Maktabgacha ta’lim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va jihoz bilan ta’minlash qilish bo‘limi

Vazirlikning markaziy apparati

Uzakov Farhod Fazilovich – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi  Maktabgacha ta’lim agentligi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va jihoz bilan ta’minlash bo‘limi boshlig‘i

Uzakov Farhod Fazilovich – 1982-yilda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy.

2003-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari institutini hamda 2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan.

2006-2007 -yillarda - Xalq taʼlimi vazirligi, Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi kompyuter operatori

2007-2008 -yillarda - “Oʻquv taʼlim taʼminot” davlat unitar korxonasi
1-toifali metodisti

2008-2015 -yillarda - Xalq taʼlimi vazirligi, Taʼlim muassasalarining moddiy-texnika taʼminotini tashkil etish boshqarmasi bosh nazoratchisi

2015-2018 -yillarda - Xalq taʼlimi vazirligi, Taʼlim muassasalarining moddiy-texnika taʼminotini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi

2018-2019 -yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligida boshqarma boshligʻi oʻrinbosari va boʻlim boshligʻi

2020-2021 -yillarda - Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari

2021-2022-yillarda - Turizm va sport vazirligi huzuridagi “Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK rahbar oʻrinbosari

2022-2023-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Investitsiyalar va kapital qurilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi.

2023-2023-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi  Maktabgacha ta’lim agentligi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va monitoring qilish bo‘limi boshligʻi

2023-yildan Maktabgacha ta’lim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va jihoz bilan ta’minlash bo‘limi boshlig‘i

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligi Jamoatchilik kengashi a’zolari “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga asosan tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat bilan yaqindan tanishdilar.

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi Jamoatchilik kengashi a’zolari Mirobod tumanida joylashgan 482-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti misolida “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga asosan tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat bilan yaqindan tanishdilar.  Tadbir ishtirokchilari maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim va tarbiya uyg’unligi ta’minlanganligini guvohi boʻldilar. Tadbir davomida Kengash a’zolari guruhlarda tashkil etilgan “Assalomu alaykum” loyihasi doirasida “Salomlashish odobi”, “Mahorat darsi“ davomida “Zardoʻzlik va kulolchilikdan  ilk saboqlar”,  “Baxtli bolalik” milliy harakatli  oʻyinlar, “Vatanim bayrogʻini baland koʻtaraman” sport estafetasi,  “Kitob – mening eng yaqin doʻstim” kitoblar koʻrgazmasi hamda “Yashil kelajak” gʻoyasi asosida  “Mening birinchi niholim” loyihalari bilan tanishdilar.Ayniqsa, “Kasbim-faxrim” mavzusi doirasida tashkil etilgan “Nonvoy mehnati bilan  tanishish” amaliy faoliyati Kengash a’zolarida oʻzgacha taassurot qoldirdi. Jajji tarbiyalanuvchilarning oʻz qoʻllari bilan kulchalarni yasashi-yu, ular ishtirokida tandirda kulchalarni yopilishi amaliy faoliyat boʻlib koʻrinsada, aslida milliy an’analarimizga tayangan holda tarbiyalanuvchilarda non va uning qadri haqida tushunchalarni hosil qilish, eng asosiysi “non isi”ni his ettirish edi.  Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bunday faoliyatlarni tashkil etish orqali aqlli, odobli, mehnatsevar, bilimli, sog‘lom, e’tiqodli, dili pok, har tomonlama ma’naviy rivojlangan, vatanparvar, insonparvar, barkamol shaxsni tarbiyalashdir. Bolajonlar tomonidan Kengash a’zolariga ona Vatanni madh etuvchi she'r, kuy va qo'shiqlar taqdim etildi. Tashrif yakunida Kengash aʻzolari tomonidan kelajak avlod ta’lim-tarbiyasi yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, amaliy-metodik yordam koʻrsatishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 

Вид сайта
Размер шрифта