Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 5 iyuldagi 123-sonli buyrug‘i qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan.
Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar bo‘yicha, xususan Andijon viloyatida 33ta lotlar (10-42lotlar) bo‘yicha 153ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan.
Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27 avgust holatiga respublika bo‘yicha jami 334 nafar, xususan Andijon viloyati bo‘yicha 37 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan.
Andijon viloyatida tanlovga qo‘yilgan 33 ta lotdan 27 ta lotga takliflar bo‘yicha 130 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 37 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi.
Andijon viloyati bo‘yicha tanlovda qatnashib g ‘olib bo ‘lganlar bilan quyida tanishishingiz mumkin.