Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi

Vazirlikning markaziy apparati

Usanov Zafar Beknazarovich – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi  Maktabgacha ta’lim agentligi Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi.

Usanov Zafar Beknazarovich 1977-yilda Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 1999-yilda Samarqand qishloq xoʻjaligi institutining bakalavr, 2001-yilda Toshkent davlat agrar universiteti magistratura bosqichini tamomlagan. Shuningdek, 2007-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan.

2002-2004-yillarda – “Uzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi qishloq xoʻjaligi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;

2004-2006-yillarda – Toshkent shahar xalq taʼlimi Bosh boshqarmasi moliya- rejalashtirish boʻlimi boshligʻi;

2006-2010-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi istiqbolni belgilash, moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi bosh iqtisodchisi;

2010- 2014-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Iqtisodiy tahlil va moliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;

2014-2016-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi «Oʻzbeknavo» estrada birlashmasi iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshligʻi;

2016-2019-yillarda – Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti moliya-iqtisod ishlar boʻyicha prorektori;

2019-2021-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Moliya va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi boshligʻi;

2021-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Moliya-iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi;

2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi  Maktabgacha ta’lim agentligi Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligi Jamoatchilik kengashi a’zolari “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga asosan tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat bilan yaqindan tanishdilar.

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi Jamoatchilik kengashi a’zolari Mirobod tumanida joylashgan 482-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti misolida “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga asosan tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat bilan yaqindan tanishdilar.  Tadbir ishtirokchilari maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim va tarbiya uyg’unligi ta’minlanganligini guvohi boʻldilar. Tadbir davomida Kengash a’zolari guruhlarda tashkil etilgan “Assalomu alaykum” loyihasi doirasida “Salomlashish odobi”, “Mahorat darsi“ davomida “Zardoʻzlik va kulolchilikdan  ilk saboqlar”,  “Baxtli bolalik” milliy harakatli  oʻyinlar, “Vatanim bayrogʻini baland koʻtaraman” sport estafetasi,  “Kitob – mening eng yaqin doʻstim” kitoblar koʻrgazmasi hamda “Yashil kelajak” gʻoyasi asosida  “Mening birinchi niholim” loyihalari bilan tanishdilar.Ayniqsa, “Kasbim-faxrim” mavzusi doirasida tashkil etilgan “Nonvoy mehnati bilan  tanishish” amaliy faoliyati Kengash a’zolarida oʻzgacha taassurot qoldirdi. Jajji tarbiyalanuvchilarning oʻz qoʻllari bilan kulchalarni yasashi-yu, ular ishtirokida tandirda kulchalarni yopilishi amaliy faoliyat boʻlib koʻrinsada, aslida milliy an’analarimizga tayangan holda tarbiyalanuvchilarda non va uning qadri haqida tushunchalarni hosil qilish, eng asosiysi “non isi”ni his ettirish edi.  Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bunday faoliyatlarni tashkil etish orqali aqlli, odobli, mehnatsevar, bilimli, sog‘lom, e’tiqodli, dili pok, har tomonlama ma’naviy rivojlangan, vatanparvar, insonparvar, barkamol shaxsni tarbiyalashdir. Bolajonlar tomonidan Kengash a’zolariga ona Vatanni madh etuvchi she'r, kuy va qo'shiqlar taqdim etildi. Tashrif yakunida Kengash aʻzolari tomonidan kelajak avlod ta’lim-tarbiyasi yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, amaliy-metodik yordam koʻrsatishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 

Вид сайта
Размер шрифта