ERTALABKI NONUSHTA Manniy yormasidan olma va mayizli bo‘tqa Sutli kakao Pishloqli buterbrod TUSHLIK Qovurma sho‘rva Karam do‘lma "Vitamin" salati Na’matak kompoti Bug‘doy noni IKKINCHI TUSHLIK Qo‘lbola-xonaki somsa Asal choy Ma’lumot uchun: “Yagona mavsumiy taomnoma” O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining 2021-yil 17-iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishni tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar” (SanQvaM 0016-21-son) hamda “Aqlvoy-Oshpaz, bog‘chalar uchun taomlar resepti” to‘plamidan foydalangan holda tuzilgan.
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #PRAVDA_VOSTOKA
Bilim yuksak qadrlanadigan davlat hamisha o‘z maqsadiga erishadiBatafsil: № 167 от 21 августа Правда Востока.pdf
KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori bilan uchrashuvda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi. 19-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shinning Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakolatxonasi direktori janob Shin Myong Sop bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning jarayonlarini muhokama qildilar. Koreya tomoni “Toshkent shahrida Pedagogik kadrlarni tayyorlash, o‘qitish va malakasini oshirish integratsiyalashgan markazi va Koreya modeli bo‘yicha innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish” loyihasi doirasida binolarni loyihalash yakunlanganini ma’lum qildi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish yo‘lida qo‘shma loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish yo‘lidagi hamkorlikni yangi jihatlarda yanada rivojlantirish zarurligi ham muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomoni loyihaning har ikki davlat uchun muhimligini qayd etib, KOICA vakolatxonasiga o‘z majburiyatlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarganligi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Kuni-kecha Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya boshqarmasi maslahatchisi janob Xan Vansyan boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasining Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrifdan maqsad davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishish, bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, Xitoy elchixonasi tomonidan qo‘shma loyihasi doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotiga taqdim etilgan texnik uskunalardan foydalanish jarayonining bolajonlar uchun muhim jihatlarini kuzatishdan iborat edi. Xitoy tomoni o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini oshirish, innovatsion yechimlar sonini ko‘paytirishni ko‘rib chiqish hamda maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirishga qaratilgan keyingi dasturlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi. Ma’lumot uchun: 2021-yilda Xitoy elchixonasi va Maktabgacha ta’lim vazirligi (hozirgi Agentlik) hamkorligida “Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini innovatsion uskunalar bilan ta’minlash” loyihasi amalga oshirilgan edi.
Kuni-kecha "Mersy Corps" (Mehribonlik Korpusi)ning “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq ovqat dasturi” doirasida mahsulotlar saqlanayotgan omborxonasini Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligining birinchi o'rinbosari F.Boboyev ko‘zdan kechirdi. Tashrif jarayonida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriligi hamda Mehribonlik Korpusi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq ovqat dasturi” doirasida Mehribonlik Korpusining Surxondaryo viloyatidagi filliali direktori D.Yangiboyev hamda Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasining oziq-ovqat bo'limi boshlig’i A.Ashurovlar bilan birgalikda davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun mo’ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarini ko'zdan kechirishdi. Birinchi o'rinbosar tomonidan omborxonada saqlanayotgan 3 turdagi (o'simlik yog'i, guruch, un) mahsulotlarini ko'zdan kechirish jarayonida, mazkur mahsulotlarning tegishli tashkilotlar tomonidan sertifikatlanganligi va ularning saqlanishi to'liq davlat standartlari asosida ekanligini ta'kidlab o'tdi. Ma'lumot o'rnida, Xalqaro Mehribonlik Korpusi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O'zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi hamkorligida 27-iyul 2021-yilda imzolangan memorandum asosida ish yuritib kelmoqda.
Toshkent shahridagi fransuz litseyi faoliyati bilan tanishildi
2022-yil 22-noyabrda Fransiya Respublikasi Milliy taʼlim va yoshlar vazirligi bilan imzolangan “Maktabgacha taʼlim sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida”gi deklaratsiyaga ko‘ra, joriy yilning 6-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari –Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin Fransiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushes xonim taklifiga binoan Toshkent shahrining Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi Fransiya Toshkent litseyiga (Lycee Français de Tachkent) tashrif buyurdi. O‘zbekiston tomoni 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni o‘qitishga qaratilgan litsey faoliyati bilan tanishdi. Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Markaziy Osiyodagi yagona fransuz litseyi bo‘lmish Toshkent fransuz litseyi 1997-yilda fransiyalik muhojir ota-onalarning tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, ular bir tomondan farzandlarining ta’lim-tarbiyasida hech qanday uzilish bo‘lmasligini orzu qilgan. ikkinchi tomondan, fransuz tilini sevuvchilar va biluvchilar uchun O‘zbekistonda yuqori sifatli ta'lim imkoniyati paydo bo'ldi. Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi homiyligida litsey Fransiyaning xorijdagi xalq ta’limi negizida faoliyat yuritadi. Mazkur ta’lim dargohida 100 dan ortiq o‘quvchi tahsil olmoqda, ularning 70 foizi O‘zbekiston fuqarolari va o‘nga yaqin turli millat vakillaridir. 20 dan ortiq o'qituvchilar bolalar bog'chasidan yuqori sinfgacha yuqori darajadagi fransuz ta'limini hamda maktab boshlanganidan beri BAC va Brevet diplomlari uchun 99% muvaffaqiyat darajasini ta'minlaydilar. Boshlang'ich maktabdan boshlab ingliz va rus tillari o'rganiladi; butun o'qish davrida fransuz tilidan tashqari 4 ta chet tili ham taklif etiladi. 2001-yildan buyon Toshkent fransuz litseyi AEFEning rasman tan olingan hamkori hisoblanadi. Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi o‘quv jarayonini tashkil etish, ovqatlanish, sport mashg‘ulotlari bilan tanishdi, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan dasturni atroflicha o‘rgandi. Shuni ta’kidlash kerakki, Frantsiya maktabgacha ta'lim dasturining asosiy maqsadi bolalarning maktab dasturlariga muammosiz o'tishini ta'minlashdir. A.Shin ushbu litsey bilan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun fransuz tili o‘quv dasturlarini ishlab chiqish kabi dolzarb yo‘nalishlarda fransuz o‘qituvchilari tajribasini almashish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.
Bog‘chada bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi qancha?
Ushbu to‘lov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.04.2021-yildagi 256-sonli “2021-yildan amalga kiritiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tasdiqlangan. 2021-yildan amalga kiritilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi MIQDORLARI (2021-yil 1-maydan amal qilmoqda) T/r Tashkilot joylashgan hudud va unda bolalarning kunlik bo‘lish vaqti Bir oylik to‘lov miqdori tashkilotga qatnovchi oiladagi bitta bolaga oiladagi har bir bolaga, agar tashkilotga bittadan ortiq bola qatnasa 1. Toshkent shahri 1.1 4-5 soat 38 000 26 000 1.2 9 soat 206 000 147 000 1.3 10,5 soat 246 000 175 000 1.4 12 soat 278 000 197 000 1.5 24 soat 293 000 209 000 2. viloyat markazlari 2.1 4-5 soat 36 000 25 000 2.2 9 soat 199 000 141 000 2.3 10,5 soat 238 000 169 000 2.4 12 soat 263 000 186 000 2.5 24 soat 279 000 199 000 3. viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar 3.1 4-5 soat 32 000 23 000 3.2 9 soat 183 000 130 000 3.3 10,5 soat 206 000 147 000 3.4 12 soat 237 000 168 000 3.5 24 soat 248 000 176 000 4. tuman markazlari 4.1 4-5 soat 29 000 20 000 4.2 9 soat 135 000 102 000 4.3 10,5 soat 183 000 138 000 4.4 12 soat 208 000 156 000 4.5 24 soat 221 000 166 000 5. boshqa joylar (olis va chekka hududlar) 5.1 4-5 soat 26 000 18 000 5.2 9 soat 95 000 77 000 5.3 10,5 soat 167 000 133 000 5.4 12 soat 196 000 147 000 5.5 24 soat 206 000 155 000
Qoraqalpog‘istonda maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velomarafon o'tkazildi
Bugun Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim agentligi, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Velosport federatsiyasi bilan birgalikda 6 yoshli bolalar o‘rtasida IV velomarafon o‘tkazildi. Ta’kidlash joizki, bolalar va o‘smirlarni ekologik, jismoniy tarbiya va sportga ommaviy jalb qilish masalalari O‘zbekiston Respublikasi hukumatining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. 2021 yilda maktabgacha ta’lim tizimiga ekologik ta’lim-tarbiyani hamda bolalar uchun begovel haydash metodikasini joriy etish bo‘yicha loyiha ishga tushirildi, bu esa maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik ta’lim va begovel haydash texnikasi bo‘yicha bilimlarini oshirish imkonini berdi. 1-loyiha: 2021 yil 1 iyun kuni Toshkent shahridagi markaziy ekobog‘da birinchi bolalar velomarafoni bo‘lib o‘tdi, unda 13 ta pilot davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 400 ta begovel bilan ta’mindi. 