"Daryo" saytida maktabgacha ta`lim yangiliklari.
Toshkent viloyatida imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus MTT ochiladi. Batafsil:?https://daryo.uz/2021/09/23/toshkent-viloyatida-imkoniyati-cheklangan-bolalar-uchun-maxsus-mtt-ochiladi/
Azal-azaldan o‘zbek va tojik xalqlarini umumiy tarix, madaniyat va ma’naviy qadriyatlar, o‘zaro hurmat hamda yaxshi qo‘shnichilikning ko‘p asrlik an’analari birlashtirib turadi. Bu yaqinlik O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar uchun mustahkam zamin, asosiy tamoyil bo‘lib xizmat qiladi. Bugun Tojikiston Respublikasi tomonidan Farg‘ona viloyati Rishton tumanida qurilgan "Kapalak'' nomli 200 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Imomzoda Mahmadyusuf qatnashishdi. Ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishi, farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya olishini istagan ota-onalar uchun ayni muddao bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati
Toshkent shahridagi Puchon universiteti 2021-2022-o‘quv yili uchun qo‘shimcha qabulni boshlaydi
2021-yil 27-sentyabr kuni Toshkentdagi Puchon universitetida ta’lim olishni istagan abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish boshlanadi. Fakultetlardagi o‘qitish tizimi, shartnoma qiymati Maktabgacha ta’lim (3 + 1) Yiliga 2,200$ 1) Toshkentda 3 yillik o‘qish tugallangandan so‘ng Bucheon University in Tashkent bakalavr diplomi va Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) Associate Bachelor Degree bakalavr darajasi beriladi; 2) Talaba o‘z istagiga binoan Koreyada o‘qishini davom ettirishi va 4 kursni tugatgandan so‘ng, Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) bakalavr diplomini olishi mumkin. Koreys tili va menedjment (2 + 2) Yiliga 3,300$ 1) Toshkentda 2 yillik o‘qish. Uning natijasiga ko‘ra 1 ta diplom beriladi: Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) Associate Bachelor Degree bakalavr darajasi; 2.1) Agar talaba o‘qishni Toshkentda davom ettirishga qaror qilsa, u holda uchinchi va to‘rtinchi kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng, Bucheon University in Tashkent bakalavr diplomi beriladi; 2.2) Agar talaba Janubiy Koreyada o‘qishni davom ettirishga qaror qilsa, 3 va 4 kurslarni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) bakalavr diplomi beriladi. Arxitektura (3 + 1) Yiliga 3,300$ 1) Toshkentda 3 yillik o‘qish. Uning natijasiga ko‘ra 1 ta diplom beriladi: Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) Associate Bachelor Degree bakalavr darajasi; 2.1) Agar talaba to‘rtinchi kursni Toshkentda davom ettirishga qaror qilsa, uni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng Bucheon University in Tashkent bakalavr diplomini oladi; 2.2) Agar talaba Janubiy Koreyada o‘qishni davom ettirishga qaror qilsa, uni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) bakalavr diplomiga ega bo‘ladi. To‘lov talaba qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruq chiqarilgan kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan shu kungi kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi. Qabul komissiyasi Hujjatlarni qabul qilish 2021-yil 27-sentyabrdan 7-oktyabrgacha davom etadi. Hujjatlarni oflayn tarzda quyidagi manzil bo‘yicha topshirish mumkin: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 17-mavze, Qatortol-2 ko‘ch, 38-A uy bino (sobiq Yunus Rajabiy nomidagi pedagogika kolleji, mo‘ljal: shahar bojxonasi, Singapur menedjmentni rivojlantirish universiteti). Qabul soatlari dushanbadan jumagacha, soat 10:00 dan 17:00 gacha. Onlayn topshirish uchun: Universitet veb-saytida (www.bucheon.uz) telefon raqamni tasdiqlash, Shaxsiy kabinet orqali anketani to‘ldirib, barcha kerakli hujjatlarni biriktirish, Ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lovni universitetda yoki “Apelsin” ilovasi orqali amalga oshirish mumkinTo‘lov amalga oshirilgani haqidagi kvitansiyani shaxsiy kabinetga biriktirish. Universitet hodimlari ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarni bundan xabardor qiladilar. Arizalarni onlayn yuborish 24 soat davomida ishlaydi. Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish dushanbadan jumagacha, soat 10:00 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi. Nomzodlar quyidagi hujjatlar to‘plamini taqdim etishlari shart: Diplom (attestat) nusxasi;Pasport nusxasi;www.bucheon.uz saytida onlayn shaklda to‘ldirilgan ariza;3x4 hajmdagi 1 ta fotosurat250 000 so‘m miqdordagi ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lov Qabul komissiyasiga doir savollar bo‘yicha quyidagi raqamlarga murojaat qiling: +998781504002, +998951963601 Kirish imtihonlari 2021-yil 11-oktyabrdan 15-oktyabrgacha Toshkentdagi Puchon Universiteti o‘qituvchilari abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazadilar. Saralash bosqichlari natijalari 2021-yil 16-oktyabr kuni abituriyentning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar boʻyicha, xususan Buxoro viloyatida 16 ta lotlar (43-58 lotlar) boʻyicha 59 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27-avgust holatiga respublika boʻyicha jami 334 nafar, xususan Buxoro viloyati boʻyicha 20 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni oʻtkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab oʻtildi hamda ishtirokchilarni tanlovni oʻtkazish tartibi bilan tanishtirildi. Buxoro viloyatida tanlovga qoʻyilgan 16 ta lotlar (43-58 lotlar) boʻyicha 59 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 20 nafar tadbirkorlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi (1- va 2-ilovalar). Tanlovga qoʻyilgan 49-, 51-, 52-, 53-, 54-, 56-, 57-lotlarga umuman taklif kelib tushmaganligi sababli lotlar oʻynalmadi. Tanlov komissiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tartibining 1-ilovasi 1, 2, 3, 4, 5, 6-shakllariga muvofiq 20 ta talabgor korxonalarning tashqi konvert hujjatlari mosligi qatʼiyan oʻrganilib chiqildi. Malaka talablari natijalariga koʻra, 20 nafar talabgorlarning hujjatlari Tartibda belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi hamda Malaka talablari tanlovidan oʻtmagan talabgorlarning ichki konverti (texnik va tijorat taklifi) ochilmadi va talabgorlar tanlovdan chetlatiladi. Buxoro viloyati boʻyicha tanlovda qatnashib gʻolib boʻlganlar bilan quyida tanishishingiz mumkin. Batafsil:?Buxoro-viloyati-bayondan-kochirmaСкачать
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 5 iyuldagi 123-sonli buyrug‘i qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar bo‘yicha, xususan Jizzax viloyatida 8 ta lotlar (59-66 lotlar) bo‘yicha 44 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27 avgust holatiga respublika bo‘yicha jami 334 nafar, xususan Jizzax viloyati bo‘yicha 17 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Jizzax viloyatida tanlovga qo‘yilgan 8 ta lotlar (59-66 lotlar) bo‘yicha 44 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 17 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Jizzax viloyati bo‘yicha tanlovda qatnashib g‘olib bo ‘lganlar bilan quyida tanishishingiz mumkin. Batafsil:?Jizzax-viloyati-bayondan-kochirmaСкачать
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 5 iyuldagi 123-sonli buyrug‘i qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar bo‘yicha, xususan Qashqadaryo viloyatida 31 ta lotlar (67-97 lotlar) bo‘yicha 165 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27 avgust holatiga respublika bo‘yicha jami 334 nafar, xususan Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 21 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Qashqadaryo viloyatida tanlovga qo‘yilgan 31 ta lotlar (67-97 lotlar) bo‘yicha 165 davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 21 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Qashqadaryo viloyati bo‘yicha tanlovda qatnashib g‘olib bo ‘lganlar bilan quyida tanishishingiz mumkin. Batafsil:?Qashqadaryo-viloyati-bayondan-kochirmaСкачать
