Moliya-iqtisod va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari

Vazirlikning markaziy apparati

Xakimov Abdugʻulom Soyibjonovich – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi  Maktabgacha ta’lim agentligi Moliya-iqtisod va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari.

Xakimov Abdugʻulom 1982-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2004-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetida bakalavr va 2006-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetida magistratura bosqichini tamomlagan.

2006-2009-yillarda -Respublika OITSga qarshi kurash markazi moliyaviy menedjeri;

2009-2011-yillarda – Respublika OITSga qarshi kurash markazi moliyaviy mutaxassisi;

2011-2015-yillarda – Respublika OITSga qarshi kurash markazi moliyaviy yordamchi;

2016-2017-yillarda – Respublika OITSga qarshi kurash markazi iqtisodchi;

2018-2018-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatni tashkil etish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;

2020-2023- yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi.
2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi  Maktabgacha ta’lim agentligi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘limi boshligʻi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligi Jamoatchilik kengashi a’zolari “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga asosan tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat bilan yaqindan tanishdilar.

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi Jamoatchilik kengashi a’zolari Mirobod tumanida joylashgan 482-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti misolida “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga asosan tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat bilan yaqindan tanishdilar.  Tadbir ishtirokchilari maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim va tarbiya uyg’unligi ta’minlanganligini guvohi boʻldilar. Tadbir davomida Kengash a’zolari guruhlarda tashkil etilgan “Assalomu alaykum” loyihasi doirasida “Salomlashish odobi”, “Mahorat darsi“ davomida “Zardoʻzlik va kulolchilikdan  ilk saboqlar”,  “Baxtli bolalik” milliy harakatli  oʻyinlar, “Vatanim bayrogʻini baland koʻtaraman” sport estafetasi,  “Kitob – mening eng yaqin doʻstim” kitoblar koʻrgazmasi hamda “Yashil kelajak” gʻoyasi asosida  “Mening birinchi niholim” loyihalari bilan tanishdilar.Ayniqsa, “Kasbim-faxrim” mavzusi doirasida tashkil etilgan “Nonvoy mehnati bilan  tanishish” amaliy faoliyati Kengash a’zolarida oʻzgacha taassurot qoldirdi. Jajji tarbiyalanuvchilarning oʻz qoʻllari bilan kulchalarni yasashi-yu, ular ishtirokida tandirda kulchalarni yopilishi amaliy faoliyat boʻlib koʻrinsada, aslida milliy an’analarimizga tayangan holda tarbiyalanuvchilarda non va uning qadri haqida tushunchalarni hosil qilish, eng asosiysi “non isi”ni his ettirish edi.  Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bunday faoliyatlarni tashkil etish orqali aqlli, odobli, mehnatsevar, bilimli, sog‘lom, e’tiqodli, dili pok, har tomonlama ma’naviy rivojlangan, vatanparvar, insonparvar, barkamol shaxsni tarbiyalashdir. Bolajonlar tomonidan Kengash a’zolariga ona Vatanni madh etuvchi she'r, kuy va qo'shiqlar taqdim etildi. Tashrif yakunida Kengash aʻzolari tomonidan kelajak avlod ta’lim-tarbiyasi yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, amaliy-metodik yordam koʻrsatishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 

Вид сайта
Размер шрифта