Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan.
Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar boʻyicha, xususan Toshkent shahar 60 ta lotlar (311-370 lotlar) boʻyicha 236 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan.
Ushbu tanlov matni Maktabgacha taʼlim vazirligining veb-sahifasiga 2021 yil 6 avgust kuni joylashtirilgan.
Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27 avgust holatiga respublika boʻyicha jami 334 nafar, xususan Toshkent shahar boʻyicha 29 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan.
Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni oʻtkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab oʻtildi hamda ishtirokchilarni tanlovni oʻtkazish tartibi bilan tanishtirildi.
Toshkent shahar tanlovga qoʻyilgan 60 ta lotga takliflar boʻyicha 236 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 29 nafar tadbirkorlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.