
Dadabayev Baxadir Kadirdjanovich – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi
Dadabayev Baxadir 1955-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 1977 yilda Toshkent kimyo texnologiya institutini tamomlagan.
1972-1977-yillarda – Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti talabasi;
1977-1978-yillarda – Toshkent shahar 2-poyabzal fabrikasi-iqtisodchi;
1978-1982-yillarda – Shayxontohur tumani Yoshlar qoʻmitasi yoʻriqchisi, tashkiliy ishlar boʻlimi boshligʻi;
1982-1982-yillarda – Toshkent viloyati kasaba uyushmalari kengashi tashkiliy ishlar boʻlimi yoʻriqchisi;
1982-1984-yillarda – Toshkent shahar Shayxontohur tumani Yoshlar qoʻmitasi tashkiliy ishlar boʻlimi mudiri;
1984-1986-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vaziri yordamchisi;
1986-1989-yillarda – Mirobod tumani ijroiya qoʻmitasi tashkiliy ishlar boʻlimi boshligʻi;
1989-1989-yillarda – Oʻzbekiston KP Mirobod tumani tashkiliy ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari;
1989-1991-yillarda – Mirobod tumani ijroiya qoʻmitasi tashkiliy ishlar boʻlimi boshligʻi;
1991-1992-yillarda – Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi Ishlar boshqaruvchisi;
1992-1992-yillarda – Mirobod tumani Davlat nazoratchisi;
1992-1993-yillarda – Toshkent shahar hokimiyati moliya boshqarmasi bosh mutaxassisi;
1993-1994-yillarda – Mirobod tumani hokimiyati kotibiyat mudiri;
1994-1994-yillarda – Bektemir tumani hokimiyati kotibiyat mudiri;
1994-1996-yillarda – Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Mirobod tumani kengashi 1 – kotibi;
1996-2002-yillarda – Mirobod tumani hokimi oʻrinbosari;
2002-2005-yillarda – Toshkent shahar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;
2005-2005-yillarda – Toshkent shahar hokimi birinchi oʻrinbosarining kotibiyat mudiri;
2005-2012-yillarda – Toshkent shahar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi bosh mutaxassisi, boshligʻi oʻrinbosari;
2012-2012-yillarda – Toshkent shahar Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish tashkilotlari xodimlari Mirzo Ulugʻbek tumani kasaba uyushma Kengashi raisi vazifasini bajaruvchisi;
2012-2019-yillarda – Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining Kengashi ishlar boshqaruvchisi, rais vazifasini bajaruvchi, rais oʻrinbosari, Tashkiliy ishlar boʻlimi mudiri;
2019-2023-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi.
2023- yildan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi