2021-yil 24-oktabr O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni.
"Sizning ovozingiz muhim" Saylovda faol ishtirok eting.
20-oktabrdan bola parvarishiga doir muhim tavsiyalar taqdim etiladi
Bola kasal boʻlmasligi uchun nimalar qilish kerak? Olti oylik goʻdakka qanday qoʻshimcha ovqatlar bersa boʻladi? Bolaning tishlari chiqayotganda nimalarga eʼtibor qaratish zarur? Jajji oʻgʻil-qizlarning qomati toʻgʻri shakllanishi qanday omillarga bogʻliq? Ularga harf tanitishni qachondan boshlagan maʼqul? Farzandlarimizning immunitetini qanday mustahkamlash mumkin? Har bir ota-ona farzand parvarishida shu kabi minglab savollarga roʻbaroʻ keladi va har biriga toʻgʻri javob topishga harakat qiladi. Ayniqsa, yosh oilalarda bu jarayon bir muncha murakkab kechishi tabiiy. Bunday vaziyatda koʻpincha kattalarning koʻmagiga suyanishimiz bor gap. Boboyu buvilarimizning koʻrsatma va yoʻl-yoʻriqlari, hayotiy tajribasi biz uchun dasturilamal. Ammo bugungi taraqqiyot asrida farzand tarbiyasiga doir har bir vazifa va yumushni ilmiy asoslangan tavsiyalarga muvofiq bajarish maqsadga muvofiq. Buning tibbiy hamda pedagogik jihatdan maqbul metod va texnologiyalari ham ishlab chiqilgan. Ertaga — 20-oktyabrdan boshlab ana shunday tavsiya va maʼlumotlar bilan bepul tanishib borishingiz mumkin. Chunki ushbu sanadan eʼtiboran YUNISEF, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha taʼlim vazirligi hamkorligida yurtimizda “Ota-onalar oyligi” eʼlon qilinmoqda. Mazkur qoʻshma loyiha bolalarning ilk rivojlanish davrida ota-onalarga koʻmaklashishni koʻzda tutadi. U kichkintoylar parvarishiga doir ilmiy-amaliy dalillarga asoslangan muhim maʼlumot hamda tavsiyalarni taqdim etishga qaratilgan.Buning uchun yetakchi mutaxassis va soha ekspertlari bir oy davomida ilk bosqichda bolalarni toʻgʻri parvarishlash hamda ularning sogʻlom rivojlanishini taʼminlashga doir ilgʻor tajribayu maslahatlari bilan oʻrtoqlashadi. Ana shu materiallar salomatlik, toʻgʻri ovqatlanish, immunitet mustahkamlanishi, bolalarda koʻnikmalarni erta shakllantirish, ragʻbatlantirish, himoya va xavfsizlik qoidalari yuzasidan tavsiyalar, foto va videolavhalarni oʻz ichiga olgan. YUNISEF, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha taʼlim vazirligi veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari hamda boshqa media-maydonlar orqali mavzuga oid qiziqarli hayotiy misollar, maqolalar va mahorat darslari aholiga taqdim etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, oylik doirasida mutaxassislar ota-onalar va bola parvarishi bilan shugʻullanuvchilar savollariga teledasturlar orqali ham javob beradilar. — Farzandlar hayotining ilk yillarida ular parvarishiga eʼtiborli boʻlish inson kapitali, sogʻlom jamiyat va kelajakni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi, — deydi YUNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. — Salomatlik, oziqlanish, xavfsizlik va erta taʼlim bilan bogʻliq ilk tadbirlar bolalar rivojlanishining asosidir. Oʻgʻil-qizlarni hayotining dastlabki yillarida ota-onalar va boshqa tarbiyachilar tomonidan toʻgʻri parvarish qilish va qoʻllab-quvvatlash ularning barkamol rivojlanishida hal qiluvchi omillardan biridir. Bu oʻgʻil-qizlarning kelgusi hayotidagi muvaffaqiyatlar uchun ham poydevor boʻladi. Yana bir yangilik: hozirgi kunda YUNISEF, Sogʻliqni saqlash va Maktabgacha taʼlim vazirliklari ota-onalar hamda bola parvarishlovchilarga moʻljallangan innovatsion dastur — “Bebbo” mobil ilovasini yaratish ustida ish olib bormoqda. 7 yoshgacha boʻlgan kichkintoylarni tarbiyalashda asqatadigan mazkur yoʻriqnoma Oʻzbekistonda 2021-yilning noyabr oyida ishga tushiriladi. Maktabgacha taʼlim vazirligiAxborot xizmati.
Fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi
Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi Qonun Prezident tomonidan imzolandi Kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi. Bunday harakatlar: ➖ BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima (ilgari faqat50 baravarigacha); ➖ 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash (ilgari 1 yilgacha); ➖ 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (ilgari 1 yilgacha). Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda hokimiyat vakilining, ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun ham javobgarlik choralari kuchaytirilib, jarima miqdorlari oshirildi. ЎRҚСкачать Asos: OʻRQ–719-son, 04.10.2021-y.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida Qonun Prezident tomonidan imzolandi Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga yarashilganlik munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish instituti kiritildi. Unga koʻra, Kodeksning bir qator moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) taraflarning yarashuvi munosabati bilan ishni sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ish materiallarini sudga yuboradi. Jabrlanuvchi yoxud uning qonuniy vakili yarashuv toʻgʻrisidagi arizani ish vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan koʻrib chiqilishi vaqtida, shuningdek sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud qaror chiqarguniga qadar berishi mumkin. Agar ish boʻyicha bir necha jabrlanuvchi boʻlsa, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirda, yarashuv toʻgʻrisidagi ishni yuritish mumkin. Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasi ish sudga kelgan paytdan eʼtiboran 3 kundan kechiktirmay oʻtkaziladi. Huquqbuzarlikni bir yil ichida takroran sodir etgan shaxs tomonlarning yarashuvi munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Asos: OʻRQ–720-son, 04.10.2021-y.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning hududiy boʻlinmalaridagi avtotransport vositalari haqida 2021-yil 1-oktabr holatiga koʻra ma’lumot:
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi tarkibi
Qadring baland bo‘lsin ona tilim!
Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil toʻlgani va mazkur sana “Oʻzbek tili bayrami” sifatida nishonlanishi munosabati bilan Maktabgacha taʼlim vazirligida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, vazirlik xodimlari, soha mutaxassislari hamda talabalar ishtirok etdi. Tadbir avvalida yurtboshimizning Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi tanishtirildi. Shundan soʻng bolajonlar ishtirokida tayyorlangan bir nechta videoroliklar namoyish etildi. Shuningdek Inomjon Azimov oʻzbek tilining hozirgi kundagi ahamiyati, mavqeyi toʻgʻrisida dolzarb maʼlumotlar berdi hamda oʻzbek tiliga oid savollarga atroflicha javob qaytardi. Tadbir soʻnggida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ona tili va adabiyoti universiteti talabalari tomonidan “Ona tili” haqida sheʼrlar, gʻazallar yod aytildi.
Sifatli taʼlim-inson kapitaliga sarmoya
Ayni damda Media xollda “Sifatli taʼlim-inson kapitaliga sarmoya” mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtyapti. Tadbirda Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibroxim Abdurahmonov, Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yoʻldoshev, Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova, Xalq taʼlim vaziri birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxoʻjayevlar ishtirok etmoqda.
Maktabgacha taʼlim tizimining asosiy maqsadlaridan biri bolalarga ta'lim berish bilan bir qatorda ularni sogʻlomlashtirish, kasalliklarning oldini olish, shu jumladan salomatligi, oʻsishi, rivojlanishi, sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishini nazorat qilishdir. Shuningdek, bolalarda ekologik taʼlim va sogʻlom ovqatlanish odatlarining shakllanishida maktabgacha taʼlim tashkilotlari muhim rol oʻynaydi. Ushbu maqsadlarga erishishda yordam beradigan chora-tadbirlardan biri maktabgacha taʼlim tashkilotlari hududida issiqxonalar tashkil etishdir. Ekologik taʼlim bolalarda quyidagi koʻnikmalarni shakllantiradi: atrofdagi olam uchun javobgarligni his qildirish; bolaning tabiatga boʻlgan qiziqishini oshirish; oʻsimliklarga gʻamxoʻrlik qilishni oʻrgatish. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining issiqxonalarida tarbiyalanuvchilar xodimlar yordamida oʻzlari vitaminlarga boy sabzavotlar va mevalarni yetishtirishlari hamda ushbu mahsulotlar hisobiga oshxona menyusini boyitishlari mumkin boʻladi. Shu munosabat bilan Maktabgacha ta'lim vazirligi BMTning oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) ning O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasining 12 ta davlat maktabgacha ta'lim muassasalari (Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo, Namangan va Farg'ona viloyatlari) hududida issiqxonalarni tashkil etish orqali davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalar salomatligini mustahkamlash loyihasini boshladi. Loyiha doirasida 12 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining barcha rahbarlari va masʼul xodimlari vitaminlarga boy organik sabzavotlar va mevalarni yetishtirish uchun issiqxonalardan samarali foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlarida qatnashdilar.
2021-yilning III choragida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga byudjetdan ajratilgan mablagʻlarning chegaralangan miqdorining oʻz tasarrufidagi byudjet tashkilotlari kesimida taqsimoti toʻgʻrisida maʼlumot: