Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini jihozlash dasturi doirasida Respublikada barcha davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini zarur zamonaviy jihozlar bilan jihozlash bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati nogiron bolalarni, shu jumladan eshitish qobiliyati zaif bolalarni oʻqitish, tarbiyalash va reabilitatsiya qilish uchun shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda “Zamin” xalqaro jamoat fondi tomonidan bolalarning yoshligidanoq eshitish nuqsonlarini oʻz vaqtida tuzatish, eshitish nuqsonlari boʻlgan bolalarni davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻqitish va tarbiyalash uchun maqbul shart-sharoitlarni taʼminlash zarurligini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tibbiy va ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va Maktabgacha taʼlim vazirligi hamkorligida “Eshitmoqchiman!” loyihasi amalga oshirilmoqda. Xususan, 2021-yil 23 va 24-noyabr kunlari 442-sonli, 46-sonli, 404-sonli davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarini zamonaviy eshitish apparatlari bilan taʼminlash chora-tadbirlari koʻrilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatishni rivojlantirish agentligi tomonidan “Zamin” xalqaro jamoat fondi koʻmagida yangi avlod eshitish apparatlari xarid qilindi. Shuningdek, ayni paytda Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan “Zamin” xalqaro jamoat fondi koʻmagida davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining audio sinflarini (FM tizimlari) jihozlash uchun ilgʻor yuqori texnologiyali uskunalar xarid qilish jarayoni amalga oshirilmoqda.
Maktabgacha taʼlim vazirligida OAV xodimlari bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi binosida OАV vakillari uchun “Maktabgacha taʼlim sohasidagi islohotlar samarasi 4 yil ichida” mavzusida ochiq muloqot hamda 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan vazirlikda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Unda maktabgacha taʼlim sohasida 2017-2021 yillar davomida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaga kiritilgan innovatsion pedagogik texnologiyalar, qamrovni oshirish yuzasidan olib borilayotgan samarali ishlarning natijalari nodavlat sektorining ulushi, bir yillik majburiy maktabgacha tayyorlovning maqsadi va natijadorligi hamda hamkorlik doirasida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan ommaviy axborot vositalariga bayonot berildi. Oʻzbekistonda 35 mln. aholi istiqomat qilib, shundan 2,8 mln.ni 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar boʻlib, bunda aholining yillik oʻsishi 800 ming bolaga toʻgʻri keladi, mamlakatimizda 3-7 yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganligi taʼkidlandi. Bugungi kunda 3-7 yoshli bolalarning umumiy sonidan (2,8 mln.) 1 829 328 bola (2017 yilda – 708 247; 2018 yilda – 932 310; 2019 yilda – 1 413 290; 2020 yilda – 1 699 566 bola) yoki maktabgacha yoshdagi aholining 64,9 foizi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olindi (2017 yilda – 27,7%; 2018 yilda – 37,7%; 2019 yilda – 52,3%; 2020 yilda –60,9%). Shu bilan birga 2021 yil 3 chorak yakuniga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida 24 922 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti (2017 yilda – 5 211 ta; 2018 yilda – 7 104 ta; 2019 yilda – 13 530 ta; 2020 yilda – 18 254 ta), shu jumladan 6 382 ta davlat va 18 540 ta nodavlat, shu jumladan 803 ta xususiy, 16 646 ta oilaviy va DXSH doirasida 1 091 ta nodavlat MTT faoliyat koʻrsatmoqda. Yuqoridagi maʼlumotlar esa, foizlar koʻrsatkichi yildan-yilga ortib borganini koʻrsatadi. Bundan tashqari, “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, 2030 yilga kelib maktabgacha taʼlimga bolalarning 80,8 foizini qamrab olish rejalashtirilgan. Ochiq muloqotda Korrupsiya agentligining vakili Mamanov Sardorjon ishtirok etib, Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi. Tadbir yakunida OAV vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga vazirlik masʼullaridan javoblar olishdi. Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati
Maktabgacha taʼlim vazirligida onlayn seminar boʻlib oʻtdi
2021-yil 30-noyabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirligida “Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasida shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim va oʻyin oʻrganish amaliyoti” mavzusida onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Ushbu seminar KOICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi koʻmagida Koreya Respublikasining Sunchunxyan ilmiy-tadqiqot markazi va Sunchunxyan oliy taʼlim maktabi professor-oʻqituvchilari hamda taʼlim ekspertlari ishtirokida tashkil etildi. Seminarda Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim sohasining 40 dan ortiq vakillari, xususan, vazirlik markaziy apparati xodimlari, hududiy boshqarma va maktabgacha taʼlim boʻlimlari masʼul xodimlari, shuningdek, direktorlar, metodistlar va pedagog xodimlar ishtirok etdi. Seminar yakunida tinglovchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi.
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar boʻyicha, xususan Qoraqalpogʻiston Respublikasida 8 ta lotlar (1-8 lotlar) boʻyicha 28 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktyabr holatiga respublika boʻyicha jami 310 nafar, xususan Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 19 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni oʻtkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab oʻtildi hamda ishtirokchilarni tanlovni oʻtkazish tartibi bilan tanishtirildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida tanlovga qoʻyilgan 8 ta lotlar (1-8 lotlar) boʻyicha 28 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 19 nafar tadbirkorlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Tanlovga qoʻyilgan 4-lotga 1 ta, 5-, 6-lotga umuman taklif kelib tushmaganligi sababli lotlar oʻynalmadi. noyabr-kochirmaСкачать
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar boʻyicha, xususan Buxoro viloyati 16 ta lotlar (41-56 lotlar) boʻyicha 59 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktabr holatiga respublika boʻyicha jami 310 nafar, xususan Buxoro viloyati boʻyicha 13 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni oʻtkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab oʻtildi hamda ishtirokchilarni tanlovni oʻtkazish tartibi bilan tanishtirildi. Buxoro viloyatida tanlovga qoʻyilgan 16 ta lotlar (41-56 lotlar) boʻyicha 59 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 13 nafar tadbirkorlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Tanlovga qoʻyilgan 47,49,50,51,52,53,54,55,56 lotlarga umuman taklif kelib tushmaganligi sababli lotlar oʻynalmadi. Buxoro-viloyatСкачать
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar boʻyicha, xususan Surxondaryo viloyatida 10 ta lotlar (170-179 lotlar) boʻyicha 26 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun jami 310 nafar, xususan Surxondaryo viloyati boʻyicha 6 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni oʻtkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab oʻtildi hamda ishtirokchilarni tanlovni oʻtkazish tartibi bilan tanishtirildi. Surxondaryo viloyatida tanlovga qoʻyilgan 10 ta lotlar (170-179 lotlar) boʻyicha 26 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 6 nafar tadbirkorlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Surxondaryo-viloyatСкачать
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar bo‘yicha, xususan Navoiy viloyatida 19 ta lotlar (94-112 lotlar) bo‘yicha 70 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27 avgust holatiga respublika bo‘yicha jami 310 nafar, xususan Navoiy viloyati bo‘yicha 26 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Navoiy viloyatida tanlovga qo‘yilgan 19 ta lotlar (94-112 lotlar) bo‘yicha 70 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 26 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Tanlovga qo‘yilgan 107, 109 lotlarga 1 ta, 104 umuman taklif tushganligi sababli lot oʻynalmadi. Navoiy-viloyatСкачать
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi alohida ta'limga muhtoj bolalar uchun imkoniyat
Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalar qabuli e’lon qilindi. Joriy yilning noyabr oyi oxirida Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Imkon” reabilitatsiya markazi (keyingi o‘rinlarda – “Imkon” markazi)ga ega yangi davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti alohida ta’limga muhtoj bolalar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Bu hisob bo‘yicha O‘zbekistondagi ikkinchi markazdir. Ilk bora Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Imkon” markazi tashkil etilgan edi. To‘laqonli reabilitatsiya markazi va 150 o‘rinli bolalar bog‘chasiga ega “Imkon” markazlari maktabgacha ta’lim tizimidagi mutlaqo yangi modeldir. “Imkon” markazlari faoliyati imkoniyati cheklangan bolalarga har tomonlama yordam ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lib, asosiy maqsadi o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining ota-onalar bilan birgalikda har bir bolani rivojlantirish va reabilitatsiya qilish rejasini ishlab chiqish, uni bir muassasa doirasida amalga oshirishga ko‘maklashishdir. Bu, shubhasiz, ota-onalar va farzandlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratadi, chunki ular avvallari har tomonlama yordam olish uchun shahar yoki tumanning turli hududlarida har xil mutaxassislarga murojaat qilishlari kerak edi. “Imkon” markazlari ikkita blokdan iborat: - 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun (bolaga qo‘yilgan tashxisga qarab) 10 guruhdan iborat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti; - 18 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun reabilitatsiya markazi. “Imkon” markazi yangi keng binoda joylashgan bo‘lib, zamonaviy didaktik materiallar, tuzatish va reabilitatsiya uskunalari bilan jihozlangan. Shuningdek, binoda fizioterapiya xonasi, sport zali, bolalarning ijtimoiy moslashuvi xonasi, sensor xonasi, audiosinf, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar reabilitatsiya xonasi, massaj xonalari, ertak terapiyasi xonasi, shuningdek yil davomida bolalar bilan amaliyotlar o'tkaziladigan yopiq basseyn. Markaz Markaziy Osiyoda tengi yo‘q zamonaviy reabilitatsiya uskunalari bilan jihozlangan. Yetakchi xorijiy tashkilotlar ishtirokida maxsus tayyorgarlik va malaka oshirishdan o‘tgan tajribali mutaxassislar ota-onalar va ularning farzandlariga har qanday yordam ko‘rsatishga tayyor. Maktabgacha taʼlim vazirligi shuni ma’lum qiladiki, 2021-yil 3-dekabrdan boshlab ota-onalarga har haftaning juma kuni Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi binosida “Imkon” ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tanlash bo‘yicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. “Imkon”ga qabul qilish uchun farzandlarini imtihondan o‘tkazish istagida bo‘lgan ota-onalar juma kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha Toshkent shahar, Yunusobod tumani, A.Temur ko‘chasi, 62-uy manziliga taklif qilinadi. Shu bilan birga, ota-onalardan ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasiga Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 391-son qarori bilan tasdiqlangan “Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos bo‘ladigan tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxati”ga muvofiq ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan bolalarni qabul qilinishiga e’tibor qaratishlarini so‘raymiz. Ota-onalar o‘z savollari yuzasidan quyidagi telefonlar orqali bog'lanishlari mumkin: +998 71 207 08 04 (ichki 861) +998 93 565 96 85