 422 |
28 994 522 |
Лот № 2 |
Андижон вилоятидаги давлат мактабгача таълим ташкилотлари учун мебеллар |
Рўйхат бўйича |
10 509 340 381 |
52 546 702 |
Лот № 3 |
Бухоро вилоятидаги давлат мактабгача таълим ташкилотлари учун мебеллар |
Рўйхат бўйича |
4 940 556 048 |
24 702 780 |
Лот № 4 |
Жиззах вилоятидаги давлат мактабгача таълим ташкилотлари учун мебеллар |
Рўйхат бўйича |
5 818 853 303 |
29 094 267 |
Лот № 5 |
Қашқадарё вилоятидаги давлат мактабгача таълим ташкилотлари учун мебеллар |
Рўйхат бўйича |
8 997 967 372 |
44 989 837 |
Лот № 6 |
Навоий вилоятидаги давлат мактабгача таълим ташкилотлари учун мебеллар |
Рўйхат бўйича |
6 942 918 377 |
34 714 592 |
Лот № 7 |
Наманган вилоятидаги давлат мактабгача таълим ташкилотлари учун мебеллар |
Рўйхат бўйича |
9 499 256 312 |
47 496 282 |
Лот № 8 |
Самарқанд вилоятидаги давлат мактабгача таълим ташкилотлари учун мебеллар |
Рўйхат бўйича |
10 079 041 193 |
50 395 206 |
Лот № 9 |
Сурхондарё вилоятидаги давлат мактабгача таълим ташкилотлари учун мебеллар |
Рўйхат бўйича |
7 761 173 036 |
38 805 865 |
Лот № 10 |
Сирдарё вилоятидаги давлат мактабгача таълим ташкилотлари учун мебеллар |
Рўйхат бўйича |
2 239 239 246 |
11 196 196 |
Лот № 11 |
Тошкент вилоятидаги давлат мактабгача таълим ташкилотлари учун мебеллар |
Рўйхат бўйича |
9 113 323 079 |
45 566 615 |
Лот № 12 |
Фарғона вилоятидаги давлат мактабгача таълим ташкилотлари учун мебеллар |
Рўйхат бўйича |
7 219 753 903 |
36 098 770 |
Лот № 13 |
Хоразм вилоятидаги давлат мактабгача таълим ташкилотлари учун мебеллар |
Рўйхат бўйича |
6 324 520 233 |
31 622 601 |
Лот № 14 |
Тошкент шаҳридаги давлат мактабгача таълим ташкилотлари учун мебеллар |
Рўйхат бўйича |
3 222 489 148 |
16 112 446 |
Лот № 15 |
Давлат мактабгача таълим ташкилотлари учун болалар кўрпа ва чойшаблари тўплами |
Рўйхат бўйича |
6 194 452 350 |
30 972 262 |
Лот № 16 |
Гиламлар (Республика бўйича) |
Рўйхат бўйича |
5 444 907 300 |
27 224 537 |
Лот № 17 |
Ошхона ва тиббиёт хоналари учун жиҳозлар (Республика бўйича) |
Рўйхат бўйича |
5 355 245 000 |
26 776 225 |
Лот № 18 |
Идиш-товоқлар (Республика бўйича) |
Рўйхат бўйича |
3 058 800 000 |
15 294 000 |
Лот № 19 |
Электротехникалар (Республика бўйича) |
Рўйхат бўйича |
5 845 601 230 |
29 228 006 |