Maktabgacha ta'lim vaziri o'rinbosari Uzoqboy Begimkulov Xorazm viloyatida.
Ma'lumki, 2018-2019 yillarda belgilangan tartibda davlat - xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish bo'yicha bitimlar imzolangan edi. Vazir o'rinbosari bugun, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2021-yil 21-iyuldagi 07/1-921 sonli yig'ilishi bayoni ijrosi yuzasidan bitimlar imzolangan 40 nafar tashabbuskor tadbirkorlar bilan loyihalarga kredit mablag'lari ajratilishini tezlashtirish maqsadida bevosita yuzma-yuz uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda Xorazm viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig'i I.Yakubova hamda "O'zMilliyBank" AJ Xorazm viloyati filiali boshqaruvchisi o'rinbosari Sh.Qo'chqarovlar ham ishtirok etdi. Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad: Xorazm viloyatida davlat xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini kengaytirish, qamrov ko'rsatkichini oshirishga erishish. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati
Maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinmagan bolalar bilan shakllantirilgan guruhlarda didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o'yin va o'yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bor. Ilg'or xorijiy tajribani inobatga olgan holda, bolalarning intelektual, ma'naviy estetik va jismoniy kamol topishi uchun sharoitlar yaratish ko'zlangan. Guruhlarni yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bormaydigan bolalarning ijtimoiy moslashuvini shakllantirish va ularni boshlang'ich ta'limga tayyorlash asosiy maqsad. Maktabgacha ta'limning muqobil shakllarini rivojlantirish ko'zlangan. Bir mobil guruhidagi bolalar soni qayta jihozlangan avtobusning ko'zda tutilgan xarakteristikasidan kelib chiqqan holda kamida 16 nafar, ko'pi bilan 30 nafar bo'lishi lozim. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati
Navoiyda murojaatlar joyida ijobiy hal etilmoqda
Joriy yilning 12 avgust kuni Navoiy viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʼi vazifasini bajaruvchi Oʼ. Tillaev Zarafshon shahridagi 10-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida ommaviy sayyor qabul oʼtkazdi. Ushbu sayyor qabulda oʼndan ortiq murojaatlar shu yerning oʼzida ijobiy hal etilib, ayrimlariga huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlarining tashkilotda mavjud muammolari eshitilib, muhokama etildi va zarur choralar koʼrish boʼyicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati
Maktabgacha taʼlim vazirligi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalarida davolanayotgan tarbiyalanuvchilar salomatligi yuzasidan (2021 yilning 16 avgust holatiga) quyidagilarni maʼlum qiladi: Bugungi kunda tibbiyot muassasalarida jami 13 nafar tarbiyalanuvchi davolanmoqda, jumladan 3 nafarining holati og‘ir, 10 nafar bemorning holati o‘rtacha og‘ir. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tarbiyalanuvchilarning salomatligi va o‘tkazilayotgan surushtiruv ishlari natijalari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berib boradi. Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati
Joriy yilning 16-avgust kuni Maktabgacha ta'lim vazirligida "Zamin" xalqaro jamg'armasi bilan hamkorlik memorandumi doirasida maktabgacha ta'lim va xalq ta'limi mutaxassislari o'rtasida Dmitriy Rogachev nomli Rossiya Sog'liqni saqlash vazirligining bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va immunologiyasi ilmiy-tadqiqot markazining bolalarni statsionar tibbiy muassasalarda o'qitish bo'yicha vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Rossiyadagi shifoxona maktablarining "Biz bilamiz" deb nomlangan federal loyihasi rahbari Sergey Sharikov shifoxona pedagogikasi bo'yicha o'z tajribasi bilan o'rtoqlashdi. Hozirgi vaqtda ta'limning bunday modeli O'zbekistonda ilgari tatbiq etilmagan. Shu maqsadda Maktabgacha ta'lim vazirligi va Xalqaro Zamin jamg'armasi, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Rossiya Federatsiyasi bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va immunologiyasi bo'yicha Dmitriy Rogachev nomidagi Milliy tibbiyot ilmiy markazi bilan birgalikda davolash va profilaktika tadbirlarini bolalar uchun ta'lim xizmatlari bilan birlashtiradigan shuningdek, ularning ota-onalariga psixologik va pedagogik yordam ko'rsatadigan loyihani amalga oshirish xususida suhbat olib borildi. Uchrashuv davomida Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shinning ta'kidlashicha, ushbu loyihaning O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilishi uzoq muddatli davolanayotgan saraton kasalligiga chalingan bolalarga o'quv dasturini boshqa tengdoshlaridan qolishmasdan o'zlashtirishga va keyingi bosqichlarda o'qishni davom ettirishga imkon beradi. S.V. Sharikovning ta'kidlashicha, O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi hamkorlik bemor bolalarni qo'llab-quvvatlashga imkon beradi, ular uchun ijobiy energiya va ishtiyoqni olish eng muhimdir, chunki onkologiya - bu hukm emas, bolalarga yashash va kasallik bilan kurashish uchun maqsad kerak. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati
Maktabgacha taʼlim vazirligi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi5-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalarida davolanayotgan tarbiyalanuvchilar salomatligi yuzasidan (2021 yilning 17 avgust holatiga) quyidagilarni maʼlum qiladi: Bugungi kunda tibbiyot muassasalarida jami 12 tarbiyalanuvchi davolanmoqda, jumladan 3 nafarining holati o‘rta og‘ir, 8 nafar bemorning holati o‘rtacha baholanib, dinamikada sog‘aymoqda, 1 nafar bolaning holati qoniqarli. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tarbiyalanuvchilarning salomatligi va o‘tkazilayotgan surushtiruv ishlari natijalari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berib boradi. Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati
“Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularningijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi Farmonga ko‘ra, 2021 yil avgust oyida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan har bir farzandi uchun 500 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning davlat OTMlarida ta’lim olayotgan farzandlariga 2021/2022 o‘quv yilida birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasi qoplab beriladi. “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurishi uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi. Ipoteka dasturi doirasida boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlari bo‘yicha qo‘shimcha 2 mingta yosh oilaga uy-joy sotib olishi uchun subsidiya ajratiladi. 2021 yil 1 sentyabrdan respublikadagi OTMda to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar uchun Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi miqdorida va o‘qish muddati tugagandan keyin yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatda qaytarish shartlari asosida ta’lim kreditlari beriladi. Davlat organlari va tashkilotlarida ishlayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy OTMlarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qo‘shimcha ustamalar to‘lab borish tartibi joriy etiladi. Oylik ustamalar 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, ish beruvchi va yosh mutaxassis bilan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga tuzilgan shartnoma asosida yosh mutaxassisning lavozim maoshiga qo‘shimcha ravishda har oy to‘lab boriladi. Asos: PF–6260-son, 13.07.2021 y. Manba: Adliya vazirligi
Yoshlarga eng yaxshi loyihalar uchun 49 million so‘mgacha grant mablag‘lari beriladi
Farmon bilan 2021 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahrida Yoshlar biznes maktabi, 2022 yildan boshlab barcha hududlarda uning filiallari tashkil etiladi. 2021 yil 1 oktyabrdan yoshlarning “Biznesga birinchi qadam” startap g‘oyalari tanlovlari tashkil etiladi hamda har bir tuman va shaharda kamida uch nafardan g‘olibga grantlar berish amaliyoti joriy etiladi. Eng yaxshi loyihalarning har biri uchun BHMning 200 baravarigacha grant mablag‘lari beriladi. 2021/2022 o‘quv yilidan bosqichma-bosqich umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional va OTMlarda axborot texnologiyalari darslari Kembrij dasturi asosida o‘tkaziladi. 2021 yil 1 sentyabrdan Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi 5 yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lgan, shuningdek, olis va chekka hududlarda ishlayotgan sportchi-trenerlarga: • sport to‘garaklarini tashkil etish uchun tuman va shaharlarda bo‘sh turgan davlat mulki hisoblangan bino va inshootlar elektron savdolar o‘tkazmagan holda, ushbu ob’yektga nisbatan belgilangan eng kam ijara to‘lovi stavkasining 50 foizi miqdorida ijaraga beriladi;• sport inventarlari, buyumlari va jihozlarini xarid qilish uchun subsidiyalar ajratiladi;• kamida 100 nafar yoshlarni muntazam sport bilan shug‘ullanishini tashkil etgan taqdirda BHMning 10 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda har oylik to‘lov joriy etiladi. 2021 yil 1 oktyabrdan har yili “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovi tashkil etiladi. Tanlovda g‘olib deb topilgan mualliflarga:➖ birinchi o‘rin uchun – 100 million so‘m;➖ ikkinchi o‘rin uchun – 75 million so‘m;➖ uchinchi o‘rin uchun – 50 million so‘m mukofot mablag‘lari ajratiladi. Asos: PF–6260-son, 13.07.2021 y. Manba: Adliya vazirligi
Uchrashuvda A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkentdagi filiali faoliyatini samarali tashkil etish masalalari, shuningdek, hozirgi holat va O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining istiqbollari masalalari yuzasidan kelishildi. Uchrashuv Rossiya-O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasi (2020 yil avgust, oktyabr va 2021 yil may oylarida bo'lib o‘tgan) yig‘ilishlari doirasida Toshkentda A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining filialini yaratish Rossiya Federatsiyasi bilan o‘zaro munosabatlarning asosini qo‘yishning mantiqiy davomi bo‘ldi. Uchrashuvda Maktabgacha taʼlim vaziri А. Shin, vazir o‘rinbosari U. Begimqulov Rossiya Federatsiyasi Prezidentning xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar boshqarmasi referenti A. Vlasov va departament xodimlari, Toshkent shahridagi А.I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filiali direktori V. Popov, ijrochi direktori Q. Olimov va vazirlik boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi. Uchrashuvda Toshkent shahridagi А.I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filiali faoliyatini samarali tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Filialga 2021-2022 o'quv yilida 8 ta taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha 81 ta davlat byudjeti va 324 ta davlat shartnoma asosida qabul kvotasi belgilanligi va bugungi kunda “Inson psixologiyasi”, “Maktabgacha taʼlim” va “Lingvistika” (Rus tilini o'qitish metodikasi) taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha konkurs yuqori ekanligi taʼkidlab o‘tildi. Shuningdek yangi o‘quv yilini samarali tashkil etish bilan bog‘liq va o‘quv yili davomida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi. Uchrashuvda Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilalayotgan “Mittivoy” («Малыш») loyihasi doirasida Respublikada bajarilayotgan hususan, loyihani amalga oshirish uchun pedagogika kollejlari huzurida 14 ta maydonchalar tashkil etilganligi, 14 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari tanlab olinganligi qayd etildi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 avgustdagi 490-son qarori bilan Voyaga yetmaganlarga ijimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.2021 yil 1 sentyabrdan qarovsiz qolgan bolalar bilan ishlashda quyidagi tizim joriy etiladi: Voyaga yetmagan shaxsning qarorvsiz qolganligini aniqlashvoyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar tomonidan – ta’lim muassasalarida, profilaktika inspektorlari – xizmat hududida, mahalla raislari – oilalarda o‘rganish o‘tkazish orqali qarovsiz qolgan bolalarni aniqlaydi;ijtimoiy xavfli oilalardagi bolalarni aniqlash va ular bilan ishlash uchun mahalla raislari mas’ul hisoblanadi;bolaning qarovsiz qolgani davlat organlari, NNT va fuqarolar tomonidan aniqlanganida profilaktika inspektoriga xabar beriladi.Qarovsiz qolgan bolalarni Markazga joylashtirishprofilaktika inspektori qarovsiz qolgan bolalar aniqlanganligi haqida tuman (shahar) jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘iga navbatchilik qismi orqali xabar beradi;profilaktika inspektori bolaning qarovsiz qolmaganligi to‘g‘risida xulosaga kelsa, dalolatnoma tuzib uni ota-onasiga (o‘rnini bosuvchi shaxslarga) beradi;profilaktika inspektori bolaning qarovsiz qolgan deb xulosaga kelsa, xulosani tuman (shahar) jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘iga beradi, u bolani Markazga joylashtirish bo‘yicha yo‘llanma tayyorlab uni yuboradi;Markaz 5 soatda maxsus transportda bolani qabul qiladi va joylashtiradi;Markaz boshlig‘i hududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘ini qarovsiz bolani qabul qilganlik to‘g‘risida xabardor qiladi;sog‘liqni saqlash muassasasi 3 soatda Markazga kelib, bolani tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadi;tekshiruv natijasiga ko‘ra bola davolanishga yuborilishi mumkin; Markaz 48 soatda bola shaxsini, oilaviy muhit va qarovsiz qolganlik sababini o‘rganadi va ijobiy xulosaga bo‘lsa ota-onasiga (o‘rnini bosuvchi shaxslarga) beradi;Markaz ota-onasiga topshirilgan bolaning o‘qishi, xulqi, oilaviy muhitini 1 yil monitoring qiladi;monitoringda bolaning ijtimoiy xavfli holatda qolishi aniqlansa, bolani 48 soatdan ko‘p 30 kundan (zarurat bo‘lganda 45 kundan) ko‘p bo‘lmagan vaqda Markazda saqlash uchun sudga iltimosnoma kiritiladi;iltimosnoma 24 soatda Markazda sayyor yoki onlayn yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi;sud bolaning ota-onasi rozi bo‘lmaganida ham uni Markazga va kelgusida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yuborishni ko‘rib chiqadi;bolaning doimiy yashash joyi boshqa joyda bo‘lsa, Markaz 48 soatda uni tegishli Markazga olib boradi.Qarovsiz bolalarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga joylashtirish va o‘qishi davomida xulq-atvorini nazorat qilishhududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i so‘rovi bo‘yicha Markazd voyaga yetmaganlar bo‘yicha komissiyaning yig‘ilishi bo‘ladi va bolani tegishli ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilinib nusxasi tegishli vazirlik yoki idoraga yuboriladi;tegishli vazirlik yoki idora 3 kunda bolani o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi yo‘llanmani o‘ziga bo‘ysunuvchi ta’lim muassasasiga va Markazga yuboradi;Markaz 48 soatda bolani tegishli ta’lim muassasasiga topshiradi;ta’lim muassasasi bolani 5 foizlik qo‘shimcha kvota asosida sinov va imtihonsiz o‘qishga qabul qiladi.Bolalar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tugatganidan so‘ng ular bandligini ta’minlashta’lim muassasasi bolaning o‘qishi tugashiga 3 oy qolganda Markazga xabar beradi;hududiy jamoat xavfsizligi xizmati bolaning professional yoki OTMga o‘qishga kirishiga ko‘maklashadi;o‘qish istagi bo‘lmagan yoki o‘qishga kira olmagan bolalar 1 oyda hududiy mehnat organlari tomonidan ishga joylashtiriladi;bolalar “Ishga marhamat” monomarkazi va kasb-hunarga o‘qitish markazlarida bepul o‘qitiladi;o‘qish istagi bo‘lmagan yoki o‘qishga kira olmagan bolalar birinchi navbatda muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi. Markazlarga 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan quyidagi bolalar qabul qilinadi:ota-ona (o‘rnini bosuvchi shaxslar) nazoratisiz va qarovisiz qolgan;ijtimoiy xavfli oilada yashayotgan va davlat, jamoatchilik yordamiga muhtoj;ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini o‘zboshimchalik bilan tark etganlar;ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar;jinoyat qilgan, lekin javobgarlik yoshiga yetmalanlar yoki ruhiy holati sabab javobgarlikka tortilmaydigan bolalar;ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlar;ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirilishi sud tomonidan hal etilayotganlar;sud ajrimiga asosan ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga yuborilayotganlar. Manba: Adliya vazirligi