Oʻzbekiston Respublikasi Мaktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 iyundagi qaroriga koʻra, Onorboyev Bahodirjon Ochilboyevich Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. Onorboyev Bahodirjon Ochilboyevich 1971 yili tugʻilgan. Texnika fanlari doktori. Unga qadar, Vazirlar Mahkamasi Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, yoshlar, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyatining mudiri lavozimida ishlab kelgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 iyunadgi qarori bilan Begimkulov Uzoqboy Shoimqulovich Maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. Begimkulov Uzoqboy Shoimqulovich 1964 yil tugʻilgan. Pedagogika fanlar doktori, professor. Begimkulov Uzoqboy Shoimqulovich bunga qadar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Ziroat Mirziyoyeva Nukusdagi “Imkon” reabilitatsion bolalar bog’chasiga tashrif buyurdi
"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Nukus shahridagi "Imkon" reabilitatsiya markaziga ega ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi bolalari bilan uchrashdi. — Bu dargohdagi o‘g‘il-qizlar qanchalik harakat qilib o‘z ustida ishlayotgani, ular erishayotgan yutuqlarni ko‘rib, juda mamnun bo‘ldim. Asosiysi, har bir bolaga alohida yondashuv bor, hech kim eʼtibordan chetda qolmayapti, — dedi Ziroat Mirziyoyeva. Eslatib o'tamiz, Nukusda 2019-yil aprel oyida nogironligi bor bolalar uchun “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega bo'lgan O'zbekistondagi birinchi ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi ochilgan. "Imkon" loyihasining o'ziga xos xususiyati – reabilitatsiya va ta'lim bo’limlarini birlashtirishga qaratilgan kompleks yondashuv, bu har xil nogironligi bor bolalarga yaxlit, maqsadli, individual yo'naltirilgan yordam ko'rsatishga imkon beradi. Ochilganidan buyon “Imkon” markazida 241 nafar nogironligi bor bolalar qabul qilingan. 2021-yil 1-may holatiga ko'ra, ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasiga 119 nafar o'quvchi qabul qilindi, ular og'ir eshitish qobiliyati, aqliy zaifligi va tayanch-harakat tizimining buzilishi bo'lgan bolalar uchun guruhlarda ta'lim oladilar. Tuzatish va ta'lim jarayoni natijalariga ko'ra, bolalarning 90,4 foizida ijtimoiylashuv va moslashish sohasida; turli darajadagi motorli ko'nikmalarni rivojlantirish bo’yicha 97,8 foizida; nutqida nuqsoni bo'lgan bolalarning 92,3 foizida ijobiy rivojlanish kuzatildi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati
Bolaga begovelda yurishni qanday oʼrgatish kerak?
Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sogʼlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmonida velosiped sport turini rivojlantirish yuzasidan qator vazifalar belgilangan.Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Turizm va sport vazirligi, Oʼzbekiston velosiped sporti federatsiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda YeXHTning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari sport bilan shugʼullanishi uchun ularni zamonaviy begovellar – bolalar uchun pedalsiz velosipedlar bilan taʼminlash, “Oʼzbekistonda birinchi bolalar velomarafoni”ni oʼtkazish boʼyicha memorandum imzolangandi.Memorandum doirasida 2021 yildan boshlab respublikamizning barcha hududlaridagi maktabgacha taʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich begovellar bilan taʼminlash koʼzda tutilgan.Loyiha doirasida Toshkent shahridagi 13 ta maktabgacha taʼlim tashkilotiga dastlabki 400 ta begovel topshirildi. Shu munosabat bilan Yakkasaroy tumanidagi 369-sonli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotida begovel yetkazib berilgan muassasalar tarbiyachilari uchun trening oʼtkazilib, bolani begovelga oʼrgatish mahorati oʼrgatildi, begovelning foydali xususiyatlari, oʼziga xos jihatlari haqida batafsil maʼlumot berildi. – Begovelning asosiy afzalligi shundaki, – deydi Oʼzbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Leysan Xazieva. – Bola odatdagi pedal velosipedga qaraganda unda muvozanatni saqlashni oʼrganishi osonroq. Begovel bolaning mushak-skelet tizimini mukammal darajada rivojlantiradi. Begovelda bola tanasini boshqarishni va harakatlarini tezlikda muvofiqlashtirishni oʼrganadi.Loyiha doirasida maktabgacha taʼlim muassasalari oʼqituvchilari hamda ota-onalar uchun “Bolaga begovelda yurishni qanday oʼrgatish kerak?” nomli uslubiy qoʼllanma ishlab chiqildi. Oʼzbekiston velosiped sporti federatsiyasining tajribali murabbiylari hamda mahoratli sportchilari tomonidan amaliy mashgʼulotlar olib borildi. – Bolajonlarni begovelga oʼrgatish jarayonida ularning ayrimlarida biroz hadik, baʼzi birlarida qoʼrquv, hayajon boʼldi, – deydi Oʼzbekiston milliy terma jamoa aʼzosi Yanina Kuskova. – Аmmo qiziqishlari ustunlik qilib, tezda begovelda yurish koʼnikmasini egallab olishdi. Oʼylaymanki, ular tarbiyachilari koʼmagida bir-necha kunlik mashqlardan soʼng, begovelni erkin boshqara olishadi.
Maktabgacha ta'lim vazirligi, turizm va sport vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Velosport federasiyasi hamda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) o'rtasida imzolangan Memorandum doirasida zamonaviy begovel (pedalsiz velosiped)lar Toshkent shahridagi 13 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlariga tajriba sifatida berildi. Pedalsiz velosipedning asosiy afzalligi shundaki, yosh bolalar uchun muvozanat saqlashni o'rganish osonroq bo'ladi, bu esa oddiy velosipedni haydashga o'tishni osonlashtiradi. 2021 yil 1-iyunda Toshkent shahridagi Eko-bog' hududida, "kelajakka yashil qadam" shiori ostida 6 yoshgacha bo'lgan maktabgacha yoshdagi bolalar o'rtasida 1-velosiped marafoni tashkil etilib, unda 65 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari hamda velosport bo'yicha O'zbekiston sportchilari ishtirok etdilar, ular bolalarga yo'ldan o'tishda yordam ko'rsatdilar. Ekologik va jismoniy madaniyatni tarbiyalash va bolalar va yoshlarni sportga ommaviy ravishda jalb qilish masalalari doimo O'zbekiston Respublikasi hukumatining diqqat markazida bo'lib kelmoqda.Bolalar velosiped marafonining asosiy maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil transportdan foydalanish sohasida barqaror ko'nikmalarni shakllantirish, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar o'rtasida velosiped sportini ommalashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish hamda madaniyatni shakllantirish, yo'llardan kesib o'tishda bolalardagi o'zini tutish va yo'l harakati qoidalariga rioya qilishni shakllantirishdan iboratdir. Bu kabi – bolalar velosiped marafoni O'zbekistonda va Markaziy Osiyoda birinchi marta o'tkazildi. O'zbekistonning Velosport federasiyasi tashabbusi bilan kelgusida respublikaning barcha hududlaridagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari balansini velosipedlar bilan bosqichma-bosqich ta'minlash ishlari olib boriladi va jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug'ullanish uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.Velomarafonda ishtirok etayotgan bolalar medallar, esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar va ular uchun bolalarning ko'ngilochar dasturi tashkil etildi, ular san'atkorlar bilan birgalikda turli musobaqalar va o'yinlarda qatnashdilar. Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati
"Aqlvoy" telekanalining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi
Bugun, Toshkent shahri Markaziy bog'ida "Aqlvoy" telekanalining rasmiy ochilish marosimi o'tkazildi. "Aqlvoy" xususiy bolalar telekanali Maktabgacha ta'lim vazirligi ko'magi bilan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil avgust oyida qabul qilingan "Ixtisoslashgan bolalar ko'ngilochar–ma'rifiy telekanalini tashkil etish to'g'risida"gi qarori asosida tashkil etilgan. Shuningdek, 22 martdan buyon test rejimida ishlayotgan mazkur telekanal hozirgacha 20 ta telekanal ichidan kunlik reytingda 4-o'rinni egallagan. Dastlab, O'zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboeva marosimni kirish so'zi bilan ochib berdi. Ochilish marosimida so'zga chiqqan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboeva, O'zbekistonda maktabgacha ta'lim qamrovi 3-4 yil avval 27 foizni tashkil qilganligi, hozirda esa bu ko'rsatkich 61 foizni tashkil etganligini mamnuniyat ila ta'kidlab, "2025 yilgacha mazkur ko'rsatkich 100 foizni ko'rsatishi reja qilinganligini haqida so'zladilar. Xalqaro hamkorlarga soha rivojiga qo'shayotgan hissalari uchun o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Xususan, BMTning UNICEF tashkilotiga, Jahon banki vakillariga, barcha elchixona xodimlariga katta rahmat aytamiz", — dedi Senat raisi. "Aqlvoy" telekanalining asosiy maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarga ilmiy-ma'rifiy, ko'ngilochar va intellektual rivojlanishiga qaratilgan teledasturlarni efirga berishdan iborat. Bundan tashqari, telekanalning asosiy auditoriyasi 3 yoshdan 9 yoshgacha bo'lgan bolalar bo'lib, kanal soat 07:00 dan 22:00 gacha faoliyat yuritadi. "Aqlvoy" telekanalining asosiy maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarga ilmiy–ma'rifiy, ko'ngilochar va intellektual rivojlanishiga qaratilgan teledasturlarni efirga berishdan iborat. Tadbir doirasida shular bilan bir qatorda, "Aqlvoy" oshpaz kitobi taqdimoti ham o'tkazildi. Oshpaz Bahriddin Chustiyning bergan ma'lumotiga asosan, ushbu bolalar uchun mo'ljallangan taomlar reseptlari kitobi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan. Unda 250 dan ortiq taomning tayyorlanish resepti joy olgan. Ushbu loyiha uchun umumiy 50 dan ortiq jamoa vakillari ishtirok etgan. El suygan san'atkorlar hamda maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilarining musiqali chiqishlari marosimga o'zgacha kayfiyat ulashdi. Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati
Uch bosqichli kaskad usulida pedagoglarni kompetentsiyalarini rivojlantirish.
Maktabgacha taʼlim vazirligining 2021 yil 18-maydagi 88-sonli buyrugʼiga asosan 2021 yil yakuniga qadar 20 mingdan ziyod maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarini qamrab olgan holda hududlarda uch bosqichli kaskad usulida pedagoglarni kompetentsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan seminar treninglar tashkil etilishi rejalashtirilgan boʼlib, ushbu maqsadda 26-29 may kunlari Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida maktabgacha taʼlim tizmining hududlardagi 28 nafar katta tajribaga ega pedagoglari trenerlar sifatida tayyorlandilar. Oʼz navbatida ushbu trenerlar hududlarda yana 414 nafar trenerlarni tayyorlaydilar va birgalikda respublikamizning barcha tuman (shahar)larida maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun seminar treninglar tashkil etadilar.Mazkur seminar treninglarni tashkil eitshdan maqsad maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllari, oʼqutishning zamonaviy va ilgʼor usullari hamda yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini taʼlimiy va tarbiyaviy jarayonga joriy etish, pedagoglarning kasbiy kompetentsiyalarini yanada oshirishdir. Seminar trening kursining oxirida ishtirokchilar taqdimot ishlarini namoyish qildilar. Oʼzlashtirgan bilimlarni, oʼzlarining kasbiy faoliyatni samarali tashkil etish malakalariga egaliklarini, pedagogning intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashlarini boyitishda pedagoglarning kasbiy kompetentlik sifatlari va kreativlik mohiyatini, oʼqitishning yangi, innovatsion shakl, metod va vositalari bilan tanishtirish, oʼz ish faoliyatlarini tashkil etish, faollashtirish borasida bilim, koʼnikma va malakalariga ega boʼladilar. Bugungi kun maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogiga qoʼyilayotgan talablarning mazmun va mohiyati ham anglanilib, har bir ishtirokchi test ham topshirdi. Mazkur qisqa muddatli kurs maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagoglarning kasbiy kompetentligini va kreativligini oshirishga erishish imkoniyatini yaratdi.
O'zbekistonda birinchi marotaba o'tkazilgan velomarafonidan fotoreportaj.
“Aqlvoy” telekanali hamda "Aqlvoy oshpaz" kitobining taqdimotidan fotoreportaj.
MAVZU: 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi hamda “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturi doirasida mamlakatimizda maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni, uning Oʼzbekistonda oʼziga xos xususiyatlari, vazirlik tashkil etilganidan buyon olib borilgan faoliyat samaradorligi va uning hozirda izchil davom etayotganini hayotiy misollar va ilmiy asoslangan tahlillar asosida xolis va haqqoniy yorituvchi materiallar qabul qilinadi. Tanlovga 2020 yilning 5 sentyabridan 2021 yilning 5 iyungacha boʼlgan davrda rasman chop etilgan, gazeta-jurnallar va internet nashrlarida eʼlon qilingan maqolalar, radio va telekanallarda efirga uzatilgan materiallar joriy yilning 23 iyuniga qadar qabul qilinadi. Barcha taqdim etilgan materiallar Ishchi guruh tomonidan oʼrganiladi. Respublikada faoliyat olib boruvchi ommaviy axborot vositalari vakillari (tanlovga) oʼz ijodiy ishlarini Oʼzbekiston Respulikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga joriy yilning 23 iyunigacha shaxsiy maʼlumotnoma, bogʼlanish uchun telefon raqami va pasport nusxasini ilova qilingan holda taqdim etishlari lozim boʼladi. “Yangi Oʼzbekistonda farzandlar kelajagi!” tanlovida 3 yoʼnalishda jami6 ta gʼolib aniqlanadi: 1-yoʼnalish: “Eng yaxshi publitsistik material” (bosma nashrlar) 2 nafar gʼolib (oʼzbek va rus tilidagi material uchun) 2-yoʼnalish: “Eng yaxshi maqola” (internet saytlar va nashrlar) 2 nafar gʼolib (oʼzbek va rus tilidagi maqola uchun) 3-yoʼnalish: “Eng yaxshi efir materiali” (televidenie va radio) 2 nafar gʼolib (oʼzbek va rus tilidagi efir materiali uchun) Talab qilinadi: Ishtirokchilar oʼz materiallarini @MTVtanlov_bot telegram manziliga yuborishlari kerak, zarur savollar boʼyicha +99899-861-96-56 qoʼngʼiroq qilishlari mumkin. Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati