@Kusherbayevga_murojaat telegram kanalida “Prezident selektorida ishdan ketgan mudir yana oʻz joyiga qaytdi” mavzusida tarqalgan xabarga Maktabgacha taʼlim vazirligining rasmiy munosabati. Mavzu yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 24-may kuni maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi past boʻlgan hududlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida videoselektor orqali yigʻilish oʻtkazilgan. Yigʻilishda bir qator tashkilotlarga topshiriqlar berilgan asosida vazirlikka bayonnoma taqdim etilgan. Maʼlumot uchun: Ushbu yigʻilish bayonining 10-bandida Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi boshligʻi, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmalari boshliqlari va tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari mudirlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etilishi hamda yangi rahbar lavozimga tayinlanguniga qadar ularning vazifasi vaqtincha bajaruvchiga yuklatilishi koʻrsatib oʻtilgan. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini taʼminlash maqsadida oʻrnatilgan tartibda Ichki ishlar vazirligi Tezkor-maʼlumotlar boshqarmasining “Tezkor maʼlumotlarni hisobga olish” tizimi orqali 207 nafar tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari mudirlari hujjatlari oʻrganilganda 38 nafar boʻlim mudirlarida Qonunining 44-moddasi boʻyicha cheklov borligi (muqaddam sudlanganligi holati ) aniqlangan. Jumladan, R.Karimovga nisbatan Qonunining 44-moddasida belgilangan talablari boʻyicha cheklov mavjudligi sababli R.Karimov Buxoro viloyati Shofirkon tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri vazifasi vaqtincha bajaruvchi etib tayinlanmagan. Ammo, R.Karimov qabul qilingan qarordan norozi boʻlib Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudiga (Maktabgacha taʼlim vazirligi Mirobod tumanida joylashganligi sababli) murojaat qilgan, mazkur sudning tegishli qarori bilan qayta lavozimga tiklangan. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga R.Karimov yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudining 2021-yil 21-sentyabrdagi hal qiluv qaroriga nisbatan apellyatsiya shikoyati kiritilgan boʻlib, sudlov hayʼati apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishdan rad etgan.
Xalqaro hamkorlik yoʻnalishida Hozirgi kunda Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama hamkorlik faol rivojlantirmoqda. 2022-yil yanvar-iyun davrida Maktabgacha taʼlim vazirligi va xorijiy hamkorlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan 21 ta uchrashuv oʻtkazildi va 6 ta (umumiy 77 ta) memorandum va kelishuvlar imzolandi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tashabbusi bilan 2022-yilning noyabr oyida Toshkent shahrida YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha II-Butunjahon konferensiyasini oʻtkazishish rejalashtirilgan. Mazkur Global forumni oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-martdagi 92-F-sonli qarori qabul qilindi. Shuningdek, Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati tomonidan Global forum tashkiliy masalalari boʻyicha YUNESKOning Parijdagi bosh ofisiga tashrif buyurildi va YUNESKO rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazildi. Bundan tashqari, joriy yil oktyabr oyida Gretsiyaning “MM PUBLICATIONS” nashriyoti bilan hamkorlikni (2021-yil noyabr oyida umumiy qiymati 0,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 20 ming dona “Hi Kids! For Uzbekistan” kitoblar toʻplami maktabgacha taʼlim tashkilotlariga hadya etilgan) rivojlantirish maqsadida muzokaralar olib borildi. Koreya Respublikasining “EDULINK” kompaniyasi bilan hamkorlikda bolalar uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlari, pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari uchun “S-Board” mobil taʼlim ilovasi ishlab chiqildi. Shuningdek, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan maktabgacha taʼlim sohasidagi 20 ta pedagog kadrlar malakasini oshirish boʻyicha joriy yilning iyun oyidan qisqa muddatli kurslar tashkil etilishi belgilangan. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va oʻzlashtirish yoʻnalishida 2022 1-yarim yillikda Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida Xalqaro moliya institutlari bilan muzokaralar olib borildi. Xususan, Islom taraqqiyot banki, OPEK fondi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi bilan umumiy qiymati 70 mln AQSH dollariga teng DXSH bitimlarini moliyalashtirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun loyihaoldi hujjatlar ishlab chiqildi va investorlar tomonidan loyihalar maʼqullandi. Shuningdek, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi tomnidan 11 mln AQSH dollariga teng grant loyihani amalga oshirish maqsadida Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi va tegishli vazirliklar, idoralar bilan kelishildi. Hozirgi kunda, mazkur Hukumat qaror loyihasi Adliya vazirligiga yuridik ekspertiza olish uchun taqdim etilgan. Shuningdek, Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi 2 va 8-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlarini taʼmirlash maqsadida Singapurning Indorama kompaniyasining jalb qilingan 250 ming AQSH dollari miqdoridagi grant mablagʻlari toʻliq oʻzlashtirildi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Investitsiya dasturi doirasida (PQ-72 30.12.2021) 2022-yil yanvar-iyun holatiga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 2 ta loyiha (Jahon banki va Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokidagi loyixalar) boʻyicha 9,6 mln AQSH dollari (rejaning 100%) oʻzlashtirildi. Bundan tashqari, AQSH dasturlarini amalga oshiruvchi “Mercy Corps” xalqaro nodavlat tashkiloti bilan qiymati 21,7 mln AQSH dollarga teng boʻlgan “Taʼlim uchun oziq-ovqat” loyihasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida amalga oshirilmoqda. Ijro intizomini taʼminlash yoʻnalishida Xalqaro hamkorlik va chet el investitsiyalarini jalb qilish yoʻnalishida vazirlikka 541 ta idoralararo va yuqori turvchi tashkilotlarning topshiriq va murojaat xatlari kelib tushgan, shundan481 tasiga javoblar yoʻllangan. Jismoniy va yurikdik shaxslardan 15 ta murojaatlar kelib tushgan va barcha murojaatlar koʻrib chiqilgan. 2022-yil 1-yarim yillikda ijrosi taʼminlanishi zarur boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining barcha qarorlari va topshiriqlari boʻyicha maʼlumotlar “app.gov.uz” elektron tizimiga kiritildi. Mavjud muammolar Islom taraqqiyot banki, OPEK fondi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi bilan umumiy qiymati 70 mln AQSH dollariga teng DXSH bitimlarini moliyalashtirishga qaratilgan loyihalari boʻyicha loyihaoldi xujjatlarga Moliya vazirligi tomonidan takliflar berildi. Xususan, loyihalar doirasida tadbirkorlarga beriladigan kredit foizlari bozor shartlarida boʻlishi hamda loyihalarga taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan “yumshoq” komponentlarning maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqish Moliya vazirligi tomonidan taklif sifatida kiritilgan. Mazkur takliflar inobatga olinishi, loyihalarning tadbirkorlar uchun jozibadorlik darajasi tushishina olib keladi. Natijada davlat tashqi qarz mablagʻlari samarasiz ishlatilishi xavfi mavjud. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda OPEK fondi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi bilan umumiy qiymati 70 mln AQSH dollariga teng loyihalarni qayta koʻrib chiqishni tavsiya etiladi. Yil yakuniga qadar bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Investitsiya dasturi doirasida (PQ-72 30.12.2021) 2022-yil yakuniga qadar rejalashtirilgan 21.9 mln AQSH dollariga teng mablagʻlarni 2 investitsiya loyihalari doirasida oʻzlashtirish belgilangan. Koreya xalqaro hamkorlik agentligi hamkorligidagi 11 mln AQSH dollariga teng grant loyihani amalga oshirish maqsadida Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilishi va qurilish ishlari boshlanishi kutilmoqda. EduLink Kompaniyasi (Koreya Respublikasi) bilan maktabgacha taʼlim tizimida ingliz tili koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha kelishuv imzolash koʻzda tutilgan. Maktabgacha taʼlim sohasini yanada rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat MTT tarmogʻini kengaytirish maqsadida vazirlik tomonidan Osiyo taraqqiyot banki bilan 100 MTT tashkilotini yaratish loyihasini amalga oshirish boʻyicha muzokaralar olib boriladi.
Istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalari boʻyicha maʼlumotlar
2022_йил_Инвестка_Обод_26.07_сайт.xlsx I. 2022-yil Investitsiya dasturi ijrosi toʻgʻrisida. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil22-yanvardagi “2022-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-98-son qaroriga asosan maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlandi. Unga koʻra, vazirlik tomonidan 2022-yil 24-yanvardagi 9-sonli boʻyruq qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq, 2022-yilda jami 26 770 quvaat (oʻrin)li176 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shundan, 25 tasi yangidan quriladigan va 151 tasi rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan boʻlib, ushbu ishlar uchun jami 800,0 mlrd.soʻm mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 26 770 quvvat (oʻrin)ga ega boʻlgan 176 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari yangidan zamonaviy barpo etilishi natijasida, qoʻshimcha 19 150 ta oʻrin (quvvat) yaratilishi belgilangan, shundan – 3 750 ta oʻrin 23 ta obyektni yangidan qurish hisobiga, 1 890 oʻrin 15 ta boʻsh turgan binolarni rekonstruksiya qilish hisobiga hamda 21 130 ta oʻrin 138 ta faoliyat koʻrsatayotgan MTTlar quvvatlarini kengaytirish hisobiga yaratilishi rejalashtirilgan. Tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq, 176 ta obyektdan – 23 ta obyekt oldingi yildan oʻtuvchi, - 153 tasi yangidan boshlanuvchi obyektlar hisoblanadi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 19-sonli Rayosati majlisining bayoniga asosan Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi “Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasi” DM buyurtmachi xizmati tugatilayotganligi sababli buyurtmachi xizmati masʼulligidagi 2022-yilgi investitsiya dasturi doirasidagi 153 ta yangidan loyihalarni Qoraqolpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IKga topshirish va qabul qilish dalolatnomalari asosida oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil1-fevraldagi “Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 46-son qaroriga asosan pudrat tashkilotlarini aniqlash boʻyicha tender savdolarini Qoraqolpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK tomonidan barchasi oʻtkazilgan va qurilish-taʼmirlash ishlari boshlangan. Joriy yil 24-iyun holatiga pudratchilar tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotining 23 ta yildan-yilga oʻtuvchi obyektlarida 63 foiz (%)ga, yangidan boshlanadigan 153 ta obyektlarida 23,7 foiz (%)ga qurilish-taʼmirlash ishlarini bajarilgan. Joriy yil 1-iyul holatiga yildan-yilga oʻtuvchi 6 ta obyektlarda qurilish-taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilib, foydalanishga topshirish dalolatnomalari rasmiylashtirilmoqda. Ushbu 6 ta obyektlarda 840 ta qoʻshimcha yangi quvvatlar yaratilishiga erishildi. 2022-yil Investitsiya dasturiga kiritilgan qoʻshimcha obyektlar toʻgʻrisida maʼlumot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-25-fevral kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida va Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bergan topshiriqlari boʻyicha 16-son bayoniga asosan 2022-yil Dasturiga qoʻshimcha ravishda 1 500 quvvat (oʻrin)li 13 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini yangi qurish va rekonstruksiya qilish qushimcha kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-22-aprel kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari va kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan 35-sonli yigʻilish bayoni asosan 2022-yil Dasturiga qoʻshimcha ravishda 3 950 quvvat (oʻrin)li 33 ta (14 ta yangi tashkil etilgan Qukdala tumani, 17 ta respublika va halqaro moliya institutlari hisobidan, 2 ta homiy mablagʻlar hisobidan) maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini yangi qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. II. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yoʻnalishida. 1. “Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-43-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, 2023-yil Investitsiya dasturini shakllantirish uchun boshqarma xodimlaridan iborat maxsus ishchi guruh tomonidan hududlarga chiqqan holda, eng ogʻir ahvoldagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish va maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar qamrovi past boʻlgan hududlarda yangi va rekonstruksiya qilish 212 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarini takliflarini shakllantirildi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etildi. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil 10-iyundagiPQ-5144-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan keng koʻlamdagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan, qamrov darajasi past boʻlgan 53 ta tumanda 50 ta (20 ta Qashqadaryo, 23 ta Surhondaryo, 2 ta Samarqand, 4 ta Toshkent va 1 ta Xorazim viloyatlarda) davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil qilishning manzilli dasturlari ishlab chiqilib tegishli vazirliklari bilan kelishilgan holda qurilish-taʼmirlash ishlarini olib borilmoqda. Bugungi kunda, - Qashqadaryo viloyatida obyektlarning 10 tasi boʻyicha pudrat tashkiloti aniqlanib qurilish-taʼmirlash ishlari boshlandi, qolgan 10 tasi boʻyicha hokimning yer ajratish boʻyicha qarori mavjud emasligi sababli, qurilish-taʼmirlash ishlari boshlanmagan. - Surxondaryo viloyatida obyektlarning 22 tasi boʻyicha qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda va hozirgi kunda 17 foiz (%)ni tashkil etadi, qolgan 1 tasi boʻyicha tender savdolari oʻtkazilmoqda. - Samarqand viloyatida 2 ta obyekt boʻyicha qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda va hozirgi kunda 28 foiz (%)ni tashkil etadi. - Toshkent viloyatida obyektlarning 1 tasi boʻyicha tender savdolariga eʼlon berilgan, 3 tasi boʻyicha loyihalarga kompleks ekspertizadan ijobiy xulosalar olinmagan. - Xorazm viloyatida 1 ta obyekt boʻyicha qurilish-taʼmirlash ishlarining bajarilishi 75 foiz (%)ni tashkil etadi. III. 2022-2023-yillarda quz-qish mavsumiga qaror loyihasiga taklif tayyorlash. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish uchun 2022-yilda 623 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarini joriy taʼmirlash hamda 109,1 ming tonna koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish rejalashtirildi. IV. Ijro intizomini taʼminlash yoʻnalishida. II-chorak boʻyicha Boshqarmaga vazirlik devonxonasi orqali 42 ta hujjatlar kelib tushgan. Ulardan 39 tasining ijrosini taʼminlangan, qolgan 3 tasi ish jarayonida. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan 47 ta murojaatlar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 38 tasiga tegishli javob xatlari yuborilgan. Qolgan 9 ta murojaatlarning ijro muddatlari kelmaganligi sababli ish jarayonida.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi (STJ) oʻrtasida 2020-yil 17-dekabrda 41 mln. Saudiya riyali qiymatidagi (10,9 mln. AQSH dollari ekvivalentida) 774/11-sonli “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash” loyihasi qarz bitimi imzolangan. Shunga koʻra, 2021-yil 3-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 416-sonli qarori bilan umumiy qiymati 153,4 mlrd. soʻm boʻlgan 41 ta loyihalarni shundan 50,9 mlrd. soʻm tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan hamda 112,5 mlrd. soʻm (41 mln Saudiya riyali (10,9 mln. AQSH dollari ekvivalentida)) STJ kredit mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur loyiha doirasida mablagʻarini tadbirkorlarga qayta kreditlash maqsadida 3 tomonlama, yani Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi hamda 9 ta tijorat banklari bilan bitimlar imzolangan. Amalga oshirilgan monitoring natijalariga koʻra, bugungi kunda 41 ta loyihadan 18 tasida tadbirkorlar oʻz mablagʻlari hisobidan 25% dan ortiq ishlar bajarilgan, 21 ta loyihada 25% dan kam boʻlgan ishlar bajarilgan, 2 ta loyihada ishlar boshlanmagan. Hozirgi kunda 8 ta loyiha boʻyicha resurs mablagʻlarini olish yuzasidan tijorat banklari tomonidan STJga 2,96 mlrd. soʻm miqdorida avans toʻlovlarini amalga oshirish uchun toʻlov taʼlabnomalari yuborilgan, moliyalashtirilishi kutilmoqda. Loyihani amalga oshirish natijasida 4870 nafar bolalar maktabgacha taʼlim muassasalariga jalb qilinishi hamda 390 ga yakin ish oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilgan. по проекту «Совершенствование раннего развития детей младшего возраста» с участием МАР.docx
Bugun Maktabgacha ta’lim vazirligi Ichki audit xizmati va komplayens nazorati boshqarmasi tomonidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi. Taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qoʻyayotgan Oʻzbekiston uchun korrupsiyaning har qanday shakldagi koʻrinishi islohotlar shiddatini susaytirishi bilan xavflidir. Xuddi shuningdek maktabgacha taʼlim tizimidagi korrupsion holatlarning oldini olish kabi qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Fuqarolar tomonidan tizimdagi korrupsion holatlar haqida xabar berilishini osonlashtirish maqsadida @antikorr_mdo nomi bilan telegram kanali tashkil etilib, tarqatma material koʻrinishida barcha Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining kirish eshigiga joylashtirilgan boʻlib, 2021-yil davomida vazirlikka 489 ta murojaat va xatlar kelib tushgan, shundan 218 tasi fuqarolardan, 271 tasi idora va tashkilotlardan kelib tushgan. 2022-yilning I yarim yili davomida vazirlikka 307 ta murojaat va xatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 102 tasi fuqarolardan, 205 tasi idora va tashkilotlardan kelib tushgan murojaatlardir. Oʻtgan davr mobaynida vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazoratini amalga oshirish boshqarmasi xodimlari tomonidan 14 ta holatda aniqlangan qonunbuzilish holatlari Bosh prokuraturaga oshirilgan, 18 ta holatda korrupsion holatlarga aloqadorligi uchun xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan, 8 ta holatda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar oʻtkazilgan, 8 ta holatda intizomiy jazo turlari qoʻllanildi. Shu bilan bir qatorda, bugungi kunda tizimda koʻp uchrayotgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish hamda “inson omili”ni kamaytirish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda: - Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ishlamagan shaxslarga ish haqi hisoblash va yoʻllanmasiz bolalarni noqonuniy qabul qilish va saqlashni oldini olish maqsadida - Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida xodimlar, ishchilar va tarbiyalanuvchilarni hisobga olishning raqamli (Face ID) tizimi joriy etish; - Davlat-xususiy sheriklik asosida bitim imzolashdagi korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida davlat-xususiy sheriklik bitimlarini imzolanish jarayonini elektron tarzda amalga oshirish; - Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan subsidiyalardan maqsadsiz foydalanish holatlarini oldini olish maqsadida tarbiyalanuvchilarni hisobga olishning raqamli (Face ID) tizimini joriy etish va bu tizimdagi axborotni Moliya vazirligi va Maktabgacha taʼlim vazirligi axborot dasturiga integratsiya qilinishini taʼminlash kabi ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Maktabgacha taʼlim sohasida korrupsion holatlarni bartaraf etilishida Maktabgacha taʼlim vazirligining Ichki audit xizmati tomonidan sohada yoʻl qoʻyilgan moliyaviy, huquqiy tomonidan ham ishlar amalga oshirilmoqdaki, natijada 2022-yilning 6 oy davomida hududiy maktabgacha taʼlim boʻlimlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 188 ta nazorat tadbirlari oʻtkazildi. Oʻrganishlar natijasida quyidagi moliyaviy xato-kamchiliklar aniqlangan: Oʻzlashtirish va kamomadlar – 3,7 mlrd.soʻmni tashkil etgan; Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha 5,6 mlrd.soʻmni tashkil etib, oʻzlashtirishlarning asosiylari quyidagilardan iborat: Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, ish haqiga ajratilgan mablagʻlar asosan: “oʻlik jonlar”ga ish haqi yozish orqali ish haqlarini noqonuniy hisobdan chiqarilgan; ish hajmini toʻliq bajarmagan xodimlarga ortiqcha ish haqi toʻlash; moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini noqonuniy sarflash; plastik kartalarga noqonuniy pullarni oʻtkazish orqali oʻzlashtirish; toʻlov qaydnomalarida qayd etilgan naqd pullarni bermaslik; oʻrindoshlik asosida ishlovchilarga hamda mehnat taʼtillarini notoʻgʻri hisoblash va boshqa holatlarda ortiqcha toʻlovlarga yoʻl qoʻyilgan. Keyingisi, Oziq-ovqat mahsulotlari xarajatlariga ajratilgan mablagʻlarni noqonuniy sarflashi va oʻzlashtirishlarning asosiylari quyidagilardan iborat. Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, oziq-ovqat xarajatlariga ajratilgan mablagʻlar asosan: oziq-ovqat mahsulotlarining ombor va oshxonadagi kamomadi; meʼyorga nisbatan oziq-ovqatlarni ortiqcha hisobdan chiqarish; taomnomaga nisbatan hisobotlarda ortiqcha hisobdan chiqarish; yetkazib berilgan mahsulotga nisbatan ortiqcha mablagʻ oʻtkazish va boshqalar. Shuningdek, Davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati uchun byudjetdan ajratilgan subsidiya mablagʻlari ortiqcha sarflanishi – 8,7 mlrd.soʻmni tashkil etib noqonuniy moliyalashtirilish quyidagilardan iborat. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-maydagi 378-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida Nizom” talablariga amal qilmagan holda Oilaviy NMTTlariga 3 yoshga toʻlmagan va 7 yoshdan katta bolalar uchun subsidiya ajratish; Bitim imzolanmagan davr uchun subsidiya ajratish; Umuman va vaqtincha faoliyat yuritmagan davr uchun subsidiya ajratish; Moliya organlari tomonidan subsidiya olish uchun NTMMlar tomonidan buyurtmanomani tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari bilan kelishmagan boʻlsalarda subsidiya ajratish kabi holatlarga yoʻl qoʻyilgan. Navbatdagi qonun buzilishi holati Xaridlarning raqobatga asoslangan usullarini chetlab oʻtib, “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun talablariga zid ravishda 3,8 mlrd. soʻmlik shartnomalar tuzilganligida kuzatilgan. Ayrim holatlarda auksion xaridlar oʻrniga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish yoki maxsus axborot portaliga eʼlonlarni joylashtirmasdan xarid qilingan. Manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilib komissiya aʼzolariga tegishli tadbirkorlik subyektidan xaridlar amalga oshirilgan. Shuningdek, Byudjet va tashkilot hisobiga qoʻshimcha hisoblangan daromadlar 2,1 mlrd.soʻmni tashkil etgan. ortiqcha boyliklarni kirim qilish, asossiz hisoblanmagan badal toʻlovlarini hisoblash, asossiz hisoblangan kreditor qarzdorliklarni kamaytirish, asossiz hisobdan chiqarilgan mulkni qayta kirim qildirish, mulkni sotishdan tushgan mablagʻlarni 50%ni mahalliy byudjetga yoʻnaltirish kabi yoʻllar bilan byudjet va maktabgacha taʼlim tashkiloti foydasiga qoʻshimcha hisoblandi.
Huquqiy savodxonlik darsi oʻtkazildi
Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi huquqiy savodxonlik darsi oʻtkazildi. Unda Yuridik boshqarma boshligʻi tomonidan oʻtayotgan haftada qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi. Xususan, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming soʻmdan 1,5 mln soʻmgacha) jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi. Shuningdek, “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident qarori qabul qilindi Qaror bilan turkiy dunyo doirasida “Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasi tasdiqlandi. Hukumat qarori bilan Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida sirtqi hamda kechki taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomlar tasdiqlandi. Shu bilan birga Hukumat qarori bilan Oʻzbekiston hududida xizmat safarlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi Nizomga koʻra, xizmat safari muddati tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. Bunda muddat yoʻldagi vaqtni hisobga olmaganda 30 kalendar kundan koʻp boʻlmasligi lozim. Eng asosiysi, joriy hafta Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik jarayonlarini soddalashtirish va byudjet subsidiyalarini ajratish mexanizmini avtomatlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoni va 2021-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” PQ-128-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmoni asosida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. Qarorni ishlab chiqishdan maqsad maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik jarayonlarini raqamlashtirish orqali ularni soddalashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiya ajratish mexanizmini avtomatlashtirish. Qarorda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Nodavlat maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimi va “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda “Bolalar bogʻchasi” MTBAT) takomillashtirish doirasida: davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining dastlabki maʼlumotlari (quvvati, hududi, bino va inshootlar maydoni va boshq.) asosida shtatlar jadvalini avtomatik ravishda shakllantirish; maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari va tarbiyalanuvchilarning yagona bazasini shakllantirish; davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining ish vaqtini, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning davomatini shaxsni biometrik identifikatsiya qilish uskunalar yordamida hisobga olish va idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda avtomatlashtirish; davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish boʻyicha bitimlarni “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimida elektron shaklda tuzish va elektron raqamli imzo yordamida imzolash; maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini elektron hisobga olish tizimini joriy etish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ga ota-onalar toʻlovi boʻyicha qarzdorlik (oldindan toʻlov) mavjudligi haqida onlayn-toʻlov billing tizimini qoʻllagan holda har oyda avtomatik ravishda xabarnoma joʻnatish; davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun byudjet subsidiyalari va kompensatsiyalarini hisoblash jarayonini avtomatlashtirish hamda hisoblangan subsidiyalar va kompensatsiyalar hajmi boʻyicha elektron hisob-kitoblarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “UzASBO” axborot tizimiga moliyalashtirish uchun avtomatik tarzda taqdim etish nazarda tutilmoqda. Qarorni amaliyotda qoʻllanilishi orqali davlat byudjeti mablagʻlari iqtisod qilish, DXSH asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga byudjet subsidiyasini ajratish tizimi shaffofligini taʼminlash, korrupsiya holatlari va qogʻozbozlikni oldini olish, shuningdek, tadbirkorlar va fuqarolarga qulayliklar yaratilishiga erishiladi. Qaror qabul qilinishi bilan nodavlat maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimi joriy etilishi natijasida bir yilda oʻrtacha 150 mlrd.soʻm byudjet mablagʻlari iqtisod qilinadi.
Maktabgacha taʼlim tizimi boʻyicha tahliliy MAʼLUMOTNOMA
Bugungi kunda ilmiy kuzatish va tadqiqotlar natijasida inson oʻz hayoti davomida oladigan barcha maʼlumotning yetmish foizini besh yoshgacha boʻlgan davrda olib ulgurishi aniqlangan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, oʻz ona tilini oʻzlashtiradi, ota-ona, oila, mahalla, Vatanga mehri uygʻonadi, umr davomida oladigan bilimlarga zamin hozirlaydi. Shu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha taʼlim uzluksiz taʼlim tizimining ajralmas boʻlagiga, taʼbir joiz boʻlsa, uning debochasiga aylanganligining guvohi boʻlib kelmoqdamiz. Xususan, tizim tashkil etilgandan keyin, yaʼni 2017-2021-yillarda amalga oshirilgan ishlarning naqadar sezilarli oʻsganligini koʻrishimiz mumkin. Misol tariqasida quyidagi raqamlarga ahamiyat qaratsak: 2017-yilda respublika boʻyicha 5 211 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari soniga nisbatan besh barobarga oshib, hozir kunda 28 012 tani tashkil etmoqda. 2017-yilda maktabgacha taʼlim tizimiga ajratilgan mablagʻlar jami 2,0 trln.soʻmni tashkil etgan boʻlsa, 2022-yil uchun esa 9,5 trln.soʻm mablagʻ ajratildi. 2017-2022-yillarda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi ikki barobardan oshdi. Jumladan, 2017 yilda maktabgacha yoshdagi bolalarning 708 ming nafari maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan boʻlsa, bugungi kunga bolalarning qamrab olinishi 1 mln 960 ming nafarga (69,4 foiz) yetdi. Maktabgacha taʼlim tizimida yana bir qulaylik yaratildiki unda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun bepul maktabgacha taʼlimning muqobil turlari joriy etildi. Jumladan: • «Aqlvoy» loyihasi doirasida respublikadagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan hamda qamrov koʻrsatkichlari past boʻlgan 142 ta MFYda 7 mingga yaqin bolalarni qamrab oladigan qayta jihozlangan 65 ta avtobuslar negizida 387 ta mobil guruhlar shakllantirildi. • BMTning Xalqaro bolalar fondi YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda tajriba-sinov tariqasida “Turli xil yoshdagi maktabgacha taʼlim guruhlari” (oʻyin guruhlari) muqobil shakli joriy etildi. Maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglar soni 2017-yilda 58 400 nafarni tashkil etgan boʻlsa, hozirgi kunda esa 149 024 nafarni tashkil etmoqda. 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi 96 ta pedagogika kollejlarida jami 54 551 nafar talaba oʻqimoqda. Maktabgacha taʼlim vazirligining tashabbusi bilan Toshkent shahrida Puchon universiteti hamda “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat-byudjet oliy taʼlim muassasalarining filiallari tashkil etildi. Taʼlim va tarbiya jarayonida “Ilk qadam” davlat dasturi qabul qilindi. “Ilk qadam” davlat dasturi asosida 5 ta markaz asosida taʼlim tarbiya ishlari olib borilmoqda. 2018-2021-yillar davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlariga “Ilk qadam” dasturi va davlat talablari asosida 3 920 500 ta oʻquv va metodik qoʻllanmalar yetkazib berildi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan alohida ehtiyojlarga ega boʻlgan bolalarning taʼlim va tarbiyasi ham chetda qolmadi. Inklyuziv taʼlim tamoyillari va imkoniyati cheklangan bolalarga yordam koʻrsatishning yangi imkonlari joriy etildi. Bularni Nukus, Qarshi, Zarafshon shaharlari va Qibray tumanida reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda 74 ta koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlib, unda imkoniyati cheklangan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsoni boʻlgan 6 434 nafar tarbiyalanuvchi taʼlim va tarbiya olishmoqda. 2021-yilda barcha koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari reabilitatsiya asbob uskunalari bilan taʼminlandi. Maktabgacha taʼlim vazirligini rivojlantirish yoʻlida 3 ta Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari, 20 ta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, 61 ta Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ishlab chiqildi. Ushbu sohada ijobiy natijalar nafaqat yurtimizda balki jahon miqyosida eʼtirof etilayotganligi munosabati bilan YUNESKO shafeligi asosida joriy yilning 14-16-noyabr kunlari 200 ga yaqin davlatlar ishtirokida “Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish boʻyicha II Butunjahon konferensiyasi”ni oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilning 9-10-avgust kunlari Toshkent shahrida joylashgan Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida anʼanaviy Аvgust konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Ushbu anʼanaviy Аvgust konferensiyasini tashkil etishdan asosiy maqsad: Maktabgacha taʼlim tizimida oʻtkazilayotgan ijtimoy-iqtisodiy islohotlar, xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni joriy etishdir. Anʼanaviy Аvgust konferensiyasining Respublika bosqichida quyidagi asosiy masalalar koʻrib chiqildi: - Maktabgacha taʼlimda amalga oshirilayotgan islohotlar; - Maktabgacha taʼlim tizimida 2021/2022-oʻquv yilida bajarilishi belgilangan asosiy vazifalar sarhisobi; -Maktabgacha taʼlim tizimi rahbar va pedagog kadrlari faoliyati sifatini oshirish; - Takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat dasturining mazmuni; -Maktabgacha taʼlim tizimida 2022/2023-oʻquv yilidagi asosiy vazifalar. Anʼanaviy Avgust konferensiyasining Respublika bosqichida hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari hamda tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari rahbar va mutaxassislari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va metodistlaridan iborat 150 nafar tinglovchi ishtirok etishdi. Anʼanaviy Avgust konferensiyasining 150 nafar tinglovchilari 30 kishilik 5 ta guruhga boʻlinib, har bir guruhda ikki kun davomida tinglovchilar uchun malakali mutaxassislardan tashkil topgan 20 nafar maʼruzachilar tomonidan har biri 30 daqiqali 14 ta mavzudan iborat mashgʻulotlar olib borildi. 2 kunlik konferensiya davomida, Maktabgacha taʼlimga oid oʻquv-meʼyoriy hujjatlar va ularning yuritilishi; Bolalar salomatligini taʼminlashdagi asosiy vazifalar; Bolalik akademiyasi - pedagoglar, ota-onalar hamda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun moslashuvchan va koʻnikmalarga asoslangan taʼlim manbalari; Maktabgacha taʼlim sifatini oshirishning dolzarb masalalari; Pedagog kadrlar tarkibi sifati va ularni kasbiy rivojlantirish masalalari; Maktabgacha taʼlimda innovatsiyalar; Maktabgacha taʼlimda boshqaruv kadrlari salohiyatini oshirish vazifalari; Maktabgacha taʼlim tashkilotlari amaliyotchi psixologlarining faoliyati samaradorligi; Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil yetishning dolzarbligi; Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni samarali tashkil etish kabi mavzularida guruhlarga boʻlinib ishlandi. Anʼanaviy Avgust konferensiyasi yakunida vazirlik rahbariyati tomonidan tinlovchilarga sertifikatlar topshirildi hamda 2021/2022-oʻquv yilida samarali faoliyat olib borgan rahbar va pedagog kadrlar ragʻbatlantirildi. Shuningdek, 2 kunlik konferensiya yakunlari yuzasidan Maktabgach taʼlim vazirligi Axborot xizmati tomonidan “Maktabgacha taʼlim tizimida taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqish” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda jurnalist, blogerlar, soha mutasaddilari ishtirok etishib konferensiya doirasidagi sohadagi taʼlim sifati yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Toshkent shahridagi Puchon universiteti ikkinchi “qaldirg‘ochlar”ini ham “uchirdi”. 18-avgust kuni Toshkent shahridagi Puchon universitetida 2021-2022 o‘quv yili bitiruvchilariga koreys va o‘zbek tilllardagi diplomlar topshirildi. Koreya Respublikasining Puchon universiteti prezidenti janob Xan, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi vakillari, xalqaro markazlar direktorlari, shuningdek, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari tadbirda faxriy mehmon sifatida qatnashishdi. 2021-2022 o‘quv yilida mazkur o‘quv dargohini 400 nafar bitiruvchi tamomlagan bo‘lsa, shulardan 260 nafari Maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari hisoblanishadi. Ma’lumot uchun, koreys namunasidagi diplomlar topshirilgan bo‘lib, “Koreys tili va menejment” hamda “Arxitektura” fakultetlari bitiruvchilari kelgusida “2+2” va “3+1” tizimida o‘qishni davom ettirishlari mumkin. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Puchon universitetining ilk bitiruvchilariga diplom topshirilgani haqida xabar berilgandi. https://mpe.uz/post-detail/posts/international-cooperation/1221 Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati
Tuman Maktabgacha taʼlim bo‘limi tasarrufidagi “Laylakcha” nomli 300-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti qayta ochildi. 1976-yildan mavjud bo’lgan mazkur tashkilot endilikda yangicha usulda rekonstruksiya qilinib, qayta jihozlandi. “Laylakcha” bog’chasining rekonstruksiyasi uchun mahalli byudjetdan qariyb 3 mlrd. 424 million so’m ajratilgan. Ayni vaqtda ushbu bog’cha 360 nafar bolani o’z bag’riga sig’dira oladi. Shuningdek, tumanda “AYIQCHA” nomli yangi 100-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ham o’z faoliyatini boshladi. Mazkur tashkilot 1932-yilda tashkil qilingan bo’lib, shu kungacha 300 o’ringa ixtisoslashgan edi. Endilikda tashkilot hududidagi eski binolar buzilib, joyiga yangilari qurildi va bola o’rni 60 taga oshirilib, 360 ta o'ringa yetkazildi. Ma’lumot uchun, “AYIQCHA" nomli bolalar bog’chasini qurish va qayta rekonstruksiya qilish uchun davlat byudjetidan 9 300 758 191 so‘m mablag‘ ajratilgan. Tuman maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi “Sog’lomjon” nomli 250-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ham mahalliy byudjet hisobidan joriy ta’mirlandi. Ushbu tashkilot 1992-yilda qurilgan bo’lib, rekonstruksiyadan avval 330 o’rinli edi. Endilikda bola sig’imi 420 o’ringa yetkazildi. Ta’kidlash kerakki, qayta qurish va ta’mirlash jaronida har uchala bog’chaning yozgi o‘yingohlari to‘liq rezina qoplama hamda chim bilan qoplandi. Ayni vaqtda mazkur MTTlarda bolalar yotoqxonasi, tibbiyot xonasi, musiqa zali, kir yuvish xonasi, futbol va basketbol maydonchalari hamda bolalar suzish xavzasi tashkil qilingan. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati