MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARINING FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ikki oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining namunaviy shtat birliklarini; davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining namunaviy ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 3. Belgilab qo‘yilsinki: davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida nutqi, eshitishi va ko‘rishida yengil nuqsonlar bo‘lgan bolalarga xizmat ko‘rsatish uchun defektolog shtat birligi joriy etiladi; psixik rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalarni jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalaridan tashqari boshqa davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi; jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar, pedagog va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha to‘lov saqlab qolinadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish hamda bolalarni maktabga tayyorlashning mazmuni va mohiyati yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini keng yoritsinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2017-yil 19-iyul, 528-son Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qaroriga5-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari RO‘YXATI 1. Vazirlar Mahkamasining “Davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha bolalar muassasalari tarmog‘ini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 24-iyundagi 313-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 6-son, 33-modda) 2-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, shuningdek 7, 8 va 10-bandlari. 2. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2007-yil 25-oktabrdagi 225-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 10-son, 60-modda). 3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 18-iyundagi 117-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 32-modda). 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (Vazirlar Mahkamasining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 28-fevraldagi 50-son hamda “Xalq ta’limi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 1-martdagi 52-son qarorlari)” 2011-yil 20-iyundagi 183-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 55-modda) ilovaning 12-bandi.
Finlyandiyalik soha mutaxassislari Navoiyda
Zarafshon shahrida Finlyandiya davlati bilan hamkorlikda "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonida zamonaviy axborot kommunikasion-texnologiyalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish" mavzusida amaliy seminar o'tkazildi. Joriy yilning 10 aprel kuni Zarafshon shahridagi 2-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonida zamonaviy axborot kommunikasion-texnologiyalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish" mavzusida viloyat amaliy seminari o'tkazildi. Amaliy seminarda tuman va shahar maktabgacha ta'lim bo'limi mudirlari hamda Mttlari direktorlari va pedagoglari ishtirok etdilar. Qizg'in va savol-javoblarga boy o'tgan amaliy seminar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, semenarda viloyatimizga tashrif buyurgan Fillyandiyalik ta'lim sohasi vakilari ham ishtirok etib, mamlakatimizda maktabgacha ta'lim sohasida olib borilayotgan ishlarni hamda maktabgacha yoshdagi bolalarga bo'lgan e'tibor va ularga berilayotgan ta'lim-tarbiya jarayonlari bo'yicha ijobiy fikr bildirib, alohida e'tirof etdilar.
NODAVLAT TA'LIM XIZMATLARI KO'RSATISH FAOLIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA
Nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish, ta'limning yuqori sifatini ta'minlashda davlat va nodavlat ta'lim muassasalari o'rtasida sog'lom raqobat muhitini yaratish, shuningdek, nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish sohasidagi yuridik shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 1. Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklarining 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab yuridik shaxslar tomonidan mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat'i nazar, nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatishni lisenziya asosida amalga oshirish tartibini joriy etish to'g'risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. Nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalish va vazifalari etib quyidagilar belgilansin: iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlarni aniqlash va qo'llab-quvvatlash orqali ta'lim-tarbiyaning yuqori sifatini ta'minlaydigan qulay shart-sharoitlar yaratish; sog'lom raqobat muhitini shakllantirish uchun an'anaviy ta'lim xizmatlari bilan bir qatorda sifatli va ommabop ta'lim olishning muqobil imkoniyatlarini yaratadigan pullik ta'lim xizmatlari ko'rsatish bozorini jadal rivojlantirish; ilg'or xalqaro tajribalarni inobatga olib, o'qitishning innovasion pedagogik shakllari, uslublari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida ta'lim sohasidagi samaradorlik va natijaviylikni oshirish. 3. Belgilansinki, nodavlat ta'lim xizmatlari faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar: o'z faoliyatini davlat ta'lim standartlari va talablar asosida amalga oshiradi; amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarga qat'iy rioya qilgan holda yuqori malakali pedagog va boshqa kadrlar bilan ta'minlash, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini ko'radi; o'qish muddati va shartlari, to'lov miqdori, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa shartlar belgilangan shartnomaga muvofiq ta'lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari bilan o'zaro munosabat o'rnatadi; o'z faoliyatini aholiga pullik ta'lim xizmatlarini ko'rsatish, xayriya fondlari va grantlardan kelib tushgan mablag'lar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiradi; bitiruvchilarga davlat namunasidagi ta'lim to'g'risidagi hujjat beradi. 4. Maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim sohasida nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatadigan yuridik shaxslar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami o'quvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo'lmagan miqdorda ta'lim xizmatlarini ko'rsatish evaziga kelib tushgan daromadlar hisobidan bepul (grant asosida) o'qishga qabul qilishi belgilab qo'yilsin. Keyingi yillarda o'quvchilarni bepul (grant asosida) o'qitishni davom ettirish bo'yicha qaror nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxs tomonidan ta'lim oluvchining oilaviy sharoiti va uning akademik natijalaridan kelib chiqqan holda qabul qilinadi. 5. O'zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda aholiga nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslarga davlat mulki bo'lgan foydalanilmayotgan bino, ob'ektlar va inshootlarni davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida o'rnatilgan tartibda sotishni tashkil etsin. 6. Nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslarga ilg'or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda quyidagilar tavsiya qilinsin: ta'lim jarayonini o'qitishning eng zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda fanlarni chuqurlashtirib o'rgatish yo'nalishida tashkil etish; o'zlariga nom tanlashda Vatanimizning mashhur va buyuk olimlari, jamiyat arboblari ismlaridan o'rnatilgan tartibda foydalanish; ilg'or ilmiy-amaliy tajribani joriy etish hamda chuqurlashtirib o'rganiladigan fanlarni chet tilida o'qitish uchun ta'lim jarayoniga xorijiy pedagog va mutaxassislarni jalb qilish. 7. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda 2018/2019 o'quv yili boshlangunga qadar har bir tuman (shahar)da davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibiga rioya qilgan holda maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim sohasida nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanadigan kamida bittadan yuridik shaxsni tashkil etish choralarini ko'rsin. 8. Maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim sohasida nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanadigan yuridik shaxslar 2021 yil 1 yanvargacha bo'lgan muddatda quyidagi to'lovlardan ozod qilinsin: barcha turdagi soliq va davlat maqsadli jamg'armasiga majburiy to'lovlardan (yagona ijtimoiy to'lovdan tashqari), bunda ozod qilinayotgan mablag'lar ularni zamonaviy o'quv vositalari bilan jihozlash, zarur mahsulotlar va jihozlar sotib olish, bino va inshootlarni rekonstruktsiya qilish, kapital ta'mirlash hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ta'lim xizmatlarini ko'rsatishga maqsadli yo'naltiriladi; mehnat shartnomasi asosida ta'lim-tarbiya jarayoniga jalb qilingan xorijiy o'qituvchi va mutaxassislarning oylik ish haqidan yagona ijtimoiy to'lov. 9. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaruratdan kelib chiqib, maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim sohasida nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanadigan yuridik shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan yangi o'quv asbob-uskunalari va o'quv materiallarini respublikaga olib kirishda (bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to'lovlar bundan mustasno) bojxona to'lovlaridan ozod etish va ularning ro'yxatini tasdiqlashni nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini o'rnatilgan tartibda kiritsin. 10. Belgilab qo'yilsinki, yuridik shaxslar tomonidan nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatishda: Chet ellik o'qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslarga solinadigan daromad solig'i va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasiga ajratiladigan to'lovlardan tuzilgan mehnat shartnomasi doirasida ozod qilinadi; chet ellik o'qituvchi va mutaxassislarga ikki tomonlama aviachiptalarni xarid qilish bilan bog'liq xarajatlar (uzoq muddatli mehnat shartnoma asosida — bir yilda ikki martadan oshmagan holda) ish beruvchi tomonidan qoplanishi mumkin; chet ellik o'qituvchi va mutaxassislarning yashash joyi uchun to'lovlar qisqa muddatli mehnat shartnomalariga asosan (bir oydan ko'p bo'lmagan muddatga) ish beruvchilar tomonidan amalga oshiriladi, uzoq muddatli mehnat shartnomalari doirasida ularning yashash joyi uchun to'lovlar shartnoma shartlariga muvofiq ish haqi bilan birgalikda to'lab beriladi. 12. O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligiga tegishli vazirlik va idoralar buyurtmalariga asosan nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanadigan yuridik shaxslar tomonidan ishga taklif qilinayotgan xorijiy o'qituvchi va mutaxassislarning kirish vizalarini o'rnatilgan tartibda konsullik va boshqa to'lovlarni undirmagan holda rasmiylashtirish vazifasi yuklatilsin. 13. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda quyidagilarni belgilaydigan hukumat qarorini qabul qilsin: nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish sohasida davlat-xususiy sherikchilik samarali mexanizmlarini joriy etish; ilg'or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazish va tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish; nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish bilan shug'ullanadigan yuridik shaxslar faoliyatini nazorat qilish mexanizmlari; nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyatiga lisenziya berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash. 14. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar; o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjaev zimmasiga yuklatilsin. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev Toshkent sh., 2017 yil 15 sentyabr, PQ-3276-son O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga Sharh Mustaqillik yillarida ta'lim sohasida yoshlarga zamonaviy bilimlarni berish, ularning intellektual salohiyatini oshirish va jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallashiga qaratilgan tub o'zgarishlar va islohotlar amalga oshirildi. Xususan, umumiy o'rta ta'lim sifatini tubdan oshirish, intellektual, estetik va jismoniy barkamol avlodni shakllantirishni hamda yoshlarga ta'lim berishni yangi sifat darajasiga ko'tarish, shu jumladan, chet tillari, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi muhim va talab yuqori bo'lgan boshqa fanlarni chuqurlashtirib o'rgatish 2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilangan. Xorijiy tajribalar davlat va nodavlat ta'lim muassasalari o'rtasida sog'lom raqobat fuqarolarning sifatli ta'lim olishga bo'lgan huquqini ro'yobga chiqarishga xizmat qilishini ko'rsatmoqda. Shuning uchun ham bir qator rivojlangan xorijiy mamlakatlarda nodavlat ta'lim sektorining umumiy o'rta ta'limdagi ulushi salmoqli bo'lib, Germaniyada 12 foizni, Frantsiyada 17 foizni, AQShda 18 foizni, Buyuk Britaniyada 20 foizni, Ispaniya, Irlandiya va Gollandiyada 30 foizni tashkil etadi. Hozirgi kunda respublikada 43 ta nodavlat umumiy o'rta ta'lim maktabi tegishli lisenziyaga ega bo'lib, xalq ta'limi tizimidagi 9680 ta maktabga nisbatan ularning ulushi 0,4 foizni tashkil etadi. Nodavlat umumiy o'rta ta'lim maktablarining aksariyat qismi (27 ta) Toshkent shahrida joylashgan, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida birorta nodavlat maktabi tashkil etilmagan. Faoliyat ko'rsatayotgan nodavlat ta'lim muassasalaridan 20 tasi boshlang'ich ta'lim (1 — 4-sinflar), qolgan 23 tasi umumiy o'rta ta'lim (1 — 9-sinflar) bosqichlariga mo'ljallangan, ulardagi 330 ta sinfda 6 mingga yaqin o'quvchilar ta'lim-tarbiya oladi (davlat maktablari kontingentiga nisbatan 0,12 foiz). YUNESKO va "DGP Research & Consulting" konsalting tashkiloti hamkorligida jalb etilgan xorijiy ekspertlar guruhi tomonidan milliy ta'lim tizimini kompleks o'rganish bo'yicha o'tkazilgan tahlillarda ta'lim sifatini yaxshilashda raqobat muhitini shakllantirish, bunda xususiy ta'lim sektorini rivojlantirishga ustuvor yo'nalish sifatida e'tibor qaratish zarurligi alohida ta'kidlab o'tilgan. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan nodavlat ta'lim muassasalariga uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratish va avval ajratilgan kreditlar muddatini uzaytirish, ta'lim hamda unga tegishli xizmatlar bo'yicha barcha soliq turlari to'lovlaridan 2021 yilgacha ozod etish, fanlarni chet tilida chuqurlashtirib o'qitish va bu orqali ta'lim sifatini oshirish maqsadida ta'lim jarayoniga xorijlik o'qituvchi hamda mutaxassislarni keng jalb qilish nazarda tutilgan. O'z navbatida, nodavlat ta'lim muassasalariga taklif etilayotgan xorijlik o'qituvchi va mutaxassislarga viza berish, aviatransport, turarjoy, mehnatiga munosib haq to'lash hamda soliqlardan ozod qilish kabi masalalar ham o'z echimini topgan. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami o'quvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo'lmagan holda ta'lim xizmatlarini ko'rsatish evaziga -kelib tushgan daromadlar hisobidan bepul (grant asosida) o'qitish belgilangan. Bundan tashqari, qarorda o'rnatilgan tartibda akkreditasiyadan o'tkazilgan nodavlat ta'lim muassasalari bitiruvchilariga davlat namunasidagi ta'lim to'g'risidagi hujjat berish huquqi nazarda tutilgan. Yuqorida ko'rsatilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan tegishli vazirlik hamda idoralarga nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish, qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha tegishli tartib va me'yoriy-huquqiy hujjatlarga o'zgartirishlar kiritish topshiriqlari berilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorining qabul qilinishi xalq ta'limi tizimida sog'lom raqobat muhitini yaratish, nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish, xorijiy o'qituvchilarni jalb etish yo'li bilan aniq hamda tabiiy fanlar, chet tillarni chuqurlashtirib o'qitishga, bu esa, o'z navbatida, yoshlarning dunyo mehnat bozorida raqobatdosh va yuqori malakali mutaxassis kadr sifatida jahon hamjamiyatida mamlakatimiz nufuzini oshirishiga, barkamol inson bo'lib shakllanishiga xizmat qiladi. Qaror nodavlat ta'lim muassasalari sektori kengayishi, respublikaning har bir tuman va shahridagi fuqarolar ta'lim xizmatlaridan foydalanishda tanlovga ega bo'lishi, yoshlarga munosib ta'lim-tarbiya berish kabi vazifalarni o'z zimmasiga oladigan malakali xususiy tadbirkorlar faoliyatini qo'llab-quvvatlaydi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish sharoitlarini yaratish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi shakllarini joriy etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari, tuman (shahar)lar maktabgacha ta’lim bo‘limlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: ushbu qarorni amalga oshirish xarajatlari uchun 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining “Ijtimoiy soha” uchun nazarda tutilgan parametrlari doirasida mablag‘lar ajratsin, 2018-yildan boshlab esa har yili zarur budjet mablag‘lari ajratishni nazarda tutsin; ushbu qarordan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2017-yil uchun tasdiqlangan xarajatlari smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin; O‘zbekiston Respublikasining har yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlarini ishlab chiqishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan taklif kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining markaziy apparatiga 4 ta, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bo‘linmalariga 14 ta yengil xizmat avtotransport vositalarini saqlashga limit hamda ularning xaridi uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni ajratsin; O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari moddiy-texnika bazasini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilish hamda ularning ma’muriy binolarini ta’mirlash uchun Maktabgacha ta’lim vazirligiga mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatida zarur bo‘lgan aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalarini o‘rnatishni ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining markaziy apparati Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uyda joylashtirilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarini binolar yoki zarur bo‘lgan xonalar bilan ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi “Maktabgacha ta’lim metodikasi” jurnalini (keyingi o‘rinlarda — Jurnal deb ataladi) ta’sis etsin. Maktabgacha ta’lim tizimiga joriy etilayotgan ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, sohada amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini atroflicha yoritib borish, sohaga doir qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar va davlat dasturlarini sharhlash va tushuntirish jurnalning asosiy vazifalari etib belgilansin. Jurnal tahririyati faoliyatini moliyalashtirish jurnalni sotishdan tushadigan mablag‘lar, homiylik mablag‘lari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘ va manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi ikki oy muddatda: Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘llanilayotgan ovqatlanish me’yorlarini rivojlangan mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqsin hamda 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab yangilangan ovqatlanish me’yorlari va respublikaning barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida ushbu qaror ijrosining tizimli monitoringi joriy etilishini ta’minlasin; O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalari uchun o‘quv va ko‘rgazmali qurollar, ularning tarbiyalanuvchilari uchun o‘rgatuvchi va rivojlantiruvchi kitoblar tayyorlanishi, shuningdek, ularning nashr etilishi, doimiy ravishda moliyalashtirilishi va davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga yetkazib berilishini nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ta’lim milliy tillarda olib boriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonida ingliz va rus tillarini, ta’lim rus tilida olib boriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonida ingliz va o‘zbek tillarini o‘rganishni joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlasin; “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida foydalanilayotgan, birinchi navbatda bolalarning intellektual va anglash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan o‘yin va o‘yinchoqlarning davlat standartlarini ishlab chiqsin; “O‘zstandart” agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va zarur shart-sharoitlarni yaratish uchun ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari asosida o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash me’yorlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bolalar o‘yinlari va o‘yinchoqlari bo‘yicha davlat buyurtmasini milliy ishlab chiqaruvchilar orasida taqsimlash bo‘yicha 2018 — 2023-yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining statistik axborotlari tarqatilishi majburiy bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining ijtimoiy muhofazasini takomillashtirish maqsadida ikki oy muddatda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni; Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bir oy muddatda: Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni; tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin. 13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri U.I. Inoyatov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2017-yil 30-sentabr, PQ-3305-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qaroriga6-ILOVA Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 37 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 15 nafar. * Professor-o‘qituvchilar va o‘qitish-tarbiyalash xodimlari, shuningdek, texnik va xizmat ko‘rsatish xodimlari soni qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish sharoitlarini yaratish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi shakllarini joriy etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari, tuman (shahar)lar maktabgacha ta’lim bo‘limlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: ushbu qarorni amalga oshirish xarajatlari uchun 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining “Ijtimoiy soha” uchun nazarda tutilgan parametrlari doirasida mablag‘lar ajratsin, 2018-yildan boshlab esa har yili zarur budjet mablag‘lari ajratishni nazarda tutsin; ushbu qarordan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2017-yil uchun tasdiqlangan xarajatlari smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin; O‘zbekiston Respublikasining har yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlarini ishlab chiqishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan taklif kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining markaziy apparatiga 4 ta, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bo‘linmalariga 14 ta yengil xizmat avtotransport vositalarini saqlashga limit hamda ularning xaridi uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni ajratsin; O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari moddiy-texnika bazasini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilish hamda ularning ma’muriy binolarini ta’mirlash uchun Maktabgacha ta’lim vazirligiga mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatida zarur bo‘lgan aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalarini o‘rnatishni ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining markaziy apparati Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uyda joylashtirilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarini binolar yoki zarur bo‘lgan xonalar bilan ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi “Maktabgacha ta’lim metodikasi” jurnalini (keyingi o‘rinlarda — Jurnal deb ataladi) ta’sis etsin. Maktabgacha ta’lim tizimiga joriy etilayotgan ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, sohada amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini atroflicha yoritib borish, sohaga doir qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar va davlat dasturlarini sharhlash va tushuntirish jurnalning asosiy vazifalari etib belgilansin. Jurnal tahririyati faoliyatini moliyalashtirish jurnalni sotishdan tushadigan mablag‘lar, homiylik mablag‘lari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘ va manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi ikki oy muddatda: Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘llanilayotgan ovqatlanish me’yorlarini rivojlangan mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqsin hamda 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab yangilangan ovqatlanish me’yorlari va respublikaning barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida ushbu qaror ijrosining tizimli monitoringi joriy etilishini ta’minlasin; O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalari uchun o‘quv va ko‘rgazmali qurollar, ularning tarbiyalanuvchilari uchun o‘rgatuvchi va rivojlantiruvchi kitoblar tayyorlanishi, shuningdek, ularning nashr etilishi, doimiy ravishda moliyalashtirilishi va davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga yetkazib berilishini nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ta’lim milliy tillarda olib boriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonida ingliz va rus tillarini, ta’lim rus tilida olib boriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonida ingliz va o‘zbek tillarini o‘rganishni joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlasin; “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida foydalanilayotgan, birinchi navbatda bolalarning intellektual va anglash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan o‘yin va o‘yinchoqlarning davlat standartlarini ishlab chiqsin; “O‘zstandart” agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va zarur shart-sharoitlarni yaratish uchun ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari asosida o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash me’yorlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bolalar o‘yinlari va o‘yinchoqlari bo‘yicha davlat buyurtmasini milliy ishlab chiqaruvchilar orasida taqsimlash bo‘yicha 2018 — 2023-yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining statistik axborotlari tarqatilishi majburiy bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining ijtimoiy muhofazasini takomillashtirish maqsadida ikki oy muddatda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni; Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bir oy muddatda: Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni; tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin. 13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri U.I. Inoyatov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2017-yil 30-sentabr, PQ-3305-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qaroriga6-ILOVA Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti * Professor-o‘qituvchilar va o‘qitish-tarbiyalash xodimlari, shuningdek, texnik va xizmat ko‘rsatish xodimlari soni qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
Kollejda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi. Ta'lim muassasasi 226 nafar bo'lajak pedagog-tarbyachilarni tayyorlaydi. Klaster o'qitish tizimi ularni yanada ko'proq ish bilan ta'minlash imkoniyatini beradi. Chunki kollej qoshida 240 o'rinli 45-son DMTT binosi rekonstruktsiya qilinmoqda. Bu erda yosh kadrlar malakasini oshirish bilan bir qatorda ish bilan ham ta'minlanishi mumkin. Vazir kollej maydonidagi ta'mirlanayotgan MTTning binosini ko'zdan kechirdi. Ob'ektning loyihasi zamonaviy usulda ekanligi hamda yaqin oylarda mahalla bolalari to'laqonli maktabgacha ta'lim va tarbiya bilan qamrab olinishi ko'zda tutildi. Vazirning taklifiga ko'ra, ushbu bog'cha barcha zamonaviy talablar mos raqamli tashkilot qilinadi. Ma'lumot uchun: Urgut tumanida investisiya dasturi hisobidan 2020 yilda uchta davlat Mttlari qurildi. Xozirgi kunda bolalar qamrovi 44,7% ni tashkil etadi. 2021-yilda yana ikkita DMTT qurish va yangi oilaviy shakldagi bog'chalar yaratish rejalashtirilgan. Shunday qilib, qamrov darajasi 65 foizga etadi. Vazir topshirig'iga ko'ra, Bulung'ur tumanining maktabgacha ta'limni rivojlantirish bo'yicha "yo'l xaritasi" tuziladi. Shu bilan birgalikda, tumandagi oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning malakasini muntazam oshirib borishga qaror qilindi.
KOʼZА KUNDАMАS KUNIDА SINDI Samarqand viloyatidagi oʼrganilgan MTTlar faoliyati haqida
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari bolajonlarning baxtiyor unib-ulgʼayishlari va maktab taʼlimiga sifatli tayyorlanishida dastlabki asosiy poydevor hisoblanadi. Bolalar bogʼchasida taʼlim-tarbiya uslubi va ish toʼgʼri tashkil etilgandagina kelajak avlod bilimi, dunyoqarashi va aqliy rivojlanishida ijobiy natijaga erishiladi.Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining 2021 yil 29 martdagi 132-X-sonli buyrugʼiga asosan vazirlik ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatidagi bir nechta MTTlar faoliyati oʼrganilganda tarbiyachi-pedagoglar oʼz xizmat vazifasini toʼliq bilmasligi, sogʼlom ovqatlantirish meʼyorlariga rioya etilmayotganligi, taʼlim-tarbiya jarayonlari yaxshi yoʼlga qoʼyilmaganligi, bolalarni yoʼllanmalar asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilishdagi xato va noqonuniy xatti-harakatlar aniqlandi.Xususan, Samarqand shahar 58-sonli DMTT faoliyati oʼrganilganda, mamlakatimizda karantin talablari bekor qilinmagan boʼlsada mazkur davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti “COVID 19 pandemiyasi davrida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ish faoliyatiga qoʼyiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigienik talablar”ga rioya etmagan holda ish faoliyatini olib borayotganligi ayon boʼldiMaktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida (OpenEmis) tashkilotda tarbiyalanuvchilar soni 186 nafar, navbatda turganlar soni 160 nafar boʼlsada, tashkilot direktori tomonidan tarbiyalanuvchilar soni 141 nafar (kichik guruhda 38, oʼrta guruhda 40, katta guruhda 32, maktabga tayyorlov guruhida 31) ekanligi toʼgʼrisida maʼlumot taqdim etildi. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 391-sonli qarorida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida guruhlar miqdori koʼpi bilan 30 nafar bola bilan toʼldirilishi belgilangan boʼlsada, OpenEmis tizimida guruh quvvatlari kichik guruh uchun 49 taga, tayyorlov guruhi uchun 45 tagacha oshirilgan.Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish boʼyicha yoʼllanmalar saylanma tarzda oʼrganilganda 14 nafar toʼliq kunlik guruh tarbiyalanuvchilari tashkilot direktori N.Xamraeva tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʼyicha davlat xizmatlari koʼrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 244-sonli qarori talablariga zid ravishda tashkilotga qabul qilingan.8 nafar tarbiyalanuvchi tashkilotdan ketgan boʼlishiga qaramasdan OpenEmis tizimidagi tarbiyalanuvchilar roʼyxatidan oʼchirilmagan. Bu oʼz navbatida boʼsh oʼrinlarning shakllantirilmasligiga hamda guruhlarga noqonuniy bolalar qabul qilinishiga zamin yaratadi.Kichik guruhda 2 nafar yoʼllanmasiz bolalar mavjudligi aniqlanib, oʼrganishlar davomida ular guruh tarbiyachisining farzandlari ekanligi maʼlum boʼldi.Tashkilot hamshirasi tomonidan “Sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftari” Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyuldagi 626-son “Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʼlom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida” qarori talablari boʼyicha yuritilmayotganligi hamda ayrim dori vositalarining yaroqlilik muddati oʼtganligi aniqlandi.Oʼzbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʼgʼrisida”gi OʼRQ-595-son Qonunining 34-moddasida maktabgacha taʼlim tashkilotidagi guruhlar yoshga doir toifalar, jumladan kichik guruh uch yoshdan toʼrt yoshgacha, oʼrta guruh toʼrt yoshdan besh yoshgacha, katta guruh besh yoshdan olti yoshgacha, maktabga tayyorlov guruhi 6 yoshdan 7 yoshgacha boʼlgan bolalar bilan toʼldirilishi belgilangan. Maktabgacha taʼlim tashkilotidagi guruhlar yoshga doir toifalar boʼyicha toʼldirilmagan.Maktabgacha taʼlim vazirining 2019 yil 30 avgustdagi “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 155-sonli buyrugʼi talablariga rioya etilmagan holda bolalar davomatini qayd etish daftarida (tabelь, filьtr) bolalarning kelgan va kelmagan kunlari tahlili qilinmagan, hamshira, tarbiyachi va direktor tomonidan imzolanmagan.Shuningdek, 58-sonli tashkilot direktori N.Hamraeva tomonidan imzolangan buyruqlarga asosan tashkilotda haqiqatda ishlamagan 5 nafar xodimga jami 17 793 838,0 soʼm miqdoridagi ish xaqi va unga tenglashtirilgan toʼlovlar hisoblanib, toʼlab yuborilganligi aniqlandi.Xodimlarga ish xaqi va unga tenglashtirilgan toʼlovlarni naqd pul tariqasida berilishi tanlov asosida oʼrganilganda, tarbiyachi D.ga 2020 yilning fevralь-iyunь oylarida haqiqatda vazifasini bajargan boʼlsada jami 2 039 061,0 soʼmlik ish haqi hisoblanmaganligi va toʼlanmaganligi ham aniqlandi.Samarqand shahar prokuraturasining 2021 yil 27 yanvardagi qarorida keltirilgan maʼlumotlarga koʼra tashkilot direktori 2019 yilning avgust-sentyabrь oylarida jami 31 nafar tarbiyalanuvchilarni YaIDXPdan roʼyxatdan oʼtmagan qalbaki yoʼllanmalar asosida qabul qilganligi yuzasidan, Oʼzbekiston Respublikasi JKning 167 va 209-moddalari bilan jinoyat sodir etganligi keltirilgan.Murgʼak qalb egalari kamol topadigan, yosh avlodning ongu tafakkuri shakllanadigan maktabgacha taʼlim tashkilotidagi bunday noqonuniy xatti-harakatlar kelajakka xiyonat emasmi?!Shuningdek, Samarqand shahridagi 50, 126, 13, 98-DMTTlari faoliyati oʼrganilganda “COVID 19” pandemiyasi davrida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ish faoliyatiga qoʼyiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigienik talablar”ga rioya etmagan holda ish faoliyatini olib borayotganligi ayon boʼldi.Tashkilot direktorlari tomonidan yuritilishi lozim boʼlgan hujjatlar tashkilot hamshirasi tomonidan yuritilayotganligi, OpenEmis tizimida MTT guruhlari notoʼgʼri shakllantirilgani, guruhlarda yoʼllanmasiz bolalar borligi aniqlandi.98-MTTda hamshira xonasi antisanitariya holatda boʼlib, begona sumkalar, turli-xil buyumlar bilan toʼldirilgan. Birinchi yordam uchun berilgan dori-darmonlarning muddati oʼtganligi va roʼyxatda koʼrsatilmagan atibiotiklar mavjudligi aniqlandi. Dori darmon uchun ajratilgan muzlatkichda boshqa mahsulotlar ham saqlanmoqda.OpenEMIS maʼlumotlariga koʼra, MTTda 424 nafar tarbiyalanuvchi boʼlib, toʼliq kunlik guruhlarda 12 nafar va qisqa muddatli guruhlarda 16 nafar tarbiyalanuvchining yoʼllanmasi yoʼqligi aniqlandi.13-MTTda oshxonada kunlik menyu va raportichkalar mavjud emasligi, hamshira tomonidan 1-9 aprelь kunlari menyular toʼldirilmaganligi aniqlandi. Tashkilot hamshirasi tomonidan “Sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftari” notoʼgʼri va oʼchiriladigan ruchkada toʼldirilmoqda. Kunlik sinamalar 24 soat ushlanmagan. Birinchi tibbiy yordam koʼrsatish uchun ishlatiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʼyxatida mavjud boʼlmagan natriy xlorid eritmasi saqlanmoqda. Tashkilotda qarindosh urugʼchilik munosabatlarini ham uchratish mumkin, jumladan metodist va xoʼjalik ishlari mudiri tashkilot direktorining qarindoshlari ekanligi maʼlum boʼldi.Pullik xizmat sifatida tashkil etilgan rus tili, ingliz tili, taekvondo va badiiy gimnastika toʼgaraklari uchun toʼlangan pul tashkilotning hisob raqamiga kirim qilinmagan.Hamshiraning filьtr daftari xato yuritilgan hamda oʼchiriladigan ruchkada kiritilgan.Oshpazlar kunlik taomlarni bolalar soniga nomutanosib, taomlarga solinishi lozim boʼlgan mahsulotlar miqdori koʼrsatilishi lozim boʼlgan menyusiz tayyorlashayotgani bolalar haqqini talon-taroj qilayotganligi emasmi?!Payariq tumanidagi 31-38 sonli DMTTlarida bolalar guruhlarga noqonuniy qabul qilinganligi, davomat jurnali xato yuritilishi, guruhlar kerakli jihozlar, jumladan stol-stullar va bolalar krovatlari bilan toʼliq taʼminlanmagani, rivojlantiruvchi markazlar uchun xonalarda maydon hamda bolalar uchun oʼyinchoqlar yetishmasligi, bolaning rivojlanish xaritasi oʼz vaqtida toʼldirilmagani ayon boʼldi.31-MTTda ishchi guruh oʼrganishlar bilan ovora boʼlgan bir paytda oshpaz pishib turgan ovqatga xom tovuq goʼshti solib yuborganiga ham kulasiz, ham kuyasiz.38-MTT binosida qulflangan xona borligi, unda 20 ta bolalar krovati va 10 nafar bola borligi aniqlandi. OpenEMIS tizimida 14 ta guruhda 348 nafar bola boʼlib, haqiqatda 12 ta guruhda 275 nafar bolani tashkil etmoqda, ularning 29 tasida yoʼllanmalar mavjud emas. Omborxonadagi mavjud oziq-ovqat mahsulotlari tanlanma tarzida sanoqdan oʼtkazilganda, tovuq goʼshti – 4,8 kg ortiqcha, olma – 13,9 kg ortiqcha, oʼsimlik yogʼi – 4,8 kg ortiqcha, quruq meva – 33,3 kg ortiqcha, mol goʼshti – 2,25 kg ortiqcha ekanligi aniqlandi hamda oʼz arizasiga asosan xoʼjalik ishlar mudiri bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.Oqdaryo tumanidagi 7-4 sonli MTTlari faoliyatini oʼrganish davomida pedagoglar “Ilk qadam” davlat oʼquv dasturi va davlat talablari haqida yetarli tushunchaga ega emasligi hamda guruhlardagi bolalar soni OpenEMIS dasturidagi bolalar soni oʼrtasida tafovutlarning mavjudligi aniqlandi.7-MTTda OpenEMIS tizimida 14 ta guruhda 348 nafar bola boʼlib, haqiqatda 12 ta guruhda 275 nafar bolani tashkil etmoqda, ularning 29 tasida yoʼllanmalar mavjud emas.Guruhlar davomat jurnali koʼzdan kechirilganda kunlik davomat xato yuritilganligi, jumladan, tarbiyachilar tomonidan imzo qoʼyilmaganligi aniqlandi. Bundan tashqari, taʼminotchi tomonidan sariyogʼ oʼrniga “Spred” (sut yogʼi oʼrnini bosuvchi modda) mahsuloti olib kelinganligi aniqlanib, ishchi guruh tomonidan tabiiy sariyoqqa almashtirildi. Samarqand shahridagi 50-MTTda ishchi guruhi aʼzolari tomonidan soat 15:00-16:00 lar oraligʼida tashkilotga mahalla uylari orasidan nomaʼlum ayol 4 nafar bolani yetaklab tashkilot hududiga asosiy kirish eshigidan olib kirilgan va ular qorovul tomonidan toʼxtatilmaganligi aniqlandi.Mazkur bolalar toʼgʼrisida MTT direktori M.Umirovadan soʼralganda hech qanday maʼlumotga ega emasligini, ularni kim olib kirganligini, koʼrmaganligini va tanimasligini aytdi.Savollar asosida bu 4 nafar bolaning 2 nafari tashkilot xodimlarining uch yoshga toʼlmagan bolalari, qolganlari qisqa muddatli guruh tarbiyalanuvchilari ekanligi aniqlandi. Shuningdek, bolalar tashkilot yaqinidagi 113-uyda yollanma tarbiyachining uyida saqlanishi va tashkilotda ovqatlanishi maʼlum boʼldi.OpenEMIS tizimida 234 nafar bola mavjudligi aks etgan boʼlsada, tashkilot direktori 213 nafar bola mavjudligi toʼgʼrisida maʼlumotnoma taqdim etdi. Tarbiyalanuvchilar tashkilotga direktor tomonidan buyruq chiqarilmagan holda qabul qilinganligi va bolalar qisqa muddatli guruhga yoʼllanmasiz joriy yilning 25 martidan beri qatnab kelayotganligi aniqlandi. Buyruqlar kitobi xato yuritilgan, jumladan buyruq daftariga asosan 75 nafar tarbiyalanuvchi mavjud boʼlsada, OpenEMIS tizimida ular 84 nafar, oʼrganilganda – 65 nafar ekanligi aniqlandi. Rivojlantirish markazlari faoliyati yoʼlga qoʼyilmagan. Barcha taʼlimiy-tarbiyaviy jarayonlar frontal tarzda olib borilmoqda. Metodist faoliyati qoniqarsiz baholandi.Urgut tumanidagi 15-2 sonli MTTlardagi holat ham qoniqarsiz. 15-MTT binosi taʼmirtalab holatda. Xodimlarni ishga qabul qilish toʼgʼrisidagi buyruqlar daftari fevralь oyidan boshlab yuritilmagan. Kunlik yuritiladigan taomnoma aprelь oyi uchun shakllantirilmagan.Tashkilotda tibbiy hamshira faoliyatida hujjatlar notoʼgʼri yuritilayotganligi, birinchi tibbiy yordam boʼyicha dori darmonlar toʼliq mavjud emasligi, kunlik taomnoma toʼliq yozilmaganligi kabi holatlar aniqlandi. Аniqlangan kamchiliklar asosida tashkilot direktori bilan oʼz arizasiga binoan mehnat shartnomasi bekor qilindi.2-MTTda bolalar davomatini qayd etish daftarida (tabelь, filьtr) bolalarning kelgan va kelmagan kunlari tahlili qilinmagan, hamshira, tarbiyachi va direktor tomonidan imzolanmagan. Tashkilotning hamda direktorning yillik, oylik ish rejalari ishlab chiqilmagan. Ish tartibi oʼlda-joʼlda, qoniqarsiz.Аniqlangan kamchiliklar asosida tashkilot direktori bilan oʼz arizasiga binoan mehnat shartnomasi bekor qilindi.Shuningdek, oʼrganishlar yakunidan soʼng Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi mutasaddi rahbarlari tomonidan viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi xodimlari, tuman maktabgacha taʼlim boʼlimi mudirlari va Samarqand shahridagi MTT direktorlari ishtirokida tizimda aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tanqidiy-tahliliy yigʼilish oʼtkazildi. Unda soha faoliyatiga doir ishlar qoniqarsizligi, ishchanlikni oshirish va nazoratni kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi va zaruriy tavsiyalar berildi.Аytish joizki, Samarqand viloyatidagi MTTlari tarbiyachi-pedagoglari oʼz vazifasiga masʼuliyat bilan yondoshmasa, bolalar bilan ishlashda sustkashlikka yoʼl qoʼysa, taʼlim-tarbiya metodikasi oʼlda-joʼlda boʼlsa har jihatdan bilimli, intellektual jihatdan yuksak va aqlan teran yoshlarni tarbiyalashga erisha olamizmi?! Mutasaddilar ishni tizimli tashkil etishda holatga befarq boʼlmasdan masʼuliyatni oshirishsa maqsadga muvofiq boʼlardi.
Maktabgacha taʼlim vazirligining Ichki audit xizmati tomonidan 2021-yil 1-chorak hisoboti.
Maktabgacha taʼlim vazirligining Ichki audit xizmati tomonidan 2021-yil 1-choragi davomida maktabgacha taʼlim boʻlimlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻtkazilgan 80 ta (shundan prokuratura va prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda -7 ta) nazorat tadbirlarida jami 3,4 mlrd.soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi.Oʻtkazilgan profilaktika natijasida tovar-moddiy boyliklar ortiqchaligi va kirim qilinmaganligi, byudjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlarning oʻz vaqtida oʻtkazilmaganligi, belgilangan miqdordan kam hisoblangan ota-ona toʻlovlari kabi holatlar boʻyicha 266 mln.soʻm byudjet va tashkilot hisobiga qoʻshimcha hisoblandi.Tizimda debitor va kreditor qarzdorliklarni kamaytirish hamda oʻrnatilgan tartibda undirish boʻyicha sudga murojaat qilish, ishlamaydigan “oʻlik jonlar” aniqlanib ishdan boʻshatish, xodimlarning ish haqidan asossiz ushlab qolishlarga chek qoʻyish kabi profilaktika ishlari olib borildi.Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan 2021-yil 1-choragi davomida 80 ta tashkilotlar boʻyicha nazorat tadbiri hujjatlari qonuniy chora koʻrish uchun prokuratura organlariga yuborildi.Vazirlik byudjet mablagʻlarini oqilona sarflanishini taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashish talon-tarojliklarni aniqlash va oldini olish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan uzviy hamkorlikda ish olib borildi.
Oʼzbekiston bolalari jahon nigohida
Jahon bankining “Yosh bolalarni erta rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi 2019-2024 yillarga moʼljallangan boʼlib, asosiy vazifalari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini zarur mebel, oʼquv materiallari va didaktik materiallar bilan moddiy-texnik uskunalar bilan taʼminlash, taʼlim sifatini yaxshilash uchun zarur mexanizmlar ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro standartlar darajasida pedagoglarni tayyorlash sifatini oshirishdan iboratdir. Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Jahon bankining «Yosh bolalarni erta rivojlantirishni takomillashtirish» loyihasi doirasida 2021 yilning 12-16 aprel kunlari psixologiya fanlari nomzodi, Xalqaro maslahatchi Veisova Zulfiya Аltaevna ishtirokida «Oʼzbekistonda bola uchun maxsus maktabgacha taʼlimni oʼrgatish shakllarini joriy qilish» mavzusida treninglar oʼtkazildi. Shu bilan birga 22 aprel kuni Xalqaro maslahatchi Veisova Zulfiya Аltaevna Maktabgacha taʼlim vazirligiga tashrif buyurib, loyiha doirasida masʼul mutaxassislar bilan uchrashdi. Uchrashuvda kelajakdagi hamkorlik rejalari haqida suhbatlashildi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati
"Muzey qanday tuzilgan" deb nomlangan kitobning taqdimoti bo'lib o'tdi
10 mart kuni Politexnika muzeyida "muzey qanday tuzilgan" deb nomlangan kitobning taqdimoti bo'lib o'tdi. Taqdimotda, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi kengashi raisining o'rinbosari Saida Mirziyoeva, Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasining ijrochi direktori Gayane Umerova, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin va Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov nutq so'zladilar. Ishtirokchilar kitobning mazmun va mohiyatini yosh kitobxonlarga so'zlab berishdi. Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin tarix va san'atni o'rganishni bolalar uchun bilim poydevori deb atadi: "Bugungi kunda, O'zbekistonda Uyg'onishning yangi davri – uchinchi Renessans davriga poydevor qo'yilmoqda, shuning uchun madaniyat va san'atga alohida e'tibor qaratilmoqda. San'at tarixini o'rganish qiyin va uzoq vaqt talab qiladigan mashg'ulot deb hisoblanadi, ammo bolani har doim kattalarning qiziqishi, ajablanishi va zavq-shavqi o'ziga jalb qiladi va buni kafolatlaydigan kitoblar mavjud". Ma'lumot uchun: kitob muzeylar tarixi haqida bolalar uchun illyustrasiyalarga boy, shuningdek, yosh kitobxonlarni san'at muzeylari va galereyalar olamiga taklif etadi. Rassom David Byom va matn mualliflari Ondrjey Xrobak, Rostislav Korichanek va Martin Vaneklar o'quvchilarni muzeylar tarixi bilan tanishtiradi, ularga muzeyning nima ekanligi, qanday tashkil etilganligi va unda kimlar ishlashi, san'at asarlari qaysi printsipda namoyish etilishi va ko'rgazmalar qanday rejalashtirilishi haqida aytib beradi. Kitobni moslashtirish uchun I.V. Saviskiy muzeyining kollektsiyasidan Aleksandr Nikolaev (Usto mumin), Viktor Ufimtsev, Aleksandr Shevchenko, Nikolay Karaxan, Evgeniy Lisenko, Aleksandr Volkov kabi mashhur rassomlarning asarlari tanlangan. Bundan tashqari, kitobda Damir Ro'ziboev, Vyacheslav Useinov va Joldasbek Quttimuratov kabi O'zbekiston tasviriy san'atining zamonaviy vakillari asarlari taqdim etilgan. Kitobni o'zbek tilida qayta nashr etishdan asosiy maqsad – bolalar va o'smirlar o'rtasida milliy muzeylarga borishga qiziqish uyg'otishdir. Tashkilotchilar tomonidan 400 nushadagi kitoblar vazirliklarga beg'araz taqdim etildi. Shu bilan birga Maktabgacha ta'lim vaziriga sohada foydalanish uchun 200 ta kitobga sertifikat topshirildi.