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar boʻyicha, xususan Navoiy viloyatida 19 ta lotlar (98-116 lotlar) boʻyicha 70 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27-avgust holatiga respublika boʻyicha jami 334 nafar, xususan Navoiy viloyati boʻyicha 22 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni oʻtkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab oʻtildi hamda ishtirokchilarni tanlovni oʻtkazish tartibi bilan tanishtirildi. Navoiy viloyatida tanlovga qoʻyilgan 19 ta lotdan 18 ta lotga takliflar boʻyicha 70 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 22 nafar tadbirkorlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Navoiy viloyati boʻyicha tanlovda qatnashib gʻolib bo ʼlganlar bilan quyida tanishishingiz mumkin. Batafsil:?Navoiy-viloyati-bayondan-kochirmaСкачать
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” koʻrik tanlovi natijalari eʼlon qilindi
2021-yil 28-sentyabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi Toshkent pedagogika kollejida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” Respublika kasbiy koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya” toʻgʻrisidagi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son, 2019-yil 7-iyundagi 468-son qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining 2021-yil 16-apreldagi 67-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi. Unda Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin, soha mutaxassislari va tanlov ishtirokchilari qatnashdilar. Koʻrik tanlovning viloyat bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan pedagoglarimiz “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik tanlovining 5 ta nominatsiyasi boʻyicha, 5 nafardan jami 70 nafar pedagoglarimiz oʻz kuch va mahoratlarini sinadilar. Tanlov so'nggida gʻoliblarga Maktabgacha taʼlim vaziri qimmatbaho sovgʻalar, pullik mukofotlarni topshirdi. Shuningdek, faxrli oʻrinlar sohiblari oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlariga imtiyozli qabul qilinish imkoniyatiga ega boʻladi. Nominatsiya nomi1-oʻrin2-oʻrin3-oʻrin3-oʻrinEng yaxshi metodist tarbiyachiXorazm viloyati Yusupova Shaxnoza IsmoilovnaSirdaryo viloyati Kuchmurodova Barno SobitaliyevnaToshkent shahar Raimbekova Madina Mirzoxid qiziToshkent viloyati Sulaymanova Moʻldir Ubaydullo qiziEng yaxshi ijodkor tarbiyachiToshkent shahar Xikmatova Feruza UbaydullayevnaXorazim viloyati Masharipova Zilola Oybek qiziSamarqand viloyati Togʻayeva Dilfuza ErkinovnaQoraqalpogʻiston Respublikasi Eshmuxanova Banu UluqpanovnaInnovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachiSirdaryo viloyati Nuraliyeva Shodiya GʻayratovnaNavoiy viloyati Maxmudova Nasiba NurmuxamedovnaAndijon viloyati Azizova Maftuna Abduqaxxor qiziQashqadaryo viloyati Sattorova Gulsanam SHUxrat qiziEng yaxshi gʻoya muallifiXorazm viloyati Yusupova Risolat YusupboyevnaAndijon viloyati Eminjonova Nilufar AzimjonovnaFargʻona viloyati Madaminova Oydinxon Yusufjon qiziToshkent shahar Mukimova Odina Atxamjon qiziMohir qoʻl ustasiXorazm viloyati Atayeva Muqaddas MatyakubovnaSurxondaryo viloyati Raximova Xosiyat UralovnaNavoiy viloyati Saparova Nasiba KenjayevnaToshkent shahar Abdurazzoqova Madina Qudratullo qizi Maʼlumot uchun, soʻnggi toʻrt yil ichida tizimda bir qancha oʻzgarishlar amalga oshirildi, jumladan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 3 barobarga, 3-7 yoshli bolalarning qamrovi esa 62 foizdan oshdi. Bundan tashqari 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish bilan bir qatorda, ularga sifatli taʼlim va tarbiya berish, buning uchun esa sifatli kadrlar tayyorlash muhim vazifalardan biridir. Bugungi kunda bir qator oliy taʼlim muassasalari, jumladan, ikkita xorijiy mamlakatlar universitetlari filiallarida hamda Maktabgacha taʼlim vaziriligi tasarrufidagi pedagogika kollejlarida maktabgacha taʼlim tizimi uchun pedagoglarni tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bugungi kunda 127 mingdan ziyod pedagog kadrlar faoliyat yuritmoqda. Hukumatimiz tomonidan maktabgacha taʼlim tizimida samarali faoliyat olib borayotgan, farzandlarimizni har tomonlama yetuk shaxs etib tarbiyalashda ulkan hissa qoʻshayotgan pedagoglar mehnatini ragʻbatlantirish yoʻlga qoʻyilgan. “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik tanlovi buning yaqqol misolidir. Maktabgacha taʼlim vaziri Axborot xizmati
Bugun Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining maslahatchisi IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i Olimjon Umarov Toshkent shahri Bektemir tumanidagi 577-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurishib, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 iyuldagi 155-sonli "Davlat maktabgacha tashkilotlari xodimlari va tarbiyalanuvchilarini zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo'llagan holda avtomatik hisobga olish tizimini joriy etish" masalasida o'tkazilgan yig'ilish bayonnomasiga muvofiq, Maktabgacha ta'lim vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 yanvarga qadar davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida xodimlarni ishga joylashtirish, bolalarni qabul qilish, sog'lom ovqatlantirishni tashkil etishni real vaqt rejimida monitoring qilish imkonini beradigan hamda ushbu jarayonlar ochiqligi va shaffofligini ta'minlaydigan elektron ma'lumotlar bazasini shakllantirish yuzasidan belgilangan masalalarni muhokama qilishdi. Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari va tarbiyalanuvchilarini zamonaviy hisobga oladigan "Bolalar bog'chasi" maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimini takomillashtirish loyihasi ishlab chiqildi va taqdimot etildi. "Bolalar bog'chasi" maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimini takomillashtirish loyihasi 2021 yil 1 dekabrdan boshlab Toshkent shahrining Bektemir tumanida tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi. "Bolalar bog'chasi" maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimini takomillashtirish loyihasi quyidagi imkoniyatlarga ega: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari shtatlar jadvalini shakllantirish va xodimlarning ish vaqtini, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning kelib ketishini hisobga olish bilan bog‘liq jarayonlarni zamonaviy raqamli texnologiyalar va idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda avtomatlashtirish; maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari va tarbiyalanuvchilarining yagona bazasini shakllantirish; maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining ish vaqti va tarbiyalanuvchilar davomatini real vaqt rejimida monitoringini ta’minlash; maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oziq-ovqat xarajatlarini avtomatik hisobga olish; tahlil o‘tkazish va lavozimlar bo‘yicha kadrlar yetishmovchiligini aniqlash maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kadrlar salohiyati haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish; maktabgacha ta’lim tashkilotlarining dastlabki ma’lumotlari (quvvati, hududi, bino va inshootlar maydoni va boshq.) asosida shtatlar jadvalini avtomatik ravishda shakllantirish; maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovini hisobga olishni joriy etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga ota-onalar to‘lovi bo‘yicha qarzdorlik (oldindan to‘lov) mavjudligi haqida onlayn-to‘lov billing tizimini qo‘llagan holda har oyda avtomatik SMS-xabarnoma jo‘natilishi kabi funksiyalarni bajaradi. Toshkent shahri Bektemir tumanida olib borilgan tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqqan holda Maktabgacha ta'lim vazirligi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda 2022 yil 1 iyuniga qadar takomillashtirilgan "Bolalar bog'chasi" loyihasini respublikaning barcha hududlaridagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida joriy etish va loyiha doirasida Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan kelishilgan holda tasdiqlangan standart taomnoma asosida bolalarni ovqatlantirishga mo'ljallangan "Yagona mavsumiy taomnoma" joriy etish rejalashtirilgan. Shunga ko‘ra, 2021 yil 1 oktabrdan boshlab Bektemir tumani maktabgacha ta'lim tashkilotlari oshxonalarida ovqat tayyorlash plitalari oldida elektron tarozi hamda uning ko'rsatgichlarini ko'rish uchun qulay bo'lgan joyda internet tarmog'iga ulangan kamera o'rnatiladi; taomnoma bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari, bevosita qozonga solishdan avval majburiy tartibda elektron tarozida tortiladi; oshxonada taomnoma asosida ovqatlarni tayyorlash va ularni taqsimlash jarayonlari internet tarmoqlari orqali muntazam ravishda "onlayn" tarzda namoyish etib boriladi. Shuni ta’kidlash joizki "Bolalar bog‘chasi" loyihasining davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida joriy etilishi korrupsion holatlarning bartaraf etilishida zamin bo'ladi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan joriy yilning 4 oktabridan 29 oktabriga qadar Jahon banki bilan hamkorlikdagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tizimida bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvini joriy etish” dasturiga binoan treninglar boshlandi. Treninglarning maqsadi - xalqaro eng yaxshi amaliyotlarga, shuningdek, faol va interfaol taʼlim metodologiyasiga mos keladigan bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvini ilmiy jihatdan sogʻlom yoʻnalishlari va amalda joriy etilishi bilan tanishtirishdan iborat. Bundan tashqari, mazkur treningdan koʻzlangan asosiy maqsad maktabgacha taʼlim tashkilotlarining taʼlim-tarbiya jarayoniga ushbu yondashuvni joriy etish maqsadida milliy master-trenerlar tayyorlashning birinchi bosqichini oʻtkazishdan iborat. Treninglar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlardagi boshqarmalar metodistlari, kollej oʻqituvchilari, maktabgacha taʼlim tizimi mutaxassislariga moʻljallangan. Treninglarda pedagoglarga bir-biridan oʻrganish imkoniyatini beruvchi kollegial taʼlim elementi mavjud boʻlib, mazkur treninglar milliy master-trenerlarni tayyorlashda birinchi bosqich hisoblanadi. Ikkinchi bosqich murabbiylik mahoratini oʻrgatishni oʻz ichiga oladi. Jahon bankining xalqaro konsultanti Zulfiya Veysova koʻmagida kelajakda maktabgacha taʼlim tashkilotlari metodistlari va tarbiyachilariga kaskad usuli yordamida bevosita joylarda trening oʻtkazadigan 100 nafar master-trenerlarning tayyorlanishi loyiha doirasida rejalashtirilgan. Ushbu treninglar bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini inobatga oluvchi bolaning shaxsiyatiga yoʻnaltirilgan turli yondashuvlarni tarbiyachilar tomonidan amaliy faoliyatda qoʻllanilanilishi boʻyicha pedagoglarning kasbiy mahoratini, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonining sifatini oshirishga imkon beradi va bu esa bolalarni maktab hayotiga toʻsiqlarsiz oʻtishi va moslashishiga koʻmaklashadi. “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasining “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tizimida bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvini joriy etish” dasturining 1-moduliga binoan, joriy yilning 4 oktabridan 29 oktabriga qadar, 100 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlari metodistlari va tarbiyachilarini kaskad usulida bevosita joylarda trening oʻtkazadigan master-trenerlar sifatida tayyorlanib, keyinchalik ushbu 100 nafar master-trenerlar yordamida 2024 yilning yakuniga qadar hududlar miqyosida jami 14 000 nafar maktabgacha taʼlim mutaxassislarini oʻqitish rejalashtirilgan. Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati