“ILK QADAM” jurnali

Hududiy boshqaruv

rasmlar.jpg

“ILK QADAM” jurnali bir oyda bir marta oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi, formata A-4 bichimida, (qogʻoz bichimi 210 x 297 mm), hajmi 100 - 200 sahifada, adadi: 15 000 tirajda (jurnal formati va hajmi, chop etish davriyligi Muassisning buyrugʻi asosida oʻzgarishi mumkin) maktabgacha taʼlimning nazariy va metodik asoslarini, ularning amaliy tatbigʻini, zamonaviy taʼlim texnologiyalarini, pedagogika va psixologiya sohasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalarini, mamlakatimiz va xorijiy maktabgacha taʼlim sohasidagi innovatsiyalarni yoritib, maktabgacha taʼlim muassasalari va pedagog mutaxassislarga yetkazadi.

“ILK QADAM” jurnali Oʻzbekiston Respublikasi xududida mustakil nashr sifatida tarqatiladi.  Tahririyatning asosiy faoliyati taʼlim mazmunini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, Muassis faoliyatini keng yoritish va targʻib qilish, mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning maktabgacha taʼlim sohasida sodir boʻlayotgan demokratik oʻzgarishlarni, voqealarni xolis va haqqoniy tarzda yorituvchi materiallarni nashr ettirishdan iborat.      

Shuningdek, tahririyat quyidagi vazifalarni bajaradi:

- reklama va axboriy, dunyoqarashni shakllantiruvchi xarakterdagi materiallarni chop etadi;

- oʻrnatilgan tartibda tegishli yoʻnalish boʻyicha maʼlumotni topish va toʻplashni amalga oshiradi;

- keyinchalik chop etish uchun reklama va axboriy maʼlumotlarni va boshqa materiallarni aks etilishini(tayyorlash va tahrir qilish) amalga oshiradi;

- oʻrnatilgan tartibda reklama va xabarlarni chop etilishini amalga oshiradi;

- jamiyatning turli sohalarida mustaqil va boshqa tashkilot mutaxassislarini jalb qilgan holda tadqiqotlar oʻtkazib boradi;

- koʻzlangan maqsadlarga erishishga zamin yaratuvchi koʻrgazma va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;

- chop etilayotgan materiallarning yuqori sifat darajasini taʼminlaydi;

- boshqa davriy nashrlar, ijodiy uyushma va jamoat tashkilotlari bilan aloqalar oʻrnatadi.

 

Manzili: 100070, Toshkent shahar, Amir Temur shoh koʻchasi, 17-uy.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligi Jamoatchilik kengashi a’zolari “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga asosan tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat bilan yaqindan tanishdilar.

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi Jamoatchilik kengashi a’zolari Mirobod tumanida joylashgan 482-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti misolida “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga asosan tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat bilan yaqindan tanishdilar.  Tadbir ishtirokchilari maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim va tarbiya uyg’unligi ta’minlanganligini guvohi boʻldilar. Tadbir davomida Kengash a’zolari guruhlarda tashkil etilgan “Assalomu alaykum” loyihasi doirasida “Salomlashish odobi”, “Mahorat darsi“ davomida “Zardoʻzlik va kulolchilikdan  ilk saboqlar”,  “Baxtli bolalik” milliy harakatli  oʻyinlar, “Vatanim bayrogʻini baland koʻtaraman” sport estafetasi,  “Kitob – mening eng yaqin doʻstim” kitoblar koʻrgazmasi hamda “Yashil kelajak” gʻoyasi asosida  “Mening birinchi niholim” loyihalari bilan tanishdilar.Ayniqsa, “Kasbim-faxrim” mavzusi doirasida tashkil etilgan “Nonvoy mehnati bilan  tanishish” amaliy faoliyati Kengash a’zolarida oʻzgacha taassurot qoldirdi. Jajji tarbiyalanuvchilarning oʻz qoʻllari bilan kulchalarni yasashi-yu, ular ishtirokida tandirda kulchalarni yopilishi amaliy faoliyat boʻlib koʻrinsada, aslida milliy an’analarimizga tayangan holda tarbiyalanuvchilarda non va uning qadri haqida tushunchalarni hosil qilish, eng asosiysi “non isi”ni his ettirish edi.  Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bunday faoliyatlarni tashkil etish orqali aqlli, odobli, mehnatsevar, bilimli, sog‘lom, e’tiqodli, dili pok, har tomonlama ma’naviy rivojlangan, vatanparvar, insonparvar, barkamol shaxsni tarbiyalashdir. Bolajonlar tomonidan Kengash a’zolariga ona Vatanni madh etuvchi she'r, kuy va qo'shiqlar taqdim etildi. Tashrif yakunida Kengash aʻzolari tomonidan kelajak avlod ta’lim-tarbiyasi yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, amaliy-metodik yordam koʻrsatishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 

Вид сайта
Размер шрифта