Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 802-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tizimdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun markazlashtirilgan holda jihozlarni xarid qilish komissiya tarkibi BatafsilСкачать
KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan kitoblar to‘plami bepul sovg‘a qilindi
2021 yil 3 dekabr Xalqaro ko‘ngillilar kuni arafasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan «Xalq ertaklari» kitoblari to‘plami bepul sovg‘a qilindi. Har bir to‘plam 16 ta kitobdan (8 tasi o‘zbek tilida, 8 tasi rus tilida) iborat bo‘lib, ularda bolalarning chuqurroq idrok etishi uchun keng illyustrativ materiallardan foydalanilgan. 70 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga «Xalq ertaklari» kitoblari to‘plami tarqatiladi.Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 484-sonli DMTT sovg‘alarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Pak Sunjin xonim so‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida ro‘y bergan ijobiy o‘zgarishlarini e’tirof etdi va hamkorlik aloqalari kelgusida ham davom etishini ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, 2021-2026-yillarda KOICA bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar doirasida Toshkent shahrida bolalarni rivojlantirish kompleks markazi hamda Koreya tajribasi bo‘yicha innovasion davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish ko‘zda tutilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanidagi 99-DMTT binosida investitsiya dasturiga muvofiq, 2019 yil may oyida qurilish ishlari boshlangani, biroq qurilish ishlari oxiriga yetkazilmay, qarovsiz tashlab qoʼyilgani taʼkidlangan. Holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz: Oʼzbekiston Respublikasi Prezdintining 2020 yil 28 dekabrdagiPQ-4936-sonli qaroriga asosan Investitsiya dasturiga kiritilgan 2020 yildan 2021 yilga oʼtuvchi obʼekt sifatida Investitsiya dasturiga kiritilgan Yunusobod tumanidagi 99-sonli Maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruktsiya qilish belgilangan boʼlib, Yunusobod tumanida 200 oʼringa ega boʼlgan 99-sonli MTTni rekonstruktsiya qilish boʼyicha, 2019 yil Toshkent shahar “Yagona boʼyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” tender savdolari orqali gʼolib pudrat tashkiloti "OLMOS MAXSUS IXTISOSLASHTIRILGAN QURILISH TA`MIR" MChJ bilan pudrat shartnomasini 6 226,1 mln.soʼmga imzolangan. Toshkent shahar Yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasidan 2019 yil boshidan Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi “Infratuzilmani rivojlantirish boʼyicha injiniring kompaniyasi” DUKga mazkur obʼektning shartnoma hujjatlari taqdim qilingan."OLMOS MAXSUS IXTISOSLASHTIRILGAN QURILISH TA`MIR" MChJga bugungi kunda mazkur obʼektlarni qurilish-montaj ishlarini topshirilgan forma-3ga asosan 2 719,8 mln.soʼmga ishlarni bajargan boʼlib, 3 637,8 mln.soʼmga mablagʼ moliyalashtirib berilgan. "OLMOS MAXSUS IXTISOSLASHTIRILGAN QURILISH TA`MIR" MChJ, Yunusobod tumanidagi 99-sonli MTTni 2019 yildan joriy yilga qadar foydalanishga topshirilmaganligi va qurilish ishlari yakunlanmaganligi sababli pudrat tashkiloti bilan tuzilgan pudrat shartnomasi bir tomonlama bekor qilingan.Bugungi kunda mazkur obʼekt pudrat tashkiloti "OLMOS MAXSUS IXTISOSLASHTIRILGAN QURILISH TA`MIR" MChJga nisabatan Yunusobod tuman prokraturasi tomonidan jinoiy ish qoʼzgʼatilgan va hozirda prokuratura tomonidan qoʼzgʼatilgan jinoiy ish boʼyicha oʼrganish ishlari olib borilib pudratchidan jarima mablagʼlari undirilib, Sud xulosasidan soʼng mazkur obʼektda qoldiq ish xajimlari xisoblanib ekspertizadan oʼtkaziladi va pudratchi tanlash boʼyicha elektron tender savdolari orqali pudratchi tanlab olinadi. Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati
Suv resurslarining inson turmushidagi xizmatining bahosi yo‘q
Yer sharining yarmidan ko‘pini, to‘g‘rirog‘i 71 foizini suv va suv resurslari tashkil qiladi. Ammo barcha suv resurslaridan ham inson hayotida foydalanmaydi. Shu kabi ma'lumotlar bilan videoroligimiz orqali tanishishingiz mumkin.
Navoiy viloyatida munosiblar taqdirlandi
Navoiy viloyati hokimligi va viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2021" kasbiy ko'rik tanlovida faol qatnashgan 5 nominatsiyadagi 18 nafar maktabgacha ta'lim tizimi hodimlarini hamda sportning shaxmat turi bo'yicha MTT tarbiyalanuvchilari o'rtasida o'tkazilgan Respublika tanlovining sovrindorlari va ularning murabbiyini erishgan yutuqlari uchun qimmatbaxo sovg'alar bilan taqdirladi.
Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi istiqbollari
2021-yilning 17-noyabr kuni ikkinchi Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi doirasida vazir o‘rinbosari U.Sh.Begimqulov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi delegatsiyasi Rossiya D.I.Mendeleev nomidagi texnologiya universiteti qoshidagi kimyo bolalar texnoparkiga tashrif buyurdi. Ushbu universitet rektori I.V.Vorotyntsev ekskursiya o'tkazdi va bolalarni kimyo bo'yicha asosiy bilimlar bilan tanishtirish uchun innovatsion yondashuvlarni taqdim etdi. Rektor va yosh olimlar bilan uchrashuvda tomonlar Hamkorlik shartnomasini tuzishga tayyor ekanliklarini, shuningdek, Maktabgacha ta’lim vazirligi ishtirokida loyiha ishlab chiqishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar boʻyicha, xususan Sirdaryo viloyatida 33 ta lotlar (180-212 lotlar) boʻyicha 165 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktabr holatiga respublika boʻyicha jami 310 nafar, xususan Sirdaryo viloyati boʻyicha 14 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni oʻtkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab oʻtildi hamda ishtirokchilarni tanlovni oʻtkazish tartibi bilan tanishtirildi. Sirdaryo viloyatida tanlovga qoʻyilgan 33 ta lotga takliflar boʻyicha 165 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 14 nafar tadbirkorlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Tanlov komissiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tartibining 1-ilovasi 1, 2, 3, 4, 5, 6-shakllariga muvofiq 14 ta talabgor korxonalarning tashqi konvert hujjatlari mosligi qatian oʻrganilib chiqildi. 17-Noyabr-Sirdaryo-bayon-kўchirmaСкачать
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar bo‘yicha, xususan Samarqand viloyatida 39 ta lotlar (131-169 lotlar) bo‘yicha 215 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktabr holatiga respublika bo‘yicha jami 310 nafar, xususan Samarqand viloyati bo‘yicha 52 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Samarqand viloyatida tanlovga qo‘yilgan 39 ta lotdan 35 ta lotga takliflar bo‘yicha 205 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 52 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Tanlovga qo‘yilgan 149,153-lotga 1 ta, 165,166,168,169-lotga umuman taklif kelib tushmaganligi sababli lotlar oʻynalmadi. 15_Noyabr_Samarkand_bandan_kўchirma_Скачать
“Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi
10-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun. Joriy yil madhiya qabul qilinganligiga roppa-rosa 29 yil toʻldi. Shu munosabat bilan Maktabgacha taʼlim vazirligida “Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi. Koʻtarinki ruhda tashkil etilgan tadbirni Maktabgacha taʼlim vaziri Agripinna Shin ochib berdi. Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti orkestri tomonidan davlat madhiyasi ijro etildi. Madhiyaga vazirlik xodimlari joʻr boʻlishdi. Shuningdek, Jamoat xavfsizligi universiteti professor-oʻqituvchilari Z. Alimardonov hamda Gʻ. Ismatillayevning maʼruzalari tinglandi va universitetning “Alvon bereti” jamoasi tomonidan kuy ijro etildi.