“Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni muborak!
Jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishini hamda sportni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilishiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, shuningdek, mamlakatimizning barcha hududlardagi maktabgacha taʼlim tizimida ommaviy sportning inson va jamiyat hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va maʼnaviy sogʻlomlikning asosi ekanini targʻib qilishda sidqidildan mehnat qilayotgan 2 nafar maktabgacha taʼlim tizimi sohasi vakillari “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlandilar. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi binosida jismoniy tarbiya va sport sohasida faollik koʻrsatgan bir qator vazirlik va idoralar xodimlari “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishdi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Nazorat-tahlil boshqarmasi boshligʻi Lola Berdiyeva hamda Bolalar salomatligi, sogʻlom ovqatlantirishni taʼminlash va ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi Umida Muxiddinovalar “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishdi. Ushbu koʻkrak nishoni Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov tomonidan oʻz egalariga topshirildi. Eslatib oʻtamiz, yurtboshimiz tomonidan 2020-yilning 30-oktyabr kuni “Sogʻlom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolanib, unga asosan, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda — yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, “Work out” (mahalla va koʻcha fitnesi) sportning ustuvor turlari etib belgilangan. 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab yurtimizdagi barcha mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan bir nafar xodimga “Sport targʻibotchisi” qoʻshimcha vazifasi yuklanib, ish vaqtidan soʻng haftada kamida bir marotaba “Sport targʻibotchisi” tomonidan rahbar va barcha xodimlar yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish singari sport turlari bilan shugʻullanishlarini tashkillashtirish taʼminlandi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati
Tender № 2021/2 Mahsulot nomi: Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun gilamlar. Xarid qilinadigan mahsulot nomi, tenderning maksimal qiymati va garov summasi quyidagicha: Xarid qilinadigan mahsulot nomiSoniTenderning maksimal qiymatiGarov maksimal summasiGilamlar (butun Respublika bo'ylab)Xarid qilinadigan tovarlar ro'yxati4484976000,022424880,0 Tender oʻtkazilish manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur xiyoboni, 17-uy, tel.: (90) 126-52-21 Qatnashuvchilarga qoʻyiladigan talablar: Mahsulot yetkazib berish tajribasiga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar) tenderda ishtirok etishlari mumkin. Tenderning ishchi organi: “VALSTATEX” MCHJ. Ishchi organ xodimi bilan aloqa raqami: I. M. Mavlyanova, tel.: (+998 93) 399-33-53 e-mail: info@valstatex.uz. Tender hujjatlari boʻyicha toʻliq maʼlumotlarni http://xarid.uz/fillingform. portali orqali olishingiz mumkin. Takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati va sanasi: Tender takliflari ishchi organi tomonidan maxsus axborot portalida koʻrsatilgan muddatga qadar qabul qilinadi. Tender eʼlon qilingandan soʻng ishtirokchi bir donadan tovar namunasi topshirishi kerak. Namuna topshirish manzili: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Oqdaryo koʻchasi 122 uy. Belgilangan muddatga qadar namunalarni topshirmagan ishtirokchilar tenderdan chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya) qilinadi. Tender taklifini loyihalashga qoʻyiladigan talablar: - tender ishtirokchisi faqat bitta tender taklifini taqdim etishi mumkin; - tender taklifiga kiritilgan barcha hujjatlar rus yoki oʻzbek tillarida tayyorlanishi kerak; - tender taklifi quyidagi manzil boʻyicha taqdim etiladi: 100015, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus koʻchasi, 89-uy, “VALSTATEX” MCHJ. Qabul uchun masʼul Mavlyanov I.M., tel.: (+998 93) 399-33-53. Tender hujjatlarining elektron versiyasi maxsus axborot portalida joylashtirilgan.
Maktabgacha ta’lim vazirligining 3 chorak moliyaviy hisoboti
3_chorak_hisoboti-1
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xodimlari uchun qoʻllanma
Qo'llanma
Avvalroq xabar berganimizdek, YUNESKO bosh direktorining taʼlim boʻyicha oʻrinbosari Stefaniya Djannini Oʻzbekistonga tashrifi davomida Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin bilan uchrashib tizimdagi islohotlar va olib borilayotgan samarali hamkorlik natijalari, maktabgacha taʼlim tizimidagi islohotlarni amalga oshirish va erishilgan ilgʻor natijalar, shuningdek kelgusi yillarda maktabgacha taʼlim sohasida rivojlanishning istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha masalalar tahlil qilinib, shu bilan birga uchrashuv doirasida 2022-yil Toshkentda “Ilk yoshdagi bolalar rivojlanish sohalari va taʼlim siyosati Osiyo-Tinch okeani forumi”ni oʻtkazish masalasi muhokama qilingan edi.Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin va YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari v.b Aleksandros Makarigakis oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv jarayonida 2022-yil Toshkentda “Ilk yoshdagi bolalar rivojlanish sohalari va taʼlim siyosati Osiyo-Tinch okeani forumi” oʻtkazilishi yuzasidan tashkiliy masalalari boʻyicha kelishib olindi.Uchrashuv jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim va tarbiya berish davlatning ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligi shu bilan birga, Oʻzbekiston barqaror rivojlanish maqsadlarining 4.2 bandiga muvofiq 2030-yilga kelib barcha oʻgʻil-qizlar boshlangʻich taʼlimga tayyor boʻlishlari uchun yosh bolalarni rivojlantirish, parvarishlash va maktabgacha taʼlim olish uchun sifatli tizimlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishlarini taʼminlash borasida ijobiy natijalar haqida ham aytib oʻtildi.Eslatib oʻtamiz, respublika boʻyicha maktabgacha taʼlimga qamrab olish koʻrsatkichlari 2017-yili 27% dan 2021-yilga kelib 64% gacha oshishi natijasida, bugungi kunga kelib 1,8 mln. dan ortiq maktabgacha yoshdagi bolalar maktabgacha taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻldilar, qolaversa Oʻzbekistonda 2019-yildan boshlab barcha bolalar uchun boshlangʻich taʼlimda teng imkoniyatlar yaratish maqsadida maktabga borishdan bir yil oldin majburiy maktabgacha taʼlim tizimi joriy etildi. Bugungi kunda 6-7 yoshli maktabga chiqish yoshidagi bolalarning 77%i maktabgacha taʼlim tizimiga qamrab olindi, 2025-yilga borib ularning barchasini bir yillik majburiy bepul taʼlim tizimiga 100% qamrab olinadi.Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati
Ilmiy kuzatish va tadqiqotlar inson oʻz umri davomida oladigan barcha maʼlumotning 70 foizini 5 yoshgacha boʻlgan davrda faol qabul qilishini, bolaning ongi, asosan, 5 – 7 yoshda shakllanishini koʻrsatgan. Bu esa jamiyatga kirib kelayotgan shaxsning maʼnaviy-ruhiy olami, dunyoqarashi, bilimu salohiyati uning maktab yoshigacha boʻlgan yillarda olgan taʼlim-tarbiyasiga uzviy bogʻliqligidan dalolat beradi.Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, bola kamolotining ilk kurtaklari nafaqat oilada, balki maktabgacha taʼlim tashkilotlarida namoyon boʻladi. Ushbu tashkilotlarda taʼlim-tarbiyaviy ishlar sifati hamda samaradorligi, ularda yaratilgan zamonaviy imkoniyat va sogʻlom muhit murgʻak farzandlarimiz taqdirida gʻoyat muhim oʻrin egallaydi.Maktabgacha taʼlim tashkilotining davlat oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan meʼyoriy-huquqiy hujjat boʻlib, unda maktabgacha taʼlim tashkilotining maqsad va vazifalari, oʻquv-tarbiyaviy faoliyatining asosiy gʻoyalari ifodalangan, shuningdek, bolani taʼlimning keyingi bosqichiga oʻtishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. Xuddi shu maqsadlarni samarali amalga oshirish yoʻlida vazirlik oʻz tashabbusi bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlashni takomillashtirish boʻyicha mexanizmlarni joriy etdi.2021-yilda Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan pedagoglar uchun bolalar davomatini qayd etish daftari, “Ish daftari”, shuningdek, bolajonlar uchun oʻzbek ertaklari va sheʼrlari toʻplamlari ham nashr ettirildi.Xususan, nashr etilayotgan metodik adabiyotlar va qoʻllanmalar soni quyidagicha:– Pedagoglar uchun bolalar davomatini qayd etish daftari (tabel, filtr patronaj) – 48 811 ta;– Pedagoglar uchun “Ish daftari” komplekt 5 kitobdan iborat – 6149 ta;– Panoramali ertaklar (komplekt 6 kitobdan iborat) – 6 149 ta;– Pedagogik qoʻllanma va didaktik materiallar – 25 000 ta (rus va oʻzbek tillarda);– Musiqa pedagoglar uchun qoʻllanma – 6149 ta.Ushbu davrda vazirlik tomonidan 3 dona oʻzbek xalq ertaklaridan iborat toʻplam ham 20 000 nusxada chop etilib, bolajonlarga yetkazilgan.Xususan, kichik guruh bolalari uchun taʼlimiy, rangli-bezakli badiiy “Qizil gul” kitobi bosmadan chiqqan. “Oq gul” kitobi esa oʻrta guruh bolalari uchun moʻljallangan boʻlib, taʼlimiy, rangli-bezakli badiiy asarlar toʻplami hisoblanadi. Shuningdek, hozirda “Sariq gul” kitobini katta guruh bolalari sevib mutolaa qilishmoqda. Maktabga tayyorlov guruhi bolalari “Moviy gul” kitobidan foydalanishmoqda. Natijada bolalarda kitobga boʻlgan qiziqish ortib, kelgusidan kitobxonlik darajasi oshishiga sabab boʻlishi mumkin.Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yuqori sifatli oʻquv didaktik materiallari bilan taʼminlanish darajasiga ham eʼtibor qaratsak:– “Lulliya aylanalari” didaktik toʻplami – 10 000 ta;– 3-7 yoshli bolalar uchun diqqatni jamlash va mantiqiy fikrlar uchun rivojlanish soati – 20 000 ta;– 40 ta toʻplamdan iborat boʻlgan Elementar matematik tasavvurlarini va bilimlarini rivojlantirish boʻyicha didaktik oʻyinlar va masalalar toʻplami – 20 000 ta (rus va oʻzbek tillarda);– Koʻrgazmali didaktik plakatlar toʻplami;– 45 ta plakatdan iborat toʻplam – 10 000 ta (rus va oʻzbek tillarda);– Markazlarda faoliyatni tashkil etish uchun didaktik kartochkalar toʻplami. Toʻplam 376 ta kartochkadan iborat – 10 000 ta (rus va oʻzbek tillarda);– Nutqni rivojlantirish uchun moʻljallangan figuralar va maskalar toʻplami;– Stol teatri – 6 149 ta; – “Koʻngilochar” Geometrik tushunchalarni hosil qilish va logikani rivojlantirishga qaratilgan grafomatorika boʻyicha didaktik toʻplam 3-7 yoshli bolalar uchun – 6 149 ta;– Tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarining ish daftarlari – 466032 ta;– Tarbiyalanuvchilar uchun matematika daftari – 466032 ta;– 6-7 yoshli bolalar uchun ingliz tili daftari – 466032 ta nusxada nashr ettirilmoqda.Eng quvonarlisi yuqorida nomlari keltirilgan didaktik materiallarning barchasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun mutlaqo bepul tarqatilmoqda. Albatta ushbu didaktik materiallar kelajak avlodning mustahkam bilim egasi boʻlib kamol topishi yoʻlida olib borilayotganligi ezgu maqsad boʻlib oʻz samarasini berishi shubhasizdir.Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqalʼa tumanida 2 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti ochildi
Investitsiya dasturi asosida 8-sonli va “Obod qishloq” davlat dasturi asosida 31-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlarining qurilish ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi.Ochilish tadbirlarida Ellikqalʼa tumani hokimi S.Avezov, Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligidan B.Qadirov, M.Akbarov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari T.Bayjanov va tegishli tashkilot, muassasa rahbarlari ishtirok qildilar.Tadbirda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda bolajonlarni har tomonlama barkamol insonlar boʻlib ulgʻayishida tinmay gʻamxoʻrlik koʻrsatib kelayotgan Prezidentimizga samimiy minnatdorchilik izhor etdilar.