Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 5 iyuldagi 123-sonli buyrug‘i qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan.
Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar bo‘yicha, xususan Qashqadaryo viloyatida 31 ta lotlar (67-97 lotlar) bo‘yicha 165 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan.
Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27 avgust holatiga respublika bo‘yicha jami 334 nafar, xususan Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 21 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan.
Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi.
Qashqadaryo viloyatida tanlovga qo‘yilgan 31 ta lotlar (67-97 lotlar) bo‘yicha 165 davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 21 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi.
Qashqadaryo viloyati bo‘yicha tanlovda qatnashib g‘olib bo ‘lganlar bilan quyida tanishishingiz mumkin.