Yana 5 ta MTT bolajonlarga eshiklarini ochdi
Jizzax viloyatining Doʻstlik tumanida bir kunda 3 ta DMTT foydalanishda topshirildi. Endilikda 520 nafar bolajonlar maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olinadi.Joriy yilning 8-aprel kuni Jizzax viloyati Doʻstlik tumani “Navroʻz” mahallasida 10-son DMTT 140 oʻrinli, 3-son DMTT 240 oʻrinli, 7-son 140 oʻrinli DMTTlar foydalanishga topshirildi. Barcha sharoitlarga ega, keng va yorugʻ xonalar, sport va musiqa zallari, innovatsion taʼlim berishga ixtisoslashgan jihozlar endilikda kichkintoylarimizning porloq istiqboli uchun xizmat qiladi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanning chekka hududida joylashgan «Mehrobod» mahallasida 90 oʻrinli 26-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining qurilish ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi. Ushbu tashkilot mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan yangidan qurildi. Bundan tashqari, aholi bandligini taʼminlash maqsadida, ushbu tashkilotga hududdagi 20 nafar pedagog va ishchi xodimlar ishga qabul qilish koʻzda tutilgani. Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotida 3 ta guruh uchun moʻljallangan, zarur mebellar bilan jihozlangan keng va yorugʻ xonalar, zamonaviy musiqa zali, shinam yotoqxona va barpo qilingan. «Mehrobod» mahallasida 327 nafar 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar mavjud boʻlsa, shularning 120 nafari ushbu davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qamrab olinishi koʻzda tutilgan. Shundan 90 nafari kuni uzaytirilgan guruhda, qolgan 30 nafari qisqa guruhlarga qamrab olinadi. Shu bilan birga, Qumqoʻrgʻon tumanining “Hurriyat” mahallasida ham 140 oʻrinli 10-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ham bolajonlarga oʻz eshigini ochdi. Ushbu davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 1978-yil qurilgan boʻlib, 2021-yilda “Obod qishloq dasturi” asosida taʼmirga tushib, 1 mlrd 800 mln mablagʻ hisobidan kapital taʼmirlash ishlari olib borildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotida 6 ta kuni uzaytirilgan va 2 ta qisqa guruh uchun moʻljallangan, zarur mebellar bilan jihozlangan keng va yorugʻ xonalar, zamonaviy musiqa zali, shinam yotoqxona, oshxona va yozgi ayvonchalar barpo qilingan. “Hurriyat” mahallasida 398 nafar 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar mavjud boʻlsa, shularning 190 nafari ushbu davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qamrab olinishi koʻzda tutilgan. Shundan 140 nafari kuni uzaytirilgan guruhda, qolgan 50 nafari qisqa guruhlarga qamrab olindi.
Toshkent shahridagi Puchon universitetida tashkil etilgan “Mehnat yarmarkasi” haqida
2021-2022 oʻquv yilida Toshkent shahridagi Puchon universiteti bitiruvchilarining bandligini taʼminlash hamda ish beruvchilar bilan ochiq muloqot jarayonida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida joriy yilning 29-aprel kuni universitetda «Mehnat yarmarkasi " boʻlib oʻtdi. 2022-yil fevral oyidan boshlab universitetda Karyera markazi faoliyat koʻrsatib, bevosita taʼlim muassasasi bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash boʻyicha ish olib bormoqda. Mazkur tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad bitiruvchilarning bandligini taʼminlash, turli korxona va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtishi uchun sharoit yaratishdan iborat. Yarmarkada Toshkent shahridagi maktabgacha taʼlim tuman boʻlimlari, nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari va boshqa yirik korxonalar vakillari ishtirok etdi: Erudite Education, Bek kichkintoy, GES Kids, Vosiq international school and kindergarden, Fortuna, Montessori, Lider, Erkatoy Kichkintoy,Zvezdopad znaniy/Happy bee, Sehriyo, HIBBA-VILLA KIDS, Texnopark, Enter Engineering, ApexLife. Tadbir doirasida 2021-2022-oʻquv yili bitiruvchilariga potensial ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, oʻzini ifoda etinsh va keyingi ishga joylashish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish imkoniyati yaratib berildi. Umid qilamizki, ushbu tadbir talabalarga potensial ish beruvchilar bilan biznes aloqalarini oʻrnatishga yordam beradi.
“Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish boʻyicha qisqa (2021-2023-yillar) va oʻrta muddatli (2023-2025-yillar) chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi”ning 44-bandiga muvofiq “Xalqaro Yer sayyorasi kuni munosabati bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida bolalar rasmlari tanlovi va Respublika koʻrgazmasini tashkil etish” vazifasi belgilangan. Mazkur band ijrosini ta’minlash maqsadida “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida bolalar rasmlari tanlovining maktabgacha ta’lim tashkiloti, tuman (shahar), viloyat bosqichlari oʻtkazilib, hududiy boʻlinmalar bosqichida gʻolib deb topilgan rasmlar Respublika bosqichiga taqdim etilgan. Joriy yilning 29-aprel kuni Mirobod tumanida joylashgan 34-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Tabiat bolalar nigohida” mavzusidagi rasmlar tanlovi gʻoliblarni taqdirlash hamda tashkil etilgan “Tabiat bolalar nigohida” respublika koʻrgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Mazkur tanlov Maktabgacha ta’lim vazirligining tashabbusi bilan hududlarda, “Xalqaro Yer kuni” munosabati bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida oʻtkazildi. Tanlov va koʻrgazmaning: davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 1-bosqichi 10-20-mart kunlari; tuman (shahar) 2-bosqichi 20-30-mart kunlari; hududiy boshqarma 3-bosqichi 1-10-aprel kunlari oʻtkazildi. Tanlov va koʻrgazmaning Respublika bosqichida 14 ta hududdan 3 tadan yuborilgan umumiy 42 ta rasmlar ishtirok etadi. Shu yilning 27-aprel kuni Respublika bosqichiga taqdim etilgan 14 ta hududdan yuborilgan jami 42 ta rasmlar turli vazirlik va idoralar xodimlaridan iborat komissiya aʼzolari tomnidan baholandi hamda I, II, III oʻrin va nominatsiyalar gʻoliblari aniqlandi. Jumladan: I oʻrin - Dadamirzayev Gʻanimirza, Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani, 9-son DMTT II oʻrin - Saloxiddinova Xurshida, Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani,5-son DMTT II oʻrin - Xudayberganova Ziyoda, Xorazm viloyati Yangibozor tumani, 17-son DMTT III oʻrin - Tavakallova Shaxnoza, Buxoro viloyati Romitan tuumani, 29-son DMTT III oʻrin - Roʻzimov Shaxzodbek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqal’a tumani, 3-son DMTT III oʻrin - Abdusalomova Dilnozaxon, Toshkent shahri Uchtepa tumani, 360-son DMTT Oʻrin olgan va nominatsiyalar gʻoliblari vazirlikning diplom, faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Nominatsiyalar g'oliblari.docx
Videokonferensiya boʻlib oʻtdi
2022-yil 6-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarida yuridik va jismoniy shaxslar bilan ishlash masalalariga oid videokonferensiya boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati va markaziy apparat vakillari, respublikaning barcha viloyat boshqarmalari, shahar va tumanlar boʻlimlari rahbarlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash uchun masʼul xodimlar ishtirok etdilar. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimlari S.Xodjayev va J.Mavlonov tomonidan murojaatlar bilan ishlashga oid meʼyoriy-huquqiy asoslar hamda maktabgacha taʼlim tizimida murojaatlar bilan ishlashni oʻrganish jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklar toʻgʻrisida axborot berildi. Maʼlumot uchun, 2021-yilda Maktabgacha taʼlim vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning umumiy soni 5764 tani tashkil etadi. 2021-yilda 2020-yilning shu davriga nisbatan murojaatlar soni 1874 taga oshgan. 2020-yilda kelib tushgan murojaatlarning 51,2 foizi qanoatlantirilgan boʻlsa, 2022-yilda bu koʻrsatkich 52,3 foizni tashkil etdi. 2021-yilda eng koʻp murojaatlar Toshkent shahridan 868 ta, Samarqand viloyatidan 554 ta, Toshkent viloyatidan 490 ta, Buxoro viloyatidan 479 ta, Namangan viloyatidan 457 ta, Qashqadaryo viloyatidan 457 ta va Jizzax viloyatidan 404 tadan kelib tushgan.
I. 2019-2021-yillarda amalga oshirilgan ishlar va asosiy koʻrsatkichlar. Uzluksiz taʼlim tizimining muhim boʻgʻini boʻlgan maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmogʻini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish maqsadida 2017-yilning 30-sentyabr kuni (PF-5198) Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi. Toʻrt yil ichida bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish ikki baravardan oshdi. Jumladan, 2017-yilda maktabgacha yoshdagi bolalarning 708 247 nafari (27.7%) maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan boʻlsa, bugungi kunga kelib ularning soni 1 829 328 nafarga (64.9%) yetdi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni qariyb toʻrt baravarga oshib 24 922 tani (2017 yilda 5211 ta) tashkil etmoqda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari 223.5 mlrd. soʻmlik jihozlar, oʻyin va oʻyinchoqlar, oʻquv-didaktik materiallar bilan taʼminlandi. Maktabgacha taʼlimning muqobil turlari rivojlantirilib mobil bogʻchalar joriy etildi, jumladan “Aqlvoy” loyihasi doirasida respublikadagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan hamda qamrov koʻrsatkichlari past boʻlgan 142 ta MFYlarda 7 mingga yaqin bolalarni qamrab oladigan qayta jihozlangan 65 ta avtobuslari negizida 387 ta guruhlar shakllantirildi. BMTning Xalqaro bolalar fondi YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda maktabgacha taʼlimning “Turli xil yoshdagi maktabgacha taʼlim guruhlari” (oʻyin guruhlari) muqobil shakli Namangan va Xorazm viloyatlarida joriy etildi. Mazkur 8 ta guruhlarga jami 400 nafar bola qamrab olingan. Respublikadagi barcha bolalar uchun bir xil boshlangʻich imkoniyatlarni yaratish yoʻlida har bir bolaning maktabga chiqishidan bir yil oldin umumiy oʻrta taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtishga boʻlgan huquqi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya” toʻgʻrisidagi qonun bilan kafolatlandi. Endilikda bolalar maktabga chiqishdan oldin bir yillik majburiy bepul maktabga tayyorlovdan oʻtkazilmoqda. Bugungi kun holatiga respublikada jami 5 188 ta bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari, 11 283 ta toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari va 6 304 ta qisqa muddatli tayyorlov guruhlarini tashkil yetish orqali 569 ming nafar 6 yoshli bolalarni yoki ularning 83,8 % maktabgacha taʼlimga qamrab olingan. Pedagog kadrlarning mehnatini munosib ragʻbatlantirish maqsadida ularning oylik maoshi 43 foizdan 70 foizgacha oshirildi. Xalqaro ekspertlar ishtirokidagi eng yaxshi amaliyotlar asosida ilk marotaba maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning erta rivojlanishiga qoʻyilgan davlat talablari va “Ilk qadam” davlat taʼlim dasturi ishlab chiqilib amaliyotga joriy etildi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari maqbullashtirilib, “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti kabi yangi shakllari yaratildi. Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari reabilitatsiya asbob uskunalari bilan taʼminlandi. Sanitariya qoidalari va meʼyorlari hamda Idoraviy qurilish normalari zamon talablariga mos ravishda toʻliq qayta koʻrib chiqildi. “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha oliy oʻquv yurtlariga qabul kvotasi ikki baravar oshirildi. Bakalavr yoʻnalishi boʻyicha taʼlim olish muddati 3 yil etib belgilandi. Toshkent shahrida Koreyaning “Puchon” universiteti filiali tashkil etildi. Joriy yilda filialning “Maktabgacha taʼlim”, “Arxetektura”, “Koreys tili va menejment” yoʻnalishlarida jami 1 159 nafar talaba tahsil olmoqda. Ulardan 916 nafar qiz bola talaba, 243 nafar qiz bola talabalarni tashkil etadi. Maktabgacha taʼlim tizimi uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlashni yanada takomillashtirish, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Toshkent shahrida “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat-byudjet oliy taʼlim muassasasi filiali tashkil etildi. 2021/2022 oʻquv yilida filial ilk bor “Pedagogik taʼlim”, “Psixologik-pedagogik taʼlim” (Maktabgacha taʼlim, Psixologiya va ijtimoiy psixologiya), “Maxsus pedagogika” (Surdopedagogika, Tiflopedagogika, Oligofrenopedagogika), “Psixologiya” hamda “Lingvistika” yoʻnalishlari boʻyicha jami 297 nafar oʻgʻil-qiz talabalikka qabul qildi. Ulardan 269 nafar qiz bola talaba, 28 nafar qiz bola talabalarni tashkil etadi. Maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglar soni 2017-yilda 58 400 nafarni, hozirgi kunda esa 143 794 nafarni tashkil etdi. Shuningdek, oliy maʼlumotli pedagoglar salmogʻi 21.6 % dan 33.8 %gacha yetkazildi. Maktabgacha taʼlim tizimida xotin-qizlar bilan teng ravishda erkaklarni jalb qilishga doir faoliyatni qoʻllab-quvvatlash borasida maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar va erkaklar ulushi tahlil qilindi. Unga koʻra: Hozirgi kunga kelib maktabgacha taʼlim tizimida ayollarning ulushi 82.9% ni, erkak xodimlarning ulushi esa 17.1 % ni tashkil etadi. Maktabgacha taʼlim sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning umumiy soni 245 696 tani tashkil etib, shundan 143 794 nafari pedagog kadrlar (107.655 DMTT, 26.986 NMTT). Maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan ayollar 203 599 nafarni (82.9%) erkaklar esa 42 097 nafarni (17.1 %) tashkil etadi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi 96 ta pedagogika kollejlarida 2 042 nafar pedagog xodimlar faoliyat olib boradi. Shundan: 1 511 nafari ayollarni tashkil etadi. Maktabgacha taʼlimga qamrab olingan bolalar 2 041 278 nafarni tashkil etib, ularning 1 030 929 (50.5%) nafari oʻgʻil bolalar boʻlsa, 1 010 929 (49.5%) nafari qiz bolalardir. Hozirgi kunda maktabgacha taʼlim tizimining tuman, shahar, viloyat miqyosidagi boshqaruv organlarida xotin-qizlarning rahbarlik lavozimlaridagi ulushi oshmoqda. Hozirgi kunda viloyat (viloyat) boshqarmasining 14 nafar rahbaridan teng yarimi yaʼni 8 nafari ayollarni 6 nafari erkaklarni tashkil etadi. 96 ta pedagogika kollejlarining direktorlarida 22 nafari (22.9%) ayol rahbarlardir. Erkak direktorlarning soni 74 nafarni (77.1%) tashkil etadi. 6.207 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 6.129 tasida (98,8%) ayol direktorlar, qolganida 78 erkak (1.2 %) rahbarlar faoliyatini olib boradi. Tuman miqyosida 207 nafar boshliqlardan 111 nafari ayollar (53.6%) va 92 nafari erkaklar (44.4%). Shunday qilib, 19489 oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 38 978 nafar (100%) xotin-qizlar ish bilan taʼminlangan boʻlib, ularda 360 135 nafar (70.6%) tarbiyalanuvchilar ham imtiyozli asosda qamrab olingan. 1154 ta nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari DXSHda 10 240 nafar (98%) xotin-qizlar ish bilan taʼminlangan boʻlib, ularda 28 601 nafar (24. 6%) bola ham imtiyozli asosda qamrab olingan. Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 2021-yilda yaratilgan ish oʻrinlari haqida maʼlumot: Jami: 9 209 ta shundan 1 737 (18.9 %) nafar erkak, 7 763 (85.4%) nafar ayol ish bilan taʼminlangan. Umumiy ish bilan taʼminlangan pedagoglar soni 6 012 nafar ulardan ayollar 5 531 (60.1% ) qolgan 481 (5.2%) erkaklarni tashkil etadi. DMTTga 3 588 nafar texnik xodim sifatida ishga qabul qilingan boʻlib ulardan ulardan ayollar 2 332 (25.3 % ) qolgan 1 256 (13.6%) erkaklarni tashkil etadi. Prognoz: 2022da yil maktabgacha taʼlim vazirligi 7 951nafar fuqaroni maktabgacha taʼlim tizimida ish bilan taʼminlashi koʻzda tutilgan. Davlat MTTlarda 3 746, nodavlat MTTlarda 4 205 nafar xodim ish bilan taʼminlanadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning farzandlarini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli navbat asosida qabul qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 319-son “Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bolalar roʻyxatiga (imtiyozli roʻyxat) kiritiladi.
“Ayollar masalalari boʻyicha ishonch telefoni 1211”dan MTV ga 39 ta murojaat kelib tushgan
Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi 96 ta pedagogika kollejida 77 ta tayyorlov guruhlari ochilgan boʻlib, ular oʻz navbatida xotin-qizlarga kunning yarmini band qilish va boʻsh vaqtlarining unumli tashkil etish imkonini beradi. Maktabgacha taʼlim vazirligiga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan “Ayollar masalalari boʻyicha ishonch telefoni 1211” (Call-sentr) tomonidan kelib tushgan murojaatlar monitoringi tashkil etilgan. 2022-yil boshidan “Ayollar masalalari boʻyicha ishonch telefoni 1211” (Call-sentr) tomonidan MTV ga 39 ta murojaat kelib tushgan va bu murojaatlarning barchasi zudlik bilan oʻrnatilgan tartibida hal etilgan. Shu bilan birga, oʻtgan vaqt mobaynida maktabgacha taʼlim tizimida mehnat qilayotgan 122 nafar oʻrta maxsus maʼlumotli isteʼdodli ayollarga oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun tavsiyalar berildi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan 2021-yil, 14-iyunda “Maktabgacha taʼlim tizimida 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2021-2022-yillarda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlangan boʻlib, ushbu reja asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi. Maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning huquqiy ongi va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida; Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish institutida taʼlim olayotgan soha mutaxassislari uchun oʻquv rejaga 8 soatlik “Huquqiy savodxonlik va korrupsiyaga qarshi kurashish” oʻquv moduli shuningdek, 4 soatlik “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” nomli maxsus darslar kiritilgan. Xozirgi kunda tinglovchilar uchun doimiy ravishda darslar oʻtib kelinmoqda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining mamlakatda boʻlayotgan siyosiy oʻzgarishlar jarayonidagi gender siyosatini targʻib qilishga oid oʻquvlar tashkil etish borasida; Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish institutida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan har haftaning juma kuni xotin-qizlarning huquqiy ongi va ijtiomiy-siyosiy faolligini oshirish, gender siyosatni targʻib qilish uchun hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda davra suhbatlari, seminar-treninglar oʻtkazilmoqda. Nodavlat makktabgacha taʼlim tashkilotiga qatnaydigan “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” yoki “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun mazkur daftarlar jamgʻarmalari hisobidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiya toʻlanadi.
Bugun, 14-may 2022-yil. “@kompromatuzb” telegram kanali va boshqa bir qator ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga doir “Bogʻcha opalarga mazza a?! Ikkita bolachani bitta joyga yotqizib, oʻrniga oʻziga oyoqni osmonga koʻtarib mazza qilib telefon oʻynab yotaveradi. Bu bogʻcha opaga ham tarbiyachi kerak shekilli?! Tarbiya beradigar bormi?! Qanjiq deydimi bu?!” mazmunidagi videolavha tarqaldi.Albatta, videoyozuvdagi holat ayanchli va salbiy. Ammo, masalaning boshqa bir jihati, mazkur video 2021-yilning 16-aprel kuni tasvirga tushirilgan va “SizdanTelegram” ijtimoiy tarmogʻi orqali 2021-yilning 21-iyun kuni yoritilgan edi.Koʻrinib turibdiki, mazkur videoyozuvning bugungi kun voqeasi talqinida qayta yoritilishi, bu – borib turgan feyk xabar, xolos. Aftidan Namangan viloyati, xususan, Pop tumani suratiga “qora loy” chaplash kimgadir kerak boʻlib qoldi, chogʻi. Zotan, bu masala allaqachon yopilgan va bu holatni keltirib chiqargan xodimlar uchun tegishli choralar qoʻllanilgan va oʻsha vaqtning oʻzida, yaʼni, 2021-yilning 22-iyun kuni rasmiy munosabat quyidagi havola orqali berilgan edi. Keyinchalik, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur videoyozuv boʻyicha tegishli chora (vazifasidan ozod etish) qoʻllanilgan. Bundan norizo boʻlgan xodim viloyat fuqarolik sudiga “Ishga tiklash toʻgʻrisida”gi davo arizasi kiritgan. Biroq sud fuqaroning ushbu arizasini qanoatlantirishni rad etgan. 2021-yilning 22-iyun kuni yoritilgan munosabatni yana bir karra eʼtiboringizga havola etmoqdamiz. M U N O S A B A T Namangan viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi Axborot xizmati joriy yilning 21-iyun kuni “SizdanTelegram” ijtimoiy tarmogʻida Pop tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatidagi kamchilik sifatida yoritilgan videoga nisbatan quyidagi MUNOSABATni bildiradi: Video havola yuzasidan joriy yilning 22-iyun kuni viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi Axborot xizmati jurnalist surishtiruvi oʻtkazdi. Unga Boshqarma va Pop tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi mutaxassislari, 13-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlari, tuman IIB profilaktika noziri, katta leytinant Ilyos Mehmonov hamda tashkilot tarbiyalanuvchilarining ota-onalari – Maftuna Ermirzayeva, Dilshunos Qoʻziboyeva, Ixtiyor Qoʻrchiyev, Dildora Otaboyevalar jalb etildi. Surishtiruv chogʻida ijtimoiy tarmoqda yoritilgan vidiolavha 13-MTT hamshirasi Nigora Mamajonova tomonidan joriy yilning 15-aprel kuni yashirin tarzda, gʻayirli maqsadda yozib olinganligi aniqlandi. Bu haqda videohavola tasvirida koʻringan tarbiyachi Nazokat Parpiyeva oʻz tushuntirishlarida bayon qilib oʻtdi. Unga koʻra, Nigora Mamajonova xonaga juda ohistalik bilan kirib kelgan va ayni oʻsha paytda tarbiyalanuvchi dam olishi uchun ajratilgan oʻrinlarning birida yotgan yordamchi tarbiyachi Dilnoza Hiloliddinovaning xatti-harakatlarini yashirin tasvirga tushirgan. – Men dastlab Nigoraning xonaga kirib kelishini odatiy hol hisoblab, uning hatti-harakatiga eʼtibor bermadim, keyin uning shu xonadagi bolalarning boʻsh oʻrnida yotgan holda onlayn darslarini telefonida koʻrayotgan Dilnozaning ushbu holatini tasvirga olayotganini koʻrib qoldim va uni bunday qilmaslikka chaqirdim. Lekin Nigoraning odati shunaqa, doim biror janjalni keltirib chiqarish uchun mana shunday bahonalar oʻylab topadi. Uning bu galgi qiligʻi ham Dilnozadan “oʻch” olishga qaratilgan edi. Chunki ular muqaddam janjallashib qolishgan edi. Umuman, bu bogʻchada Nigora Mamajonova urishmagan, janjallashmagan xodimning oʻzi yoʻq, – dedi Nazokat Parpiyeva. Dilnoza Hiloliddinova toʻgʻrisidagi surishtiruvimizga koʻra, bu shaxsning muqaddam mazkur tashkilotda yordamchi tarbiyachi boʻlib ishlaganligi, ammo, hozirda tumandagi Pedagogika kolleji talabasi boʻlganligi bois, joriy yilning 1-mart kunidan ishdan chetlatilganligi maʼlum boʻldi.Hozirda tashkilot uchun begona sanaluvchi Dilnoza Hiloliddinova voqea kuni 13-sonli MTT direktori Noila Joʻrayeva tomonidan haqiqatdan ham Sanitariya meyorlari va qoidalariga zid ravishda 1 kunga oʻrindoshlik asosida ishga ruhsat berilgan. Tashkilot direktorining bu hatti-harakati uchun tegishli mutaxassislar tomonidan Boshqarma boshligʻi nomiga tushuntirish xati olindi va intizomiy chora qoʻllandi. Ayni paytda uning faoliyatida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarning bartaraf etish choralari koʻrildi. Oʻrganish davomida tashkilotda 7 ta kuni uzaytirilgan, 4 ta qisqa muddatli guruxlar mavjudligi, ularda jami 220 nafar 3-7yoshli bola tarbiyalanayotganligi, mazkur guruhlar uchun Sanitariya meyorlari va qoidalari asosida joy ajratilganligi, kiyinish, ovqatlanish va dam olish joylari alohidaligi aniqlandi. Xususan, tashkilotda tashkil etilgan 4 ta qisqa muddatli guruh uchun 2 ta xona ajratilgan. Mazkur xonalarda ikki smenada ish tashkil etilganligi kuzatildi. Nigora Mamajonova shaxsi bilan uchrashish, u bilan suhbatlashishning imkoni boʻlmadi. Chunki u, bir necha kundan buyon sababsiz ravishda ishga kelmayotganligi, uni ishga jalb etish uchun yashash manziliga bir necha marta chaqiruv nomalari joʻnatilganligi aytildi. Pop tuman IIB profilaktika noziri, Ilyos Mehmonovga koʻra, Nigora Mamajonova ustidan IIBga kiritilgan shikoyat maxmunidagi murojaat tergovga qadar surishtiruvda koʻrib chiqilayotganligi aytildi. Suhbatga tortilgan Maftuna Ermirzayeva, Dilshunos Qoʻziboyeva, Ixtiyor Qoʻrchiyev, Dildora Otaboyeva singari ota-onalar 13-MTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga, xususan, sogʻlom ovqatlantirish, taʼlimiy va tarbiyaviy jarayonlarga nisbatan eʼtirozlari yoʻqligini bildirishdi.
Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati Sankt-Peterburgga tashrif buyurdi
Sankt-Peterburgdagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti tashkil etilganining 225-yilligiga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etish maqsadida, Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati hozirda Sankt-Peterburgga tashrif buyurishgan. Tashrif doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi maorif vaziri S.S. Kravsov bilan uchrashadi, Rossiya universiteti tashkil etilganining yubiley sanasiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek, Rossiyaning yetakchi taʼlim markazlari “Isteʼdodlar akademiyasi” va “Raqamli texnologiyalar akademiyasi”ga tashrif buyurish va faoliyati bilan tanishishdir. Shu bilan birga, Rossiya tomoni bilan «Malыsh» loyihasi boʻyicha muzokaralar olib borish va «Komanda pedagogov «Komanda pod kluch» loyihasining dastlabki strategiyasi va konsepsiyasini muhokama qilish rejalashtirilgan. Eslatib oʻtamiz, ushbu istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha memorandumlar 2021-yil 16-17-noyabr kunlari Moskva shahrida boʻlib oʻtgan ikkinchi Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi doirasida imzolangan edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi yuzasidan eʼtirozli xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz. Viloyatda jami 596 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritadi. Shundan 467 tasi namunaviy tipda qurilgan binolarda 129 tasi moslashtirilgan binolarda faoliyat yuritadi. 2017 2021-yillar davomida 224 ta (26 ta yangi qurilish, 124 ta kapital rekonstruksiya,69 ta kapital taʼmir va 5 ta joriy taʼmir) davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari taʼmirlandi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini taʼmirlash uchun 562.4 mlrd.soʻm (shundan, 430.56 mlrd soʻm respublika, 110.84 mlrd.soʻm mahalliy byudjet hamda 21,0 mlrd.soʻm homiylik) mablagʻlar sarflangan. 224 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan 143 tasi Investitsiya dasturi, 61 tasi “Obod qishloq” va“Obod mahalla” dasturi, 14 tasi “Obod markaz” dasturi asosida hamda 6 tasi homiylik mablagʻlari hisobidan taʼmirlandi. Jumladan, 2017-2021-yillar davomida 204 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida Investitsiya va boshqa dasturlar asosida qurilish montaj ishlari bajarilgan. Investitsiya dasturi asosida 128 ta inqirozga qarshi kurashish mablagʻlari hisobidan 4 ta jami 132 ta inshootlarda qurilish-montaj ishlari olib borilgan. Shundan, 2017-yilda 27 ta shundan 7 ta rekonstruksiya, 20 ta kapital taʼmirlash (ajratilgan mablagʻ 23.2 mlrd.soʻm); 2018 yilda 30 ta shundan 1 ta yangi qurilish, 29 ta rekonstruksiya (ajratilgan mablagʻ 95,8 mlrd.soʻm); 2019 yilda 34 ta shundan 34 ta rekonstruksiya (ajratilgan mablagʻ 99,2 mlrd.soʻm) ishlari bajarilgan. 2020 yilda 25 ta shundan, 3 ta yangi qurilish, 22 ta rekonstruksiya (ajratilgan mablagʻ 94,8 mlrd.soʻm ) hamda “Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan 4 ta rekonstruksiya (ajratilgan mablagʻ 11,32 mlrd.soʻm ) ishlari bajarilgan. 2021 yilda 12 ta shundan, 3 ta yangi qurilish, 7 ta rekonstruksiya (ajratilgan mablagʻ 45,2 mlrd.soʻm) ishlari bajarilgan. Bundan tashqari, Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 18-19-fevral kunlari Namangan viloyatiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlariga koʻra Namangan shahrida 10 ta, Mingbuloq tumanida 1 ta yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini qurib foydalanishga topshirildi 52,1 mlrd.soʻm mablagʻlar sarflandi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil11-avgustdagi 118-sonli Rayosat majlisi bayoniga asosan Toʻraqoʻrgʻon tuman “Langarbobo” MFY hududidagi 150 oʻrinli 47-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruksiya qilish belgilangan. Hozirda qurilish-montaj ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Shuningdek, viloyatda 6 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari homiylik mablagʻlari hisobidan yangi qurildi va kapital rekonstruksiya qilindi. Toʻraqoʻrgʻon tumani Axsi qishlogʻida bugungi kunda 4 ta (16-DMTT,31-DMTT, 35-DMTT, 49-DMTT) hamda 7 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat olib boradi. Mazkur hududdagi 31-sonli DMTT 2020-yilda «Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-apreldagi 41-son) 120 oʻringa mukammal qayta qurish ishlari bajarilgan. Mazkur ishlar uchun 2,9 mlrd.soʻm mablagʻlar sarflangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi“2022-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-98-sonli qaroriga asosan 2022-yilda Toʻraqoʻrgʻon tumani “Axsi” MFYdagi 49-sonli DMTTni 120 oʻringa mukammal qayta qurish belgilangan. Belgilangan tartibda oʻtkazilgan tender natijalariga koʻra pudratchi tashkilot "BINOKOR IMKON DIZAYN«MCHJ 4,04 mlrd.soʻmga gʻolib deb topilgan. Bugungi kunda, buyurmachi va pudratchi oʻrtasida shartnoma imzolanib qurilish ishlari boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-aprelda “Tuman va shahar byudjetlari mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish jarayonlarida fuqarolarni ishtirokini yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PQ-197-son qaroriga koʻra, 2022-yilning birinchi choragida oʻtkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayoni (OPEN BYUDJET) natijalari boʻyicha fuqarolar tomonidan ilgari surilgan “Toʻraqoʻrgʻon tumani 16-sonli DMTni joriy taʼmirlash, eshik derazalarni akfa romlariga almashtirish, bino oldi tomonga koridor qilish” tashabbuslari gʻolib deb topilgan va ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 999,9 mln.soʻm byudjet mablagʻlari ajratilishi belgilangan. Bugungi kunda Toʻraqoʻrgʻon tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan qurilish-montaj ishlari bajarish uchun tanlov savdolari asosida loyihachi tashkilotlar tanlab olinib, loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi va davlat ekspertiza xulosasi olinmoqda.
Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar oʻz vaqtida qabul qilinmoqda
Maktabgacha taʼlim vazirligi Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar doimiy oʻz vaqtida qabul qilinib, zudlik bilan yechimi topilmoqda. Xususan, 2018-yil – 1321 ta murojaat 2019-yil – 3373 ta murojaat 2020-yil – 2501 ta murojaat 2021-yil - 4302 ta murojaat 2022-yil 25-may kuniga qadar -1667 ta murojaat kelib tushgan. Ularning asosiy qismini DXSH asosida NMTT tashkil etish boʻyicha bitim imzolash,imtiyozli kredit ajratish, farzandlarini DMTTga joylashtirish hamda yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurib berish toʻgʻrisidagi murojaatlar tashkil qilmoqda. Ushbu davr mobaynida kelib tushgan barcha murojaatlar oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilib, javob xatlari berib kelinmoqda.