Transport-jadval-2021Скачать
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar bo‘yicha, xususan Xorazm viloyatida 31 ta lotlar (257-287 lotlar) bo‘yicha 138 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktabr holatiga respublika bo‘yicha jami 310 nafar, xususan Xorazm viloyati bo‘yicha 36 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Xorazm viloyatida tanlovga qo‘yilgan 31 ta lotdan 31 ta lotga takliflar bo‘yicha 138 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 36 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Tanlovga qo‘yilgan 259, 261, 272, 280-lotga 1 tadan taklif kelib tushganligi sababli lotlar oʻynalmadi. 18-noyabr-xorazm-bayon-ko'chirmaСкачать
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar bo‘yicha, xususan Qashqadaryo viloyatida 29 ta lotlar (65-93 lotlar) bo‘yicha 158 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktabr holatiga respublika bo‘yicha jami 310 nafar, xususan Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 25 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Qashqadaryo viloyatida tanlovga qo‘yilgan 29 ta lotlar (65-93 lotlar) bo‘yicha 158 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 25 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Tanlov komissiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tartibining 1-ilovasi 1, 2, 3, 4, 5, 6-shakllariga muvofiq 25 ta talabgor korxonalarning tashqi konvert hujjatlari mosligi qatian oʻrganilib chiqildi. 19-Noyabr-qashқadaryo-bayon-ko'chirmaСкачать
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar bo‘yicha, xususan Toshkent viloyatida 27 ta lotlar (213-239 lotlar) bo‘yicha 146 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktabr holatiga respublika bo‘yicha jami 310 nafar, xususan Toshkent viloyati bo‘yicha 16 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Toshkent viloyatida tanlovga qo‘yilgan 27 ta lotlar (213-239 lotlar) bo‘yicha 146 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 16 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Tanlovga qo‘yilgan 218,224-lotga 1 ta, 213,215,217,221,222,223,226,227,-lotga umuman taklif kelib tushmaganligi sababli lotlar oʻynalmadi. 22_Noyabr_Toshkent_viloyat_bayon_ko'chirmaСкачать
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar bo‘yicha, xususan Andijon viloyatida 32 ta lotlar (9-40 lotlar) bo‘yicha 150 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktabr holatiga respublika bo‘yicha jami 310 nafar, xususan Andijon viloyati bo‘yicha 30 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Andijon viloyatida tanlovga qo‘yilgan 32 ta lotlar (9-40 lotlar) bo‘yicha 150 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 30 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Tanlovga qo‘yilgan 17,18,23-lotga 1 ta, 15,16,24,31,32-lotga umuman taklif kelib tushmaganligi sababli lotlar oʻynalmadi. 23-noyabr-Andizhon-bayon-ko'chirmaСкачать
Maktabgacha taʼlim vazirligida yana bir uchrashuv boʻlib oʻtdi
Maktabgacha taʼlim vazirligi ham Mordoviya milliy tadqiqot universiteti vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda ikki tashkilotning istiqbolli hamkorlik rejalari muhokama qilindi. Xususan uchrashuvda “Rus tili chet elda: innovatsion yondashuvlar va taʼlimning samarali amaliyotlari” mavzusida xalqaro ilmiy-metodik konferensiya tashkil etish xususida soʻz bordi. Shuningdek Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin Maktabgacha taʼlim siyosatini shakllantirish boʻyicha taʼlim va rivojlanish strategiyalari borasida soʻz yuritdi.Uchrashuvda kelgusi hamkorlik faoliyati borasida ijobiy fikrlar bildirildi.
Maktabgacha ta'lim vazirligi "Rost24.uz" saytida e'lon qilingan jurnalistik surishtiruv yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi: Andijon viloyatida hozirda 64 ta mahallada bolalar bogʻchasi mavjud emas. Ushbu 64 ta MFY dagi bolajonlarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish yuzasidan 2022-2024-yillar davomida oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari ochish rejalashtirilgan. Shuningdek viloyatda shu kunga qadar 84 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari filiallaridan 71 tasi asosiy davlat tashkilotlariga aylantirilgan. 13 tasi davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari sifatida faoliyat koʻrsatishi uchun tadbirkorlarga berilgan. Barcha DMTTlar sovutgichlar bilan taʼminlangan. 2022-yil davlat dasturiga 17 ta (1 ta yangi qurilish, 16 ta rekonstruksiya) DMTTlar kiritildi va 2023-yil uchun 25 tasini dasturga kiritish takliflari ishlab chiqildi. Shuningdek, hozirda 16 ta (Asakada 4 ta, Boʻstonda 1 ta, Ulugʻnorda 1 ta, Paxtaobodda 4 ta, Shaxrixonda 6 ta) bogʻchaga ichimlik suvi tashib keltiriladi, 18 ta tashkilotning qisman atrofi oʻralmagan. Bundan tashqari, bugungi kunda viloyatdagi barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida musiqa mashgʻulotlari oʻtish uchun sharoit yaratilgan hamda barchasida kichik kutubxonalar (kitobxonlik burchagi) tashkillashtirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar” toʻgʻrisidagi qaroriga asosan mamlakatimizdagi 53 ta tumanda 2021-2022-yillarda maktabgacha taʼlim qamrovini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab berilgan. Xususan, 1991-yilda Oʻzbekiston Respublikasida jami 10 134 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻlgan. Aholining oʻsish suratlari boʻlishiga qaramay MTTlar soni 2016-yilda 4 916 ta boʻlgan. 2017-yilda MTTlar soni 5 211 tani (4961 ta davlat va 250 ta nodavlat) tashkil etgan boʻlsa, bugunga qadar ularning soni, yaʼni 2021-yil sentyabr oyi holatiga koʻra 24 922 taga (6 382 ta davlat va 18 540 ta nodavlat) yetdi. Shuningdek, maqolada “Yangihayot tumanidagi 248, 99, 21, 24, 53, 204, 206-bogʻchalar qurilishi hali bitmagan”i taʼkidlangan. Aslida 248-DMTT Olmazor tumanida joylashgan boʻlib, tashkilotni rekonstruksiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi Investitsiya dasturi toʻgʻrisidagi PQ-4067-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan. Obyektda qurilish-montaj ishlari bajarilayotgan vaqtida loyiha-smeta hujjatlarida koʻzda tutilmagan qoʻshimcha ish hajmlari borligi sababli pudratchi tashkilot tomonidan qoʻshimcha mablagʻ talab etilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-noyabrdagi 159-sonli Rayosat bayoniga asosan 900,0 mln. soʻm qoʻshimcha mablagʻ ajratilganligi va bugungi kunda mazkur obyektni rekonstruksiya qilish boʻyicha (2 bosqich ishlari uchun) tegishli vazirlik va idoralarga 2021-yildan 2022 yilga oʻtuvchi obyekt boʻlib Rayosat bayoniga kiritilishi boʻyicha takliflar berilgan. Yunusobod tumanidagi rekonstruksiya qilinishi lozim boʻlgan 99-sonli MTT Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4936-sonli qaroriga asosan 2020-yildan 2021-yilga oʻtuvchi obyekt boʻlib Investitsiya dasturiga kiritilgan. Mazkur obyektning pudratchi tashkilotiga nisbatan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan va hozirda prokuratura tomonidan qoʻzgʻatilgan jinoiy ish boʻyicha oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Obyektni bugungi kunga qadar foydalanishga topshirilmaganligi va qurilish ishlari yakunlanmaganligi hamda qurilish normalariga zid ravishda qurganligi sababli pudrat tashkiloti bilan tuzilgan pudrat shartnomasi bir tomonlama bekor qilingan. Obyektni qurilish ishlari 2021-yildan 2022-yilga oʻtishi boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarga takliflar kiritilgan. Shayhontoxur tumanidagi 21-sonli MTTni rekonstruksiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagiPQ-4936-sonli qaroriga asosan 2020-yildan 2021-yilga oʻtuvchi obyekt boʻlib Investitsiya dasturiga kiritilgan. Mazkur obyektning yer maydoni Fransiya elchixonasining hududiga tegishli boʻlganligi sababli qurilish ishlari toʻxtatilgan edi. Hozirgi kunda qurilish ishlariga ruxsat berilib, qurilish ishlari (tashqi obodonlashtirish, pardozlash, besetka, beton stayashka ishlari) amalga oshirilib, joriy yil yakuniga qadar foydalanishga topshiriladi. Chilonzor tumanidagi 24-sonli MTTni rekonstruksiya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagiPQ-4936-sonli qaroriga asosan 2021-yil Investitsiya dasturiga kiritilgan. Mazkur obyektda rekonstruksiya qilish binosining qurilish ishlari yakunlangan, qoʻshimcha qurilish (oshxona) binosi va tashqi obodonlashtirish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda, joriy yil yakuniga qadar toʻliq foydalanishga topshiriladi Yunusobod tumanidagi 53-sonli MTTni rekonstruksiya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4936-sonli qaroriga asosan 2020-yildan 2021-yilga oʻtuvchi obyekt boʻlib Investitsiya dasturiga kiritilgan. Mazkur obyektda qurilish ishlari (tashqi obodonlashtirish, binoni ichki qismida rang berish ishlari) amalga oshirilib, joriy yil yakuniga qadar foydalanishga topshiriladi. Chilonzor tumanidagi 204-sonli MTT Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagiPQ-4936-sonli qaroriga asosan 2020-yildan 2021-yilga oʻtuvchi obyekt boʻlib Investitsiya dasturiga kiritilgan. Mazkur obyektda qurilish ishlari (kafel terish, laminat, tashqi obodonlashtirish) amalga oshirilmoqda, joriy yil yakuniga qadar foydalanishga topshiriladi. Yunusobod tumanidagi 206-sonli MTT Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagiPQ-4936-sonli qaroriga asosan 2020-yildan 2021-yilga oʻtuvchi obyekt boʻlib Investitsiya dasturiga kiritilgan. Mazkur obyektning qurilish ishlari (kafel terish, laminat, tashqi obodonlashtirish) ishlari amalga oshirilmoqda. Joriy yil yakuniga qadar foydalanishga topshiriladi. Koson tumanidagi “Zamin” MFYda 1976-yil, “Binafsha” nomli sobiq 17-sonli MTM qurilgan boʻlib, bola qamrovi past boʻlganligi sababli 2014-yilda faoliyati toʻxtatilgan. 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya manzilli dasturiga kiritib rekonstruksiya qilish va davlat maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish boʻyicha taklif berilgan. Hozirgi kunda loyihalash ishlari ketyapti. Namangan viloyati Chust tuman “Yangi yer” MFY hududida joylashgan 63-soni MTT 1971-yilda qurilgan. Quvvati 50-oʻrinli. Moslashtirilgan binoda faoliyat yuritadi. Hozirgi kunda ushbu tashkilotga 66 nafar tarbiyalanuvchi qamrab olingan. Bugungi kunga qadar tashkilotning asosiy binosining isitish tizimi, hojatxonasi va qoʻrgʻon devori tuman MTB tashabbusi hamda jalb etilgan homiylar koʻmagida taʼmirlangan. Bundan tashqari, joriy haftaning dastlabki kunlarida tashkilot hovlisidagi mavjud yoʻlaklar asfaltlab berildi. Tashkilotda kapital rekonstruksiya ishlarini 2022-2025-yillar davomida “Investitsiya” davlat dasturi asosida amalga oshirish rejalashtirilgan. Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi OʻRQ-595 sonli qarorning 9-moddasida koʻra, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasida litsenziyalar berish vakolati yuklatilgan. Shu sababli, mazkur xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlari oʻzlarining belgilagan Nizomiga koʻra, bolalar badal pulini tadbirkor oʻzi ixtiyoriy tartibda belgilaydi. Shuningdek, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oziq-ovqat masalasi boʻyicha, unda shaffoflikni oshirish yuzasidan bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda. “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimini takomillashtirish loyihasi Toshkent shahri Bektemir tumanida tajriba-sinov qismi boshlandi. Hozirda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga sifatli taʼlim berish maqsadida “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi ishlab chiqilgan. Shuningdek, Gersen nomidagi Moskva davlat Pedagogika Universitetining Toshkent shahri filiali hamda Maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida onlayn va offlayn tarzda soha muttaxassislari qayta tayyorlanmoqda. Bugungi kunda Investitsiya dasturi asosida viloyatlardagi eng chekka hududlarida maktabgacha taʼlim tashkilotlari qad rostlamoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan chekka hududlardagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar badal puli 8 ta viloyatning 50 ga yaqin tumanlarida 50% chegirma qilindi. Bu esa mazkur hududdagi bolajonlarni maktabgacha taʼlim qamrovi kengayishiga xizmat qilmoqda. Maktabgacha taʼlim vazirligi maqolada keltirilgan maʼlumotlar va raqamlarning xato ekanligini qayd etadi. Xususan 2021-yilga kelib bogʻcha yoshidagi 2,8 million nafar bolaning 64,9 foizi maktabgacha taʼlimga bilan qamrab olinganini maʼlum qilamiz. Xususan, maqolada MTTlar soni ortmayotgani taʼkidlangan. Ushbu vajni rad etgan holda, aniq raqamlarni keltirsak: Oʻzbekistonda 35 mln. aholi istiqomat qilib, shundan 2,8 mln.ni 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar boʻlib, bunda aholining yillik oʻsishi 800 ming bolaga toʻgʻri keladi. Mamlakatimizda 3-7 yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda 3-7 yoshli bolalarning umumiy sonidan (2,8 mln.) 1 829 328 bola (2017-yilda – 708 247; 2018-yilda – 932 310; 2019-yilda – 1 413 290; 2020-yilda – 1 699 566 bola) yoki maktabgacha yoshdagi aholining 64,9 foizi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olindi (2017-yilda – 27,7%; 2018-yilda – 37,7%; 2019-yilda – 52,3%; 2020-yilda –60,9%). Shu bilan birga 2021-yil 3 chorak yakuniga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 24 922 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti (2017-yilda – 5 211 ta; 2018-yilda – 7 104 ta; 2019-yilda – 13 530 ta; 2020-yilda – 18 254 ta), shu jumladan 6 382 ta davlat va 18 540 ta nodavlat, shu jumladan 803 ta xususiy, 16 646 ta oilaviy va DXSH doirasida 1 091 ta nodavlat MTT faoliyat koʻrsatmoqda. Yuqoridagi maʼlumotlar esa, foizlar koʻrsatkichi yildan-yilga ortib borganini koʻrsatadi. Bundan tashqari, “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, 2030-yilga kelib maktabgacha taʼlimga bolalarning 80,8 foizini qamrab olish rejalashtirilgan. Statistika qoʻmitasining maʼlumotida qayd etilishicha, 2021-yil yanvar holatiga koʻra, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalar jami 2.8 million nafarni tashkil etadi. Bu esa bugungi kunda bogʻcha yoshidagi bolalarning 64,9 foizi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinganini isbotlaydi. Shuningdek, Statistika qoʻmitasi tomonidan davlat va DXSH maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan bolalar soni eʼlon qilingan. Ushbu statistik maʼlumotlarda oilaviy va xususiy MTTlar haqida maʼlumot kiritilmagan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3571-sonli qarori bilan 2018-yil 1-martdan va 1 sentabrdan boshlab maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari oylik maoshlari oshirilish boshlangan. 2018-yil 1 sentabrdan boshlab oʻqituvchilar, oliy maʼlumotga ega boʻlgan tayyorlov guruhi tarbiyachilari, psixologlar, logoped va defekteloglar umumtaʼlim maktablaridagi oʻqituvchilar maoshlariga tenglashtirilgan. 2019-yildan esa umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari malaka toifalariga qarab, oylik maoshlari 10-25% ga qadar oshirildi. Shunda, maktabgacha taʼlim tizimidagi oliy maʼlumotga ega tayyorlov guruhi tarbiyachilari maktablardagi oʻqituvchilarning oylik maoshlariga nisbatan 10-25%ga kam. Maktabgacha taʼlim vazirligi Moliya vazirligiga oliy maʼlumotga ega tarbiyachilarning oylik maoshini maktablardagi oʻqituvchilar maoshi bilan tenglashtirish, oshpazlar maoshini 2 barobar oshirish, xalqaro tajribaga asosan “pedagog statusi” amaliyotini yanada keng qoʻllash va maktabgacha taʼlim tizimi pedagog xodimlari umumtaʼlim maktablardagi oʻqituvchilar bilan bir xil miqdorda oylik maosh olishlari yuzasidan taklif bergan. Dastlabki hisob kitoblarga koʻra, mazkur takliflar ijrosi uchun 1,5 trln. soʻm mablagʻ ketishi hamda mazkur dasturni bosqichma-bosqich amalga oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, mazkur yoʻnalishdagi ishlar toʻxtab qolmasligini vazirlik doimo oʻzining quyi tizimdagi xodimlarni mehnatiga yarasha haq toʻlash borasida reja va dasturlar ishlab chiqilayotganligini maʼlum qilamiz. Maktabgacha taʼlim vazirligi OAV lari uchun doim ochiqdir. Jurnalistlardan tekshirilmagan, aniq asoslarga tayanilmagan, tizimning shaʼniga putur yetkazadigan har qanday maʼlumotlarni OAVda eʼlon qilishdan avval Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati bilan hamkorlik qilishga chorlaymiz! Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar bo‘yicha, xususan Toshkent viloyatida 27 ta lotlar (213-239 lotlar) bo‘yicha 146 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktabr holatiga respublika bo‘yicha jami 310 nafar, xususan Toshkent viloyati bo‘yicha 16 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Toshkent viloyatida tanlovga qo‘yilgan 27 ta lotlar (213-239 lotlar) bo‘yicha 146 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 16 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Tanlovga qo‘yilgan 218,224-lotga 1 ta, 213,215,217,221,222,223,226,227,-lotga umuman taklif kelib tushmaganligi sababli lotlar oʻynalmadi. 22_Noyabr_Toshkent_viloyat_bayon_ko'chirma-2Скачать
2022-6-oylik-xarid-2
Ijtimoiy tarmoqlarda “Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Gʻazalkent shahridagi bolalar bogʻchasi qurilishi tugallanishi uchun tadbirkorga ajratilgan imtiyozli kredit summasi toʻxtatib qoʻyilgan”i toʻgʻrisidagi videomurojaat tarqaldi. Ushbu videomurojaatdagi vajlarni rad etgan holda Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati quyidagilarni maʼlum qiladi: Fuqaro Toʻlivay Ashirov 2019-yilning 13-noyabr kuni Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shinning qabulida boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani hududida DXSH asosida 120 oʻrinli “Ortiq ota bogʻchasi” MCHJni tashkil etish maqsadida oʻz murojaatini bayon etgan. Suhbat jarayonida tadbirkor nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini 1 mlrd. soʻmga barpo etishini maʼlum qilib, 1 mlrd. soʻm miqdorda kredit ajratilishini soʻrab murojaat qilgan. Qabul davomida vazir tomonidan ushbu loyiha 1 mlrd. soʻmga bitmasligi, shuning uchun oʻrnatilgan tartibda loyihaga kredit ajratilishi tavsiya qilingan. Sababi rekonstruksiya qilish uchun bir bolaga 16 mln. soʻm ajratilishi lozimligi inobatga olinib, 120 oʻringa 1,920 mlrd soʻm ajratilishiga rozilik berilgan. Qolgan qismi tadbirkor tomonidan qoplanishi lozimligi tushuntirilgan va tadbirkor tomonidan rozilik bildirilgan. Bitim namunasi tadbirkorga taqdim etilgan va tadbirkor tomonidan barcha shartlar oʻrganib chiqilgan. Shundan soʻng bitim tadbirkorning roziligi bilan imzolanib Maktabgacha taʼlim vazirligiga 2 nusxada taqdim etilgan. Vazirlikka taqdim etgandan soʻng ikkinchi tomon, yaʼni vazirlik tomonidan 2019-yil 25-noyabrda Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda “ORTIQ OTA BOGʻCHASI” MCHJ oʻrtasida № 0451-944/11- sonli bitim imzolangan. Ushbu bitim shartnomasida jami loyixa qiymati 4,032 mlrd soʻmni tashkil etib, shundan 1,920 mlrd soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari, 2,112 mln soʻm esa tashabbuskor mablagʻi hisobidan amalga oshirilib borilishi belgilangan. Bitim-shartnoma imzolanib, muhr bosilib, shnurlanib tadbirkorga bitim-shartnomaning bir asl nusxasi taqdim etilgan, ikkinchi asl nusxasi tegishli tartibda arxivga olingan. Ushbu arxivlangan bitimda shuni aniq koʻrish mumkinki, tadbirkor T.Ashirov 12 kun ichida bitim shartnomasini vazirlik bilan imzolayabdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4581-son qarorining 1-bandi 4-xatboshida 420 ta imzolangan bitimlarning 100 dan ortigʻida 25 va undan ortiq foiz hajmda qurilish ishlari bajarilganligi maʼlumot uchun qabul qilingan. Qarorning 3 “a” bandiga koʻra 2019-yil 1-dekabrga qadar maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish ishlari 25 foizdan kam boʻlmagan xajmda bajarilgan bitimlar boʻyicha kreditlarni moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan 182 mlrd. soʻm mablagʻlar Moliya vazirligi tomonidan 2020-yil 1-martga qadar 1 foizli ustama boʻyicha ajratilishi belgilangan. Shunga asosan “ORTIQ OTA BOGʻCHASI” MCHJ tomonidan obyektda olib borilgan qurilish demontaj ishlari ham oʻrganildi va 2020-yil 10-yanvar holatiga koʻra rekonstruksiya ishlari 22% ga amalga oshirilganligi belgilandi va tadbirkor ishtirokida rasmiylashtirildi. 2020-yilning fevral oyida qayta oʻrganish jarayonida sotib olingan qurilish jihozlari va qoʻshimcha qilingan ishlar inobatga olinib, rekonstruksiya ishlari 25,2% ga koʻtarildi va 25% yuqori ish hajmi bajargan loyihalar roʻyxatiga kiritilgan. 2020-yil 19-oktyabrida ushbu tadbirkorga imtiyozli kredit ajratilishi uchun Maktabgacha taʼlim vazirligining 01-0318-266 sonli xati orqali Moliya vazirligiga yuborilgan. Bugungi kunda, 2019-yil 25-noyabrda Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda “ORTIQ OTA BOGʻCHASI” MCHJ oʻrtasida №0451-944/11-sonli imzolangan bitimda koʻrsatilgan 1,920 mlrd soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari tadbirkorga tegishli tartibda toʻliq moliyalashtirilib berilgan. Videomurojaatda vazirlik xodimi Abdugʻulom Hakimov umumiy loyihaning 10%ini pora sifatida tadbirkor Toʻlivay Ashirovdan soʻraganligi yuzasidan keltirilgan vajga izoh: Ushbu tadbirkor vazirlikka kelganida qabul jarayonlarini tashkil etishda bitta mutaxassis qabul qilmagan, balki tadbirkorning barcha tashriflarida vazirlikning mutaxassislari bilan birgalikda qabul tashkil etilgan. Shu bois bu kabi korrupsion holatga yoʻl qoʻyilishi mumkin emas, qolaversa tadbirkorning ushbu vajlariga asosli (audio, video, foto) dalillar keltirilmagan. Bitim-shartnoma soxtalashtirilganligiga oid masala yuzasidan: Tadbirkor Toʻlivay Ashirovning taʼkidlashicha, bitim Aloqabank va vazirlik tomonidan soxtalashtirilgan. Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan oʻrganish olib borilib natijasi tadbirkor Toʻlivay Ashirovga maʼlum qilingan. Unda Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan bitim-shartnomani soxtalashtirish alomatlari aniqlanmaganligi (Ilova qilinadi) yuzasidan maʼlumot berilgan. Endi oʻrinli bir savol tugʻiladi, xoʻsh ushbu bitim-shartnoma Maktabgacha taʼlim vazirligi xodimlari tomonidan soxtalashtirilganligi qonuniy oʻz isbotini topmadi, demak ushbu bitim-shartnoma gʻaraz niyatda kim tomonidan amalga oshirildi ekan??? Quyida soxtalashtirilgan shartnoma hamda vazirlik arxivida saqlanayotgan ikkinchi asl bitim-shartnomaning nusxasi: Tabiiyki, ushbu bitim-shartnomalardagi mablagʻ miqdorlari har xilda ekanligi yaqqol koʻrinib turibdi. Asl nusxada davlat tomonidan ajratiladigan kredit mablagʻi 1 mlrd. 920 mln.soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablagʻlarini tashkil etmoqda, soxtalashtirilgan bitim-shartnomada esa 3 mlrd.16 mln. soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablagʻlarini tashkil etmoqda. Bitim-shartnomani soxtalashtirishdan qanday naf borligi bizga maʼlum emas. Raqamlar oʻrtasidagi tafovutga eʼtibor qaratsak, 1 mlrd. 920 mln.soʻm va 3 mlrd.16 mln. soʻm farq esa 1 mlrd. 96 mlnni tashkil etmoqda. Demak xulosa shuni koʻrsatmoqdaki, bitim-shartnomani soxtalashtirish, yaʼni aynan mablagʻ miqdoridagi oʻzgarishda (eʼtibor bering bitim-shartnomadagi boshqa imtiyozlar yoki huquq va majburiyatlarda oʻzgarish mavjud emas lekin aynan mablagʻ raqamlarida oʻzgarish mavjud) moddiy manfaat koʻzlanganligi yaqqol namoyon boʻlib turibdi. Vazirlik arxivlangan bitim shartnomasini tegishli ekspertiza tashkilotlariga taqdim etadi, shu bilan bir qatorda boshqa niyatlarni amalga oshirmoqchi boʻlgan “tadbirkor”ni asl maqsadlarini namoyon qilishi mumkinligini eslatib oʻtadi. Tadbirkor Toʻlivay Ashirov 2021-yil 7-oktyabr kuni oʻzini “Pravozashitnik Aliyans Uzbekistana” deb tanishtirgan S.Ahmedova (tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining qabulida boʻldi. Qabul jarayonida Maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Davlat xususiy sherikchilik asosida maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi, Yuridik boshqarmasi boshligʻi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi hamda Davlat xususiy sherikchilik asosida maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi yetakchi mutaxassislari ishtirok etgan. Qabul davomida Toʻlivay Ashirov Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani xududidada DXSH asosida 120 oʻrinli “Ortiq ota bogʻchasi” MCHJni tashkil etish uchun jami loyiha qiymati 4 mlrd. 32 mln. soʻm belgilanganligini, 1 mlrd. 920 mln.soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablagʻlarini toʻliq olganligini, oʻzi 1 mlrd. 16 mln.soʻm miqdorida investitsiya kiritganligini maʼlum qilib, loyiha smeta xujjatlarida belgilangan mablagʻdan qolgan 1 mlrd. 96 mln. soʻm miqdoridagi imtiyozli kreditni ajratilishida amaliy yordam koʻrsatilishini soʻraydi hamda Bitimning nusxalarini taqdim etib, uni soxtalashtirilganligini bayon etadi. Tadbirkor Toʻlivay Ashirovdan bitim-shartnomaning asl nusxasi soʻralganda uni taqdim eta olmaydi. Tadbirkor Toʻlivay Ashirovga vazirlik mutasaddilari va oʻzini “Pravozashitnik Aliyans Uzbekistana” deb tanishtirgan S.Ahmedova ishtirokida bitimning ikkinchi asl nusxasi taqdim etiladi va bitim-shartnomaning qaysi bandi soxtalashtirilganligi holati boʻyicha izoh soʻralganida ham javob bera olmaydi. Shu bilan birga, tadbirkor Oʻzbekiston Respublikasi Prezident virtual qabulxonasiga hujjatlar sohtalashtirilganligi yuzasidan murojaatini yoʻllaydi. Oʻrnatilgan tartibda ishni oʻrganish yuzasidan ushbu masala yuzasidan Respublika Prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib boriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 8-oktyabr kuni 9-15-21-4-753135—sonli xatiga asosan tadbirkor tomonidan notoʻgʻri maʼlumot koʻrsatib oʻtilganligi toʻgʻrisida xat taqdim qilingan. Tadbirkor Toʻlivay Ashirov tomonidan “Koʻpchilik tadbirkorlar ham shunday holatda” deb videomurojaatda keltirilgan vajga izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4581-son qarorining 1-bandi 4-xatboshida 420 ta imzolangan bitimlarning 100 dan ortigʻida 25 va undan ortiq foiz xajmda qurilish ishlari bajarilgan tadbirkorlarga imtiyozli kredit ajratilishi belgilangan. Qarorga koʻra 101 loyixalarni moliyalashtirish yuzasidan topshiriq berilganligini inobatga olgan holda, ushbu 101 loyihadan dastlabki 76 loyiha moliya vazirligiga moliyalashtirish uchun tavsiya qilinib, 25 loyixa garov taʼminoti boʻlmaganligi uchun roʻyxatdan tushirib qoldirilgan. Qolgan loyihalar oʻrganilib, 25 va undan ortiq foiz xajmda qurilish ishlari bajarilgan tadbirkorlarga oʻrnatilgan tartibda yuqori turuvchi tashkilotlardan rozilik olingandan soʻng 2020-yil 19-oktyabrida imtiyozli kredit ajratilishi uchun Maktabgacha taʼlim vazirligining 01-0318-266 sonli xati orqali Moliya vazirligiga yuborilgan. Yuqorida keltirilgan maʼlumotlar tadbirkor tomonidan Maktabgacha taʼlim vazirligiga asoslanmagan nooʻrin ayblovlarning qoʻyganligini koʻrsatmoqda, vaholanki ushbu tadbirkorga vazirlik tomonidan qonunda belgilangan barcha amaliy yordamlar berilib kelinmoqda. Shu oʻrinda, qonunchilikda yolgʻon axborot tarqatganlik, tuhmat maʼlumotlarni tarqatish uchun javobgarlik belgilangan boʻlib, unga koʻra shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan yolgʻon axborotni OAV va internet tarmoqlarida tarqatish uchun javobgarlik mavjud ekanligini eslatib oʻtamiz. Biz jurnalistlarni xolislik, ochiqlik, shaffoflik doirasidagi faoliyatini qadrlaymiz va doimo hamkorlikka tayyormiz. Maktabgacha taʼlim vazirligi Axbort xizmati