2-loyiha: 2022 yilda 31 may kuni Samarqand shahrida loyiha doirasida 20 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olinib, ularga 500 ta begovel taqdim etildi. 3-loyiha: 2023 yilning 31 may kuni loyiha doirasida Xiva shahridagi 18 ta pilot davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 500 ta begovellar bilan ta’minlandi. 4-loyiha: Loyihaning navbatdagi to‘rtinchi bosqichi, ya’ni 2023 yilning 23 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida rejalashtirilib, Nukus shahridagi 20 ta pilot davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 400 ta begovellar bilan ta’minlandi. Umumiy hisobda 4 ta loyiha doirasida jami 1 800 ta begovel Toshkent shahar, Samarqand shahar, Xiva shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga taqdim etilgan bo‘lib, ushbu loyiha doirasida bosqichma-bosqich keyingi yillarda hududlardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ham begovellar taqdim etilishi nazarda tutilgan. Bolalar velomarafonining asosiy maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil transport turidan foydalanish sohasida barqaror ko‘nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velosportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va xulq-atvor madaniyatini oshirish, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga o‘rgatishdan iboratdir. Velomarafonda ishtirok etgan bolalar esdalik medallari, sovg‘alar bilan taqdirlandilar, shuningdek, ular uchun ko‘ngilochar dastur tashkil etilib, turli tanlov va o‘yinlarda ishtirok etildi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim Agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Ӯzbekiston Respublikasi velosport Federatsiyasi, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Ӯzbekistondagi vakolatxonasi koordinatori ӯrtasida tuzilgan to‘rt tomonlama kelishuv doirasida maktabgacha ta’lim tizimiga ekologik ta’lim va tarbiyani joriy etish va bolalarni yugurish yo‘laklarida begovel haydash usuli bo‘yicha loyiha mana 3 yildirki 4 marotaba doimiy tarzda o‘tkazilib kelinmoqda.
Qoraqalpog'istonda mahsulotlar ombori ko'zdan kechirildi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o'rinbosari - Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin Qoraqalpog'iston Respublikasidagi “Mersy Corps" (Mehribonlik Korpusi)ning “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq ovqat dasturi” doirasida mahsulotlar saqlanayotgan omborxonasini ko‘zdan kechirdi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Mehribonlik Korpusi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mazkur dasturga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan boyitilgan kungaboqar yog‘i bilan ta’minlandi. Ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasining 30 ta MTTga 3836,9 kg (1037 kanistr) kungaboqar yog‘i yetkazib berildi. Shuningdek, Nukus shahri, Beruniy va Ellikqal’a tumanlaridagi qo‘shimcha 128 ta DMTTga 6219,7 kg (1681 ta kanistr) kungaboqar yog‘i berildi. Shuningdek, A.Shin omborga yog‘dan tashqari yetib kelgan oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy vositalarning sifati, hajmi, saqlanayotgan sharoitlari bilan ham tanishdi. Bundan tashqari, bugungi kunga qadar 30 ta DMTTda oshxona jihozlari va mebel jihozlari holati baholandi. Ovqatlanish bloklarida mavjud asbob-uskunalar va mebellar ro‘yxati tuzildi, oshxona gaz plitalari uchun mavjud yoqilg‘i turlari (elektr energiyasi, tabiiy gaz, import gaz) to‘g‘risida ma’lumotlar to’plandi. Ular asosida esa oshxona jihozlari va mebellarini sotib olish, qayta jihozlash uchun uskunalar, texnik shartlar tasniflandi. Mazkur tasnifga asosan jihozlarning bir qismi omborga yetib kelgan bo‘lib, DMTTlariga tarqatilmoqda. Ayni paytda Maktabgacha ta’lim agentligi va Mehribonlik korpusi mutaxassislari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari oshpazlarining malakasini oshirish kursini tashkil etganlar. 2023-yil oxirigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasining 30 ta manzilli davlat ta’lim muassasalarining oshpazlari uchun malaka oshirish kursi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ma’lumot o‘rnida, Xalqaro Mehribonlik Korpusi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O'zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi hamkorligida 27-iyul 2021-yilda imzolangan memorandum asosida ish yuritib kelmoqda.
Joriy yilning 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida bo‘lib “QARLYGASH-2023” – “Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida “O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim: sifatni oshirish tajribasi va istiqbolli yo‘nalishlari” mavzusidagi taqdimot bilan ishtirok etdi. Konferensiya doirasida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tasarrufidagi “QARLYGASH” bolalar bog‘chasiga ish tajribasi bilan tanishish maqsadida tashrif uyushtirilib, ushbu muassasa direktori bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida bolalar markazi hamda yosh bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini boshqarish va joriy etish masalalari muhokama qilindi.