104-Buyruq-1Скачать Mas'ul ijrochi: Sherzod PardaevTel: (71) 207-04-08 (870)
Bugun maktabgacha ta’lim tizimida “Zamonaviy usullar orqali maktabgacha ta’lim sifatini ta’minlash” mavzusida onlayn avgust konferensiyasi o‘tkazilib, 2021-2022 oʻquv yili uchun maktabgacha ta’limning asosiy yillik vazifalari belgilab olindi. Avgust konferensiyasi maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat siyosatining strategik yoʻnalishlarini amalga oshirish uchun professional va jamoatchilik muhokamasining asosiy munozara maydonchasi hisoblanib, konferensiyada oʻtgan oʻquv yili natijalari sarhisob qilindi, “oʻsish nuqtasi” aniqlandi, kelgusi oʻquv yili uchun asosiy vazifalar belgilandi. Avgust konferensiyasi videokonferensaloqa formatida oʻtkazilib unda, Maktabgacha ta'lim vazirining o‘rinbosari - Begimkulov Uzoqboy Shoimqulovich tomonidan, -“2020-2021 oʻquv yili natijalarining sarhisobi”; -Hududiy maktabgacha ta’lim boshqarmalarining hisoboti "2020-2021 oʻquv yili uchun yillik vazifalarning bajarilishi: muammolar va ularni hal etish yoʻllari" (3 ta tanlab olingan hudud misolida); -2021-2022 oʻquv yili uchun belgilangan yillik vazifalar bilan tanishish kabi mavzularda taqdimot qilindi. -Maktabgacha ta'lim vazirligi Maktabgacha ta’lim sohasi siyosatini shakllantirish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi- Grosheva Irina Vladimirovna tomonidan, -“Ta’limiy-rivojlantiruvchi muhit - maktabgacha ta’lim sifatining eng muhim sharti sifatida" mavzusida taqdimot qilindi. -Maktabgacha ta'lim vazirligi Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi - Gaffarov Feruz Xasanovich tomonidan, -“Maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi pedagogika kollejlarida dual tizim boʻyicha kadrlar tayyorlashning istiqbollari” mavzusida taqdimot qilindi. Sirdaryo viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari tomonidan, -Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4708-son qarori ijrosi boʻyicha Sirdaryo viloyati tajribasi mavzusida taqdimot qilindi. Xorazm viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari tomonidan, -“Ta’lim-tarbiya jarayonlariga noan’anaviy yondashish boʻyicha Xorazm viloyati tajribasi” mavzusida taqdimot qilindi. Konferensiya davomida 2021-2022 oʻquv yili uchun maktabgacha ta’limning quyidagi asosiy yillik vazifalari belgilab olindi: 1. Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻgʻrisida”gi qonuni, “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti”dan kelib chiqqan holda pedagog kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish, qayta tayyorlash, malakasini oshirishga yangicha yondashuvlarni joriy etish orqali maktabgacha ta’lim tizimi pedagog xodimlarining zamonaviy pedagogik va boshqaruvchanlik kompetensiyalarini oshirish. 2. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi, “Ilm Yoʻli” variativ oʻquv dasturi va2-7 yoshli alohida ehtiyojli bolalar uchun moslashtirilgan oʻquv dasturlarini ta’lim-tarbiya jarayonlariga tadbiq etish orqali bolalarni boshlangʻich ta’limga sifatli tayyorlashni takomillashtirish. 3. Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib, maktabgacha yoshdagi bolalarga shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuv orqali boshlangʻich matematik tushunchalar va chet tillarini oʻrgatish shakllari va usullarini takomillashtirishni davom ettirish. 4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolaning shaxsiyatini rivojlantirish va tarbiyalashda, professional yordam koʻrsatishda oila, mahalla, maktab bilan hamkorlik qilish hamda ularni maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish va COVID-19 kabi boshqa yuqumli kasalliklarning oldini olish profilaktikasi jarayonlariga jalb etish kabi yillik vazifalar belgilandi. Konferensiya yakunida Maktabgacha ta'lim vazirining o‘rinbosari - Begimkulov Uzoqboy Shoimqulovich 2020-2021 oʻquv yili natijalariga koʻra, maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan bir guruh mutaxassislarni vazirlikning maqtov yorligʻi va tashakkurnomalari bilan taqdirladi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati
Maktabgacha ta'lim vazirligi xodimlari bilan bog‘lanishingiz mumkin.
Eslatma: +99871 207 04 08 raqamidan so‘ng bog‘lanmoqchi bo‘lgan ichki raqamni terasiz.
“COVID-19"ga qarshi kurash bugun tamoman boshqa bosqichga ko‘tarildi, qat’iy tartiblar kundalik odatga aylanib ulgurdi – karantin, ijtimoiy masofa, niqob taqish... Umuman, koronavirus turmush tarzini keskin o‘zgartirishga majbur qildi: bayramlardan tortib dafn marosimigacha. Endilikda shunisi ayon, insoniyat koronavirus bilan birga yashashga majbur, hali undan butunlay xalos bo‘lish imkoni to‘liq ma’lum emas. Ayni shunday sharoitda sog‘lom jamiyatni tiklash, virusga qarshi jamoaviy immunitetni shakllantirishning eng optimal yechimi vaksina olish ekanligi allaqachon isbotlandi. Ilm-fan yutuqlari natijasida yaratilgan vaksinalar jamiyat tomonidan doim ham to‘g‘ri qabul qilinmayapti. Bunday vaziyatda hukumatlar tomonidan yuqori xavf ostida bo‘lgan ijtimoiy guruhlarni majburiy vaksina qilish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Hususan, Avstraliyada (https://www.reuters.com/world/countries-make-covid-19-vaccines-mandatory-2021-07-13/) joriy yil iyun oyini oxirida karantinli mehmonxonalarda keksa yoshdagi ishchilar va xizmatchilar uchun COVID-19 vaksinasi bilan emlash majburiy qilindi. Tokioga boradigan parolimpiya sportchilari uchun emlanish majburiy qilingan. Angliyada esa oktyabr oyidan boshlab “Qariyalar uyi” ishchilari uchun koronavirusga qarshi emlash majburiy bo‘ladi. 2021 yil 12 iyuldan Fransiyada barcha sog‘liqni saqlash xodimlari, kinoteatrga boradiganlar yoki poyezddan foydalanmoqchi bo‘lganlar emlanganligi to‘g‘risida hujjatni yoki kovidga chalinmaganligi bo‘yicha salbiy test natijasini ko‘rsatishi shart. Qo‘shni Qozog‘istonda 2021 yil iyun oyidan 20 dan ortiq sohada ishlaydigan odamlar majburiy emlangan, emlashdan bosh tortganlarda haftalik sinovlar o‘tkazilgan. Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida qator choralar ko‘rilmoqda. Joriy yilning 2 avgustida Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Mehnat kodeksiga xodim karantinli va yuqumli kasalliklar tahdidi bo‘lganda profilaktik emlashdan o‘tishni rad etsa (qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda) ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekanligiga oid ko‘shimcha kiritildi. Shuningdek, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra karantinli va xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi mumkin. Ushbu normalarning belgilanishidan asosiy maqsad koronavirusga qarshi vaksina olishni kengaytirish orqali jamoaviy immunitetni hosil qilishdan iborat. “COVID-19”ga qarshi emlaning hamda o‘zingiz, oila a’zolaringiz va jamiyat salomatligini asrang! Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati
Ilmiy kuzatish va tadqiqotlar natijasida inson o‘z hayoti davomida oladigan barcha maʼlumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishi aniqlangan. Shu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha taʼlim uzluksiz taʼlim tizimining ajralmas bo‘lagiga aylangan. Xususan, bugungi kunda dolzarb masalalardan biri 6 yoshli bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash bo‘lib, soha vakillarining oldida turgan muhim vazifa etib belgilanganligi haqida bugungi matbuot anjumani davomida taʼkidlandi. Аyniqsa, yurtimizdagi maktabgacha taʼlim tizimiga qamrab olingan jami 669 198 nafar 6 yoshli bolalarning 114 286 nafari qisqa muddatli guruhlarda, 89 240 nafari boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlarida, 311 618 nafari esa maktabga tayyorlov guruhlarida qamrab olinib maktabga tayyorlov ishlari amalga oshirildi. Jumladan, bugungi kunda respublika bo‘yicha 669 198 nafar 6 yoshli bolalardan 515 144 nafari, yaʼni 77%i maktabgacha taʼlimga qamrab olingan. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ–4312-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi”ga muvofiq, maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar qamrovining yangi maqsadli ko‘rsatkichlariga ko‘ra Konsepsiya doirasida qo‘yilgan konseptual maqsad va vazifalarga ko‘ra, 2025 yilga kelib olti yoshli bolalarning majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlariga toʼliq jalb qilish, shuningdek 2030 yilgacha respublikadagi 3-7 yoshdagi bolalarning 80,8 foizini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish rejalashtirilgan. Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan 6 yoshli bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash uchun “Ilk qadam” maktabgacha taʼlim tashkilotning davlat o‘quv dasturi hamda “Ilm yo‘li” variativ o‘quv dasturidan foydalanilmoqda. Bolalarni boshlang‘ich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlash tizimi orqali maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, barkamol, ijtimoiy moslashtirilgan bolalarni tarbiyalash, kelgusida muvaffaqiyatli oʼquv faoliyati uchun shart-sharoitlarni shakllantirish va ularni boshlang‘ich taʼlimga sifatli tayyorlash 6 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishning asosiy maqsadlari hisoblanadi. “Bolalarni boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash”- bu iborani eshitgan yoki o‘qigan barchaga birdek savol tug‘ilishi tabiiydir, yaʼni “bepul” taʼlim xarajatlari qanday qoplanadi? Majburiy bepul taʼlimda xarajatlar to‘liq byudjet hisobidan qoplanadi. 1 nafar bolaga davlat byudjetidan oyiga 416 700 so‘m, yiliga 5 mln. so‘m mablag‘ ajratilmoqda. Majburiy bepul taʼlimga 2020 yilda 50 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan, 2021 yilda 57,8 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Yuqorida taʼkdlaganimizdek, bugungi kunda 6 yoshli bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar, maktabga tayyorlov guruhlari va boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlariga ham qamrab olinadi. Har bir hududda ota-onalar to‘lov miqdorlari bir-biridan farq qiladi: a) qisqa muddatli guruhlar bo‘yicha: Qisqa muddatli guruhlarda bola taʼminoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdori MTTning joylashgan manzili va MTTga oiladan qatnayotgan bolalar soniga qarab tabaqalashtirilgan. Ota-ona to‘lovi miqdori: Oiladan 1 nafar bola qatnaganda Toshkent shahrida 38 000 so‘m, viloyat markazida 36 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 32 000 so‘m, tuman markazida 29 000 so‘m, boshqa joylarda 26 000 so‘m; Oiladan 2 nafar va undan ortiq bola qatnaganda Toshkent shahrida 26 000 so‘m, viloyat markazida 25 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 23 000 so‘m, tuman markazida 20 000 so‘m, boshqa joylarda 18 000 so‘m. Shuningdek, respublikaning 70 ta tumanlarida joylashgan MTTlarda ushbu miqdorlar ikki baravar kamaytirilgan holda to‘lanadi. b) boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlari bo‘yicha: Boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlarida ota-onalar to‘lovi undirilmaydi. v) maktabgacha tayyorlov guruhlari bo‘yicha: MTTning maktabgacha tayyorlov guruhlarida ota-onalar to‘lovi miqdorlari MTT joylashgan manzili, guruh ish rejimi va MTTga oiladan qatnayotgan bolalar soniga qarab tabaqalashtirilgan. Ota-ona to‘lovi miqdori 9 soatli ish rejimida: Oiladan 1 nafar bola qatnaganda Toshkent shahrida 206 000 so‘m, viloyat markazida 199 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 183 000 so‘m, tuman markazida 135 000 so‘m, boshqa joylarda 95 000 so‘m; Oiladan 2 nafar va undan ortiq bola qatnaganda Toshkent shahrida 147 000 so‘m, viloyat markazida 141 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 130 000 so‘m, tuman markazida 102 000 so‘m, boshqa joylarda 77 000 so‘m. Ota-ona to‘lovi miqdori 10,5 soatli ish rejimida: Oiladan 1 nafar bola qatnaganda Toshkent shahrida 246 000 so‘m, viloyat markazida 238 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 206 000 so‘m, tuman markazida 183 000 so‘m, boshqa joylarda 167 000 so‘m; Oiladan 2 nafar va undan ortiq bola qatnaganda Toshkent shahrida 175 000 so‘m, viloyat markazida 169 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 147 000 so‘m, tuman markazida 138 000 so‘m, boshqa joylarda 133 000 so‘m. Ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda 6 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish ko‘rsatkichlarining kengayib borishi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalarning davlat talablariga muvofiq har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish imkoniyatlarini oshiradi. Shuningdek, maktabgacha taʼlimga qamrab olingan bolalar kelgusida boshlang‘ich taʼlim davrida o‘zlarini erkin xis qilishlari, tengdoshlari bilan oson ijtimoiy munosabatlarga kirishish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. 6-7 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan majburiy boshlang‘ich taʼlimga bir yillik tayyorlash guruhlari hamda qisqa muddatli guruhlar bolalarini to‘liq kunli maktabgacha taʼlim tashkilotiga berish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoki muayyan sabablarga ko‘ra, bunga intilmaydigan ota-onalarning talab-ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Matbuot anjumani davomida OAV vakillari vazirlik rahbariyati va xodimlariga savollar bilan murojaat qilib, o'zlarini qiziqtirgan kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati
Puchon universitetining ilk bitiruvchilariga diplom topshirildi
2021yil 27 avgust kuni Toshkent shahridagi Puchon universiteti o‘zining ilk bitiruvchilariga bakalavr darajasidagi diplomni o‘z egalariga topshirdi.Bitiruvchilar O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat deb tan olingan, belgilangan namunaviy Koreya Respublikasi Puchon universiteti, shuningdek Toshkent shahridagi Puchon universiteti diplomlarini oldilar.Ma’lumot uchun: Toshkent shahridagi Puchon universiteti 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 iyuldagi 3821-sonli Farmoniga asosan tashkil yetilgan. Universitetda o‘qitish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi: 1. Maktabgacha ta’lim-kunduzgi bo‘limi. 2. Maktabgacha ta’lim-kechki bo‘limi. 3. Koreys tili va menejmenti. 4. Arxitektura. Ta’lim muassasadagi o‘quv jarayoni universitetning Koreya Respublikasi Puchon universitetining professorlari, hamda O‘zbekistondagi yetakchi pedagoglar tomonidan olib boriladi. 2021 yilda universitetni 393 nafar bitiruvchi bitirmoqda, shu jumladan: Maktabgacha ta’lim fakulteti (kunduzgi bo‘lim) – 193; Maktabgacha ta’lim fakulteti (kechki bo‘lim) – 172; Koreys Tili va menejmenti fakulteti-28. Shuningdek, Koreys tili va menejment fakulteti «2+2» tizimi bo‘yicha ta’lim olgan talabalar Associate Bachelor degree diplomlarini oladilar. Dastlabki ikki yil davomida talabalar Toshkentdagi Puchon universitetida tahsil olib, Associate Bachelor degree darajasini oladilar. Shundan so‘ng talabalarga Koreyadagi Puchon universitetida o‘qishni davom ettirish yoki Toshkentda o‘qishni yakunlash imkoniyati beriladi. Associate Bachelor degree darajasining asosiy afzalligi bu daraja olgan talabaga keyingi ta’limni tanlash imkonini beradi. Talaba Associate Bachelor degree darajasiga erishish uchun o‘qishni davom ettirishi yoki bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan sohada ish boshlashi mumkin. Masalan, Aqsh, Kanada, Avstraliya va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda Associate Bachelor degree darajasiga ega bo‘lgan yoshlar o‘z sohasida professional muvaffaqiyatlarga erishib, mehnat qila boshlaydilar va rivojlana boshlaydilar. 2021 yilda Bu yo‘nalishda 90 nafar talaba o‘qishni tamomlaydi, ulardan 23 nafari Koreyada o‘qishni davom ettiradi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Shin Agrippina Vasilevna, vazir o‘rinbosari Begimkulov Uzoqboy Shoimqulovich va A. I. Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika universitetining Toshkentdagi filiali rektori Vasiliy Aleksandrovich Popov, hamda filial ijrochi direktori Qaxramon Tanzilovich Olimov, shuningdek talabalar va ota-onalar qatnashishdi. O‘z nutqida, “Avvalo, sizlardan "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi bo'yicha diplom olganlarga murojaat qilmoqchiman, aynan siz O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim darajasini oshirish bo'yicha asosiy vazifani hal qilishingiz kerak bo'ladi.”-dedi vazir Shin Agrippina Vasilevna. Tadbirga kelgan mehmonlar tomonidan bitiruvchilarga tantanali ravishda diplom topshirilib, ularning kelgusi faoliyatiga omadlar tilandi. Talabalarning yorqin chiqishlari davraga o‘zgacha fayz ulashdi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi "Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun gilamlar xarid qilish" bo'yicha TЕNDЕR E’LON QILADI Tender № 2021/2 Mahsulot nomi: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun gilamlar. Xarid qilinadigan mahsulot nomi, tenderning maksimal qiymati va garov summasi quyidagicha : Xarid qilinadigan mahsulot nomiSoniTenderning maksimal qiymatiGarov maksimal summasii( 0,5% )Gilamlar (butun Respublika bo’ylab)Xarid qilinadigan tovarlar ro’yxati4 484 976 000,022 424 880,0 Tender o‘tkazilish manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur xiyoboni, 17-uy, tel.: (90) 126-52-21 Qatnashuvchilarga qo‘yiladigan talablar: Mahsulot yetkazib berish tajribasiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar) tenderda ishtirok etishlari mumkin. Tenderning ishchi organi: “VALSTATЕX” MCHJ. Ishchi organ xodimi bilan aloqa raqami: I. M. Mavlyanova, tel.: (+998 93) 399-33-53 e-mail: info@valstatex.uz. Tender hujjatlari bo’yicha to‘liq ma’lumotlarni http://xarid.uz/fillingform. portali orqali olishingiz mumkin. Takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati va sanasi: Tender takliflari ishchi organi tomonidan maxsus axborot portalida ko’rsatilgan muddatga qadar qabul qilinadi. Tender e’lon qilingandan so‘ng ishtirokchi bir donadan tovar na’munasi topshirishi kera. Namuna topshiri manzili: Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Oqdaryo ko’chasi 122 uy. Belgilangan muddatga qadar namunalarni topshirmagan ishtirokchilar tenderdan chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya) qilinadi. Tender taklifini loyihalashga qo‘yiladigan talablar: - tender ishtirokchisi faqat bitta tender taklifini taqdim etishi mumkin; - tender taklifiga kiritilgan barcha hujjatlar rus yoki o'zbek tillarida tayyorlanishi kerak; - tender taklifi quyidagi manzil bo’yicha taqdim etiladi: 100015, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko’chasi, 89-uy, “VALSTATEX" MChJ. Qabul uchun mas'ul Mavlyanov I.M., tel.: (+998 93) 399-33-53. Tender hujjatlarining elektron versiyasi maxsus axborot portalida joylashtirilgan.
Maktabgacha ta’lim vazirligi mart oyida 2021 yilda boshlangan maxsus ehtiyojli bolalarga samarali korreksion-pedagogik va reabilitatsion yordam ko‘rsatish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligi alohida ta’limga muhtoj bolalarga yordam berishga alohida e‘tibor qaratmoqda. Vazirlik faoliyati davomida maktabgacha ta’lim sohasini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi va imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim-tarbiya va reabilitatsiya jarayonlari amalga oshiriladigan ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tuzildi. Bu tashkilotlarda maxsus pedagoglar, logopedlar, surdo-pedagoglar, shuningdek tibbiyot xodimlari rivojlanish xususiyatiga ega bo‘lgan bolalar bilan shug‘ullanadilar. Bolalarning ta’lim-tarbiyasi va ijtimoiy moslashuvi samaraliroq bo‘lishi uchun zamonaviy amaliyotda maxsus asbob va uskunalar qo‘llaniladi. Ulardan foydalanish reabilitatsiya sifati va samaradorligining yuqori ko‘rsatkichlarini beradi, bolaning imkoniyatlari va salohiyatini ochib beradi va tezroq natijalarga erishishga imkon beradi. Maktabgacha ta’lim vazirligi ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Toshkent shahri va respublika viloyatlarida ushbu turdagi barcha tashkilotlarni zamonaviy reabilitatsiya uskunalari bilan izchil jihozlash Dasturini ishlab chiqdi. Dasturning birinchi va ikkinchi bosqichlari doirasida Toshkent shahridagi ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari jihozlandi. 31 avgust kuni dasturning navbatdagi, uchinchi bosqichi amalga oshirildi, dastur doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarining 53 ta ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari maxsus jihozlarga ega bo‘ldi. Alohida ehtiyojli bolalarga maktabgacha ta’lim sifatini oshirish uchun quyidagi hududlarga yetkazib beriladi: Tayanch-harakatida kasalliklari bo‘lgan bolalar uchun maxsus ortopedik funksional stullar, buning natijasida bolalarning o‘qish, faol hayot kechirish va to‘laqonli qulay dam olish imkoniyatlari oshadi; bolaning tayanch-harakati tizimini rivojlantirish va kuch, chaqqonlik, chidamlilik, shuningdek, qat’iyat kabi jismoniy imkoniyatlarning namoyon bo‘lishi uchun trenajyorlari; vertikalizatorlar - bolaga tashqi yordamsiz tik holatini saqlashga imkon beradi va shu bilan birga bola o‘zini psixologik jihatdan yaxshi his qiladi, atrofdagi dunyoni o‘rganadi va tengdoshlari bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi, unga pedagoglar bilan muomala qilishi osonroq bo‘ladi; bolalarning nogironlar aravachalari-bu faol hayot tarzini olib borishga va mustaqillik ko‘nikmalarini rivojlantirishga imkon beradi; ortopedik yurish trenajyorlari, bizibordlar, quruq hovuzlar, maxsus massaj matlari va didaktik materiallar. Eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun maxsus asbob-uskunalarni, shu jumladan, zamonaviy eshitish apparatlari va audio mashg‘ulot xonalari uchun uskunalarning topshirilishi ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarining ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini jihozlash dasturi "FALCON HUNTING SOLUTIONS" MChJning 18,5 milliard so‘mlik grantlar ajratish orqali beg‘araz moliyaviy yordami hisobiga amalga oshirilmoqda. Shuningdek, “FALCON HUNTING SOLUTIONS” MChJ Namangan viloyati Pop tumanida va Xorazm viloyati Gurlan tumanida ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish va to‘liq jihozlashni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Joriy yil oxirigacha respublikamizdagi barcha ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari maxsus jihozlar bilan to‘liq ta’minlanishi rejalashtirilgan. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati
Islom taraqqiyot banki bilan o‘zaro hamkorlik
Maktabgacha ta'lim vazirligining Islom taraqqiyot banki bilan o‘zaro hamkorligi imtiyozli kreditlar hisobidan 120 ga yaqin davlat xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari loyihasini moliyalashtirishni nazarda tutadi. Hozirgi vaqtda Islom taraqqiyot bankining baholash missiyasi bilan O‘zbekistonda ushbu loyihani amalga oshirish mexanizmlarini aniqlash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Muzokaralar chog‘ida Islom taraqqiyot banki Maktabgacha ta’lim vazirligiga so‘rovnoma yubordi, Maktabgacha ta’lim vazirligi mutaxassislari tomonidan so‘rovnoma to‘ldirilib belgilangan tartibda Islom taraqqiyot banki rasmiy vakillariga yuborildi. Islom taraqqiyot bankining baholash missiyasi yaqin kelajakda tashrif buyurishi kutilmoqda. Hamkorlik xronologiyasi: - 2019 yil 23 mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 428-sonli "Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi mablag‘lari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori qabul qilindi. - 2020 yil 6-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4883-sonli qarori qabul qilindi. - Maktabgacha ta’lim vazirligi belgilangan tartibda, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirish loyihasi Konsepsiyasini yubordi. - 2021 yil 20 yanvarda Maktabgacha ta’lim vazirligining loyiha taklifi 2021 va 2022 yillarda ishlab chiqish va joriy etishning ustuvor yo‘nalishi sifatida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Islom taraqqiyot bankiga taqdim etildi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati
Soʼnggi yillarda, Oʼzbekistonda maktabgacha taʼlim soxasida ulkan isloxotlar olib borilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasining taʼlim tizimini takomillashtirishga qaratilgan mazkur chora-tadbirlar uning nafaqat tarkibini, balki strukturasini xam oʼzgartirdi. Bu isloxotlarning dolzarb yoʼnalishlariga, maʼnan yetuk va yukori malakali insonni yetishtirish uchun barcha vositalarni jalb etish kiradi. Shuning uchun, Oʼzbekistonda oʼqituvchi kasbining vakili – bu yuqori malakali va bilimga ega boʼlgan tajribali mutaxassisdir.Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktyabri sanasidagi №PQ-4857 sonli qaroriga asosan mamlakatda А.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universitetining Toshkent shahridagi filiali tashkil etildi. Bu qarorda maktabgacha taʼlimining barcha tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlarni yetishtirish, rivojlangan chet el mamlakatlarining oʼquv yurtlari bilan xamkorlik oʼrnatish, taʼlim muassasalarining yuqori malakali kadrlardagi muxtojligini qondirish zaruriyati kabi dolzarb masalalar oʼz ifodasini topgan. Bugun esa, А.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universitetining Toshkent shahridagi filialining tantanali ochilish marosimi boʼlib oʼtdi. Ochilish marosimida Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri А.Shin, Rossiya Federatsiyasining Oʼzbekistondagi elchisi O.Malginov, Rossiya taʼlim vazirligining xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar boʼlimi direktorining oʼrinbosari А.Efremov, А.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universitetining rektori vazifasini bajaruvchi V. Rabosh, Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining oʼrinbosari U.Begimqulovlar ishtirok etishdi. А.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universitetining Toshkent shahridagi filiali quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha mutaxassislarni tayyorlaydi: Pedagogik taʼlim ( Bolalarning qoʼshimcha estetik taʼlimi)Psixologiya-pedagogik taʼlim (Maktabgacha taʼlimda)Psixologiya va ijtimoiy pedagogika ( Bolalar psixologiyasi)Maxsus ( defektologik ) taʼlim ( Surdopedagogika, Tiflopedagogika, Oligofrenopedagogika)Psixologiya ( Inson va jamiyat psixologiyasi )Lingvistika (Rus tilini chet tili sifatida oʼkitishning nazariyasi va metodikasi va millatlararo kommunikatsiya) 2021-2022 oʼquv yili kvotasi 405 ta abiturientni talabalar safiga qabul qilishni koʼzda tutmoqda. Ularning 81 tasi davlat byudjeti asosida va 324 nafari toʼlov-shartnoma asosida oʼqishga qabul qilindi. Shuni taʼkidlash joizki, filial bitiruvchilari nafaqat Oʼzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida, balki bir qator chet el mamlakatlarida xam tan olinadigan davlat namunasidagi diplomni qoʼllariga olishadi. Filialdagi taʼlim jarayoni xar bir yoʼnalish boʼyicha yetuk va malakali pedagog kadrlarni yetishtirishga qaratilgan. Jumladan:«Pedagogik taʼlim» (Bolalarning qoʼshimcha estetik taʼlimi) yoʼnalishi bitiruvchilari davlat va nodavlat taʼlim muassasalarida bolalar bilan ishlashlari, shuningdek, madaniy-maʼrifiy tashkilotlarda va qoʼshimcha taʼlim maskanlarida faoliyat yuritishlari mumkin boʼladi. Universitetni «Psixologiya-pedagogik taʼlim (Maktabgacha taʼlimda)» yoʼnalishini bitirgan mutaxassislar maktabgacha taʼlim muassasalarida psixologlar sifatida, oʼrta taʼlim oʼquv maskanlarida psixologik-pedagogik korrektsiyasi yoʼnalishida ishlay olishadi. «Psixologiya va ijtimoiy pedagogika» (Bolalar psixologiyasi) bitiruvchilari insonda, xususan, bolalarda psixologik diagnostikani oʼtkazish, bolalar tarbiyasidagi turli oʼzgarishlarni korrektsiyalash, psixologik tadqiqotlarni olib borish faoliyatlarini yurita olishadi.«Maxsus (defektologik) taʼlim (Surdopedagogika, Tiflopedagogika, Oligofrenopedagogika)» yoʼnalishi bitiruvchilari eshitish va soʼzlash qobiliyatida muammosi bor boʼlgan bolalar bilan ishlashga ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida faoliyat yuritib, ular uchun tarbiyachi, surdopedagog, tyutor, va xususan, indvidual oʼqituvchi sifatida ishlashlari mumkin boʼladi. «Psixologiya (Inson va jamiyat psixologiyasi )» yoʼnalishini bitirgan talabalar jamiyatning turli qatlamlarida psixologik sogʼlom fikrlashni shakllantirish, gurux va individual psixologiya soxalarida ishlashlari mumkin boʼladi.«Lingvistika (Rus tilini chet tili sifatida oʼqitishning nazariyasi va metodikasi va millatlararo kommunikatsiya)» yunalishi taʼlim jarayonini turli millat vakillariga taʼlim berish, ularga rus tilini oʼzlarining tillari xususiyatlaridan kelib chikkan xolda oʼrgatish kabi ishlarni amalga oshirishlari mumkin buladi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati