Avvalroq, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining koʻkrak nishoni nomini, tavsifini, guvohnomasini va koʻkrak nishoni dizaynini yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qilingan edi.
Joriy yilning 23-iyun kuni tanlov gʻoliblarini aniqlash boʻyicha Tashkiliy qoʻmitaning yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda qayd etilishicha, eʼlon boʻyicha 5 nafar fuqarodan koʻkrak nishonining nomi boʻyicha va 10 nafar fuqarodan koʻkrak nishonining dizayni boʻyicha takliflar kelib tushgan.
Tashkiliy qoʻmita aʼzolari tomonidan ikki yoʻnalish boʻyicha fuqarolardan kelib tushgan takliflarning har biri birma-bir koʻrib chiqildi.
Qoʻmita aʼzolari koʻkrak nishonini nomi boʻyicha kelib tushgan takliflarga bir ovozdan eʼtirozlar bildirib, nomunosib deb topdi.
Shundan soʻng ikkinchi yoʻnalish koʻkrak nishoni dizayni boʻyicha kelib tushgan 10 ta hujjatning eng munosibiga ovoz berilib, 3 ta hujjat ajratib olindi. Ammo qoʻmita aʼzolari tomonidan qayta muhokama qilish taklif qilindi.
Yigʻilish yakuniga koʻra, tanlov boʻyicha fuqarolardan kelib tushgan takliflar bir ovozdan maʼqullanmaganligi sababli tanlov gʻoliblari aniqlanmagan deb topildi.