Jamoat nazoratini tizimga kengrok kirib kelishini taʼminlash, korrupsion holatlarga duch kelinganda toʻsiqlarsiz murojaat qilish imkoniyatini yaratish maqsadida @antikorr_mdo telegramm kanali va 71-239-33-79 telefon raqami tashkil etilgan hamda “Sizning qonuniy huquqlaringiz buzilyaptimi, korrupsiyaga duch keldingizmi? sarlavhali oʻzbek va rus tillaridagi Flayerlar Respublikadagi barcha boshqarma, boʻlim va DMTTlari kirish qismiga joylashtirilib, telegramm kanal orqali kelayotgan xabarlar muntazam ravishda oʻrganib tegishli choralar koʻrilgan.
Maktabgacha taʼlim vazirligining “www.mdo.uz” rasmiy veb-saytida boshqarma xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muntazam ravishda yoritilib kelinmoqda, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida 16 ta maqolalar chop etilgan.
Shuningdek, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida komplaens@mdo.uz maxsus axborot portali tashkil etilgan.