Oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
2021-yilning III-choragida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: 3_chorak_hisoboti-1Скачать
Navoiy viloyati MTB tomonidan tayyorlangan “Quvnoq alifbo” turkumidagi videodars mashgʻulotlari. Darslar MTTning maktabgacha tayyorlov guruhlari uchun moʻljallangan. Ushbu lavha Navoiy TRKning “Assalom, yangi kun” dasturi orqali efirga uzatilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yangihayot tumani Yoʻldosh-16 dahasidagi 566-sonli MTT 2020-yilda kapital taʼmirga tushganiga qaramay, shu kungacha taʼmirlash ishlari tugatilmagani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Maktabgacha taʼlim vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4936-sonli qaroriga asosan 2020-yildan 2021-yilga oʻtuvchi obyekt boʻlib, Investitsiya dasturiga asosan ushbu MTTni joriy yilda rekonstruksiya qilish belgilangan. Tender savdolarida “SADDINISO XABIBULLA” XK gʻolib deb topilib, 2020-yil 24-fevralda Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi “Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK bilan 12 674,56 million soʻmli pudrat shartnomasi imzolangan. “SADDINISO XABIBULLA” XKga mazkur obyektda 11 331,8 million soʻmli qurilish-montaj ishlarini amalga oshirgan boʻlib, hozirda 10 463,5 million mablagʻ moliyalashtirilgan. Loyiha-smeta hujjatlarida kommunikatsiya tarmoqlarida kamchiliklar aniqlangan, ammo mazkur kamchiliklar “Ixtisoslashtirilgan loyiha izlanish instituti” DUK loyihachi tashkilot bilan birgalikda bartaraf etib kelinmoqda. “SADDINISO XABIBULLA” XK tomonidan bugungi kunga qadar mazkur obyektning 4 ta asosiy binosida taʼmirlash ishlari toʻliq yakunlangan (1-2-3-4 blok). Hozirda xususiy korxona tomonidan oshxonaga rang berish hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek basseyn va yozgi oʻyin maydonchalarini qurish jarayonlari olib borilmoqda. Obyektda qayta shakllantirilgan qurilish grafigi asosida ishlar tashkillashtirilgan. Pudratchi tashkilotga ishchilar sonini koʻpaytirish hamda ishlarni jadallashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berilgan. Maktabgacha taʼlim tashkilotini foydalanishga topshirish muddati noyabr oyining yakuniga qadar etib belgilangan. Maʼlumot uchun, mazkur obyektni loyiha-smeta hujjatlarida jihozlar mavjud emasligi sababli, Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan jihozlash belgilangan. Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati
Maktabgacha taʼlim boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Rajabov Maqsud Subhonovich Buxoro viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasiga boshligʻi lavozimiga v.v.b. etib tayinlandi. Maqsud Rajabov — 1973-yil 22-noyabrda Vobkent tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 1997-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (sirtqi)ni tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1997-yilda Vobkent tumani hokimligi moliya boʻlimi bosh buxgalteri oʻrinbosari sifatida boshlab, Vobkent tumani hokimligi moliya boʻlimi mudiri oʻrinbosari, byudjet boʻlimi boshligʻi (1998), viloyat nazorat taftish boshqarmasi Vobkent tumani boʻyicha bosh nazoratchi-taftishchisi (1998-1999), Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxoro viloyati boʻyicha Nazorat-taftish boshqarmasi bosh nazoratchi-taftishchisi (1999-2005), Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxoro viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasi boshligʻining 1-oʻrinbosari-Byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi (2005-2011), Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshligʻi (2011-2021) lavozimlarida ishlagan. U tayinlovga qadar «Oʻzneftmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli “Buxoro neft bazasi” unitar korxonasi direktori vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Oilali, 3 nafar farzandi bor. Buxoro viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi Axborot xizmati
Uchrashuv natijalari boʻyicha asosiy maʼlumotlar
2021-yilning 26-oktyabr kuni Maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari U.Begimqulov va Yevropa Osiyo tadqiqotlari instituti (YEIAI) dastur direktori L.Gotals oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va YEIAI masʼul xodimlari ishtirok etdi. Muzokaralar chogʻida L.Gotals YEIAI dasturi, xususan, institutning Osiyo mamlakatlaridagi faoliyati, Xitoy taʼlim tashkilotlarida Frene metodologiyasini targʻib qilish boʻyicha tajriba loyihasi (ushbu loyihani amalga oshirish COVID-19 sabab toʻxtatilgan) haqida maʼlumot berdi. Maʼlumot uchun: S. Frene turli funksiyalarning elementlaridan tashkil topgan pedagogik texnologiya muallifi - maktab bosmaxonasi, oʻzini-oʻzi boshqarish, bolalar insholari, shaxsiy ish uchun kartochkalar. U oʻqituvchi bolani rivojlantirishi, uning salohiyatini yuzaga chiqarishga yordam berishi, shaxs sifatida bola oʻzini oʻzi yaratishi kerakligiga ishonch hosil qilgan. Oʻquv kuni 2 qismga boʻlingan. Ertalab oʻquvchilarning bir guruhi mustaqil ravishda oʻrganadi, qolgan bolalar bogʻda yoki bogʻda, oshxonada yoki ustaxonalarda ishlaydi. Kunning ikkinchi yarmida oʻquvchilar oʻynaydi, sport bilan shugʻullanadi. Kechqurun kun sarhisob qilinadi. Dasturni bajarish uchun 2-3 hafta vaqt ajratiladi, shundan soʻng bola hisobot berishi kerak. Shuningdek, belgiyalik ekspertning taʼkidlashicha, 2021-yil 29-yanvar kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi va YEIAI vakillari oʻrtasida oʻtkazilgan onlayn muzokaralar natijasida maktabgacha taʼlim muassasalari pedagoglarini Frene metodologiyasi asosida oʻqitish boʻyicha tijorat taklifi ishlab chiqildi va vazirlikka yuborildi. L.Gotalsga vazirlikning maktabgacha taʼlim sohasidagi soʻnggi yutuqlari, xususan, mamlakatimizda maktabgacha taʼlimni qamrab olish boʻyicha joriy statistik maʼlumotlar, xalqaro hamkorlik va sohaga jalb etilgan xorijiy investitsiyalar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Shuningdek, vazirlikning YUNESKO bilan hamkorlikda 2022-yilda Oʻzbekistonda erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim sohasidagi siyosat boʻyicha navbatdagi Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy forumini tashkil etish haqidagi tashabbusi ham maʼlum qilindi. Tadbir yakunlari boʻyicha tomonlar dastlabki kelishuvga erishdilar. Unga koʻra, vazirlikka boʻysunuvchi pedagogika kollejlaridan birining negizida oʻquvchilar uchun oʻquv kurslarini tashkil etish orqali maktabgacha taʼlim muassasalarida Frene metodikasini joriy etish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish masalasi birgalikda ishlab chiqiladi; hamkorlik davom etar ekan, YEIAI vakillarining 2022-yilda erta bolalarni parvarish qilish va taʼlim siyosati boʻyicha Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy forumida ishtirok etishini koʻrib chiqiladi; Maktabgacha taʼlim vazirligi va Yevropa Osiyo tadqiqotlari instituti oʻrtasidagi istiqbolli hamkorlikning yangi yoʻnalishlari birgalikda ishlab chiqiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati tomonidan qonun buzilishlariga yoʻl qoʻyilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu xabarlar yuzasidan vazirlik quyidagilarni maʼlum qiladi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-apreldagi PQ-5053-son “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarning tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi mazkur qarorning 1-ilovasi 18-bandiga muvofiq, Maktabgacha taʼlim vazirining 2021-yil 7-apreldagi 55-son “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, uning hududiy boʻlinmalari tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi. Qarorning 1-ilovasiga keltirilgan izoh qismiga koʻra, davlat organi rahbariga, zarur hollarda, tashkilot markaziy apparati, idoraviy va hududiy boʻlinmalarining tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilganligi koʻrsatib oʻtilgan. Shu asosda, yuqorida qayd etilgan buyruqning 3-ilovasiga muvofiq, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari boshliqlarining moliyaviy-iqtisodiy ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari lavozimlari qisqartirilgan. Mazkur buyruq hududiy boʻlinmalarning ish faoliyatini tartibga solish bilan bogʻliq zarur hollarni inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-apreldagi PQ-5053-son qarori talablariga muvofiq va asosli qabul qilingan. Mazkur qaror chiqishi munosabati bilan, viloyat boʻgʻinidagi ayrim shtat birliklari maqbullashtirilib, boshqa shtat birliklari soni oshirilgan. Shuningdek qaror boʻyicha shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarning aksariyati yangi shtatlar jadvali boʻyicha ish bilan taʼminlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq maktabgacha taʼlim tizimidagi boshqa mavjud boʻsh (vakant) lavozimlar barcha xodimlarga taklif etilgan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasining 2021-yil 4-avgustdagi 22-son yozma koʻrsatma xatiga Maktabgacha taʼlim vazirligining tegishli javob xati taqdim etilgan. Shuningdek, mazkur qaror ijrosi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan qonuniy bajarilganligi boʻyicha bugungi kunda Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirobod tumanlaro sudida bir nafar fuqaroning ishi koʻrib chiqilayotganligi va unga sud organlari tomonidan huquqiy baho berilishini maʼlum qilamiz.
Sirdaryo viloyati Guliston shahar, “Svetochnыy gorod” MCHJga rahbari R.Dadaboyevaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Prezident halk qabulxonasiga va Maktabgacha taʼlim vazirligiga qilgan yozma murojaatlari hamda 2021-yil 21-oktyabrdagi YouTube kanalidagi chiqqan murojaati belgilangan tartibda muallif ishtirokida atroflicha oʻrganildi. “Svetochnыy gorod” MCHJ rahbari R.Dadaboyeva tomonidan Guliston shahar, Navbahor MFY, Bodomzor koʻchasi, 11-uyda ikki qavatli ikkita bino koʻtarilgan. Tadbirkor R.Dadaboyeva murojaatlarida Maktabgacha taʼlim vazirligidan ushbu binoni jihozlash uchun kredit mablagʻi ajratilishida hamda ikki tomonlama bitim imzolashda amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan. Oʻrganish jarayonida tadbirkor faqat jihoz uchun emas qurilish materiallari harid qilish uchun kredit soʻrayotganligi maʼlum boʻldi. Murojaat muallifi R.Dadaboyevadan zarur hujjatlar soʻralganda, birlamchi zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etaolmadi (loyiha-smeta xujjatlari, APZ yaʼni (geologiya xulosasi, toposyemka, elektr, suv va gaz texnik shartlari, ekspertiza xulosasi, FVB xulosasi, sanitariya epidemiologiya xulosasi). Tadbirkorga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 944-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 2-bob, 5-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni tashabbuskor-tadbirkor tomonidan taqdim etilgandan soʻng, Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan Davlat-xususiy sherikchilik toʻgʻrisida bitim tuzish belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi nazarda tutilganligi boʻyicha tushunchalar berildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3651-son qaroriga asosan tasdiqlangan nizomning 12-bandiga muvofiq tadbirkor tomonidan lozim boʻlgan hujjatlar taqdim etilgandan soʻng Maktabgacha talim vazirligi va xususiy sherik oʻrtasida bitim imzolanishi toʻgʻrisida tushunchalar berib oʻtildi. Mazkur masala yuzasidan Maktabgacha taʼlim vazirligi mutaxassislari tomonidan muallifga batafsil tushunchalar berildi. Tadbirkor tomonidan ikki kun ichida tegishli boʻlgan hujjatlar taqdim etilgandan soʻng, hujjatlarning asosliligi Maktabgacha taʼlim vazirligi ishchi guruhi tomonidan oʻrganib chiqilishi hamda oʻrnatilgan tartib asosida bitim imzolanishi maqsadga muvofiqligi aytib oʻtildi.
9-oylik-moliyaviy-hisobot BMMZH-kassa-hisoboti-3 TK-kassa-hisoboti Debitor-qarzdorlik-hisoboti Kreditor-qarzdorlik-hisoboti
Maktabgacha taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishidagi ishlar
Bugun AOKAda Maktabgacha taʼlim vazirligi Komplayens nazorat boʻlimi boshligʻi Farrux Aminov ishtirokida brifing oʻtkazildi. Maktabgacha taʼlim vazirining 2021-yil 12-iyuldagi 131 sonli buyrugʻiga asosan boʻlim nomi Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish boʻlimiga oʻzgartirildi hamda barcha hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalarida 1 shtatdan bosh mutaxassislar ajratildi. Boʻlimning asosiy vazifasi: vazirlik va uning tizimida “inson omili” taʼsiri mavjud faoliyat yoʻnalishlarini aniqlaydi; vazirlikda yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha “komplayens nazorat” (compliance control) tizimini joriy etish hamda uni takomillashtirish boʻyicha ish olib boradi; maktabgacha taʼlim tizimidagi kadrlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ilgʻor usullarini tizimli ravishda joriy etadi; xodimlar malakasini oshirish boʻyicha doimiy ishlarni olib borish hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5144-son qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan maktabgacha taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi hamda imzolandi. Shuningdek tizimda korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan Hamkorlik memorandumi imzolandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoni 1-ilova 43-band ijrosini taʼminlash maqsadida “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari” ishlab chiqildi hamda tasdiqlandi. Maktabgacha taʼlim tizimida korrupsiyaning oldini olish maqsadida quyidagi ichki nizom hamda buyruqlar ishlab chiqildi: Maktabgacha taʼlim vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini belgilash toʻgʻrisida;Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning kechiktirib boʻlmas chora-tadbirlari toʻgʻrisida;Maktabgacha taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish haqida;Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida odob-axloq qoidalariga rioya etilishini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida;Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish toʻgʻrisida;huquqni muhofaza qilish organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibiishga qabul qilishda nomzodlarni tekshirish boʻyicha yoʻriqnoma va boshqalar. Boʻlim tomonidan olib borilgan oʻrganishlar natijalariga koʻra 7 ta holatda aniqlangan qonunbuzilish va korrupsion holatlar boʻyicha chora koʻrish uchun Bosh prokuraturaga hujjatlar taqdim etildi. Maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat yuritgan hamda korrupsiyaga moyilligi boʻlgan 8 nafar xodimlar bilan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Amalga oshirilgan tezkor tadbirlar: Yangiyoʻl shahridagi 12-DMTT sobiq direktori M.O. fuqaro U.S.ni tarbiyachi yordamchisi lavozimiga ishga qabul qilish uchun undan 100 AQSH dollarini taʼmagirlik yoʻli bilan talab qilib, pullarni olayotgan vaqtda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahar boʻlimi va Yangiyoʻl shahar IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbir natijasida, daliliy ashyo bilan qoʻlga olinib, JKning 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Shuningdek Namangan viloyati Uychi tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi sobiq masʼul xodimi A.E. taʼminotchi taʼminotchi korxona rahbari A.J.dan yetkazib berilgan 359 mln. soʻmlik mahsulotning 10% (xalq tilida otkat deyiladi) ini yaʼni 14,8 mln. soʻm va 2000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbir natijasida, daliliy ashyo bilan ushlanib, JKning 214-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati