Joriy yilning 6 iyulida "Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo'shimchachora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 sentyabrdan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.2021 yil 1 oktyabrgacha korrupsiya, manfaatlar to'qnashuvi asosida tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish, davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkorlikda qatnashishi huquqiy oqibatlarini belgilovchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. 2021 yil 1 oktyabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari, viloyat hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo'lga qo'yiladi.2021 yil 1 avgustdan davlat xaridlari sohasidagi tenderlar natijalari ochiq e'lon qilinadi.Davlat xaridlarida hamkorlar (kontragentlar)ni tekshirish tartibi ishlab chiqiladi.Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2021 yil 1 dekabrdan har yil yakuni bo'yicha korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting e'lon qilib boriladi.2021 yil 1 dekabrgacha daromad va mol-mulk deklarasiyalari bo'yicha ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.2021 yil 1 oktyabrgacha davlat mablag'lari hisobiga qurilish-pudrat shartnomasi uchun o'tkaziladigan tanlovlar "shaffof qurilish" tizimi ma'lumot almashinuvini ta'minlagan holda davlat xaridlari bo'yicha maxsus axborot portalida elektron tarzda amalga oshiriladi.2022 yil 1 yanvargacha avtomobil yo'llari sohasiga tegishli ma'lumotlarni o'z ichiga oladigan "SHAFFOF YO'L" onlayn axborot platformasi ishga tushiriladi.2022 yil 1 yanvardan boshlab "halollik vaktsinasi" tamoyili asosida davlat xizmatchilari muntazam korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha o'qitiladi.
Maktabgacha ta’lim sohasida Yuneskoning hamkorligi
Joriy yilning 15-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin hamda Yunesko Bosh direktorining ta'lim bo'yicha o'rinbosari Stefaniya Djannini bilan uchrashdi va ta'lim sohasidagi masalalarni muhokama qildi. Uchrashuv doirasida maktabgacha ta'lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirish va erishilgan ilg'or natijalar, shuningdek kelgusi yillarda maktabgacha ta'lim sohasida rivojlanishning istiqbolli yo'nalishlari bo'yicha masalalar muhokama qilindi. “Maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim va tarbiya berish davlatning ustuvor yoʼnalishlaridan biridir. Oʼzbekiston barqaror rivojlanish maqsadlarining 4.2 bandiga muvofiq 2030-yilga kelib barcha oʼgʼil-qizlar boshlangʼich taʼlimga tayyor boʼlishlari uchun yosh bolalarni rivojlantirish, parvarishlash va maktabgacha taʼlim olish uchun sifatli tizimlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʼlishlarini taʼminlash borasida ijobiy natijalarga erishdik. Respublika boʼyicha maktabgacha taʼlimga qamrab olish koʼrsatkichlari 2017 yili 27% dan 2021 yilga kelib 62% gacha oshishi natijasida, bugungi kunga kelib 1,7 mln. dan ortiq maktabgacha yoshdagi bolalar maktabgacha taʼlim olish imkoniyatiga ega boʼldilar, qolaversa Oʼzbekistonda 2019 yildan boshlab barcha bolalar uchun boshlangʼich taʼlimda teng imkoniyatlar yaratish maqsadida maktabga borishdan bir yil oldin majburiy maktabgacha taʼlim tizimi joriy etildi. Bugungi kunda maktabga chiqish yoshidagi bolalarning 77 %i maktabgacha taʼlim tizimiga qamrab olindi, 2025 yilga borib ularning barchasini bir yillik majburiy bepul taʼlim tizimiga qamrab olinishi rejalashtirilganmiz” deya ta’kidladi, Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin . “O’zbekiston qisqa muddat ichida bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olish darajasini deyarli 2,5 barobarga oshirishi, bir yillik majburiy ta’limga qamrab olish esa 77% ga yetgani, “Ilk Qadam” davlat o’quv dasturi va pedagoglarni malakasini oshirish bo’yicha qilingan ishlar tahsinga sazovordir”-dedi Yunesko Bosh direktorining ta'lim bo'yicha o'rinbosari Stefaniya Djannini. Uchrashuv jarayonida 2022 yilning kuzida Toshkent shahrida ilk yoshdagi bolalarga tarbiya va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi. Eslatib o‘tamiz, 2010 yil 27-29 sentyabr kunlari Moskvada Yuneskoning Birinchi ilk yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish va ta’limi bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi bo‘lib o‘tgan, unda, uch kun davomida konferensiya ishtirokchilari butun dunyo bo‘ylab bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning dolzarb masalalarini muhokama qilishgan. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati
А.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universitetining Toshkent shahridagi filialida kirish sinovlari boshlandi. Sinovlar onlayn tarzda belgilangan grafik asosida oʼtkazilmoqda. Dastlabki sinovlar Toshkent shahridagi Puchon universiteti bazasida oʼtkazildi. Viloyatlardagi universitetlar bazasida sinovlar oʼtkazilishi uchun alohida jihozlangan xonalar tayyorlangan. Аbiturientlar tanlagan yoʼnalishlari boʼyicha kirish sinovlarining birinchi bosqichidan oʼtmoqdalar. Eslatib oʼtamiz, filialga belgilangan 8 ta taʼlim yoʼnalishi boʼyicha abiturientlardan hujjatlar qabuli davom etmoqda. Batafsil maʼlumotlarni saytimizdan olishingiz mumkin. https://www.herzen.uz/ https://t.me/herzenuz Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati
Uchrashuv doirasida maktabgacha ta’lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirish va erishilgan ilg’or natijalar, shuningdek kelgusi yillarda maktabgacha ta’lim sohasida rivojlanishning istiqbolli yo’nalishlari bo’yicha masalalar muhokama qilindi. “Maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim va tarbiya berish davlatning ustuvor yoʼnalishlaridan biridir. Oʼzbekiston barqaror rivojlanish maqsadlarining 4.2 bandiga muvofiq 2030-yilga kelib barcha oʼgʼil-qizlar boshlangʼich taʼlimga tayyor boʼlishlari uchun yosh bolalarni rivojlantirish, parvarishlash va maktabgacha taʼlim olish uchun sifatli tizimlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʼlishlarini taʼminlash borasida ijobiy natijalarga erishdik. Respublika boʼyicha maktabgacha taʼlimga qamrab olish koʼrsatkichlari 2017 yili 27% dan 2021 yilga kelib 62% gacha oshishi natijasida, bugungi kunga kelib 1,7 mln. dan ortiq maktabgacha yoshdagi bolalar maktabgacha taʼlim olish imkoniyatiga ega boʼldilar, qolaversa Oʼzbekistonda 2019 yildan boshlab barcha bolalar uchun boshlangʼich taʼlimda teng imkoniyatlar yaratish maqsadida maktabga borishdan bir yil oldin majburiy maktabgacha taʼlim tizimi joriy etildi. Bugungi kunda 6-7 yoshli maktabga chiqish yoshidagi bolalarning 77 %i maktabgacha taʼlim tizimiga qamrab olindi, 2025 yilga borib ularning barchasini bir yillik majburiy bepul taʼlim tizimiga qamrab olinishi rejalashtirilganmiz” deya ta’kidladi, Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin. “O’zbekiston qisqa muddat ichida bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olish darajasini deyarli 2,5 barobarga oshirishi, bir yillik majburiy ta’limga qamrab olish esa 77% ga yetgani, “Ilk Qadam” davlat o’quv dasturi va pedagoglarni malakasini oshirish bo’yicha qilingan ishlar tahsinga sazovordir. Bugungi kunda O'zbekiston maktabgacha ta'lim bo'yicha etakchi o'rinni egallab kelmoqda va men bu sohada sizlarni Chempion deb bemalol ayta olaman”-dedi Yunesko Bosh direktorining ta’lim bo’yicha o’rinbosari Stefaniya Djannini.
Mercy Corps maktabga talim vazirligi bilan hamkorlikda davlat maktabaga ta'lim muassasasida, tarbiyalanuvchining sog'ligini oshirish ishi boradi. Shu bilan birga, hamkorlik doirasida infratuzilmasini takomillashtirishga talab qilingan 410 davlat plagin ta'lim muassasalari tanlovi natijasi. Makgovern-doul xalq ta'limi uchun oziq-ovoz dasturi doirasida Mercy Corps qo'shimcha 35 ta davlat maktabgacha ta'lim muassasasida oshxona, suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun "ACTED" (texnik hamkorlik va taraqqiyot agenti) bilan hamkorlik qilish qabul qildi.Mazkur dastur AQSh qishloq xo'jaligi vazirliga (USDA) tomonidan moliyalashadi. "O'zbekiston futboliga ta'lim berishda juda yaxshi kelishuvga erishishdi, shuning uchun ham biz siz bilan hamkorlikni, yoMni inson kapitali, bolajonlarga sarmoyalash masalasini o'z oldimizga qo'ydik" - deydi, AQShning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Doniyor Rosenblum.
Matbuot anjumanida Maktabgacha ta'lim vaziri olib borilayotgan islohotlar to'g'risida ma'lumotlar berib o'tdi. Jumladan, 2021 yilning bugungi kun holatiga, MТТlarda - 593 ta,Umumiy o'rta ta'lim maktablarida - 1523 ta,MFYlarda - 26 ta,Kasb-hunar kollejlarida - 191ta,Boshqa mos bino-inshootlarda 8ta, jami 2341 ta bolalarni boshlang'ich ta'limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari tashkil etilgan bo'lib, ularga 62368 nafar bolalar qamrab olingan.Tayyorlov guruhlari uchun o'quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi va keyingi yilning 25 mayda tugaydi.
A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filiali 2021-2022 o'quv yili uchun quyidagi ta'lim yo'nalishlari bo'yicha o'qishga qabul qiladi:pedagogik ta'lim (bolalar qo'shimcha badiiy-estetik ta'lim berish)pedagogik-psixologik ta'lim (maktabgacha ta'lim)psixologiya va ijtimoiy pedagogika (bolalar psixologiyasi )maxsus pedagogika (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika)psixologiya (inson psixologiyasi va ijtimoiy munosabat)lingvistika (rus tilini o'qitish nazariyasi va metodikasi va madaniyatlararo kommunikasiya) A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filialida o'qishni istasangizhttps://enrollee.herzen.spb.ru/saytiga kirib hujjatlarni joylashtirishingiz mumkin. Ma'lumot uchun: +998991152877,email: herzenuz@gmail.com
Maktabgacha ta'lim vaziri Puchon universitetida yoshlar bilan uchrashdi.
Koreya Respublikasining Toshketdagi Puchon universiteti filialida 3ta ta'lim yo'nalishi, ya'ni maktabgacha ta'lim, koreys tili va menejmenti, arxitektura bo'yicha o'qitiladi. Ushbu universitet 2018 yil tashkil etilgan bo'lib, 2021 yil ilk bitiruvchi talabalari ta'lim dargohini tamomlashmoqda. 388 bitiruvchi talabalarni ish bilan ta'minlash maqsadida Puchon universitetini o'zida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Universitet talabalari to'g'ridan to'g'ri ish beruvchi bilan mehnat shartnomalarini imzolashdi, Toshkent shahrining o'zida 54 nafar talaba yangi o'quv yilidan boshlab MТТlarda o'z ish faoliyatini boshlashadi. Bunday noan'anaviy tadbirda vazir yoshlarni barcha savollariga javob berib, kelgusida ularni universal xodimlar bo'lishiga ishonch bildirdi.
Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin Puchon universitetining talabalari bilan tushlik qildi.
Kuni kecha vazir Toshkent shahridagi Puchon universitetiga tashrifi davomida talabalar uchun yangi qurilgan yotoqxonasi bilan tanishdi. Talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko'rib, o'z fikrlarini bildirdi. So'ng, talabalar oshxonasida ular bilan tushlik kilib, ularning talabalik hayoti bilan qiziqdi va o'z talabalik davrini esga oldi.
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida bo'lib o'tgan "madaniy almashinuv va xorijiy tillarni o'rganish" mavzusidagi I Toshkent viloyati forumida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri o'rinbosari Begimqulov Uzoqboy va bir qator soha mutaxassislari ham ishtirok etib, o'z fikr mulohazalari, sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi. Xususan, forumda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 34-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori, "Ta'lim laboratoriya"si asoschisi Ubaydullaeva Nilufar o'z takliflari bilan ishtirok etdi. Ushbu loyiha mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarini innovasion usulda o'qitish bo'yicha ilk marta tashkil etilmoqda. Shu sababli, Zangiota tumanining "2020-2021 yillar davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi"ga kiritilib, joriy yilning 4 fevral kunidan loyiha doirasida o'quv jarayonlari yo'lga qo'yilgan. Ushbu loyihaga ko'ra 4 oylik o'quv dasturi asosida tinglovchilar "bolalar psixologiyasi", "o'qitish metodikasi", "rus tili", "ingliz tili" yo'nalishlarida tahsil oldilar. Tinglovchilar laboratoriyada olgan bilimlarini o'z ish faoliyatlarida qo'llab, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini oshishi uchun xizmat qiladi. Mazkur "Ta'lim laboratoriya"sini rivojlantirish uchun viloyat hokimligi tomonidan mahalliy byudjet hisobidan kerakli miqdorda mablag'ajratilishi belgilandi. Bundan tashqari mazkur loyihaga Buyuk Britaniya konsullik idorasi ham o'zlarining qiziqishlarini va har tomonlama qo'llab quvvatlashlarini bildirib o'tganlar. Tadbir davomida Konfutsiy instituti, Gyote instituti, O'zbekiston-Yaponiya markazi singari xorijiy til va madaniyat markazlari vakillarining ma'ruzalari tinglandi.