Kamlanma-MTV-4chorak-hisoboti
Namanganda 2 ta bogʻcha foydalanishga topshirildi
Namangan viloyati Kosonsoy tumanining ikki manzili – “Nurafshon” (sobiq “Qozoqovul”) hamda “Zamondosh” (sobiq “Chindovul”) mahallalarida biri 120, ikkinchisi 180 oʻrindan iborat zamonaviy, eng muhimi barcha qulayliklarga ega Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yangi bunyod etilgan inshootlari foydalanishga topshirildi. Dastlab “Nurafshon”da qad rostlagan 3-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida boshlangan tantana mahalla ahlining uzoq yillar mobaynidagi orzu-istaklarini roʻyobga chiqardi. Chunki, qariyb 24 yildan buyon ishlamay turgan eski bogʻcha buzildi, uning oʻrnida “Kushon binokor Qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan yangisi barpo etildi. Inshootga 2021-yilgi Davlat investitsiya Dasturi doirasida 3 milliard 371 million soʻm mablagʻ sarflandi. Natijada mazkur mahalladagi 120 nafar 3 – 7 yoshli bolani qamrab olish imkoni yaratildi. Shuningdek, hududdagi 30 nafar kishi kafolatlangan ish oʻrni bilan taʼminlandi. Kunning ikkinchi yarmida tumanning “Zamondosh” mahallasida qad rostlagan 39-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ham yangi binosi ochildi. Mazkur inshoot qariyb 6 milliard 46 million soʻm mablagʻ evaziga qurib bitkazilgan.
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uyushmasi tashkil etildi
Qashqadaryo viloyatida "NMT tashkilotlari uyushmasi" tashkil etildi. Unga odavlat,oilaviy va davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlar a'zo bo'lishlari mumkin. Uyushma ushbu MTTlarga huquqiy yordam berish, shuningdek pedagog kadrlarining malakasini oshirishda ko'mak berish maqsadida tashkil etilgan. U ilk ishini Qarshi Davlat universiteti maktabgacha taʼlim kafedrasi bilan uyushma aʼzolari maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli oʻquv treninglar tashkil etish masalasida kelishish bilan boshladi. NMTT uyushmasi viloyat Adliya boshqarmasi bilan uyushma aʼzolari boʻlgan nodavlat,oilaviy xamda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan NMTT larini huquqiy himoya qilish masalalarini kelishib oldi. Shuningdek, “NMT tashkilotlari uyushmasi” Respublikamizda faoliyat olib borayotgan chet ellik pedagog xodimlar bilan NMTT va OMTT larning pedagog xodimlari oʻrtasida tajriba almashish uchun seminar treninglarini oʻtkazish boʻyicha muzokara olib borildi. Ma'lumot uchun, "NMT tashkilotlari uyushmasi" 2021-yilning so'nggi oyida yuridik shaxslarning birlashmasi sifatida ro'yxatdan o'tgan.
2 ta MTT oʻz faoliyatini boshladi
Fargʻona viloyati “Uchkoʻprik” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 9-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida shu kunga qadar 16 ta guruhda 480 nafar bola taʼlim va tarbiya olayotgan edi. Bu yerda qoʻshimcha zamonaviy bino qurilishi natijasida yana 3 ta guruhda 90 nafar bolani maktabgacha taʼlimga qamrab olish imkoniyati yaratildi. Buning uchun 580 million soʻm mablagʻ sarflandi. Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida barcha sharoitlarga ega boʻlgan 42-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ishga tushirildi. 42-sonli DMTT 1997-yilda oʻz faoliyatini tugatib, 2021-yilgacha qarib 25 yil davomida tashlandiq ahvolga kelib qolgan edi. Endilikda 120 oʻringa ega.
Joriy yilning 4-mart kuni soat 10:00 da Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida “Maktabgacha taʼlim vazirligining faoliyatiga doir hisoboti — tizimdagi 2021-yil natijalari, 2022-yilda rejalashtirilgan vazifalar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtadi. Barcha ommaviy axborot vositalari vakillarini matbuot anjumaniga taklif etamiz. Пресс_релиз_2021_йил_натижалари_ва_2022_йил_режалари.docx
Joriy yilning 4-mart kuni Maktabgacha taʼlim vazirligida “Maktabgacha taʼlim vazirligining faoliyatiga doir hisoboti — tizimdagi 2021-yil natijalari, 2022-yilda rejalashtirilgan vazifalar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin, vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼul xodimlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 2021-yilda Maktabgacha taʼlim tizimiga respublika byudjetidan jami 6,7 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, hisobot davrida 6,6 trln. soʻm (98%) mablagʻ xarajat qilingan. Jumladan: Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparatini saqlash xarajatlari uchun 10,7 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 10,5 mlrd. soʻmga (98%); Maktabgacha taʼlim vazirligining markazlashgan mablagʻlari hisobidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini jihozlash, mantiqiy oʻyin, oʻyinchoqlar, oʻquv-didaktik materiallar bilan taʼminlashga 181 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 177,1 mlrd. soʻmga (97,8%); Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasiga 103,6 mlrd. soʻm (100%); Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining birinchi va ikkinchi guruh xarajatlariga 4,0 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 4,0 trln. soʻmga (100%); Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga subsidiya uchun 1,2 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 1,2 trln. soʻmga (100%); Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʻquv-metodik materiallar bilan taʼminlashga 39,2 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 34,9 mlrd. soʻmga (89,2%); Aqlvoy dasturi doirasida mobil avtobuslar xarid qilishga 2,6 mlrd. soʻm (100%); Kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash xarajatlariga 50,7 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 49,4 mlrd. soʻmga (97,4%); "Imkon" reabilitatsiya markaziga ega koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotini saqlash xarajatlariga 1,4 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 511,8 mln. soʻmga (36%); Investitsiya dasturi doirasida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlariga 1,1 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 991 mlrd. soʻmga (88,4%) bajarilgan. 2021-yilda respublikada 8 849 ta (190 ta davlat, 8 539 ta oilaviy va DXSH asosidagi 120 ta nodavlat MTT) maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyilishi natijasida bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrovi 6.1 foizga oshirildi. Maktabgacha taʼlimning hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda tungi smenada ishlovchi ayollarning farzandlari uchun 24 soatlik guruhlarni tashkil etishga boʻlgan haqiqiy ehtiyoj 6 196 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi 980 325 nafar bolalarning qonuniy vakillari oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazish orqali oʻrganib chiqildi. Soʻrovnomalar natijasiga asosan, joriy yilning 1-iyun kunidan boshlab respublikaning 5 ta hududida jumladan, Andijon viloyatida — 25 ta, Buxoro viloyatida —10 ta, Jizzax viloyatida —4 ta, Navoiy viloyatida —4 ta, Xorazm viloyatida —5 ta, jami 48 ta 24 soatlik guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bugungi kunda respublikada jami 27 103 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularning 6 387 tasi davlat va 20 716 tasi nodavlat (774 ta xususiy, 18 797 ta oilaviy va DXSH asosidagi 1 145 ta nodavlat MTT) maktabgacha taʼlim tashkilotlaridir. Maktabgacha yoshdagi 2,9 mln. nafar bolalardan 1,9 mln. nafari yoki 67% bolalar maktabgacha taʼlimga qamrab olingan boʻlsa, ularning 566 996 nafarini (82%) 6 yoshli bolalar tashkil etmoqda. 2022-yilda bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrovini 70,7% ga yetkazish rejalashtirilgan. 2021-yilda 13 098 quvvatga ega 120 ta DXSH asosidagi NMTT lar hamda 239 484 quvvatga ega 8 553 ta oilaviy shakldagi NMTTlar tashkil etilishiga erishildi. Natijada, 252 582 ta qoʻshimcha quvvat (120 ta DXSH asosidagi NMTT va 8 553ta oilaviy MTTlar) hamda 22 720 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xavfsiz va oqilona ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan gigiyenik talablar” Sanitariya qoida va meʼyorlari (SanPiN) qayta koʻrib chiQilib, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazildi. Maktabgacha taʼlim tizimidagi davlat-xususiy sheriklik va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha yoʻriqnoma hamda “Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar uchun mavsumiy taomnoma”lar ishlab chiqildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun taomlar “Aqlvoy-oshpaz” nomli retseptlari kitobi ishlab chiqildi. Retseptlar kitobiga kiritilgan taomlar uchun texnologik kartalar asosida taomlarni tayyorlash jarayoni tajribadan oʻtkazildi. Ikki yuz ellikdan ortiq taomlarni tayyorlash texnologiyalari, sifat xarakteristikalari yangitdan yozib chiqildi. Tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq 222 ta obyektdan: - 41 ta obyekt oldingi yildan oʻtuvchi; - 181 ta yangidan boshlanuvchi obyektlar hisoblanadi. Bugungi kun holatiga 2021-yil Investitsiya dasturi doirasidagi 222 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti obyektlaridan 199 tasida qurilish – taʼmirlash ishlari yakunlandi. 2021-yilda barcha manbalar hisobidan 3 ta loyiha doirasida 50,6 mln.AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar oʻzlashtirildi shundan: xalqaro moliya institutlari mablagʻlari – 35,8 mln. AQSH dollari; begʻaraz koʻmak (grant) xorijiy investitsiyalar – 14,8 mln. AQSH dollari Hisobot davrida Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida 43,6 mln AQSH dollari miqdorida xalqaro kelishuvlarga erishilgan. Shu bilan birga, Prezidentning “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonida Maktabgacha taʼlim vazirligining zimmasiga 3 ta vazifa yuklatilgan. Xususan, 2022/2023-yillarda 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 foizga, 2024/2025 oʻquv yili yakuniga qadar 100 foizga yetkaziladi. Maktabgacha taʼlim tizimiga xususiy sektor mablagʻlarini jalb qilish orqali 7 mingdan ziyod yangi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etiladi. Bogʻcha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimi joriy etiladi. 2022 — 2026-yillarda 160 mingdan ziyod pedagog kadrlarning malakasini oshiriladi. Maktabgacha taʼlim tizimida moliyaviy jarayonlarning shaffof tarzda amalga oshirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratiladi.
Eng yaxshi axborot xizmatlari aniqlandi
Oʻtgan yilning 24-dekabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirining “Maktabgacha taʼlim vazirligida 2021-yil natijalari va 2022-yilda rejalashtirilgan strategiya haqida press-kofe hamda «Maktabgacha taʼlim sohasida yilning eng faol axborot xizmati” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimini oʻtkazish toʻgʻrisida»gi 247-sonli burugʻi imzolangan edi. Mazkur buyruq, joriy bahorning birinchi haftasida, vazirlikning anjumanlar zalida ijro etildi. Dastlab press-kofe oʻtkazildi. Unda mamlakatning barcha telekanallari, taniqli blogerlar, OAV vakillari qatnashdi. Ular soha rivoji doirasida 2021-yilda olib borilgan ishlar natijalari va galdagi maqsadlarga doir savollariga atroflicha javob olishdi. Keyin ikki kun davomida esa, maktabgacha taʼlim vazirligi va uning hududiy boshqarmalarida faoliyat olib borayotgan matbuot kotiblari uchun “Yangi media taʼlim markazi” nodavlat-notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Zamonaviy media muhitida yangi PR trendlar” mavzusidagi oʻquv-seminar oʻz ishini olib bordi. Tadbirlar soʻngida “Maktabgacha taʼlim sohasida yilning eng faol axborot xizmati” tanlovining taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
Navroʻzga tuhfa: Yurtimiz boʻylab 10 ta MTT foydalanishga topshirildi
Natijada 1500 nafar bola qamrab olindi. Navroʻzga tuhfa sifatida Qashqadaryo viloyatida ham 3 ta MTT foydalanishga topshirildi. Xususan, markazdan ancha uzoqda joylashgan Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanidagi “Gʻyelon” mahallasida 22-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Ushbu tashkilot 120 oʻringa moʻljallangan. Mazkur davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti avval huddudagi kollej binosida vaqtincha faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi. 2021-yilda Investitsiya dasturiga asosan 3 milliard 22 million 300 ming soʻm mablagʻ hisobiga yangidan bino qurilib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, Yakkabogʻ tumani “Chinobod” MFYda 21-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Qariyb 4 milliard soʻm evaziga tashkil etilgan mazkur bogʻcha 150 oʻringa moʻljallangan. Shu bilan birga, Dehqonobod tumanining “Otqamar” mahallasida ham 120 oʻringa moʻljallangan 11-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosining foydalanishga topshirilishi bayram kunlariga toʻgʻri keldi. Yangi bogʻcha ish tushishi bilan 25 ta yangi ish oʻrni ham yaratildi. Qayd etish joizki, bayram arafasida Toshkent shahrida ham yangi MTT bolajonlarga eshik ochdi. Misol uchun, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi tasarrufidagi Chilonzor tumanida joylashgan 24-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 1960-yilda qurilgan boʻlib, 2020-yil investitsiya dasturi asosida taʼmirlandi. 360-oʻringa moʻljallangan ushbu tashkilotda taʼmirlash ishlaridan soʻng qoʻshimcha ravishda umumiy oshxona, sport va musiqa zallari qurib topshirildi. Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani “Joziba” mahallasida investitsiya dasturi asosida 21-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Tuman markazida uzoqda joylashgan ushbu MTTning avvalgi qamrovi 50 oʻrinni tashkil etgan boʻlsa, hozirda 150 oʻringa moʻljallandi. Fargʻonaliklar ham bayramni yangiliksiz kutib olishmadi. Xususan, Oʻzbekiston tumani “Qaynarbuloq” mahalla fuqarolar yigʻini Elash qishlogʻida joylashgan 16-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining binosi yangidan barpo etilib, foydalanishga topshirildi. Bogʻchaning mavjud eski binosi oʻrnida umumiy qiymati 520 million soʻmlik loyiha hisobiga 120 oʻrinli koʻrkam bino qad rostlab, zamonaviy jihozlandi. Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan Andijon viloyati Boʻston tumani Yangiobod mahallasida joylashgan 9-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ochildi. Ushbu maskan 150 nafar bolajonlarni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Maktabgacha taʼlim maskanining xonalari zamonaviy tarzda bolalarga manzur boʻluvchi jihozlar bilan taʼminlangan. Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Shumanay tumanida ham 10-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti ham foydalanishga topshirildi. Tashkilotning 3 mlrd 30 mln soʻm ajratilgan boʻlib, 90 oʻringa moʻljallangan. Ushbu maskanning ochilishi natijasida 15 nafar fuqaro ish bilan taʼminlandi. “Obod” qishloq dasturi doirasida Namangan viloyati Chust tumanining ikki mahallasida, har biri 120 oʻrinli, loyiha qiymati esa, qariyb uch yarim milliard soʻmdan, jami 7 milliard soʻmga yaqin mablagʻ sarflangan 2 ta – 25-sonli hamda 19-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari foydalanishga topshirildi.
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va Ommaviy Kommunikatsiyalar Agentligida Maktabgacha taʼlim vazirligining “Davlat-xususiy sherikligi xususidagi muammolar va ularning yechimlari borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Ushbu matbuot anjumanida soha mutaxassislari tomonidan 2017 — 2021-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini davlat tomonidan boshqarishning samarali tizimini yaratish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda davlat-xususiy sherikligi hamda nodavlat sektorini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar va bu borada olib borilgan ishlar, natijalar, kamchiliklar, yutuqlar haqida soʻz yuritilib, quyidagilar maʼlum qilindi: Maktabgacha taʼlim tizimini, shu jumladan maktabgacha taʼlim xizmatlari nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalarning maktabgacha taʼlim tizimiga yanada kengroq qamrab olinishini taʼminlash hamda maktabgacha taʼlim sohasidagi davlat-xususiy sherikchiligi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, davlat-xususiy sheriklik yoʻnalishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13 ta qarorlari qabul qilinib hozirgi kunga qadar amal qilinmoqda. Qabul qilingan qarorlar ijrosi sifatida 2018-2021-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida 179 270 quvvatga ega nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun 1 733 nafar tadbirkorlar bilan bitimlar imzolangan. 2018-2021-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida 20 643 nafar tadbirkorlar tomonidan 626 374 quvvatga ega nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi hamda 70 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi. Xususan, 116 267 quvvatga ega 1 154 ta davlat-xususiy sheriklik hamda 510 107 quvvatga ega 19 489 ta oilaviy nodavlat bogʻchalar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Jami faoliyati boshlangan 20 643 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan 626 374 nafar bolalarning 384 593 (61,4%) nafari ijtimoiy koʻmakka muhtoj oila farzandlari hisoblanadi (DXSH loyihalarida 28 601 (24,6%), oilaviy loyihalarda 360 135 nafari (70,6%). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-sonli qaroriga asosan qamrovi past boʻlgan tumanlarda 54 825 oʻringa moʻljallangan 2 033 ta oilaviy shakldagi bitimlar imzolandi va oʻz faoliyatini boshladi. Natijada, bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olishda davlat-xususiy sheriklik ulushi 2019-yilga nisbatan 14,0 foizdan 31 foizga oshirildi. Moliya vazirligi va hududlarga biriktirilgan tijorat banklari bilan hamkorlikda 118 042 quvvatga ega 1 155 ta loyihalarni imtiyozli kreditlar bilan moliyalashtirish uchun 2,1 trln. soʻm miqdorida resurs mablagʻi yoʻnaltirildi. Qolgan loyihalar oʻrnatilgan tartibda moliyalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Qamrovi past boʻlgan tumanlarda Ishchi guruhi tomonidan koʻrib chiqilgan 90 ta davlat xususiy sheriklik bitimlari imzolanib, oʻrnatilgan tartibda Moliya vazirligiga moliyalashtirish uchun yoʻnaltirildi. 2018-2021-yillarda davomida davlat-xususiy sheriklik asosida 179 270 quvvatga ega 1 733 nafar tadbirkorlar bilan bitimlar imzolangan. Shundan: 118 042 quvvatga ega 1 155 ta loyiha toʻliq moliyalashtirildi; 19 643 quvvatga ega 180 ta loyihaga kredit talab etilmaydi; 7945 quvvatga ega 64 ta loyihaga imtiyozli kredit ajratish uchun tavsiya berildi; 5350 quvvatga ega 48 ta loyiha Saudiya taraqqiyot fondi tomonidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan; 10 975 quvvatga ega 97 ta loyihaga biriktirilgan tijorat tomonidan oʻrnatilgan tartibda oʻz mablagʻlari hisobidan imtiyozli kredit ajratish ishlari olib borilmoqda. 14 550 quvvatga ega 166 ta bilan bitim bekor qilindi (tadbirkorlarning oʻz mablagʻi evaziga davom ettirish hamda iqtisodiy jihatdan samarasiz deb topilgan loyihalar) 2 765 quvvatga ega 23 ta loyihalar bilan bitim bekor qilish ishlari olib borilmoqda 2018-2020-yillarda imtiyozli kredit ajratilgan, biroq bitimda koʻrsatilgan muddatda oʻz faoliyatini boshlamagan loyihalar soni 74 tani tashkil etadi. 74 ta loyihalardan 46 tasi boʻyicha 9 mlrd. 712 mln.soʻm penya undirish maqsadida sudlardagi daʼvo arizalar qondirildi. Qolgan 28 ta muammoli loyihalar boʻyicha daʼvo arizalari tayyorlanmoqda. Islom taraqqiyot banki hamda Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) hamkorligida jami 53 mln. AQSH dollari miqdorida imtiyozli mablagʻlarni ajratilishi hisobiga 200 dan ziyod davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirilishi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. Kelishuvga erishilgan taqdirda 2023-yildan boshlab loyihalar moliyalashtirilishi rejalashtirilgan. 2022-yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar. 2022-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida 100 ta hamda 1 200 ta oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish orqali qoʻshimcha 45 000 dan ziyod quvvat hamda 4 000 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish rejalashtirilgan. Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi bilan umumiy qiymati 10,9 mln. AQSH dollari miqdoridagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yaratish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha ikki tomonlama kelishuvga erishilgan. Kelishuvga asosan 5 350 quvvatga ega 48 ta loyiha moliyalashtirilishi nazarda tutilgan.
Korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi yillik HISOBOT
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining yangilangan tuzilmasida (2021-yil 16-fevraldagi 16-sonli buyruqqa asosan) 3 nafar xodimdan iborat Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish boʻlimi joriy yilning aprel oyidan ish boshlagan. Tizimda korrupsion holatlarga kurashni samarali tashkil etish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining 2021-yil 12-iyuldagi 131 sonli buyrugʻiga asosan boʻlim nomi Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish boʻlimiga oʻzgartirildi hamda barcha hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalarida 1 shtatdan bosh mutaxassislar ajratilgan. Vazirlikning 2021-yil 8-sentyabrdagi 170-sonli buyrugʻiga asosan boʻlim nomi “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish boshqarmasi”ga oʻzgartirildi hamda shtat soni 5 taga yetkazilgan. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan 158 ta murojaatdan 80 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali, 3 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi orqali, 54 tasi elektron pochta, yozma, ogʻzaki va turli tashkilotlar orqati, 6 tasi ishonch telefoni orqali hamda 15 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish boʻshqarmasida tashkil etilgan telegram kanali orqali kelib tushgan. Kelgan murojaatlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar Olingan maʼlumotlar asosida huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanidagi 12-sonli DMTT direktori va Namangan viloyati, Uychi tumani MTB hisobchisi pora bilan qoʻlga olingan. Kelib tushgan tezkor maʼlumotlarga asosan 8 ta holatda maktabgacha taʼlim boʻlim va tashkilotlarida oʻrganishlar oʻtkazilib, moliyaviy kamchiliklarga, taʼmagirlik hamda firibgarlik holatlari boʻyicha toʻplangan xujjatlar huquqni muxofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Korrupsion holatlarga aloqadorligi uchun 9 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan. Qoʻl ostidagi xodimlar faoliyati ustidan yetarli nazorat oʻrnatmaganligi sababli 3 nafar rahbar xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan. Noqonuniy xatti-xarakatlarni amalga oshirgan 6 nafar xodimlarga mehnat qonunchiligiga asosan “xayfsan” intizomiy jazo chorasigan.