(Bitta konvert taklif qilish tartibi)
Mamlakat: |
Oʻzbekiston Respublikasi |
Loyiha: |
Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish |
Shartnoma: |
Davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlari uchun bolalar stol va stullarini sotib olish hamda ularni yetkazib berish va oʻrnatish xizmatlari |
Kredit raqami: |
6418-UZ |
RFQ identifikatsiya raqami: |
RFBG/2/02/20/1 |
- Oʻzbekiston Respublikasi Jahon banki tomonidan “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish uchun moliyalashtirildi va mablagʻlarning bir qismini Davlat maktabgacha taʻlim muassasalari uchun bolalar stol va stullarni xarid qilish, yetkazib berish va ularni oʻrnatish xizmatlari uchun tuzilgan shartnomalarga toʻlovlarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Ushbu Shartnomaga muvofiq, Qarz oluvchi Jahon bankining investitsiya loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha toʻlovlar yoʻriqnomasida belgilanganganidek toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlov usulidan foydalangan holda toʻlovlarni amalga oshiradi, akkreditiv boʻyicha amalga oshirilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlar bundan mustasno.
- Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʻlim vazirligi tanlov huquqiga ega boʻlgan ishtirokchilarni quyidagi mahsulotlarni yetkazib berish boʻyicha oʻz tender takliflarini taqdim etishni taklif qiladi:
Lot 1 |
Davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlari uchun 9216 dona bolalar stoli va 69120 dona stul xarid qilish hamda ularni yetkazib berish va oʻrnatish boʻyicha xizmatlar 1-hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari) |
Lot 2 |
Davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlari uchun 6816 dona bolalar stoli va 51120 dona stul xarid qilish hamda ularni yetkazib berish va oʻrnatish xizmatlari 2-hudud (Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari) |
Lot 3 |
Davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlari uchun 5068 dona bolalar stoli va 38010 dona stul xarid qilish hamda ularni yetkazib berish va oʻrnatish boʻyicha xizmatlar 3-hudud (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari) |
- Tender Jahon bankining 2016-yil iyul oyida eʻlon qilingan va 2017-yil noyabr va 2018-yil avgust oylarida(“Xarid qilish qoidalari”) qayta koʻrib chiqilgan Jahon bankining “ILM qarz oluvchilar uchun xarid qilish qoidalari”da koʻrsatilgan takliflar uchun soʻrov (TUS) yordamida xalqaro tanlov savdolari tartiblari asosida oʻtkaziladi va Xarid qilish qoidalarida belgilanganidek, barcha munosib ishtirokchilar uchun ochiq.
- Manfaatdor tender ishtirokchilari qoʻshimcha maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining “Bolalarning erta rivojlanishini yaxshilash” loyihasi, loyiha koordinatori Dilshod Gafarovdan quyida keltirilgan manzilda Toshkent vaqti bilan
(09:00-18: 00) olishlari va tanlov hujjatlari bilan tanishishlari mumkin. - Manfaatdor ishtirokchilar tender hujjatlarining toʻliq toʻplamini ingliz va/yoki rus tillarida procurement.ecdp@gmail.com elektron pochta manziliga yoki quyidagi manzilga yozma soʻrov yuborgandan soʻng olishlari mumkin. Tender hujjatlari ishtirokchi tomonidan koʻrsatilgan elektron pochtaga yuboriladi.
- 2022 -yil 28 - iyul soat 15:00 dan kechiktirmay (Toshkent vaqti bilan) quyidagi manzilga yetkazilishi kerak . Kechiktirilgan takliflar rad etiladi. Tijorat takliflari solingan konvertlarning ommaviy ochilishi 2022 -yil 28 - iyul soat 15:00 da (Toshkent vaqti bilan) quyidagi manzilda ishtirokchilarning koʻrsatilgan vakillari va ishtirok etishni xohlovchi boshqa shaxslar ishtirokida boʻlib oʻtadi .
Tijorat takliflarini elektron shaklda topshirishga, BCCPda berilgan koʻrsatmalarga rioya qilgan holda ruxsat beriladi.
- 7. Barcha tender takliflari quyidagi tarzda takliflar kafolati bilan birga taqdim etilishi lozim:
Lot 1 |
16 000 |
AQSH Dollari |
Lot 2 |
12 000 |
AQSH Dollari |
Lot 3 |
10 000 |
AQSH Dollari |
- Qarz oluvchidan tender hujjatlariga kiritilgan Benefisiar mulk huquqini oshkor qilish shaklini qoʻllash orqali shartnomani topshirish toʻgʻrisidagi bildirishnomaning bir qismi sifatida gʻolib ishtirokchining benefisiar egalik huquqini oshkor qilishni talab qiluvchi Xarid qilish qoidalariga eʻtibor qaratiladi.
- Yuqorida qayd etilgan manzillar:
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʻlim vazirligi huzuridagi Loyihani amalga oshirish boʻlimi.
Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100070, Amir Temur koʻchasi, 17-uy, Qavat: 2. Xona: 211.
Tel: +99871 2070408 (ichki: 730 yoki 605).
Elektron pochta: procurement.ecdp@gmail.com
Veb -sayt : www.mpe.uz