Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan.
Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar bo‘yicha, xususan Surxondaryo viloyatida 10 ta lotlar (186-195 lotlar) bo‘yicha 26 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan.
Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27 avgust holatiga respublika bo‘yicha jami 334 nafar, xususan Surxondaryo viloyati bo‘yicha 6 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan.
Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi.
Surxondaryo viloyatida tanlovga qo‘yilgan 10 ta lotlar (186-195 lotlar) bo‘yicha 26 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 6 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi.