Tashqi qarz mablagʻlari hisobidan barpo etilayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari
Hukumat qaroriga (PQ-4883, 6 noyabrь, 2020 yil) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga Islom taraqqiyot banki (ITB), Quvayt Arab Iqtisodiyot Jamgʻarmasi mablagʻlarini jalb qilish evaziga maktabgacha taʼlim sohasida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun rivojlanish (KFAED) va OPEK Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi (OPEK jamgʻarmasi) hisobidan amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.Ushbu loyihalarni tashqi davlat qarzi hisobidan 70 million AQSh dollari miqdorida amalga oshirish rejalashtirilgan, shundan 30 millioni ITBga, 20 million – KFAED va 20 million – OPEK jamgʻarmasiga toʻgʻri keladi.Ushbu qarz mablagʻlari hisobiga respublika boʻylab davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonini koʻpaytirish rejalashtirilgan. Shunday qilib, mamlakatimizda umumiy quvvati 28,5 ming oʻrindan ortiq boʻlgan 250 dan ortiq nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari quriladi.2021 yil dekabrь holatiga:KFAED bilan hamkorlikdagi loyiha:Loyiha kontseptsiyasi investorlarga taqdim etildi va ular bilan muzokaralar olib borildi. KFAED Direktorlar Kengashi tomonidan loyihani moliyalashtirish maʼqullandi.Hozirgi kunda investorning Oʻzbekistonga tashrifi kutilmoqda. Tashrif davomida loyihani amalga oshirish boʻyicha Qarz bitimi imzolanishi rejalashtirilgan.ITB bilan hamkorlikdagi loyiha:Loyiha kontseptsiyasi investorlarga taqdim etildi va ular bilan muzokaralar olib borildi. Loyihani baholash maqsadida ITB vakillari tomonidan savolnoma yuborildi. MTV tomonidan savolnoma boʻyicha toʻliq maʼlumotlar taqdim etildi.Hozirgi kunda loyihani moliyalashtirish masalasi ITB Direktorlar Kengashi tomonidan oʻrganib chiqilmoqda.OPEK jamgʻarmasi bilan hamkorlikdagi loyiha:Loyiha kontseptsiyasi investorlarga taqdim etildi va ular bilan muzokaralar olib borildi. Loyihani oʻrganish ishlari investor tomonidan 2022 yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Barcha XMI/XHMI qarz mablagʻlarini (kredit) jalb qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
9-oylik-hisobot
Tender № 2021/2 Mahsulot nomi: Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun gilamlar. Xarid qilinadigan mahsulot nomi, tenderning maksimal qiymati va garov summasi quyidagicha: Xarid qilinadigan mahsulot nomiSoniTenderning maksimal qiymatiGarov maksimal summasii( 0,5% )Gilamlar (butun Respublika bo’ylab)Xarid qilinadigan tovarlar ro’yxati4 484 976 000,022 424 880,0 Tender oʻtkazilish manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur xiyoboni, 17-uy, tel.: (90) 126-52-21 Qatnashuvchilarga qoʻyiladigan talablar: Mahsulot yetkazib berish tajribasiga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar) tenderda ishtirok etishlari mumkin. Tenderning ishchi organi: “VALSTATЕX” MCHJ. Ishchi organ xodimi bilan aloqa raqami: I. M. Mavlyanova, tel.: (+998 93) 399-33-53 e-mail: info@valstatex.uz. Tender hujjatlari boʻyicha toʻliq maʼlumotlarni http://xarid.uz/fillingform. portali orqali olishingiz mumkin. Takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati va sanasi: Tender takliflari ishchi organi tomonidan maxsus axborot portalida koʻrsatilgan muddatga qadar qabul qilinadi. Tender eʼlon qilingandan soʻng ishtirokchi bir donadan tovar naʼmunasi topshirishi kerak. Namuna topshiri manzili: Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Oqdaryo koʻchasi 122 uy. Belgilangan muddatga qadar namunalarni topshirmagan ishtirokchilar tenderdan chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya) qilinadi. Tender taklifini loyihalashga qoʻyiladigan talablar: - tender ishtirokchisi faqat bitta tender taklifini taqdim etishi mumkin; - tender taklifiga kiritilgan barcha hujjatlar rus yoki oʻzbek tillarida tayyorlanishi kerak; - tender taklifi quyidagi manzil boʻyicha taqdim etiladi: 100015, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus koʻchasi, 89-uy, “VALSTATEX” MChJ. Qabul uchun masʼul Mavlyanov I.M., tel.: (+998 93) 399-33-53. Tender hujjatlarining elektron versiyasi maxsus axborot portalida joylashtirilgan.
Puchon Universiteti qabul komissiyasi sirtqi bo’limga abituriyentlar qabulini o’tkazadi
2021-yil 22-noyabrdan 10-dekabrgacha Toshkent shahridagi Puchon Universiteti qabul komissiyasi sirtqi bo’limga abituriyentlar qabulini o’tkazadi. №Fakultet nomiShartnoma summasiO’qish muddatiTa’lim tili1Maktabgacha ta’lim1 100 $3 yilrus/ o’zbek2Arxitektura1 400 $4 yilrus/ o’zbek3Biznes boshqaruvi1 400 $4 yilingliz Qabul shartlari: Sirtqi bo’limida kirish imtihonlari o’tkazilmaydi. Reyting attestat/diplom baholariga qarab tuziladi. Bir xil baholar yig'ilgan holatda, ustunlik ko’proq ish tajribasiga ega bo'lgan nomzodlarga beriladi. Kerakli hujjatlar: Pasport nusxasi;O'rta ma'lumot to'g'risidagi attestat/diplom nusxasi;Attestat/diplom baholar ilovasi nusxasi; Ish beruvchining tavsiyanomasi (tashkilot blankida, matn erkin shaklda);Mehnat faoliyati to'g'risidagi ЕНСТ (YMMT) dan ko'chirma;3x4 rasm;100.000 so’m ro’yxatdan o’tish to’lovi. Muhim: Hujjatlardan tashqari abituriyentlar tegishli sohada kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lishlari kerak. Hujjatlarni qabul qilish shartlari: 1) o’rta ma’lumotning mavjudligi; 2) tanlangan yo’nalish bo’yicha ish tajribasining mavjudligi; 3) tanlangan yo’nalish bo’yicha joriy bandlik. Hujjatlarni topshirish tartibi: Hujjatlarni topshirish offline va online tarzda amalga oshiriladi. Hujjatlarni offline topshirish uchun ushbu manzilga kelishingiz mumkin: Toshkent, Chilonzor tumani, 17-mavze, Qatortol-2 ko’chasi, 38А uy (sobiq Y.Rajabiy nomidagi pedagogika kolleji, mo’ljal: shahar bojxonasi, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti). Qabul vaqti: dushanba - shanba, 10:00 - 17:00. Hujjatlarni online topshirish uchun: universitet saytida (www.bucheon.uz) telefon raqamni tasdiqlash;shaxsiy kabinetda ariza to’ldirish va barcha kerakli hujjatlarni yuklash;ro’yxatdan o’tish to’lovini bank, “Apelsin” ilovasi orqali yoki Universitetda amalga oshirish;shaxsiy kabinetga to’lov kvitansiyani joylashtirish. Universitet xodimlari muvaffaqiyatli ro'yxatdan o'tganligi to'g'risida abituriyentga xabar beradi. Arizalarni online yuborish jarayoni 24 soat ishlaydi. Yuborilgan hujjatlarni ko'rib chiqish dushanbadan shanbagacha, soat 10:00 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi. Darslarning o’tkazilish tartibi: Darslar yanvar va iyun oylarida offline tarzda o’tadi (3 haftadan, dushanbadan jumagacha). O’qishni tugatish va diplom. Sirtqi bo‘limda o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga Toshkent shahridagi Puchon Universitetining bakalavr diplomi beriladi. Savollar bo’yicha qabul komissiyasiga murojaat qiling: +998781504002, +998951963601.
Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumanidagi 100-sonli MTTni rekonstruksiya qilish kechikayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz: Mazkur obyektlar hududida qurilishi belgilangan yangi binolar oʻrnida jami 32 dona mevali va manzarali daraxtlar mavjudligi aniqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi 43-sonli qarorining 39 bandiga asosan davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlimi hamda kasb-hunar taʼlimi muassasalarida daraxtlar va butalarni kesish yoki sanitariya maqsadida kesish ishlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshirilishi koʻrsatib oʻtilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi PF 5863-son farmoni hamda joriy yilning avgust oyida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshirigʻiga koʻra, daraxtlarni kesishga moratoriy 2024 yilga qadar uzaytirishi va javobgarlik keskin kuchaytirilishi hamda viloyat markazlarida ekologiya politsiyasi tashkil etilishi maʼlum qilindi. Ushbu daraxtlarni boshqa joyga koʻchirish va kesish boʻyicha Toshkent shahar hokimligiga hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Toshkent shahar boshqarmasiga bir necha marotaba yozma murojaat etilishiga qaramasdan amaliy yordam koʻrsatilmagan. Bundan tashqari MTT binosi yaroqsiz holda boʻlganligi sababli toʻliq buzish(snos) ishlari Maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan belgilangan muddatdan 3 oyga kechiktirib bajarilgan. Natijada qurilish-montaj ishlari ishlab chiqilgan tarmoq jadvaliga nisbatan kechiktirib boshlangan.