Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar boʻyicha, xususan Fargʻona viloyatida 19 ta lotlar (259-277 lotlar) boʻyicha 77 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27-avgust holatiga respublika boʻyicha jami 334 nafar, xususan Fargʻona viloyati boʻyicha 20 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni oʻtkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab oʻtildi hamda ishtirokchilarni tanlovni oʻtkazish tartibi bilan tanishtirildi. Fargʻona viloyatida tanlovga qoʻyilgan 19 ta lotdan 16 ta lotga takliflar boʻyicha 67 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 20 nafar tadbirkorlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. fargona-viloyat-pdfСкачать
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar bo‘yicha, xususan Xorazm viloyatida 33 ta lotlar (278-310 lotlar) bo‘yicha 149 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27 avgust holatiga respublika bo‘yicha jami 334 nafar, xususan Xorazm viloyati bo‘yicha 35 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Xorazm viloyatida tanlovga qo‘yilgan 33 ta lotga takliflar bo‘yicha 149 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 35 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. xorazm-viloyatiСкачать
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar boʻyicha, xususan Toshkent shahar 60 ta lotlar (311-370 lotlar) boʻyicha 236 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Ushbu tanlov matni Maktabgacha taʼlim vazirligining veb-sahifasiga 2021 yil 6 avgust kuni joylashtirilgan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27 avgust holatiga respublika boʻyicha jami 334 nafar, xususan Toshkent shahar boʻyicha 29 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni oʻtkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab oʻtildi hamda ishtirokchilarni tanlovni oʻtkazish tartibi bilan tanishtirildi. Toshkent shahar tanlovga qoʻyilgan 60 ta lotga takliflar boʻyicha 236 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 29 nafar tadbirkorlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. toshkent-shahar
Bugun dunyoda 1 milliarddan ziyod nogiron kishi yashaydi. Ularning 600 mingi oʻzbekistonlik, 61 ming 819 nafari esa, Namangan viloyatida istiqomat qiladi. Shundan 636 nafar jismoniy va ruhiy rivojlanishdan orqada qolgan bola viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasiga qarashli 7 ta Ixtisoslashtirilgan koʻp tarmoqli maktabgacha taʼlim tashkilotiga qamrab olingan. Bu shundan dalolatki, oʻzbek diyorida hech bir oʻksik qalb, ayniqsa, nogiron bola eʼtibordan chetda qolgan emas. Chunki, birovning koʻmagiga muhtoj kishini koʻrganda koʻngli eriydigan, mudom savob matlabida yordamga oshiqadigan bu xalqning ongu shuuridagi ezgulik xislati qon bilan kirgan. Boz ustiga, azaliy, milliy ruhiyatimizga xos bu fazilat davlatimiz siyosatida ham oʻz ifodasini topgan. Aytaylik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil, 9-avgustda imzolangan “Nogironligi boʻlgan shaxslarga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori nogironligi boʻlgan shaxslar, ayniqsa, bolalarni reabilitatsiya qilish, ularni zamonaviy protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash, sohada axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratilgan. Qarorda nogiron shaxslarga, ayniqsa bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini bugungi bosqichda yaxshilashning eng muhim yoʻnalishlarini belgilash, shu bilan birga, davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini korreksion, pedagogik va reabilitatsiya uskunalari bilan bosqichma-bosqich jihozlash ishlarini davom ettirish vazifalari qoʻyilgan. Yaqinda Maktabgacha taʼlim vazirligi tashabbusi bilan Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari (KTIMTT) tarbiyalanuvchilari uchun 13 turdagi, jami 263 dona, umumiy qiymati esa, 1 milliard 865 million 600 ming soʻmlik zamonaviy protez-ortopediya moslamalari olib kelindi va ular hududlarda joylashgan maxsus bogʻchalarga yetkazib berildi. – Maʼlumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada muayyan rivojlanish kasalliklari mavjud boʻlsa, ota-onalar bolalarini tibbiy muassasalarda yoki reabilitatsiya markazlarida reabilitatsiya muolajalarini oldirishlari kerak, – deydi Namangan viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Abdunazar Yusupov. – Ammo, agar bolaga kompleks sharoitda korreksion-pedagogik va reabilitatsiya yordami koʻrsatiladigan bir muassasada mujassam yordam berilsa, buning samarasi yanada ijobiy boʻladi. Shu maʼnoda muhtaram Prezidentimizning shu sohaga qaratayotgan katta eʼtiborlari, qolaversa, Maktabgacha taʼlim vazirligining mana bunday tashabbusi tufayli amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ezgu ishlar, nafaqat maktabgacha taʼlim tizimida, qolaversa, unda tarbiyat topayotgan alohida eʼtiborga muhtoj bolalar hayotida ham juda katta quvonchli oʻzgarishlar yasaydi. Chunki, bu kabi katta eʼtibor ilgarilar deyarli kuzatilmagan. Darhaqiqat, aksari Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida moddiy-texnik bazaning eskirganligi va zarur asbob-uskunalarning yoʻqligi tufayli yillar davomida korreksion-pedagogik va reabilitatsion yordamni toʻliq amalga oshirishning imkoni chegaralangan edi. Endilikda esa: – Olib kelingan zamonaviy protez-ortopediya moslamalari yordamida nevrologik patologiyalar, tayanch-harakat sistemasining shikastlanishi kabi jismoniy nuqsonga ega boʻlgan bolalarda yurish malakalarini rivojlantirishdan tortib, ularda taktil sezuvchanlik, keyinchalik umumiy motorik koʻnikmalar hosil qilish, ruhiy stress darajasini kamaytirish, massaj va gimnastika boʻyralari orqali mushaklarni boʻshashtirish, shuningdek, nozik vosita koʻnikmalarini rivojlantirish kabi ijobiy imkoniyatlar tugʻiladiki, bunday shart-sharoitlardan toʻlaqonli foydalanish jismoniy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar hayotida yangi istiqbollarni ochib beradi – deydi boshqarmaning “Bolalar salomatligi va ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi” boshligʻi Axrorxon Qambaraliyev. Bir soʻz bilan aytganda, Maktabgacha taʼlim sohasida roʻy berayotgan bunday oʻzgarishlar, yaratilayotgan salmoqli imkoniyatlar, yuqorida taʼkidlangan ulkan raqamlar ortida shunga monand, keng koʻlamli saʼy-harakatlar turibdi. Eng muhimi, bularning barchasi ezgu va savobli ishga – nogironligi boʻlgan bolalarni ijtimoiy hayotga har tomonlama moslashtirish, ularning hayotini yengillashtirishga qaratilgan. Bu esa qanchadan-qancha koʻngillarga yupanch, koʻzlarga quvonch, qalblarga minnatdorlik hissini baxsh etadi.
Favqulodda vaziyatlarda qanday yoʻl tutish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi
Joriy yilning 13-oktyabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirligida favqulodda vaziyatlar holatlarida xodimlar tomonidan qanday yoʻl tutish kerakligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu targʻibot va tashviqot ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktyabrdagi qaroriga asosan oʻtkazildi. Tadbirda Mirobod tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi nazorat va profilaktika inspektori leytenant Aziz Qodirov hamda “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish” mavzusida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar Akademiyasi huzuridagi fuqaro muhofazasi instituti kafedra dotsenti Nazokat Saidxonova maʼruza qilishdi. Xususan, xodimlarga zarur holatlarda ishchilarni toʻgʻri evakuatsiya qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berildi. Shuningdek, yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari, birlamchi oʻt oʻchirish vositalarining tuzilishi hamda ishlashi oʻrgatildi.
YEXHT PА vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston delegatsiyasining Yevroosiyo ayollar forumidagi ishtiroki doirasida YEXHT PА vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Pia Kauma bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Parlament nazoratini amalga oshirishda davlat va hamkorlik istiqbollari, YEXHT PА doirasidagi aloqalarni kengaytirish, shuningdek, Parlament Аssambleyasi bilan Qonunchilik jarayonini takomillashtirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va xalqaro ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish yuzasidan fikr almashildi. P.Kauma O‘zbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan demokratik oʼzgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va YEXHT PА o‘rtasidagi jadal rivojlanayotgan munosabatlarni yuksak baholadi va qo‘llab-quvvatladi. Taʼkidlandiki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston rahbariyatining xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ochiq va muvozanatli siyosati tufayli ikki tomonlama munosabatlarda katta yutuqqa erishildi. P.Kauma saylovni kuzatish missiyalarini tashkil etishda YEXHT PА va Oliy Majlis o‘rtasida yaqin muvofiqlashtirishning muhimligini taʼkidladi. Demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarni amalga oshirishda O‘zbekistonga har tomonlama yordam berishga, shuningdek, YEXHT PА majlisida Respublika parlamenti faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi. EXHT PА vitse-prezidenti “Mehr” gumanitar operatsiyalari natijalarini, yaqin Sharqdagi urush zonasidan 400 dan ortiq ayol va bolalarni qaytarilishini yuqori baholadi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar tizimli muloqot va faol aloqalarni, jumladan, YEXHT PА doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.
Bugun, 14-oktyabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida byudjet mablagʻlarini sarflanishi, ichki audit tizimi tomonidan aniqlangan kamchiliklar va koʻrilgan choralar yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda qayd etilishicha, ichki audit xizmati tomonidan 2021-yilning oʻtgan 9 oyi davomida tizimdagi tashkilotlarda jami 282 ta nazorat tadbirlari oʻtkazilgan boʻlsa shundan 106 tasi 37% fuqarolarning murojaatlari asosida oʻtkazilgan. Oʻtkazilgan profilaktika natijasida 5,5 mlrd.soʻmlik mablagʻ va tovarlarning talon-taroj boʻlishi oldi olingan. Tashkilotlar mulkini qayta xatlab inventarizatsiya qilish natijasida 962 mln soʻmlik tovar moddiy boyliklar ortiqchaligi aniqlanib, tashkilot hisobiga qayta kirim qilindi. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari toʻliq olinmagan boʻlsada Navoiy viloyati Xatirchi tumani MTB tomonidan 100% pullarni taʼminotchiga oʻtkazib berish oqibatida 152 mln.soʻm muddati oʻtgan debitor qarzdorlik yuzaga kelishiga sabab boʻlgan. Shundan 66 mln.soʻm 2018-2019-yildan buyon undirilmagan va undirish choralari koʻrilmagan. Mulkni sotishdan tushgan mablagʻlardan 242 mln. soʻmi tegishli mahalliy byudjetlarning daromadiga oʻtkazib berilmagan. Davlat xarid qonunchiligi talablariga amal qilmasdan amalga oshirilgan xaridlar – 10,5 mlrd.soʻmni tashkil etgan. Davlat xarid qonunchiligini chetlab oʻtib shartnomalar tuzilishi oqibatida korrupsiya va byudjet mablagʻlarini noqonuniy sarflanishi holatlariga olib keladi. Masalan, Termiz shahar maktabgacha taʼlim boʻlimida tanlov komissiyasi aʼzosi boʻlgan buxgalteriya xodimining turmush oʻrtogʻiga tegishli «Real stroy city» korxonasi joriy taʼmirlash, mebel jihozlar xarid qilish boʻyicha oʻtkazilgan 3,2 mlrd.soʻmlik tanlovda gʻolib deb topilgan. Vaholanki, Davlat xarid qonunida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Oʻtkazilayotgan profilaktika natijasida tovar moddiy boyliklarni xarid qilish va joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun davlat xaridlari elektron portaliga joylashtirilgan eʼlonlar notoʻgʻri qoʻyilganligi yaʼni xarid boʻyicha toʻliq maʼlumotlar joylashtirilmaganligi yoki bajarish muddatlarini sunʼiy ravishda kam koʻrsatilishi natijasida 4 mlrd. soʻmlik eʼlonlar bekor qilinib, qayta joylashtirilishi taʼminlandi. Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar hamda tovar moddiy boyliklaridan 6,6 mlrd.soʻm kamomad va noqonuniy oʻzlashtirish holatlari aniqlandi. Shundan ishlamaydigan xodimlar nomiga yozilgan ish haqlari 2,4 mlrd. soʻmni tashkil etadi. 9 oylikda jami 265 ta toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga qonuniy qaror qabul qilish uchun yuborildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Jahon bankining “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida 2021-yil 4-oktyabrdan 29-oktyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasidagi maktabgacha taʼlim mutaxassislari uchun treninglar oʻtkazilmoqda. Treninglar MTV hamda Loyihani amalga oshirish guruhi mutaxassislari tomonidan tashkil etilmoqda va xalqaro maslahatchi, psixologiya fanlari nomzodi Zulfiya Veysova ishtirokida oʻtkazilmoqda. Treninglar “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tizimida bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvini joriy etish” mavzusida oʻtkazilmoqda. Toshkent va Sirdaryo viloyatlari maktabgacha taʼlim muassasalarining mutaxassislari uchun treninglar 4-8-oktyabr kunlari Toshkent shahrida oʻtkazildi va unda 19 nafar mutaxassis qatnashdi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining maktabgacha taʼlim mutaxassislari uchun treninglar 11-15-oktyabr kunlari Urganch shahrida oʻtdi. 18-22-oktyabr kunlari treninglar Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida oʻtkaziladi. 25-29-oktyabr kunlari esa treninglar Namangan, Fargʻona va Andijon viloyatlarida oʻtkaziladi. Treninglarda tuman maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktabgacha taʼlim boʻlimlari metodistlari, pedagoglari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining boshqa mutaxassislari ishtirok etadi. Treninglarning asosiy maqsadi — maktabgacha taʼlim pedagoglarning malakasini oshirish hamda bolalarning kelgusida maktab hayotiga silliq oʻtishi va moslashishiga koʻmaklashadigan ularning yoshi va individual xususiyatlarni hisobga oluvchi bolaning shaxsiyatiga yoʻnaltirilgan turli yondashuvlarni maktabgacha taʼlim tashkilotlarining taʼlim-tarbiya jarayonida qoʻllash boʻyicha xalqaro standartlar asosida milliy master-trenerlarni barcha hududlar kesimida tayyorlashdan iborat. Trening davomida olingan bilim va koʻnikmalar mutaxassislar tomonidan bolalar bilan ishlashda amalda qoʻllaniladi. Treninglar pedagoglarga bir-biridan oʻrganish imkoniyatini beruvchi kollegial taʼlim elementini oʻz ichiga oladi. Kelajakda milliy master-trenerlar kaskad usuli yordamida bevosita maktabgacha taʼlim tashkilotlari metodistlari va pedagoglariga taʼlim beradi. 1-modul boʻyicha oʻqitilgan kamida 100 nafar trener milliy master-trenerga aylanadi. 2022-yilning fevral oyida mazkur master-trenerlarni fasilitatsiya va treninglarni oʻtkazish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan 2-modul boʻyicha trening oʻtkazish rejalashtirilgan. Tayyorgarlikdan oʻtgan master-trenerlar loyiha doirasida 2024-yilga qadar boshqa maktabgacha taʼlim mutaxassislariga kaskad usuli yordamida taʼlim beradi. Loyiha doirasida belgilab qoʻyilganidek, 2024-yilga qadar 14,000 nafar maktabgacha taʼlim mutaxassisi maktabgacha taʼlim sohasida bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvi asosida oʻqitiladi. Maʼlumot uchun: Jahon banki loyihasi 2020-2024-yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Asosiy maqsadi — maktabgacha taʼlim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining taʼlim muhiti sifatini yaxshilash (zarur mebellar, oʻquv-uslubiy va didaktik materiallar bilan moddiy-texnik jihozlash), taʼlim-tarbiya jarayonini yanada sifatli rejalashtirish, shuningdek, pedagog kadrlarni xalqaro standartlar darajasida tayyorlash salohiyatini oshirish maqsadida taʼlim sifatini tizimli ravishda oʻlchash uchun zarur mexanizm va vositalarni ishlab chiqishdan iborat.
Toshkent viloyatidagi "Imkon"ning pedagog xodimlari uchun malaka oshirish darslari bo'lib o'tdi
Maktabgacha ta'lim vazirligi tashabbusi bilan Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda A.I.Gersen "Imkoniyati cheklangan bolalarga maktabgacha ta'lim" qo'shimcha professional dasturi doirasida Nukus va Toshkent viloyatida "Imkon" reabilitatsiya markazlari bo'lgan davlat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog xodimlari uchun malaka oshirish kursi o'tkazildi. "Imkon" - bu alohida ta'limga muhtoj bolalarga har tomonlama yordam ko'rsatish uchun yaratilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining yangi modeli. Birinchi marotaba bunday tashkilot 2019-yilda Nukusda Orol bo'yida yashovchi bolalar uchun ochilgan va faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishilgan. 2021-yilda Toshkent viloyatidagi "Imkon" reabilitatsiya markazi bilan Davlat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti tuzildi. Rossiya davlat pedagogika universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan pedagogika sohasida maxsus masofaviy ma'ruzalar tashkil etildi, shu jumladan aqliy va eshitish qobiliyati buzilgan bolalar bilan ishlash bo'yicha ham ma'lumotlar berildi. 11-15-oktyabr kunlari Rossiya davlat pedagogika universiteti dotsenti Voylokova Yelena Nukus shahri va Toshkent viloyatidagi "Imkon" o'qituvchilari uchun amaliy mashg'ulotlar o'tkazdi.