Avvalroq xabar berilganidek, Tojikiston Respublikasi Taʼlim va fan vazirining oʻrinbosari Abdulzoda Ziyodullo Nazar hamda Moliya vazirining o‘rinbosari Majidi Yusuf Xayrullo boshchiligidagi Tojikiston delegatsiyasi O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tizimidagi yutuqlar bilan tanishish hamda tajriba almashish maqsadida joriy yilning 3-7 iyul kunlari O‘zbekistonda bo‘lib, maktabgacha ta’lim tizimi bilan tanishishdi. Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi binosida Jahon bankining loyihasi asosida Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimida joriy etilgan yangi innovatsion loyihalarni o‘z davlatida tadbiq etish maqsadida kengaytirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Marko Mantovanelli - Jahon bankining mamlakatdagi vakili, Alberto Byankoli, UNICEFning O'zbekistondagi ta'lim bo'limi boshlig'i, Jahon bankining ta’lim bo‘yicha maslahatchisi Sherri Le Motti, Yuneskoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili Dilfuza Hamidova, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) O‘zbekistondagi vakili, ta’lim bo‘yicha mutaxassis Joyel Rannels hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin, Oyatullo Rahmatullayev “Maktabgacha yoshdagi bolalarning erta rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi direktori - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari ishtirok etishdi. Shuningdek, Maktabgacha ta’lim agentligi binosida Jahon banki moliyaviy ko‘magida “Maktabgacha yoshdagi bolalarning erta rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi doirasida “Maktabgacha ta’lim sifati” mavzusida ta'lim, maktabgacha ta'lim pedagoglari salohiyatini oshirish uchun innovatsion platformani ishga tushurish va o‘yin pedagogikasi bazasida o‘qitish moduli bo‘yicha ham muhokama qilinib o‘zaro fikr almashinildi. Uchrashuv davomida maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining salohiyati va malakasini oshirish uchun onlayn va tashqi manba sifatida foydalanish mumkin bo'lgan yangi platformani ishga tushirish bo'yicha taqdimot bo'lib o'tdi. Taqdimot Jahon bankining ta'lim bo'yicha maslahatchisi Sherri Le Motti xonim tomonidan taqdim etildi. “Bugun Maktabgacha yoshdagi bolalarning erta rivojlanishiga ko'maklashish loyihasi doirasida maktabgacha ta'lim pedagoglarini tayyorlash platformasi ishga tushirilmoqda. Jahon bankining moliyaviy ko‘magida Sherri Le Motti jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan platforma maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining salohiyatini oshirish va ularning kasbiy darajasini oshirish uchun yaxshi manba bo‘lib xizmat qiladi” –deydi “Maktabgacha yoshdagi bolalarning erta rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi direktori - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari Oyatullo Rahmatullayev. Platformadan ham onlayn resurs, ham resurs sifatida foydalanish mumkin, uning yordamida pedagoglarining ishi va darslari uchun zarur bo'lgan materiallarni - tarqatma materiallar, o'yinlar, mashqlar va boshqalarni yuklab olish mumkin. Erta bolalik davridagi ta'lim va rivojlanish standartlari o'quv rejasi o'yin orqali o'rganishni va XXI asr ko'nikmalarini shakllantirishni qo'llab-quvvatlovchi tamoyillar, sohalar va malakalarga urg'u beradi. Maktabgacha ta’lim tizimi tarbiyachilari va ota-onalar tomonidan o'yinga asoslangan ta'limdan foydalanish darajasini oshirish, bolaning rivojlanishini yaxshilash, maktabga tayyorligini oshirish - bu platformadan foydalanishni ta'minlaydi. Mazkur platforma pedagoglarning malakasini oshirishni ta’minlashda muhim vositaga aylanadi. U interfaol darslar va erta bolalik rivojlanishi sohasidagi tadqiqotlar bo'yicha bilim olish imkoniyati bilan ajralib turadi, shuningdek, ota-onalar bilan ishlash uchun zarur materiallarni olish imkoniyatini beradi. Platformani maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari uchun malaka oshirish kurslari uchun innovatsion va yetarli resurs deb hisoblash mumkin. Bu maktabgacha ta’lim tizimida ish sifatini yanada yaxshilashga loyiha faoliyatining strategik hissasi hisoblanadi. Uchrashuv yakunida Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi rahbariyati O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tizimidagi so‘nggi 5 yildagi ulkan yutuqlarni o‘rganish va tajriba almashish Tojikiston uchun samarali ekanligini, ikki davlat o‘rtasidagi ushbu hamkorlik davom etishini ta’kidlab, do‘stona hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligini izhor etishdi.
Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ular soni yildan yilga oshib borayotgani ham buning yorqin dalilidir. Toshkent viloyatida ham bugungi kunda zamonaviy tipda qurilgan, barcha imkoniyalarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurib foydalanishga topshirilmoqda. Agar raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, 2022-yilda mazkur tashkilotlarga qamrov 38,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning may oyiga qadar 50 foizdan oshdi. Rejaga ko‘ra 2030-yilga qadar bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 80,8 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bunda joylarda qurib foydalanishga topshirilayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘rni va ahamiyati yuqori. Viloyatda ana shunday masakanlar soni yana ikkitaga ko‘paydi. Kun kecha Piskent tumanida 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurib foydalanishga topshirildi. Tuman markazida joylashgan mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotining eski binosi 1970-yilda qurilgan bo‘lib, 140 o‘ringa mo‘ljallangan edi. 2021-yil 2 mlrd 600 mln so‘mlik “Investitsiya“ dasturi asosida mavjud bino qayta ta’mirlanib, qo‘shimcha 90 o‘rinli bino qurib foydalanishga topshirildi. “-Tumanimizda bugungi kunda jami 51 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, 3-7 yoshli bolalar 7 339 nafarni tashkil etadi. Shundan 4 530 nafari maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. Qamrov darajasi 62% ni tashkil etmoqda. 13- sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishi esa tumanda qamrov darajasining o‘sishiga va bolalarning tashkilotda sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun zamin yaratadi. Investisiya asosida yangi qurilgan 13-DMTTning 90 o‘rinli yangi qismida zamonaviy, barcha sharoitlari mavjud ” –deydi, Piskent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Baxtiniso Ishmurodova. “-Tashkilotimiz, 3 ta yosh guruhiga mo‘ljallangan bo'lib, 1 ta musiqa zali, 1 bolalar ovqatlanish zali, ovqat pishirishga mo‘ljallangan oshxona, 3 ta guruhga mo‘ljallangan sanuzel, 3 ta xodimlar uchun sanuzel, bolalar yotoqxonasi va mashg‘ulot xonalari zamonaviy tipda qurilgan. Issiqlik tizimi , ichimlik suvi, elektr ta’minoti , tabiiy gaz bilan ta’minlangan. Eski binomizdagi, 140 o‘ringa mo‘ljallangan qismida bolajonlar uchun barcha imkoniyatlarga ega sport maydonchasi mavjud. Tarbiyachiarimizning barchasi oliy ma’lumotli. Bolajonlarimizning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan,”-deydi tashkilot direktori Manzura Inomova. Ochilish tadbirida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasidan, tuman hokimligidan hamda mahalla faollaridan iborat mehmonlar ishtirok etib, bolajonlar quvonchiga sherik bo‘lishdi. Shu kuning o‘zida tumanda yana bir nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochilishi bo‘lib o‘tdi. “Mitan” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkor Shohsanam Atayeva o‘z mablag‘lari hisobidan 50 o‘rinli xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti ish faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Ta’lim tashkilotida rus tili, ingliz tillarida mashg‘ulot olib boriladi. “-Kelajakda tashkilotda bolalar qamrovini 150 nafarga yetkazishni rejalashtirganmiz. Undan tashqari, 1-3 yoshli bolajonlar uchun maxsus guruhlar ochish ham rejamizda bor.”- deydi tadbirkor. Shu o‘rinda, aytish joizki, mazkur tashkilotlarlar zamonaviy usulda qurilgan bo‘lib, ularda o‘yin maydonchalari, oshxona, musiqa, sport zallari va basseynlar ham mavjud. Ularda ingliz va rus tillari bo‘yicha mashg‘ulotlardan tashqari shaxmat- shashka, rasm chizish, badiiy gimnastika, suzish to‘garaklari faoliyat ko‘rsatadi. Manba: https://t.me/toshkentvxtb/39967
YUNESKO missiyasining yig'ilishi: yo'l xaritasini imzolash.
14 - iyul kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda Parijdan kelgan YUNESKO missiyasi o'rtasida Toshkent shahrida YUNESKO shafeligida ikkinchi toifali Mintaqaviy markazni tashkil etish masalalarini muhokama qilish uchun yakuniy yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yig‘ilishning kirish qismida Parijdagi YUNESKO shtab-kvartirasining Ta’lim siyosati departamenti boshlig‘i hamda missiya rahbari –janob Chang Gvang-Chol missiyaning Toshkentdagi uch kunlik tadbirlarning amalga oshirilishi yakunlariga ko‘ra quyidagilarni ta’kidladi. Ishchi guruhning ikkita yig‘ilishi tashkil etildi, unda loyihaning texnik va huquqiy jihatlari batafsilroq shaklda muhokama qilindi; - O‘zbekiston tomonidan bo‘lajak markazni joylashtirish uchun taklif etilgan ob’ektlarda bo‘lishdi; -Missiya yakunida “O‘zbekistonda 2-toifali mintaqaviy markazni tashkil etish to‘g‘risida”gi yo‘l xaritasi imzolandi. Bundan tashqari, YUNESKO shafeligida 2-toifali markaz maqomiga ega boʻlgan shu kabi markazlarni, tashkil etish va faoliyat yuritish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni Seul (Koreya), Shenchjen (Xitoy) va Sharjda (BAA)dan o‘zlashtirish bo‘yicha taklif kiritildi. Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar O‘zbekiston yuritayotgan siyosatning ochiqligini, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yaqinroq hamkorlik yo‘lida yangi tashabbuslarni izlash zarurligini yana bir bor tasdiqlaganini ta’kidladi – dedi xonim A.Shin. Yig‘ilishda missiya samarali yakunlanganidan dalolat sifatida markazni tashkil etish bo‘yicha vazifalar va ularning muddatlari belgilab berilgan hujjat o‘zaro ma’qullandi. Missiyaning samarali yakuniga erishish belgisi sifatida markazni tashkil etish yo‘lidagi vazifalar va amalga oshirish muddatlarini ko‘zda tutuvchi hujjat o‘zaro tasdiqlandi.
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari –Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin va Koreya elchixonasi huzuridagi Taʼlim markazi direktori janob Pen Ju Man oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4954-son qarori bilan tasdiqlangan “Shaxmatni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturini 2023-yilda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 2-bandiga muvofiq “Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston birinchiligi musobaqalarini tashkil etish” vazifasi belgilangan. Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining tegishli buyrugʻiga hamda “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkilotining 5-7 yoshli oʻgʻil va qiz bola tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqichi joriy yilning 12-14 iyun kunlari, tuman (shahar) bosqichi 15-19 iyun kunlari, viloyat bosqichi 20-23 iyun kunlari oʻtkazildi. Bugun Toshkent shahrida joylashgan Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti binosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining respublika bosqichi o ‘tkazildi. Unda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining Respublika bosqichida viloyat bosqichida gʻolib boʻlgan jami 28 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 14 nafar oʻgʻil va 14 nafar qiz bola tarbiyalanuvchilari oʻzaro bellashishdi. Musobaqa yakunlari boʻyicha oʻgʻil va qiz bola tarbiyalanuvchilardan 1-, 2- va 3-oʻrin gʻoliblari aniqlandi va agentlikning diplomi bilan qolgan ishtirokchilar faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar. G‘oliblar bilan quyida tanishishingiz mumkin: Qizlar oʻrtasida: 1-oʻrin Navoiy viloyati, Navoiy shahar 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Murodillayeva Xushnoza Nuraliyevna; 2 - oʻrin Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani 250 - maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Kadirova Ra’no Davronovna; 3 - oʻrin Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani 66 - maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Faxriddinova Dilorom Namozovna. O‘g‘il bolalar oʻrtasida 1 - oʻrin Samarqand viloyati, Jomboy tumani 23 - maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Aliyev Sarvar Suxrobovich; 2 - oʻrin Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar 46 - maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Farxodov Fazliddin Faxriddinovich; 3 - oʻrin Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani 125 - maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Abrorov Muhammadyusuf Baxtiyor oʻg‘li. Eslatib o‘tamiz: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasi 3 marotaba o‘tkazildi.
1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda SHHTga a’zo davlatlar bolalari orasida ekologik savodxonligini oshirish, tabiatni muhofaza qilish, ularni tasviriy san’at va badiiy ijodga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli yosh rassomlarni aniqlash maqsadida SHHT a’zo davlatlardagi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalari o‘rtasida joriy yilning 30 - may – 2 - iyun kunlari Toshkent fotosuratlar uyida “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasi tashkil etilgan edi. Hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rgazmada ishtirok etgan va g‘olib deb topilgan asarlar aniqlandi. Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi binosida tashkilotchilar tomonidan “Eng yaxshi maktabgacha ta’lim tashkiloti”, “Eng yaxshi yosh qatnashchi”, “Eng faol ustoz”, “Eng yaxshi qoraqalpog‘istonlik qatnashchi”, “Eng faol viloyat”, “Eng faol tarbiyachi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblariga O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agripinna Shin, Toshkentdagi “Свiтанак” Belarus madaniyat markazi raisi Tatarenko Galina Aleksandrovna, Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Janob Chi Junlin va Xitoy elchixonasining ikkinchi kotibi U Menin xonim mukofot va diplomlarni topshirishdi. “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasida g‘oliblar quyidagilar: “Eng yaxshi maktabgacha ta’lim tashkiloti” nominatsiyasi g‘olibi O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar, Sergeli tumani, 539-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Madina Umrzokova (7 yosh). "Eng yaxshi yosh ishtirokchi" nominatsiyasi g'olibi Belarus Respublikasi Grodno shahri vakili Artur Skorov (6 yosh). (Sovrin Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimiga topshirildi) "Eng faol ustoz" nominatsiyasi g'olibi Belarus Respublikasi, Bixov shahridagi "Moskalkova N.T." nomidagi davlat ta'lim muassasasi 3-umumta'lim maktabi o'quvchisi Gubskiy Dmitriy (10 yosh). (Sovrin Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimiga berildi). “Eng yaxshi qoraqalpog‘istonlik qatnashchi” nominatsiyasi g‘olibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumanidagi 18-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Artikboyev Nurislom. “Eng faol viloyat” nominatsiyasi g‘olibi Navoiy viloyati, Navoiy shahar 20- sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi E’zoza Hikmatova. “Eng faol tarbiyachi” nominatsiyasi g‘olibi – Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy Badiiy Akademiyasi Bolalarni estetik tarbiyalash ilmiy markazi tarbiyalanuvchisi Vu Sixan. (Sovrin Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimiga berildi) Tadbirda davomida keyingi yillarda “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasini SHHTga a’zo davlatlardagi maktabgacha va maktab ta’limi tashkiloti tarbiyalanuvchilari o‘rtasida hamkorlikda o‘tkazish bo‘yicha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi o‘rtasida memorandum imzolandi. Tadbir yakunida doirasida Toshkent shahridagi bir qator davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan musiqa va raqs dasturlari namoyish etildi. Eslatib o ‘tamiz: SHHT a’zo davlatlardagi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida joriy yilning 30-may – 2-iyun kunlari Toshkent fotosuratlar uyida o‘tkazilgan “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasida O‘zbekiston, Tojikiston, Belorusiya Respublikalari va Xitoy Xalq Respublikasi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning ijod mahsuli bo'lgan 1000dan ortiq rasmlar ishtirok etib, shundan 300dan ortiq rasmlar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ijod mahsuli edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda bog‘cha tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlanganligi haqida xabarlar tarqaldi. Aniqlanishicha, joriy yilning 25 - iyul kuni Namangan viloyati, Uychi tumanidagi “Gulshan” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyalanuvchilari uyqudan uyg‘ongach, 3 nafar tarbiyalanuvchilar ko‘ngil aynashi va qorin og‘rig‘iga shikoyat qilgan. 50 o‘rinli NMTTda bugungi kunda 48ta tarbiyalanuvchi qamrab olingan. Tashkilotdagi bir guruh 15 nafar tarbiyalanuvchilari shu zahoti oshqozon-ichak faoliyati funksiyasi buzilishida gumonlanib, tuman shifoxonasiga olib borilgan va darhol tekshiruvdan o‘tkazilgan. Natijada 2 nafar tarbiyalanuvchilarda sifati tez buziluvchi mahsulotni iste’mol qilishi oqibatida oshqozon-ichak faoliyati funksiyasi buzilishi kuzatilgan, tuman tibbiyot birlashmasining bolalar yuqumli kasalliklari bo‘limiga yotqizilgan. Qolgan 13 nafar tarbiyalanuvchining holati yaxshi bo‘lganligi uchun o‘sha kunning o‘zida uylariga ketishlariga shifokorlar tomonidan ruxsat berilgan. Shifoxonada qolgan 2 nafar tarbiyalanuvchilar barcha zaruriy muolajalar ko‘rsatilib butunlay sog‘ayganidan so‘ng 26 - iyul kuni uylariga ketishga ruxsat berilgan. Hozirda bolalarning hammasi o‘zini sog‘lom his qilib, Uychi tumanidagi “Gulshan” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonlarida ishtirok etishmoqda. Namangan viloyati, Uychi tumanidagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mas’ullariga ta’lim tashkilotlariga sifati tez buziluvchi mahsulotlarni olib kirmaslik, tarbiyalanuvchilarga turli gazli ichimliklarni ichirmaslik, unli oziq-ovqat mahsulotlariga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha ogohlantirilib, tushuntirish ishlari to‘liq olib borilgan. Hurmatli maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan rahbar va xodimlar hamda ota-onalar!!! Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuqumli kasalliklar hamda ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha talim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishni tashkil etishga oid gigiyenik talablari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 26-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 30-son) SanQvaN 0016-21-sonli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga ko‘ra maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlatilishiga ruxsat berilmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati quyidagilar: · kalla-poycha mahsulotlari (buyrak, yurak, jigar, o‘pka, yelin); · barcha yovvoyi xayvonlarning go‘shti; ichi tozalanmagan parranda go‘shti; · 2,3,4-kategoriyali go‘sht, parranda, baliq go‘shti; · go‘shtning yog‘i va shilliq pardalarining miqdori 20 foizdan ko‘p bo‘lishi; · xolodes, go‘shtning bezli kiyomlari, diafragma, kalla go‘shtidan rulet; · dudlangan mahsulotlar, barcha turdagi kolbasalar, sosiska, sardelka; · charvi yog‘i, dumba yog‘i, margarin va boshqa gidrogenizasiyalangan yog‘lar; · yog‘lilik darajasi 82,5 foizdan kam bo‘lgan sariyog‘ (sigir yog‘i); o‘simlik moyiga sut qo‘shilgan mahsulotlar (spred); · tvorog mahsulotiga qo‘shilgan smetana, shokolad, o‘simlik moyi qo‘shib tayyorlangan muzqaymoq; · qimiz va etanol saqlovchi achitilgan sut mahsulotlari (0,5 foizdan yuqori); · pasterizasiyalanmagan sutdan tayyorlangan tvorog va smetana, termik ishlov berilmagan, katta idishdagi tvorog va smetana; · oshxona sharoitida tayyorlangan qatiq; · suvda suzuvchi parrandalarni go‘shti va tuxumlari (salmonellyoz bilan zararlanish xavfi bo‘lgani sababli); · po‘stlog‘i ifloslangan, yorilgan va salmonellyoz uchraydigan xo‘jaliklardan keltirilgan tuxumlar; · barcha turdagi uy sharoitida tayyorlangan konservalar; · germetik berkitilishida kamchiligi bo‘lgan, idishi ezilgan, shishgan (bombaj), qopqog‘i zanglagan, yorlig‘i bo‘lmagan konservalangan mahsulotlar; · ombor zararkunandalari va mayda chiqindilar bilan zararlangan yormalar, dukkaklilar, un, makaron mahsulotlari, quruq mevalar; · pestisid va nitrat miqdori laboratoriyada tekshirilmagan, mog‘orlagan, buzilgan meva va sabzavotlar; · uy sharoitida tayyorlangan va ota-onalar tomonidan uydan olib kelingan, sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi xujjatlari bo‘lmagan taomlar va oziq-ovqat mahsulotlari (shu jumladan, bayramlar va tug‘ilgan kunlarni nishonlashda); · kremli qandolat mahsulotlari (pirojniy va tortlar), kremlar; · turli qo‘ziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar; · kvas, mors, gazli ichimliklar, sun’iy rang, mazza, hid beruvchi vositalar qo‘shilgan taom hamda ichimliklar, · yog‘da qovurilgan (frityur) mahsulotlar (grenka, chipselar, fri); · mayonez, murch, xantal, xren, sirka, qahva; barcha turdagi karamellar; · quruq konsentratlar asosida tez tayyorlanadigan 1 va 2 taomlar; · bir kun oldingi yoki oldingi ovqatdan qolgan ovqat qoldiqlari; · qovurilgan tuxum, omletdan tashqari; tuxum barak.
Maktabgacha ta’lim agentligida AQSH qishloq xo‘jaligi agentligining “Bolalar taʼlimi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi” doirasida Mehribonlik korpusi (Mercy corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.V. Shin “Mercy Corps”ning O'zbekistondagi vakillari bilan mazkur dasturni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Suhbat davomida vakillar bugungi kunga qadar loyihaning amalga oshirilishi bo‘yicha hisobotni taqdim etdi. Ta’kidlanganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy ovqatlanish shoxobchalari, sanitariya-gigiyena obyektlari infratuzilmasi, suv ta’minoti yaxshilandi, suv filtrlash uskunalari o‘rnatildi. Kelgusida, Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi yana 234 ta DMTTda ta’mirlash ishlari rejalashtirilgani ma’lum qilindi. AQSh Qishloq xo'jaligi vazirligining 160 ta DMTTni oziq-ovqat bilan ta'minlash komponenti doirasida mamlakatga 20 tonna kungaboqar yog'i, 80 tonna bug'doy uni, 40 tonna no'xatdan iborat gumanitar yuk keladi. Shunigdek, loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan baholash ishlarini tashkil etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik masalalari, shuningdek, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oshpazlar tayyorlash markazini ochish va belgilangan muddatlarda zarur texnologik jihozlar bilan taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi. Eslatib o‘tamiz, “Bolalar taʼlimi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi” ni amalga oshirish bo‘yicha memorandum 2021-yil 27-iyulda imzolangan.
Ta’limning ilk bo‘g‘ini - maktabgacha ta’lim
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lib, bolaning sog‘lom va mustaqil fikrini shakllantirish, qobiliyatini ro‘yobga chiqarish hamda bilim olishga intilishini rivojlantirish kabi maqsadlar yo‘lida ish olib boradi. Mamlakatimizda 3–7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yillar hisobiga nazar tashlasak, 2017-yilda qamrov 27,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yili 37,7 foiz, 2019-yili 52,3 foiz, 2020-yili 60,9 foiz, 2021-yili 67,2 foiz, 2022-yili 69,9 foizni, 2023-yilning bugungi kun holatida 72 foizga yetganini ko‘rish mumkin. Bu ko‘rsatkich yildan yilga ortib bormoqda. Shu o‘rinda, 2017-yilda mamlakatimizda 5 ming 211 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 30 ming 792 taga yetgani quvonarli holdir.
Mamlakatimizda 3–7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yillar hisobiga nazar tashlasak, 2017-yilda qamrov 27,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yili 37,7 foiz, 2019-yili 52,3 foiz, 2020-yili 60,9 foiz, 2021-yili 67,2 foiz, 2022-yili 69,9 foizni, 2023-yilning bugungi kun holatida 72 foizga yetganini ko‘rish mumkin. Bu ko‘rsatkich yildan yilga ortib bormoqda. Shu o‘rinda, 2017-yilda mamlakatimizda 5 ming 211 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 30 ming 792 taga yetgan.