Piskent tumanida 120 oʻrinli MTT foydalanishga topshirildi
Toshkent viloyati Piskent tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi “2021-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4936-son Qarori ijrosi yuzasidan bir qator maktabgacha taʼlim tashkilotlari yangidan qurildi va mavjudlari taʼmirlandi. Xuddi shunday yangi qurilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan biri tumanning olis “Chimqoʻrgʻon” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan 120 oʻrinli 18-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Foydalanishga topshirilgan mazkur maktabgacha taʼlim tashkiloti zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan va bolajonlarni oʻz bagʻriga qabul qilib olgan (tashkilotda 4 ta guruh boʻlib,1 ta katta guruh, 1 ta oʻrta guruh, 1 ta kichik guruh va 1 ta maktabga tayyorlov guruhlari mavjud). Maʼlumot uchun: Piskent tumanida hozirgi kunda 19 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, 2 ta xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti, 2 ta davlat xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti va 23 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻlib, jami 46 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda tumanda 3-7 yoshli maktabgacha bolalar soni 6 859 nafarni tashkil etib, mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan tuman miqyosida 4 232 nafar tarbiyalanuvchilar qamrab olingan boʻlib, 61.7 foiz koʻrsatkichni tashkil etadi.
2022-yil 30-may kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi, Sport vazirligi, Velosport federatsiyasi bilan hamkorlikda 6 yoshli bolalar o‘rtasida II velomarafon o‘tkazildi. Ta’kidlash joizki, bolalar va o‘smirlarni ekologik, jismoniy tarbiya va sportga ommaviy jalb qilish masalalari O‘zbekiston Respublikasi hukumatining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. 2021-yilda maktabgacha taʼlim tizimiga ekologik taʼlim-tarbiyani hamda bolalar uchun begovel haydash metodikasini joriy etish boʻyicha loyiha ishga tushirildi, bu esa maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik taʼlim va begovel haydash texnikasi boʻyicha bilimlarini oshirish imkonini berdi. Buning uchun 13 ta pilot davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti 400 ta begovel bilan ta’minlandi. 2021-yil 1-iyun kuni Toshkent shahridagi markaziy ekobog‘da birinchi bolalar velomarafoni bo‘lib o‘tdi, unda 6 yoshli 65 nafar bola, shuningdek, o‘qituvchilar, velosportchilar ishtirok etdi. 2022-yilda loyiha doirasida 20 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olinib, ularga 500 ta begovel taqdim etildi. Bolalar velomarafonining asosiy maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil transport turidan foydalanish sohasida barqaror ko‘nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velosportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va xulq-atvor madaniyatini oshirish, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat. Velomarafonda ishtirok etgan bolalar esdalik medallari, sovg‘alar bilan taqdirlandilar, shuningdek, ular uchun ko‘ngilochar dastur tashkil etilib, san’atkorlar bilan birgalikda turli tanlov va o‘yinlarda ishtirok etildi.
Joriy yilning 13-iyun kuni “Sifatli taʼlim-inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili” hamda “Bogʻcha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishda olib borilayotgan amaliy ishlar” mavzularidagi matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda qayd etilishicha, taʼlimga yoʻnaltirilgan investitsiya nafaqat mamlakatni rivojlantirishning maxsus strategiyasi, balki inson kapitali va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy siyosatdir. Buning natijasida inson kapitali takomillashib, moddiy farovonlik va sogʻlom turmush tarziga erishiladi. Inson kapitali har bir insonning individual kapital shaklidir. Qobiliyat, bilim, koʻnikma va tajriba har bir yoshning shaxsiy mulkidir. Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yil – “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini tashkil etish masalalari yuzasidan qabul qilingan yangi taraqqiyot strategiyasida yettita ustuvor yoʻnalish boʻyicha “Inson qadri uchun – 100 ta maqsad” belgilangan. Ular orasida Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirishga oid vazifalar alohida oʻrin tutishi haqida ushbu matbuot anjumanida taʼkidlab oʻtildi. Prezidentning “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonida Maktabgacha taʼlim vazirligining zimmasiga 3 ta vazifa yuklatilgan boʻlib, - xususan, 2022/2023-yillarda 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 foizga yetkazish; - 2024/2025 oʻquv yili yakuniga qadar esa 100 foizga yetkazish; - Maktabgacha taʼlim tizimiga xususiy sektor mablagʻlarini jalb qilish orqali7 mingdan ziyod yangi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini barpo etish; - Bogʻcha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimi joriy etish; - 2022 — 2026-yillarda 160 mingdan ziyod pedagog kadrlarning malakasini oshirish; Maktabgacha taʼlim tizimida moliyaviy jarayonlarning shaffof tarzda amalga oshirish kabi vazifalar belgilanganki, yuqoridagilarning barchasi maktabgacha taʼlim sohasidagi taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan. Jumladan, Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasining 39-maqsadi ham aynan shu mazmunda boʻlib, “Maktabgacha taʼlim tizimida taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqish” deb nomlanganligi, bugungi matbuot anjumanining nomlanishiga ahamiyat bergan holda, haqiqatda sifatli taʼlim-inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili hisoblanishi va bu borada Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida belgilangan vazifalar yuzasidan toʻxtalib oʻtildi. “Albatta taʼlim sifatiga eʼtibor qaratilar ekan, birinchi navbatda bogʻcha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borish bosh maqsad boʻlib, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining soni ortgan sari, pedagog kadirlarga boʻlgan ehtiyoj ham oshib borayotganligi, hozirgi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining malakasini oshirish shakl va metodikalari xalqaro tajribalar asosida qayta koʻrib chiqilmoqda”-dedi Maktabgacha taʼlim vazirligi masʼul xodimi. Vazirlikning masʼul xodimi soʻzida davom etib quyidagilarni maʼlum qildi: “Pedagoglarning kasbga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazib kelinayotgan oʻquv–amaliy seminarlarda taʼlim–tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan samarali foydalanish malakasini oshirish, nazariy bilimlarining amaliyot bilan mustahkamlanishi yaxshi natijalar koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi: Jumladan: Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 350 nafar trenerlar tayyorlandi. Ushbu trenerlar tomonidan 2021-yil sentyabr-dekabr oylarida oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 22 mingdan ziyod pedagoglari qisqa muddatli oʻquv kurslarda oʻqitildilar. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tomonidan “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy kompetensiyasi va kreativligini oshirish” mavzusida qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etildi. Mazkur oʻquv kurslari uchun institut tomonidan 28 nafar hududiy boshqarmalar miqyosida, 414 nafar tuman (shahar) miqyosida trenerlar tayyorlandi. Mazkur trenerlar tomonidan 24 mingdan ziyod pedagoglar qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitildi. Shuningdek, institut tomonidan pedagogika kollejlari oʻqituvchilari uchun “Ilm yoʻli” variativ dasturi boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kursida 300 nafar pedagogika kollejlari maxsus fan oʻqituvchilari oʻqitildilar. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etildi. Mazkur oʻquv kurslariga oliy taʼlim muassasalarining 70 nafar professor-oʻqituvchilari jalb etildi. Ular tomonidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari 1,5 ming nafar psixologlari oʻqitildi. 2021-yilda 14029 nafar pedagog kadrlarning malakasi oshirildi, shundan 8198 nafar tarbiyachilardir. Shuningdek, pedagog kadrlar sifatini oshirish maqsadida qisqa muddat oʻquv kurslari tashkil etilib, mazkur kurslarda 50 mingdan ziyod pedagog kadrlar, shundan 22 mingdan ziyodi oilaviy NMTT pedagog kadrlari faol ishtirok etdilar. 2022-yilda 17288 nafar pedagog kadrlarning malakasini oshirish rejalashtirilgan. Ularning 8600 nafari maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida, 7500 nafari Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Xalq taʼlimi hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida, 1188 nafari Jisminiy tarbiya va sport mutaxassislarini ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida malaka oshirilishi rejalashtirilgan. 2022-yilning 1-choragida jami 4 652 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarning malakasi oshirildi. Hozirgi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining malakasini oshirish shakl va metodikalari xalqaro tajribalar asosida qayta koʻrib chiqilmoqda. Jumladan, Maktabgacha taʼlim vazirligi tassarufida 95 ta pedagogika kollejlari mavjud boʻlib, bu pedagogika kollejlari maktabgacha taʼlim sohasi uchun oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlaydi. Bugungi kunda ushbu pedagogika kollejlarida jami 53 197 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. Jumladan, 1-bosqichda 26155 nafar, 2-bosqichda 27042 nafar oʻquvchilar taʼlim olmoqda. Shundan kunduzgi taʼlim shaklida 41374 nafar, sirtqi taʼlim shaklida 8674 nafar, kechki taʼlim shaklida 866 nafar va dual taʼlim shaklida 2283 nafar oʻquvchilar tahsil olishmoqda. Maktabgacha taʼlim vazirligining talab va takliflari asosida kollejlarda tayyorlov yoʻnalishlari oʻquv rejalari tarkibiga “Davlat talablari va MTT oʻquv dasturi” fani, “Bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash”, “Rivojlanish markazlarida bolalar faoliyatni tashkil etish” oʻquv amaliyotlari kiritilganligi, Maktabgacha taʼlim tashkilotlari taʼlim-tarbiya jarayoniga tegishli boʻlgan barcha meʼyoriy-huquqiy hujjatalarni oʻrganish maxsus fanlar oʻquv dasturlariga kiritilganligi aytib oʻtildi. Matbuot anjumanida, pedagogika kollejlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar taʼlimni bevosita maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ishlash bilan birgalikda olib borayotganliklari, nazariya va amaliyot birligiga erishilayotganligi, bevosita ishlash jarayonida yuzaga keladigan savollarning yechimi taʼlim tashkilotining pedagoglari bilan birgalikda amalga oshirilayotganligi taʼkidlandi. Shu bilan birgalikda pedagogika kollejlariga 2021-yildan dual taʼlim tizimi joriy etilib, dual taʼlim shakli oʻquvchilari haftada 3 kun pedagogika kollejlari oʻquv jarayonlarida ishtirok etishlari va qolgan 3 kunda tegishli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tegishli mashgʻulotlar bilan birga mehnat faoliyatini olib borishayotganliklari haqida maʼlum qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-maydagi “Namangan va Fargʻona viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish boʻyicha maktabgacha taʼlim klasterlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 268-sonli qarori asosida Namangan viloyati Namangan pedagogika kollejida va Fargʻona viloyati Qoʻqon pedagogika kollejida tajriba-sinov tariqasida Maktabgacha taʼlim klasterlari tashkil etildi. Maktabgacha taʼlim klasterlarida oʻquv mashgʻulotlari Namangan davlat universiteti, Qoʻqon universiteti, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahar filiali, Toshkent shahridagi Puchon universitetlarining professor-oʻqituvchilari va xalqaro konsultantlar tomonidan olib borilmoqda. Bugungi kunda mazkur klasterlarda jami 1022 nafar rahbar va pedagog kadrlarning malakasi oshirildi. Jahon bankining 1-komponent boʻyicha “Yosh bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida. Taʼlim sifatini oshirish, bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvlarini rivojlantirishga koʻmaklashish, “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimda bola tarbiyasiga yoʻnaltirilgan yondashuvni joriy etish” treningining ikkinchi moduli doirasida treninglar oʻtkazildi. Mazkur treninglarda jami 110 nafar pedagog kadrlar 4 ta guruhga boʻlinib ishtirok etishdi.” “Taʼlimni modernizatsiya qilish davom ettirilar ekan, albatta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolajonlarga berilayotgan taʼlim sifatini ham tubdan isloh etish ishlari olib borilmoqda”, - deydi vazirlikning Taʼlim jarayoni sifatini taʼminlash va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi xodimi Nasiba Umirzoqova. Albatta taʼlim sifatini oshirish uchun pedagog kadrlarning sifatini oshirish bilan birgalikda zamon talablariga javob beradigan oʻquv dasturlar, qoʻllanmalar va didaktik materiallarning oʻrni beqiyosdir. Xalqaro ekspertlar ishtirokidagi eng yaxshi amaliyotlar asosida ilk marotaba shaxsga yoʻnaltirilgan va kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning erta rivojlanishiga qoʻyilgan davlat talablari va “Ilk qadam” nomli davlat taʼlim dasturi ishlab chiqilib amaliyotga joriy etildi. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga samarali taʼlim-tarbiya berish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standarti tasdiqlandi. “Ilk qadam” nomli davlat taʼlim dasturi asosida bolalarni maktabga tayyorlov guruhlarida taʼlim tarbiya jarayonini tashkil etish boʻyicha “Ilm yoʻli” variativ dasturi va imkoniyati cheklangan bolalarni rivojlantirish maqsadida moslashtirilgan taʼlim dasturi amaliyotga kiritildi. “Ilk qadam” dasturini amaliyotga joriy etish uchun pedagoglarga moʻljallangan 6 nomdagi oʻquv metodik taʼminot ishlab chiqildi. Shuningdek, ilk marotaba turli yoshdagi guruhlar uchun yillik mavzuviy rejalar namunasi ishlab chiqildi. Shuningdek, 2018-2021-yillar davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻquv metodik qoʻllanmalar va didaktik materiallar yetkazib berildi. 2021-yil davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazilgan oʻquv-metodik qoʻllanmalar, didaktik plakatlar va oʻyinlar hamda oʻyinchoqlar bilan taʼminlanish darajasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 2021-yil davomida: Pedagoglar uchun bolalar davomatini qayd etish daftarlari – 48 811 ta; Pedagoglar uchun 6149 ta “ Ish daftari” (har bir komplekt 5 ta kitobdan iborat); 6 149 ta panoramli ertaklar (har bir komplekt 6 ta kitobdan iborat); 25 000 ta pedagogik qoʻllanma va didaktik materiallar (rus va oʻzbek tillarda); 6 149 ta musiqa rahbarlari uchun qoʻllanma; 20 000 dona “Komikslar” toʻplami (har bir toʻplam 3 dona oʻzbek xalq ertaklaridan iborat); 3-7 yoshli bolalar uchun “Qizil gul”, “Oq gul”, “Sariq gul”, “Moviy gul” nomli taʼlimiy, rangli-bezakli badiiy asarlar, oʻzbek ertaklari va sheʼrlar toʻplami 20 000 nusxada (kitoblar nusxasi ilova qilinadi) ishlab chiqilib maktabgacha taʼlim tashkilotlariga taʼlim-tarbiya jarayonlarida foydalanish uchun yetkazib berildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yuqori sifatli oʻquv didaktik materiallari bilan taʼminlanganligi 10 00 ta “Luliya aylanalari” didaktik toʻplami; 3-7 yoshli bolalar uchun diqqatni jamlash va mantiqiy fikirlarni rivojlantirishga qaratilgan 20 000 ta “SOAT” 20 000 ta elementar matematika tasavvrularini va bilimlarini rivojlantirish boʻyicha didaktik oʻyinlar va masalalar toʻplami (har bir toʻplam 40 ta plakatdan iborat) (rus va oʻzbek tillarda); 10 000 ta koʻrgazmali didaktik plakatlar toʻplami (har bir toʻplam 45 ta plakatdan iborat) (rus va oʻzbek tillarda); 10 000 ta markazlarda faoliyatni tashkil etish uchun didaktik kartochkalar toʻplami (har bir toʻplam 376 ta kartochkadan iborat) (rus va oʻzbek tillarda); oʻzida milliy siymolar, milliy ertaklar hamda multfilm qahramonlari koʻrinishlari va lavhalarini aks ettirgan 6 149 nusxada “Stol teatri” didaktik toʻplami; 3-7 yoshli bolalar uchun “Koʻngilochar” geometrik tushunchalarni hosil qilish va logikani rivojlantirishga qaratilgan grafomatorika boʻyicha 6 149 ta didaktik toʻplam; 466 032 tadan tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari uchun “Ish daftarlari”; “Matematika daftari” va “Ingliz tili daftari” ishlab chiqilib, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga taʼlim-tarbiya jarayonlarida foydalanish uchun yetkazib berilganligi matbuot anjumanida soha mutaxassislari tomonidan taʼkidlandi. Maʼlumot uchun: Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 2017-yilda jami 58 400 nafar pedagog kadrlar faoliyat yuritgan. Ularning 12 623 nafari (21,6%) oliy maʼlumotli, 45 777 nafari oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlarni tashkil etgan. Bugungi kunda 2022-yilda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida jami 149 024 nafar pedagog kadrlar faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan: 51 442 nafari (34,5%) oliy maʼlumotli, 97 582 nafari oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlardir. Jumladan, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 112 625 nafar pedagog kadrlar faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning 41 259 nafari (36,6%) oliy maʼlumotli, 71 366 nafari oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlardir. Bugungi kunda 3-7 yoshli bolalarning umumiy soni 2 820 161 nafarni tashkil etib, shundan 1 957 358 nafar bola (2017-yilda – 708 247; 2018-yilda – 932 310; 2019-yilda – 1 413 290; 2020-yilda – 1 699 566; 2021-yilda – 1 895 148 nafar bola) yoki maktabgacha yoshdagi aholining 69,4 foizi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olindi (2017-yilda – 27,7%; 2018-yilda – 37,7%; 2019-yilda – 52,3%; 2020-yilda –60,9%; 2021-yilda – 67,2%). Shu bilan birga 2022-yilning 1-iyun holatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida 28 012 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti (2017-yilda – 5 211 ta; 2018-yilda – 7 104 ta; 2019-yilda – 13 530 ta; 2020-yilda – 18 254 ta; 2021-yilda – 27 609ta), shu jumladan 6 412 ta davlat va 21 600 ta (shundan 738 ta xususiy, 19 672 ta oilaviy va DXSH doirasida 1 190 ta nodavlat) nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda. Yuqoridagi maʼlumotlar esa, foizlar koʻrsatgichi yildan-yilga ortib borganini koʻrsatadi. Bundan tashqari, «Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim tizimini2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, 2030-yilga kelib maktabgacha taʼlimga bolalarning 80,8 foizini qamrab olish rejalashtirilgan.
2022-yil 22-iyun kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashining yigʻilishi hamda sohada amalga oshirilgan ishlar va rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. I. Maktabgacha taʼlim tizimi boʻyicha 2017-2021-yillarda amalga oshirilgan ishlarning tahliliy maʼlumoti 2017-yilda maktabgacha taʼlim tizimiga ajratilgan mablagʻlarning (jami 2,0 trln.soʻm) YAIMdagi ulushi 0,7 foizni tashkil etgan boʻlsa,2021-yilda 7,3 trln.soʻm ajratilgan boʻlib bu koʻrsatkich 1,06 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, Davlat byudjeti xarajatlari tarkibidagi ulushi2017-yilda 4,46 foizni, 2021-yilda kelib 4,86 foizni tashkil etdi. 2017-2021-yillarda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi ikki barobardan oshdi. Jumladan, 2017-yilda maktabgacha yoshdagi bolalarning 708 ming nafari, 2020-yilda 1 mln 700 ming nafari,(60,9 foiz) maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan boʻlsa, bugungi kunga qadar qoʻshimcha 257 ming nafar (+ 8,5 foiz) bola qamrab olinishi hisobiga ularning soni 1 mln 957 ming nafarga (69,4 foiz) yetdi. Respublikadagi barcha bolalar uchun bir xil boshlangʻich imkoniyatlarni yaratish yoʻlida har bir bolaning maktabga kirishidan bir yil oldin umumiy oʻrta taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtishga boʻlgan huquqi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya” toʻgʻrisidagi qonun bilan kafolatlandi. Endilikda bolalar maktabga chiqishdan oldin bir yillik majburiy bepul maktabga tayyorlovdan oʻtkazilmoqda. Joriy yil yakuniga kelib qamrab olingan 6 yoshli bolalar soni 589 ming nafarga (83,8 foiz) yetdi. 2017-yildagi 5 211 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari soniga nisbatan besh barobarga oshib, hozirda 28 012tani (2020-yilda 18 254 ta) tashkil etmoqda. Tizimga xususiy sektorning jalb qilinishi natijasida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 250 tadan 21 600 taga yetdi. Jumladan, davlat-xususiy sherikchilik sohasidagi oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 19 672 taga yetdi. Davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 56 foiz tarbiyalanuvchilari imtiyozli shartlarda ota-ona toʻlovini amalga oshiradi. Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil qilishga 2,2 trln. soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari yoʻnaltirildi. Natijada maktabgacha taʼlimga jalb etilgan bolalarning 32 foizi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya olmoqda. 2018-2021-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturlari doirasida1 424 ta (2021-yilda 199 ta) obyektlarda qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi natijada bolalar uchun qoʻshimcha 73 mingdan ortiq (2021-yilda 12 395) oʻrinlar yaratildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun bepul maktabgacha taʼlimning muqobil turlari joriy etildi. Jumladan: “Aqlvoy” loyihasi doirasida respublikadagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan hamda qamrov koʻrsatkichlari past boʻlgan142 ta MFYda 7 mingga yaqin bolalarni qamrab oladigan qayta jihozlangan 65 ta avtobuslar negizida 387 ta mobil guruhlar shakllantirildi. BMTning Xalqaro bolalar fondi YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda tajriba-sinov tariqasida Namangan va Xorazm viloyatlarida8 ta maktabgacha taʼlimning “Turli xil yoshdagi maktabgacha taʼlim guruhlari” (oʻyin guruhlari) muqobil shakli joriy etilib, jami 400 nafar bola qamrab olindi. Shu kunga qadar Maktabgacha taʼlim vazirligi va xorijiy hamkorlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan 71 ta memorandum va kelishuvlar imzolandi. Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish boʻyicha 141 mln (2021-yilda 43,6 mln) AQSH dollari miqdorida xalqaro kelishuvlarga erishilgan. Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash hamda sifatli taʼlim xizmatini koʻrsatish boʻyicha ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi 96 ta pedagogika kollejlarida jami 54 551 nafar talaba oʻqimoqda. Shundan, kunduzgi taʼlim shakli bilan bir qatorda 11 300 dan ziyod talabalarni qamrab olgan holda ilk bor sirtqi, kechki va dual taʼlim shakllari ham joriy etildi. 2021-2022 oʻquv yilida Toshkent shahrida Puchon universitetining (Janubiy Koreya) “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishida 1 198 nafar talaba, “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat-byudjet oliy taʼlim muassasasi filialining Maktabgacha taʼlim sohasiga oid 298 nafar talaba tahsil olmoqda. Maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglar soni 2017-yilda 58 400 nafarni, 2021-yil yakunida esa 134 641 nafarni tashkil etdi. Shuningdek, oliy maʼlumotli pedagoglar salmogʻi 21,6 foizdan 33,8 foizgacha (2021-yilda +2,1 foiz) yetkazildi. 2017-2021-yillarda Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 18 469 nafar rahbar, mutaxassis va pedagoglar malakasini oshirgan, 1 443 nafar nomutaxassis kadrlar qayta tayyorlash kurslaridan oʻtgan. 50 mingdan ortiq rahbar, mutaxassis va pedagoglar uchun kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil qilingan. 2018-2021-yillar davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 55 ming dona “Ilk qadam” dasturi va davlat talablari, 122 ming komplekt didaktik plakat va kartochkalar, 2 mln 768 ming dona ish daftarlari, 12,5 ming komplekt mavzuli rejalashtirish toʻplami, 153 ming komplekt didaktik oʻyinlar, 475 ming dona bolalarni rivojlantiruvchi oʻyinchoqlar, 80 ming komplekt badiiy adabiyotlar, pedagoglar uchun 255 ming dona oʻquv va metodik qoʻllanmalar yetkazib berildi. Inklyuziv taʼlim tamoyillari va imkoniyati cheklangan bolalarga yordam koʻrsatishning yangi shakllari joriy etilmoqda. Jumladan, Nukus, Qarshi shaharlari va Qibray tumanida “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti kabi yangi shakllari joriy etildi. 2021-yilda barcha koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari reabilititsiya asbob uskunalari bilan taʼminlandi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislari bilan birgalikda bolalarni ovqatlantirish standartlari, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxati hamda ovqat tayyorlash texnologiyasini koʻrib chiqilib, ushbu tamoyillarni amaliyotga tatbiq etish va bolalarning sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun taomlar retsepti kitobi ishlab chiqildi. II. Maktabgacha taʼlim sohasida hal etilishi lozim boʻlgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari. Birinchidan, respublikada 1,1 mingga yaqin MFYda maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud emas. Buning uchun: - har yilgi Investitsiya va boshqa dasturlar doirasida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish va boʻsh turgan obyektlarni rekonstruksiya qilish; - maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini joriy qilish; - qurilishning muqobil shakllaridan foydalanish; - yangi qurilish uchun xorijiy grant va kredit mablagʻlarini jalb qilish; - nodavlat sektorning sohadagi ulushini oshirish; - turar-joy binolarining birinchi qavatlaridan foydalangan holda yangi quvvatlarni yaratish ishlarini rivojlantirish. Ikkinchidan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari pastligi kadrlar qoʻnimsizligini keltirib chiqarmoqda, shuningdek tajribali kadrlarni jalb etish imkoniyatlarini pasaytirmoqda. Maʼlumot uchun, oliy toifadagi tarbiyachining bazaviy tarif stavkasi 1,8 mln soʻmni; birinchi toifadagi 1,7 mln soʻmni; ikkinchi toifadagi 1,57 mln soʻmni va oliy maʼlumotli tarbiyachining bazaviy tarif stavkasi 1,45 mln soʻmni hamda oshxona oshpazining ish haqi miqdori 909 ming soʻmni tashkil etadi. Buning uchun: - maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilari ish haqi miqdorini boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining ish haqiga tenglashtirish; - maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining bazaviy tarif stavkalarini oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish. Uchinchidan, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oliy maʼlumotli pedagog kadrlar ulushi atigi 33,8 foizni tashkil etadi. Oliy maʼlumotli kadrlar ulushini oshirish uchun: A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filiali va Toshkentdagi Puchon universitetida maktabgacha taʼlim yoʻnalishlarida sirtqi taʼlim shaklini kengaytirish; A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda “Komanda pedagogov pod klyuch” loyihasini amalga oshirish; maktabgacha taʼlim sohasida kadrlarni fanlararo integrativ tayyorlash, bunda maktabgacha taʼlim yoʻnalishida universal kadr tayyorlashni, yaʼni har bir bitiruvchi ham tarbiyachi, ham musiqa rahbari, ham jismoniy tarbiya yoʻriqchisi, ham xorijiy til oʻqituvchisi kompetensiyasi bilan tayyorlanishini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish; - Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar kadrlari zahirasini maqsadli oʻqitish kurslarini yoʻlga qoʻyish; - bakalavriatning nopedagogik taʼlim yoʻnalishlari bitirgan oliy maʼlumotli kadrlar uchun kasbiy qayta tayyorlash kurslarini, musiqa, jismoniy tarbiya, xorijiy til yoʻnalishlarini bitiruvchilari uchun pedagogik qayta tayyorlash kurslari tarmogʻini kengaytirish. Toʻrtinchidan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining salohiyati past, rahbar va pedagog kadrlarning professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning samarali tizimi mavjud emas. Buning uchun: - KOICA ning “Oʻzbekistonda kadrlarni tayyorlash, oʻqitish va rivojlantirish boʻyicha Kompleks markazni tashkil etish orqali maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish; nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi pedagog kadrlarni malakasini oshirish, shu jumladan qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish; - pedagog kadrlarni malakasini oshirishning koʻp ballik tizimga asoslangan uzluksiz, muqobil shakllarini tajriba-sinov tariqasida joriy etish; - pedagogika kollejlari bazasida oliy taʼlim muassasalari ishtirokida tajriba-sinov tariqasida “Maktabgacha taʼlim klasteri” faoliyatini yoʻlga qoʻyish; pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanish monitoringini olib borishning elektron axborot tizimini joriy etish.
I. Davlat-xususiy sheriklik asosida tuzilgan bitimlar boʻyicha monitoring olib borishni tashkil etish yoʻnalishida. 2018-2019-yillarda bitimi imzolangan va imtiyozli kredit mablagʻlari bilan moliyalashtirilgan biroq qurilish va jihozlash ishlari muddatida bajarilmagan loyihalar soni yil boshiga 76 tani tashkil qilgan. Imtiyozli kredit mablagʻlari bilan moliyalashtirilgan biroq qurilish, rekonstruksiya va jihozlash ishlari oʻz muddatida yakunlanmagan bitimlar boʻyicha Xususiy sheriklar tomonidan bitim majburiyatlarini bajarilishi jarayoni ustidan Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida monitoring olib borilib, natijada jami 19 ta loyihalar boʻyicha xususiy sheriklarga nisbatan qurilish ishlarini oʻz muddatida yakunlamaganliklari uchun bitimning 6.2-bandiga asosan ularga nisbatan jami 2 279,9 mln.soʻm penya hisoblandi va talabnomalar yuborildi. Bugungi kunda qurilish ishlari yakunlanmagan loyihalar soni60 tani tashkil qiladi. 2.Bitim majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmagan 9 ta loyihalar boʻyicha oldin yuborilgan talabnomalar boʻyicha sudlarga daʼvo arizalari kiritilgan, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 2 ta, Xorazm viloyatidagi 5 ta, Jizzax viloyatidagi 2 ta loyihalar boʻyicha iqtisodiy sud ishi jarayonlarida qatnashildi, sud qarori boʻyicha vazirlik foydasiga 279,8 mln. soʻm penya undirish yuzasidan qarorlar chiqdi. Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi “BILAGʼON SITI” NTMga 1780,0 mln.soʻm imtiyozli kredit mablagʻi toʻliq ajratilgan boʻlib, Xususiy sherik tomonidan qurilish ishlari boshlanmagan, mazkur holat yuzasidan monitoring hujjatlari qonuniy chora koʻrish uchun Bosh Prokuraturaga yuborildi. Muammoli loyihalar boʻyicha tegishli tuman va shahar hokimligi, prokuraturasi va ichki ishlar boʻlimlariga xatlar yuborilib, loyihalar oʻz vaqtida ishga tushishini nazoratga olinishida amaliy yordam soʻraldi. Qurilish ishlari umuman boshlanmagan jami 11 ta loyihalar boʻyicha Xususiy sheriklarga qurilish ishlarini boshlash choralarini koʻrishliklari aks holda bitim bekor qilinishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirish xatlari yuborildi. II. Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yoʻnalishida. 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 12-apreldagi PQ-5071-son qarori ijrosi yuzasidan 2018-2019-yillarda bitimi imzolangan qurilish ishlari 25 va undan ortiq foizlarda bajarilgan quvvati 12940 taga moʻljallangan jami 115 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirilishi va ularda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan choraklik monitoring olib borildi. Tijorat banklari tomonidan jami 115 ta loyihalarga bitim boʻyicha ajratilishi lozim boʻlgan kredit mablagʻlari 256 182,0 mln.soʻm boʻlib, haqiqatda 50 ta loyihalarga jami 162 462,4 mln.soʻm kredit mablagʻlari ajratilgan. Qolgan 93 719,8 mln.soʻm kredit mablagʻlari 8 ta Xususiy sheriklar tomonidan kredit mablagʻlari olishni rad qilinganligi, 2 ta loyiha boʻyicha bitimlar bekor qilinganligi, 12 ta loyihalar boʻyicha garov taʼminoti taʼminlanmaganligi, 33 ta loyihalar boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari olib borilayotganligi sababli moliyalashtirilmaganligi aniqlandi. Bugungi kunda jami 113 ta loyihalardan 6 tasi ishga tushirilgan, qolgan 107 ta loyihalar boʻyicha qurilish ishlari davom etmoqda. Bu haqida Vazirlar Mahkamasiga 2022-yil 27-iyundagi 02-02/3-1534-sonli xat bilan maʼlumotnoma berildi. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Xorazm va Toshkent viloyatida jami 24 loyihalar boʻyicha Xususiy sheriklar tomonidan bitim majburiyatlarini bajarilishi va ularni kredit mablagʻi bilan moliyalashtirilishi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi. Shuningdek monitoring davrida tegishli bank muassasalari va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda ishlar olib borildi, ishlarni jadallashtirish yuzasidan tarmoq grafiklari ishlab chiqildi. III. Ijro intizomini taʼminlash yoʻnalishida. 1.Joriy yil 6 oy davomida jami 337 ta yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida bitim tuzish, imtiyozli kredit ajratish, subsidiya ajratilishi va boshqa masalalar yuzasidan yozma va ogʻzaki murojaatlari kelib tushgan Mazkur murojaatlarning 318 tasiga javob xatlari yuborildi va tushuntirish ishlari olib borildi, 19 tasi ish jarayonida. Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bitim muddatini uzaytirish, tashkilot quvvatini oshirish, tashkilot manzilini oʻzgartirish va yangi bitim tuzish, 12-bob boʻyicha bitim tuzish, bitimni bekor qilish yuzasidan taqdim qilingan Samarqand viloyati boʻyicha jami 128 ta hujjatlar, Fargʻona viloyati boʻyicha jami 36 ta, Toshkent viloyati boʻyicha jami 216 ta va Namangan viloyati boʻyicha jami 72 ta, hammasi boʻlib 482 ta hujjatlar oʻrganib chiqilib, natijasi boʻyicha bitimga qoʻshimcha kelishuv tuzish uchun 452 tasi taqdim qilindi, 30 ta hujjatlar ularda kamchilik mavjudligi yoki qamrov darajasi 100 foizdan oshiqligi sababli, 12-bob boʻyicha mulkka egalik huquqi jismoniy shaxs nomida boʻlganligi uchun qaytarildi. IV. Mavjud muammolar. 1.Bugungi kunda davlat-xususiy sheriklik asosida tuzilgan bitimlar boʻyicha jami 60 ta loyihalarda qurilish, rekonstruksiya va jihozlash ishlari oʻz muddatida bajarilmay kelinmoqda. Davlat-xususiy sheriklik asosida tuzilgan bitimlarning4.1. va 5.2.8-bandlarida xususiy sheriklar davlat sherigiga har chorakda bitim boʻyicha majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan maktabgacha taʼlim hududiy boshqaruv organlari orqali hisobot topshirishlari belgilangan. Shunga asosan, har bir xususiy sherikka tegishli axborot va hisobotlarni taqdim qilishlari toʻgʻrisida yozma ravishda maʼlum qilishlari va ushbu axborot va hisobotlarni vazirlikka taqdim qilishlari yuzasidan hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalariga vazirlikning 2021-yil 22-fevralda 03-03/2-357-sonli hamda2021-yil 8-iyuldagi 02-03/2-2052-sonli koʻrsatma xatlari yuborilgan boʻlsada, ushbu topshiriq hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari tomonidan bajarilmasdan kelinmoqda. Investitsiya majburiyatini bajarmay kelayotgan barcha Xususiy sheriklarga ogohlantirish xatlari va talabnomalar yuborildi, barcha tegishli sektor rahbarlaridan amaliy yordam soʻrab xatlar joʻnatildi, sudga daʼvo arizalari kiritildi. Biroq shunga qaramay ayrim Xususiy sheriklar tomonidan obyektni foydalanishga topshirish choralari koʻrilmay kelinmoqda. Shu sababli yuqorida qayd etilgan 60 ta loyihalardan 18 tasi boʻyicha Xususiy sheriklar tomonidan obyektlar tashlab ketilganligi, oʻz mablagʻlarini sarflashni xohlashmayotganliklari sababli tegishli tartibda bitimlar bekor qilinishi, 6 ta bitimlar boʻyicha tashkilot taʼsischisini oʻzgartirish choralari koʻrilishi tavsiya qilinadi. V. Yil yakuniga qadar bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil10-iyundagi PQ-5144-son qarorining ikkinchi ilovasi 6.3-bandi ijrosi yuzasidan choraklik monitoring olib borish. 2. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyatini oʻz muddatida boshlamagan Andijon viloyatidagi 1 ta, Jizzax viloyatidagi 1 ta, Surxondaryo viloyatidagi 1 ta, Toshkent viloyatidagi 2 ta va Namangan viloyatidagi 2 ta loyihalar boʻyicha joyiga chiqqan holda monitoringini olib borish. 3. Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushadigan murojaatlarni oʻrganib chiqib, oʻz vaqtida javob xatlarini yoʻllash. 4. Vazirlik rahbariyati tomonidan beriladigan topshiriqlarni bajarish.
Ishga oʻz vaqtida kelib-ketildi, ichki mehnat, odob-axloq qoidalari, jamoa shartnomasi hamda boshqarmaning Nizomiga toʻliq rioya qilindi. Belgilangan tartibda Ishlar boshqarmasi boshligʻi rahbarligi ostida ish olib borildi hamda yuklatilgan vazifalar oʻz vaqtida ijro etildi. Ishlar boshqarmasining asosiy vazifasi vazirlik ishchi xodimlariga mehnat qilishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish, binoni tozaligini saqlash, binoda issiqlik tizimi faoliyatini nazorat qilish hamda zarur konselyariya mollari va boshqa jihozlar bilan taʼminlashdan iborat. Boshqarmadagi umumiy vazifalardan tashqari quyidagi ishlar amalga oshirildi: - vazirlikning 2022-yil 7-iyundagi 135-sonli buyrugʻiga asosan tovar moddiy boyliklarini sanoqdan oʻtkazish yaʼni, inventarizatsiya qilish ishlari komissiya aʼzolari tomonidan olib borilmoqda va vazirlik balansida boʻlgan tovar-moddiy boyliklar toʻliq sanoqdan oʻtkazilib, hisobotini nihoyasiga yetkazish ishlari amalga oshirilmoqda; - vazirlik binosi va bino uchun xarid qilingan asosiy vositalarni quruvchidan qabul qilib olish ishlari boʻyicha “Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha injenering kompaniyasi” DUK va pudratchi oʻrtasidagi hisobot nihoyasiga yetmayotganligi sababli Ishlar boshqarmasi tomonidan kirim qilish ishlari kechiktirilmoqda. Chunki, buyruqda buyurtmachi pudratchidan qabul qilib olishi belgilangan; - vazirlik binosi yoz mavsumiga toʻliq tayyor holga keltirildi. Bugungi kunda chiller sovitish tizimi nuqsonsiz ishlamoqda; - kommunal xizmatlar boʻyicha suv, svet, gaz va maxsus trans xizmatlari uchun oylik hisobotlari tayyorlanib, oʻz vaqtida tegishli tashkilotlarga taqdim etildi. - vazirlik ehtiyojlari uchun 2022-yilga moʻljallangan xarajatlar smetasida koʻrsatilgan tovarlarni talabnoma asosida xarid qilish masalalari boʻyicha jami 234 ta talabnoma kelib tushgan boʻlib, barchasi ijobiy hal etilgan va tovarlar xodimlarga taqdim etilgan hamda hisob-kitobi yuritilib tovar-moddiy boyliklari hisoboti Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasiga taqdim etilgan. Vazirlikning tegishli boshqarma va boʻlimlari tomonidan taqdim qilingan buyurtmalar buyruq asosida davlat xaridlari portaliga joylashtirildi. Jumladan, - Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 28-fevraldagi “Maktabgacha taʼlim vazirligining faoliyatiga doir hisoboti - 2021-yil natijalari, 2022-yilda rejalashtirilgan vazifalar” mavzusida matbuot anjumani hamda “Zamonaviy media muhitda yangi PR trendlar” mavzusida oʻquv-seminar oʻtkazish toʻgʻrisida» gi 35-sonli buyrugʻining 2-ilovasiga asosan tadbir harakatlari uchun 17 900 000 soʻmlik; - 2022-yil 25-martdagi “Xalqaro Yer kuni munosabati bilan «Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovini oʻtkazish hamda respublika koʻrgazmasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 67-sonli buyrugʻining 4-ilovasiga asosan tadbir harakatlari uchun 34 738 000 soʻmlik; - 2022-yil 13-maydagi “1-iyun–Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami munosabati bilan Samarqand shahrida velomarafonini oʻtkazish toʻgʻrisida»gi 110-sonli buyrugʻining 2-ilovasiga asosan tadbir harakatlari uchun 71 750 000 soʻmlik; - 2022-yil 24-maydagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini boshqarish yuzasidan jamoatchilik nazoratini takomillashtirishda Kuzatuv kengashlari faoliyatining oʻrni” mavzusidagi amaliy seminarni oʻtkazish toʻgʻrisida»gi 122-sonli buyrugʻining 4-ilovasiga asosan tadbir harakatlari uchun 24 000 000 soʻmlik; - Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 7-iyundagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi yigʻilishi hamda 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan matbuot anjumanini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 134-sonli buyrugʻining 2-ilovasiga asosan tadbir harakatlari uchun 54 650 000 soʻmlik mahsulotlar xarid qilingan boʻlib tadbir tashkilotchilariga talabnoma asosida topshirildi. Bundan tashqari maktabgacha taʼlim vazirligi xodimlarini chet davlatlarga xizmat safariga borib-kelishlari uchun aviachiptalar va uchrashuvda vazirlik tomonidan taqdim qilinadigan hadyalar uchun jami 47 mln soʻmlik esdalik sovgʻalari xarid qilindi hamda xodimlarga taqdim etildi. Bugungi kunga kelib yuqorida koʻrsatilgan vazirlik tomonidan tashkil etilgan tadbirlar va chet el xizmat safariga ketishlari uchun jami 22 ta shartnomalar rasmiylashtirildi. Vazirlik balansidagi mavjud xizmat avtomashinalarining texnik ahvoli oʻrganildi, avtotransport vositalarini oʻrganish jarayonida taʼmirlash ishlarini tashkil etildi. Jumladan, davlat raqami 01 232 DAV xizmat avtomashinasining old oyna qismi shikastlanganligi, 01 013 GFA xizmat avtomashinasining tormoz qismi (kolotka) yemirilganligi, 01 996 WYA xizmat avtomashinasining tormoz qizmi, amortizatsiyasining yaroqsiz holga kelganligi sababli yangisiga almashtirildi hamda barcha xizmat avtomashinalarining motor moylari almashtirildi, xizmatga tayyorgarligi taʼminlandi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalalari boʻyicha qilingan ishlar: - Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshligʻining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha 2021-yilda bajarilgan ishlar yakuni va 2022-yildagi asosiy vazifalar toʻgʻrisida” 2022-yil11-yanvardagi 1-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, fuqaro muhofazasi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha 2022-yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar toʻgʻrisida buyruq loyihasi ishlab chiqildi va amaliyotga qaratildi (Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 24-fevraldagi 8-son buyrugʻi); - vazirlik xizmat, maishiy va yertoʻla xonalari yongʻin xavfsizligi talablari boʻyicha yoʻriqnoma vazir oʻrinbosari tomonidan 17-fevral kuni imzolanib va barcha masʼul xodimlarga imzo ostiga yetkazilishi taʼminlandi (barcha xona, yertoʻla va h.klariga tegishliligi boʻyicha oʻrnatildi), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktyabrdagi 649-son qarori talablari asosida Maktabgacha taʼlim vazirligi xodimlari va moddiy boyliklarini favqulodda vaziyatlar hamda yongʻin sodir boʻlganda evakuatsiya qilish rejasi qaytadan ishlab chiqildi (barcha qavatlar, yertoʻla va h.klariga tegishliligi boʻyicha oʻrnatildi), shuningdek, vazirlik binosi yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida hamda Mirobod tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan berilgan tavsiyasiga koʻra birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari belgilangan tartibda xarid qilinib koʻrsatib oʻtilgan joylarga oʻrnatildi; - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirning 2022-yil 24-yanvardagi 8-son buyrugʻi 2-ilovasi talablari asosida 14-18-mart, 28-martdan-01-aprelgacha, 04-15-aprel, 18-29-aprel, 02-06-may, 16-27-may hamda 20-24-iyun kunlari Maktabgacha taʼlim vazirligi hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida oʻqish rejasiga muvofiq fuqaro muhofazasi boʻyicha mutaxassis (masʼul xodim)lar oʻqitilishi taʼminlandi; - favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasining 2022-yildagi chora – tadbirlar rejasiga asosan aprel-may oylari mobaynida fuqaro muhofazasi oyligini tashkil qilish va oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutidan 2022-yilning 20-may kuni vazirlik markaziy apparati xodimlari bilan favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanishni, birlamchi oʻt oʻchirish vositalar va ulardan samarali foydalanishni hamda birinchi yordam koʻrsatishni oʻrgatish boʻyicha amaliy mashgʻulot tashkil etildi. Unda favqulodda vaziyatlarning oldini olish - oldindan oʻtkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar roʻy bergan taqdirda esa, odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligʻini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish - favqulodda vaziyatlar roʻy berganda oʻtkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligʻini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar roʻy bergan zonalarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslikka hamda xavfli omillar taʼsirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan ishlar kompleksi haqida maʼlumot berildi. Arxiv ishlari masalalari boʻyicha: - Oʻzbekiston Milliy arxivining 2022-yil asosiy ish rejasiga muvofiq arxiv hujjatlarining saqlanish holatini oʻrganish hamda uslubiy yordam koʻrsatish ishlari amalga oshirildi; - vazirlikning boshqarma va boʻlimlarida saqlanayotgan hujjatlar idoraviy arxivga qabul qilinib, turkumlashtirildi (Nazorat tahlil boshqarmasi-devonxonadan 2019-yilgi, Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagog kollejlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasidan 2020-yilgi, Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi, Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmatidan 2018-2020-yilgi hamda Yuridik boshqarmadan 2017-2020-yilgi hujjatlari). 2022-yilning I chorak holatiga mdo.ijro.uz tizimi orqali boshqarmaga jami 204 ta xat kelib tushgan boʻlib, shulardan 2 tasini yuridik fuqarolar tomonidan kelib tushgan taklif va murojaatlar tashkil etadi. Boshqa vazirlik, idora va tashkilotlardan kelib tushgan hatlar jami 202 tani tashkil etsa, shulardan 47 ta xat ish jarayonida boʻlib, 107 tasi oʻz vaqtida nazoratdan olinishi taʼminlandi. Har kuni ertalab xizmat xonalari farroshlari va hovli supuruvchilar tomonidan xizmat xonalari va yoʻlaklar, mebel va jihozlar, zinalar, hojatxonalar, eshiklar, lift kabinalari hamda vazirlik binosi tozaligi nazoratga olindi. Vazirlikning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻtkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etildi.
Boshqarma tomonidan joriy yil tomonidan 6 oy davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi: Maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalish boʻyicha 2022-yil uchun “Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yangi tizimini yaratish boʻyicha ishlab chiqilgan «Yoʻl xaritasi” doirasida amalga oshiriladigan ishlar belgilanib, berilgan vazifalar ijrosi oʻz muddatida amalga oshirilib, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga maʼlumot taqdim etib kelinmoqda. 1. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-iyundagi 305-F-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Iqlim oʻzgarishining Oʻzbekistondagi oqibatlarini yumshatish boʻyicha qisqa (2021-2023-yillar) va oʻrta (2023-2025-yillar) muddatli chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi”ning 44-bandi hamda Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil I yarim yillik ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 25-mart “Xalqaro Yer kuni munosabati bilan “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovini oʻtkazish hamda respublika koʻrgazmasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 67-son buyrugʻi qabul qilindi. Buyruq bilan “Xalqaro Yer kuni munosabati bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida «Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovlarini oʻtkazish hamda respublika koʻrgazmasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi Nizom tasdiqlandi. Mazkur Nizomga asosan tanlov va koʻrgazmaning: davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 1-bosqichi 10-20-mart kunlari; tuman (shahar) 2-bosqichi 20-30-mart kunlari; hududiy boshqarma 3-bosqichi 1-10-aprel kunlari oʻtkazildi. 2022-yilning 27-aprel kuni vazirlik binosida komissiya aʼzolari ishtirokida “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida bolalar rasmlari tanlovining Respublika bosqichiga maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari tomonidan taqdim etilgan (14 ta hududdan 3 tadan yuborilgan umumiy 42 ta rasmlar) rasmlarni saralash hamda I, II, III oʻrin gʻoliblari aniqlash maqsadida, “Xalqaro Yer kuni munosabati bilan «Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovining respublika bosqichi baholash mezonlari va ballari koʻrib chiqildi. Komissiya xulosasiga koʻra, I, II va III oʻrin va oʻziga xosligiga koʻra turli xil nominatsiya gʻoliblari aniqlandi (roʻyxat ilova qilinadi). Joriy yilning 29-aprel kuni Mirobod tumanida joylashgan 34-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida rasmlar tanlovining Respublika bosqichi koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Koʻrgazmada gʻolib va ishtirokchilar vazirlikning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi. Oʻtkazilgan koʻrgazma OAV va vazirlikning veb saytida yoritildi. 2. 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” 1925-yil Jenevada bolalar farovonligiga bagʻishlangan Butunjahon konferensiyasida taʼsis etilgan va 1950-yildan beri bayram sifatida nishonlab kelinadi. Respublikamizda bolalarning sanʼat va madaniyatga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni tasviriy sanʼatga, badiiy ijodga boʻlgan qiziqish va eʼtiborini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi tashabbusi bilan respublikamizdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Zaminda tinchlik - bizning qoʻlimizda” mavzusida bolalar rasmlari koʻrgazmasi tashkil etdi. Mazkur koʻrgazma joriy yilning 30-mayidan 2-iyun kuniga qadar “Yoshlar ijod saroyi”da oʻtkazildi. Koʻzgazmada maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari tomonidan chizilgan 280 dan ortiq jajji rassomlar tomonidan chizilgan rasmlar ishtirok etdi. Tarbiyalanuvchilar oʻzlarining ijod namunalari bilan ona zaminda tinchlik, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini rasmlarlar orqali ifodalashga harakat qilganlar. Koʻrgazmaning ochilish marosimida Yunusobod tumanida joylashgan 304-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan musiqa va raqs dasturlari namoyish etildi. Koʻrgazma 2022-yilda Shanxay hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan sammiti oldidan hamda Xitoyning Uxan shahrida boʻlib oʻtadigan Xalqaro bolalar rasmlari koʻrgazmasida ham ekspozitsiya qilinadi. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-sentabrdagiPQ-5251-son qarori bilan tasdiqlangan Velosport turlarini 2021-2022-yillardarivojlantirish dasturining 6-bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligining 2021-yil 30-sentabrdagi 190/1-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan 2021-2022-yillarda maktabgacha taʼlim tizimida velosportni ommalashtirish dasturining 3-bandlari ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 28-aprelda “Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida bolalar velomarafonini tashkil etish toʻgʻrisida” 100-son buyrugʻi qabul qilindi. Mazkur buyruq bilan Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida bolalar velomarafoni(keyingi oʻrinlarda - velomarafon)ni oʻtkazish boʻyicha Nizom (keying oʻrinlarda - Nizom) ilovaga muvofiq tasdiqlandi. Nizomga asosan Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida bolalar velomarafoni tashkil etildi. 4. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda joriy yilning 13-iyun kuni Mirobod tumanida joylashgan 482-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida “Zukko bolajon!” loyihasi doirasida “Zukko Bolajon” foto-albomi taqdimotiga bagʻishlangan, badiiy-musiqali bayram tadbiri oʻtkazildi. Loyihaning kelgusidagi asosiy maqsadi etib: Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Zukko bolajon!” albomi asosida devoriy lavhalar bilan bezatish; “Zukko bolajon!” fotoalbomining taqdimoti va tavsiyaviy targʻibot ishlarini olib borish; “Zukko bolajon!” loyihasi doirasida milliy anʼanalari asosida bezatilmagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini devoriy surʼatlar milliy qadriyatlarimizga mos tarzda bezash boʻyicha mutaxassislar bilan hamkorlikda tavsiya ishlab chiqish belgilangan. 5. “Yangi Oʻzbekiston” ijtimoiy-siyosiy gazetasining 2022-yil 6-apreldagi 68 (590)-sonida “Bolalar bogʻchasi — ilk moslashuv davrasi”, “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari qanday bezatilishi kerak?”, “Milliy ertaklar — oʻzlikka yetaklar”, “Nurota tajribasi nega ommalashtirilyapti?”, “Tarbiyachining oʻzi tarbiyalangan boʻlishi kerak” sarlavhali maqola chop etildi. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4954-son qarori bilan tasdiqlangan “Shaxmatni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturini 2021-yilda amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl xaritasi”ning 2-bandiga muvofiq “Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston birinchiligi musobaqalarini tashkil etish” vazifasi belgilangan. Shu munosabat bilan, Maktabgacha taʼlim vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining «Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida «Shaxmat kunlar”ni oʻtkazib borish toʻgʻrisida» 2021-yil 27-apreldagi 69-son buyrugʻiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida» 2022-yil 1-iyundagi 131-son buyrugʻiga hamda “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti boshqichi joriy yilning 5-8-iyun kunlari, tuman (shahar) bosqichi 12-16-iyun kunlari, viloyat bosqichi 19-22-iyun kunlari oʻtkazildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining Respublika bosqichi, viloyat bosqichida gʻolib boʻlgan 28 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oʻgʻil va qiz bola tarbiyalanuvchilari oʻrtasida joriy yilning 28-iyun kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan. II. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari attestatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” qarori bilan “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq vazirlik tizimida 2022-yil I-yarim yil rejaga asosan respublikada 1103 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari attestatsiyaga jalb etilgan. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida reja asosida 876 MTTlar jalb etildi, ulardan 55 MTTlar oʻtmadi deb etirof etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan may oyining bayonnomasi taqdim etilmagani sababli yanvar-aprel oylari natijalariga koʻra quyidagi tahlilliy maʼlumotlar aniqlandi. Jami yanvar-aprel oylarida 876 MTTlar jalb etilib, ulardan 773 (88,2%) MTTlar “oʻtdi” deb eʼtirof etildi. Jami “oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan 103 MTTlardan 48 (4,6%) MTTlar turli, oʻzlariga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra oʻtmadi, 55 (6,2%) MTTlarga esa Nizomga muvofiq choralar koʻrildi. III. Oʻquv, metodik va didaktik materiallar bilan taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5144 Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oilaviy, nodavlat, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻquv-uslubiy va didaktik materiallar ehtiyojlarini tasdiqlangan manzilli roʻyxat asosida barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazildi. Oʻquv-uslubiy va didaktik materiallarni taʼlim-tarbiya jarayonida samarali qoʻllash boʻyicha hududiy masʼul xodimlar tomonidan kaskad usulida amaliy seminar-treninglar oʻtkazildi. MTTlarga zarur boʻlgan oʻquv-uslubiy va didaktik materiallar ehtiyoji aniqlanib, ular asosida Maktabgacha taʼlim vazirligi qoshidagi axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion markazi MCHJ ga oʻquv-didaktik materiallarni texnik topshiriqlar va maketlarini ishlab chiqish boʻyicha topshirigʻi berilgan. “Maktabgacha yoshdagi bolalarda sport bilan shugʻullanishga sogʻlom, kuchli va taʼsirchan motivatsiyani shakllantirish” oʻquv-uslubiy qoʻllanmasi vazirlikning internet jahon axborot tarmogʻida rasmiy veb-saytiga joylashtirildi. «Maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk tasavvurlarlarini shakllantirish» nomli maktabgacha taʼlim tashkilot pedagoglari uchun oʻquv-uslubiy qoʻllanmasi tayyorlanib, nashrga tavsiya etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oila va xotin-qizlarni tizimliqoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlaritoʻgʻrisida» 2022-yil 7-martdagi PF-87-son farmoni bilan tasdiqlangan“2022 - 2026-yillarda xotin qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha Milliy dasturni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi”ning 93-bandi ijrosi yuzasidan hamkor tashkilotlarning vakillaridan iborat ishchi guruhi shakllantirilib, maktabgacha yoshdagi bolalarda oila muqaddasligi, ota-onani hurmat qilish, keksalarni eʼzozlash kabi fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan “Men va mening oilam” uslubiy qoʻllanmasi tayyorlandi.. 2-3 yosdagi maktabgacha taʼlim tashkilot tarbiyalanuvchilari uchun namunaviy taʼlim-tarbiyaviy dasturi va uni amaliyotda qoʻllash yuzasidan tarbiyachi pedagoglar uchun taqdimot materiallari seminar uchun tayyorlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga Gretsiyaning “MM-publication» nashriyoti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 20 ming nusxa darsliklarni maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ingliz tilini oʻrganish uchun «Hi Kids! For Uzbekistan» toʻplami (Hi Kids! Studentʼs book, Hi Kids! Workbook va Hi Kids! Teacherʼs book) taqdim etildi va seminar-treninglar oʻtkazildi. Hozirgi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ingliz tili pedagoglarining oʻquv yili yakuni boʻyicha fikr va hulosalari umumlashtirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori bilan tasdiqlangan “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash boʻyicha «Yoʻl xaritasi”ning 10-bandiga muvofiq «Maktabgacha yoshdagi bolalarning lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi va yangi imlo qoidalari boʻyicha savodxonligini shakllantirishga moʻljallangan turli koʻrgazmali va tarqatma materiallar tayyorlash» vazifasi belgilangan. Mazkur band ijrosini taʼminlash maqsadida vazirlik mutaxassislari tomonidan “Ilk qadam” maktabgacha taʼlim tashkilotining davlat oʻquv dasturiga mufoviq oy mavzularida duch keladigan, kundalik muloqotda kam ishlatiladigan soʻzlardan tarkib topgan «Mening ilk izohli lugʻatcham» nomli maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari uchun izohli lugʻatcha (rasmli-bezakli) ishlab chiqilib hulosa olish uchun mutaxassislarga yuborildi. IV. Xalqaro loyihalarda ishtroki “MELQO” «Maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimini ishlab chiqish va tadbiq etishga koʻmaklashish» loyihasi doirasida «Oʻzbekistonda bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish loyhasi» orqali erta yoshdagi bilim sifati va natijalarini baholash (MELQO) vositalarini yakuniy koʻrinishga keltirish boʻyicha harakatlar rejasi, mazkur vositalar birlamchi sinovdan oʻtkazilib va milliy darajada joriy etish jarayoni boʻyicha loyihasi ishlab chiqildi. Instansiyaning 2021-yil 9-iyuldagi 2021-yil 27-iyuldagi 11-RA 2-4459-son koʻrsatmasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va “Mehribonlik korpusi”ning Oʻzbekistondagi filiali oʻrtasida “Oʻzbekistonda taʼlim va bolalar ovqatlanishi uchun oziq-ovqatlar” loyihasini Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirish boʻyicha uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum doirasida 2021-2024-yillarda “Mehribonlik korpusi” tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyati davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari shart-sharoitlarini yaxshilash uchun Kitobxonlik burchaklarini yaratish hamda jihozlash yuzasidan rejaga asosan tashkiliy ishlar davom etmoqda. “Bolalik akademiyasi”(www.bolakadem.uz)- raqamli platformasi yetakchi taʼlim sohasining ilgʻor mutaxassislari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, UNICEF va “Bilim makon” Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi hamkorligida yaratilgan qulay va moslashtirilgan raqamli platforma. Raqamli platforma uzluksiz taʼlimni qoʻllab-quvvatlash, anʼanaviy taʼlim tizimlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish, Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim sohasidagi pedagoglar va mutaxassislarga, shuningdek ota-onalar va maktabgacha yoshdagi bolalarga yordam berish uchun moʻljallangan boʻlib mazmuniy jihatdan takomillashtirilib borilmoqda. 2021-yil 24-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Oʻzbekiston-Koreya biznes uyushmasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolangan boʻlib, uning asosida Koreyaning EDULINK kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan S-board mobil ilovasi tanlanma asosida 2021-yil sentabr oyidan boshlab Bektemir tumanidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga (DTM) eksperimental (pilot) asosida joriy etildi va MTV mutaxassislari tomonidan berilgan tavsiyalar asosida takomillashtish ishlari olib borilmoqda. V. Amaliy seminar-treninglar va oʻrganishlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati , Toshkent viloyati, Namangan viloyatlarida oʻrganishlar olib borilgan boʻlib, kamchiliklari yuzasidan amaliy seminarlar oʻtkazilgan. Iyun oyida Taʼlim sifati jarayonini taʼminlash va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish hududiy masʼul xodimlari ishtrokida onlayn tarzda Taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan ZOOM yigʻilishi boʻlib oʻtdi. VI. Ijro intizomi boʻyicha 1. Taʼlim jarayoni sifatini taʼminlash va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish boshqarmasiga http://mf.ijro.uz/ portali orqali 2022-yilning 6 oyi davomida jami 26 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ushbu murojaatlarning barchasini ijrosi belgilangan muddatda taʼminlandi. 2. Taʼlim jarayoni sifatini taʼminlash va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish boshqarmasiga http://mf.ijro.uz/ portali orqali 2022-yilning 6 oyi davomida jami 479 ta hujjatlar kelib tushgan boʻlib, ushbu hujjatlarning 394 tasining ijrosi taʼminlandi. 85 ta hujjatlar ish jarayonida. Belgilangan muddatlarda ijrosi taʼminlanadi. 3. “app.ijro.uz” tizimi orqali jami 157 ta hujjatlar loyihalari kelishildi yoki ishlab chiqildi. Shundan 117 ta hujjatlar boshqarma boshligʻiga boshqarma xodimlari yoki boshqarma boshliqlari tomonidan kelishishga kiritilgan. Shu bilan birga boshqarma boshligʻi tomonidan 40 ta hujjat loyihasi ishlab chiqilgan (loyihalar raqamlari ilova qilinadi). 4. Ekspertizadan oʻtkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga (project.gov.uz, app.ijro.uz va boshqalar) mustaqil yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda 12 ta xulosalar tayyorlandi. VII. Muammolar 1. Boshqarmada ish hajmini koʻpligi, xususan jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishi boʻyicha mutaxassis yoʻqligi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha 1 nafar mutaxassis shugʻullanayotganligi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Yechimi: Boshqarmada kamida 2 ta qoʻshimcha shtat ajratish va unga jismoniy tarbiya va sport boʻyicha hamda maʼnaviy-marifiy ishlar boʻyicha qoʻshimcha mutaxassislarni ishga qabul qilish. VIII. 2022-yilning ikkinchi yarmida rejalashtirilgan asosiy vazifalar. 1. Maktabgacha taʼlim tizimida “Anʼanaviy avgust kengashini” oʻtkazishda tegishli boshqarmalar bilan hamkorlik qilish. 2. 2022/2023 oʻquv yilida maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun ishlab chiqilayotgan oʻquv-metodik va didaktik materiallarni ishlab chiqilishida Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi bilan hamkorlik qilish. 3. Maktabgacha taʼlim tizimida taʼlim sifatini samarali tashkil etish boʻyicha tizimli seminar-treninglarni tashkil etish. 4. Maktabgacha taʼlim tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish boʻyicha seminar oʻtkazish.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 25-iyuldagi 626-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasi tayyorlanib vazirlik va idoralar bilan kelishilib Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahridagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻrganishlar oʻtkazildi. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirishni toʻgʻri tashkil etmaganligi hamda funksional vazifalariga masʼuliyatsizlik bilan yondashganligi uchun: - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Maktabgacha taʼlim tashkilotlari sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishini taʼminlash boʻlimi xodimi; - Qashqadaryo viloyati 3 ta tuman maktabgacha taʼlim boʻlimlari mudirlari; - Toshkent shahridagi 9 ta davlat maktabgacha tashkilotlari direktorlariga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chora koʻrildi. Shuningdek, Toshkent shahrining 3 ta tuman maktabgacha taʼlim boʻlimlari mudirlari hamda 8 ta davlat maktabgacha tashkilotlari direktorlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari oʻrnatilgan tartibda bekor qilindi. 3. Tarbiyalanuvchilarining sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish ishlarini yanada takomillashtirish, belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda ovqatlantirishni tashkil etish orqali bolalarning sogʻlom va barkamol oʻsishini taʼminlash, sogʻlom ovqatlantirishning zamonaviy usullarini joriy etgan holda taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida joriy yilning aprel oyidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanidagi 6 ta davlat maktabgacha tashkilotlarida tajriba- sinov tariqasida “Keytering” asosida sogʻlom ovqatlantirish tashkil etildi. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2021-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish uchun mavsumiy namunaviy taomnomalarni tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish toʻgʻrisida”gi 14/22-sonli qoʻshma qaroriga asosan yagona mavsumiy taomnomalar tayyorlandi. 5.“Oʻzbekiston Ryespublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar” 0016-21-son SanQvaMga qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga kiritildi. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezdenti Administratsiyasining 2022-yil 14-maydagi 08-1247-sonli topshirigʻiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 16-maydagi 142-x-sonli buyruqa asosan, joriy yilning 17-31-may kunlari hududlardagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi ovqatlantirish tizimi tahliliy va kompleks tarzda Samarqand, Namangan, Toshkent, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida monitoring oʻtkazildi. 7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyatidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻrganish yakunlari boʻyicha bayonlardagi topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. 8. Toshkent shahridagi Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishda oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, shuningdek, ularda foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligi, oshxonalar xodimlari tomonidan sanitariya-gigiyena tadbirlari bajarilishiga rioya etilishi yuzasidan ovqatlantirishga maʼsul boʻlgan xodimlarga oʻquv seminarlar tashkil etildi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun 2021-yilda xarid qilingan jihozlarni manzilli roʻyxat asosida joylarga yetkazilishi toʻgʻrisida monitoring olib borildi. Monitoring natijasiga koʻra belgilangan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga jihozlar toʻliq yetkazib berildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun 2022-yilda jihozlar xarid qilish maqsadida hududiy boshqarmalardan joylardagi qoʻshimcha jihozlarga boʻlgan ehtiyojlar toʻgʻrisida maʼlumotlar olinib, tahlil qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi “2022-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ 98-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 132-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan vazirning “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini mebel va boshqa jihozlar bilan taʼminlash maqsadida tender (tanlash) savdolarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 11-martdagi 59-sonli buyrugʻi tasdiqlandi. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini 2022-yilda jihozlash uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida Investitsiya dasturi asosida 2022-yilda jihozlanadigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining va hududlardan olingan 2022-yilda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qoʻshimcha jihozlarga boʻlgan ehtiyojlari hamda 2022-yilda bolalarni majburiy maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish boʻyicha obyektlardan ajratilgan xonalarni jihozlashning manzilli roʻyxat loyihalari tayyorlandi. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun mebel va boshqa jihozlarni xarid qilish maqsadida meʼyoriy hujjatlar asosida tender oʻtkazish boʻyicha tender xujjati loyihasi ishlab chiqildi hamda komissiya aʼzolari bilan kelishildi. Vazirning “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini 2022-yilda jihozlar bilan taʼminlash toʻgʻrisida” 2022-yil 13-apreldagi 81-sonli bilan tasdiqlandi. Ushbu buyruq bilan davlat Investitsiya dasturi doirasida 2022-yilda jihozlanadigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining manzilli roʻyxati, 2022-yilda qoʻshimcha jihozlanadigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining manzilli roʻyxati, shuningdek, 2022-yilda bolalarni majburiy maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish boʻyicha obyektlardan ajratilgan xonalarni jihozlashning manzilli roʻyxatlari tasdiqlandi. Tender hujjati loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” Davlat unitar korxonasiga kiritilib, markazning xulosasi olindi. Vazirning “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun markazlashtirilgan holda jihozlarni xarid qilish boʻyicha komissiya hamda baholash guruhlari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 10-maydagi 108-sonli buyrugʻi tasdiqlandi. Joriy yilning 27-may kuni 2022-yilda maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun xarid qilinadigan jihozlar boʻyicha tender hujjatlari https://etender.uzex.uz/ elektron platformasiga joylashtirilib, 14-iyun hujjat topshirishning oxirgi kuni etib belgilandi. Eʼlon yakuniga koʻra jami 50 ta talabgor korxona tomonidan 94 ta taklif hujjatlar taqdim etildi. Ishtirokchilarning malakaviy hujjatlarni baholash boʻyicha Ishchi guruhi hisoboti, Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun xarid qilinadigan mebel va boshqa jihozlarni texnik baholash boʻyicha ekspert guruhi hisoboti va sinov-laboratoriyalarining xulosalari natijasiga koʻra 25 ta korxona keyingi bosqichga oʻtkazildi hamda gʻoliblar aniqlandi. Shuningdek, oʻtgan davr mobaynida boshqarmaga kelib tushgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari boʻyicha ijro intizom ishlari amalga oshirildi.
I. Amalga oshirilgan ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparat hamda markazlashgan xolda yetkazib beriladigan tovarlar (ishlar va xizmatlar) uchun byudjetdan 2022-yil 1-yarim yil uchun jami 212,6 mlrd.soʻm mablagʻ ajratildi. Shundan vazirlikning markaziy apparati uchun ish xaqi va unga tenglashtirilgan va boshqa xarajatlar 5,8 mlrd.soʻm, maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi uchun 58,0 mlrd.soʻm, markazlashlashgan xolda yetkazib beriladigan jixozlash va didaktik oʻquv qoʻllanmalar hamda tadbirlar uchun 134,8 mlrd.soʻm, Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan chet el xizmat safari uchun 13,5 mlrd.soʻm mablagʻ ajratildi. Ushbu mablagʻlardan 73,3 mlrd.soʻm (ijrosi 34,5%) mablagʻlar xarajat qilingan. Jumladan: 1.1. Vazirlikning markaziy apparati uchun ish xaqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha 3,5 mlrd.soʻm va boshqa toʻlovlar uchun 1,5 mlrd.soʻm mablagʻ xarajat qilingan (ijrosi 83%). Markazlashlashgan xolda yetkazib beriladigan jixozlash va didaktik oʻquv qoʻllanmalar hamda tadbirlar uchun rejalashtirilgan 134,8 mlrd.soʻmdan 3,7 mln. soʻm xarajatlar amalga oshirilgan. 2021-yilgi markazlashgan mablagʻlari hisobidan imzolangan shartnomalarga muvofiq 2022-yil 1-chorakda “Kuzi ojizlar assotsiatsiyasi” UK choyshablar tuplami uchun 131,2 mln.soʻm mablagʻ toʻlab berildi. Shu bilan birga “Sam Antel Gilam” QK davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga gilamlar yetkazib berish uchun 3,2 mlrd.soʻm toʻlab berildi(ijrosi 3%). Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi uchun 58,0 mlrd.soʻm kassa xarajatlari amalga oshirilgan (ijrosi 100%). Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan chet el xizmat safari hamda YUNESKO ishtirokida xalqaro tadbirlar uchun 6,4 mlrd.soʻm xarajatlar amalga oshirilgan(ijrosi 46%). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son “2021/2022 oʻquv yilida oʻzbekiston respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida” gi Qaroriga asosan maktabgacha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim berayotgan nodavlat oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan talabalarning 2021-2022 oʻquv yili uchun 0,5 mlrd.soʻm kontrakt toʻlovlari vazirlik tomonidan qoplab berildi (ijrosi 100%). 1.2. Vazirlik ehtiyoji hamda vazirlik tizimidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tovar moddiy boyliklar xarid qilish uchun 2022-yil 6 oy davomida 5,8 mlrd.soʻmlik 156 ta shartnoma va125,8 mlrd.soʻmlik 353 ta yuridik majburiyatlarni roʻyxatga olish buyurtmanomalari imzolandi. 1.3. Vazirlik tasarrufidagi respublika byudjetidan mablagʻ oluvchi tashkilotlaridan 2021-yillik va 2022-yil 1-chorak moliyaviy hisobotlar, byudjet mablagʻlari ijrosi toʻgʻrisida maʼlumotlar, byudjetdan tashqari mablagʻlar tushum va xarajatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar, tovar moddiy boyliklari kirim-chiqim toʻgʻrisida maʼlumotlar, byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarning yakuniy moliviy natijalari hamda debitor va kreditor qarzdorliklar hisobotlar tahlil qilindi. Hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga jamlanma hisobotlar topshirildi. Shu bilan birga vazirlikning rasmiy veb saytiga jamlanma moliyaviy hisobotlar va amalga oshirilgan ishlar xar chorakda oʻz vaqtida joylashtirilib borilmoqda. 1.4. “Ijro.gov.uz” tizimidagi, jami 390 ta Xukumat tomonidan topshiriqlar, shuningdek, va turli tashkilot va idoralardan kelib tushgan. Shundan, yuridik va jismoniy shaxslardan 18 tani tashkil etadi. murojaatlardan 382 ta ijrosi taʼminlandi.8 tasi ish jarayonida. 2022-yil 6 oy davomida byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan xizmat safari boʻyicha bunak hisobotlar 308 ta ortiq boʻlib, jami 1,2 mlrd.soʻm sarflangan. Oʻtgan yilgi mos davrga nisbatan2,3 barobar koʻp (2021-yil 1-yarim yilda 0,5 mlrd.soʻm xarajat qilingan). Ushbu maʼlumot vazirlikning rasmiy veb saytiga xar chorakda joylashtirilib borilmoqda. 1.5. Byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarning kassa xarajatlari ijrosi (2-3-memorial orderlar), turli tashkilotlar bilan hisob-kitob (6-7-memorial orderlar), xodimlarga hisoblangan ish haqi va unga tenglashtirilgan mablagʻlar hisobi (5-memorial order) va tovar moddiy boyliklar hisobi (9-13-memorial orderlar) kitoblari (ushbu hisob-kitoblar 500 tadan ortiq kitob shaklda pereplet qilindi) hamda avtotransport vositalariga olingan yoqilgʻi va yoqilgʻi moylash maxsulotlari (yul varaqasiga asosan) hisobdan chiqarildi. II. Muammolar va kamchiliklar 2.1. Vazirlikning markaziy apparati hamda markazlashtirilgan mablagʻlarning davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlar xarajatlar smetasiga yillik reja asosida moliyalashtirilgan. Vazirlikning tegishli boshqarma va boʻlimlari tomonidan mazkur yillik reja asosida ishlarning oʻz vaqtida bajarilmasligi rejalashtirilgan mablagʻlarning oʻz vaqtida sarflanishiga toʻsqinlik qilmoqda. 2.2. Vazirlik tomonidan tashkillashtirilgan turli tadbirlarning xarajatlar smetasi boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar va xizmatlar) “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq shartnoma imzolanib, toʻlovlar va yetkazib berishi bilan 5-15 kun vaqt safrlanadi. Shu bois tadbir oʻtkazish boʻyicha boʻyruqlar tadbir oʻtkazish muddatidan kamida 15 kun oldin imzolanishi maqsadga muvofiq boʻladi. 2.3. Xizmat safari boʻyicha bunak hisobotlar xizmat safariga yuborilgan xodim tomonidan 3 ish kunida taqdim etishi zarur boʻlsa-da, hisobotlar muddatidan ancha kechikib topshirilmoqda. III. Takliflar 3.1. Vazirlikning tegishli boshqarma va boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlarni reja jadval tuzish va rejalashtirilgan ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilsa, yillik xarajatlar smetasiga rejalashtirilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida va toʻliq sarflanishiga olib keladi. 3.2. Vazirlik tomonidan turli tadbirlarning boʻyruqlarini tadbir oʻtkazish muddatidan kamida 15 kun oldin “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga mos ravishda imzolatish. 3.3. Xizmat safari boʻyicha bunak hisobotlar xizmat safariga yuborilgan xodim tomonidan 3 ish kunida taqdim etishini taʼminlash. IV. 2022 yilning 2-yarim yilligiga ish rejalar 4.1. Vazirlikning 2022-yil 1-yarim yillik hamda 9 oylik byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarning ijrosi, debitor va kreditor qarzdorliklar hamda balans hisobotlarini tayyorlash, shuningdek, vazirlik tasarrufidagi respublika byudjetidan mablagʻ oluvchi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini qabul qilish va jamlanma moliyaviy hisobotlarni Moliya vazirligiga taqdim etiladi. 4.2. Vazirlik xodimlarining oylik ish haqi boʻyicha maʼlumotlarni Davlat soliq qoʻmitasi, Xalq banki va Davlat statistika qoʻmitasiga 1-yarim yillik va 9 oylik hisobotlarni topshiriladi. 4.3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2024-yillarda oʻzbekiston respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Qaroriga asosan manzilli roʻyxat asosida DMTT lariga yetkazib beriladigan jixozlar yuoʻyicha imzolangan shartnomalarga muvofiq 15% oldindan toʻlovlarni hamda yetkazib berilgan jixozlar boʻyicha 70% mablagʻlar toʻlovlarini amalga oshiriladi. 4.4. Vazirlik markaziy apparat xodimlariga xar oy ish xaqi hisoblash, shu bilan birga vazirlik, xududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari xodimlariga va respublika tashkilotlari xodimlariga maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ustama moliyalashtiriladi. 4.5. Vazirlikning ehtiyoji uchun xarid qilinadigan tovarlar (ishlar va xizmatlar) kirim va chiqimlarini va hisobotini yuritish, shu bilan birga vazirlik balansidagi avtotransport vositalari taʼmirlash, yoqilgʻi va moylash xizmatlari boʻyicha toʻlovlar, yul varaqasiga asosan yoqilgʻi sarfini hisoblash va tahlil qilinadi. 4.6. Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil markazlashgan tadbirlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi bilan tasdiqlangan tadbirlarning xarajatlar smetasiga muvofiq imzolangan shartnomalar asosida toʻlovlarni amalgi oshirish va tadbirda sarflangan mablagʻlar boʻyicha moliyaviy hisobotlarni qabul qilish va balansdan chiqarish ishlari amalga oshiriladi.