Samarqand viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi
Jurayev Zaynitdin Tursunboyevich – Samarqand viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi Jurayev Zaynitdin Tursunboyevich – 1968-yil Samarqand viloyati Payariq tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. Samarqand qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1992-1996 yy. – Samarqand viloyati Chelak tumani Dehqonchilik sanoati uyushmasi bosh mutaxassis, moliyachisi vazifasidan boshlagan. 1996-1996-yillari “OʻzSavdogarbank” Chelak boʻlimi qarz boʻlinmasi 2-toifali iqtisodchisi 1996-1998-yillari “Tadbirkorbank” Chelak boʻlimining kreditlash boʻlimi qimmatli qogʻozlar boʻyicha yetakchi mutaxassisi 1999-2001-yillari “Savdogarbank” Chelak boʻlimining kreditlash boʻlimi 1-toifali iqtisodchisi, bosh iqtisodchisi 2001-2001-yillari Oʻzbekiston Respulikasi Moliya vazirligining “Samarqand don” hissadorlik jamiyati boʻyicha moliya inspektori 2001-2002-yillari Samarqand viloyati Chelak tumani hokimligi Moliya boʻlimi mudiri 2002-2009-yillari Samarqand viloyati Payariq tumani hokimligi Moliya boʻlimi mudiri 2009-2012-yillari Samarqand viloyati hokimligi Moliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari U tayinlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi 2021-yil 8-iyundan boshlab Samarqand viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimi ishlab kelmoqda. ✅Jurayev Zaynitdin Tursunboyevich?(66)233-93-93?samarqand@mpe.uz
Batafsil: ?Press-reliz-25.08.2021Скачать
Tashkilot 150 o‘ringa mo‘ljalangan bo‘lib bolajonlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida ta'lim va tarbiya olib boriladi. Kegeyli tumanida maktabgacha talim sohasida bugungi kunda: ? 13 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti; ? 42 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti; ? 3 ta davlat xususiy-sherikchilik asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mavjud. Tumanda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalardan 27 nafar bola hamda "Temir daftar", "Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan oilalardan 12 nafar bola maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olingan. Umumiy qamrov ko'rsatkichi 67,9% tashkil qiladi. Bu ko'rsatgichni yil yakuniga qadar 71% yetkazish reja qilingan.
Hozirgi vaqtda Kegayli tumani "Ju'zimbag" MFY hududida 3-7 yosh oralig'idagi bolalar soni 302 nafarni tashkil qiladi. Shulardan 48 nafar bolajonlarni mobil guruh o'z qamroviga oldi. Tumanning "Qumshungul" MFY hududida esa 3-7 yosh oralig'idasi bolalar soni 458 nafarni tashkil etadi.Shundan mobil guruhga 48 ta nafar bola qamrab olindi.
Koʻrib turganingiz, ushbu 480 oʻrinli va noodatiy koʻrinishga ega boʻlgan bino yaqin fursatda Toshkent shahar Yangi hayot tumani "Yangi Choshtepa" mahalla fuqarolar yigʻinida qad koʻtaradi. Eʼtiborli tarafi, loyihaga koʻra birorta ham burchakka ega boʻlmagan bino va uning xonalari shunday tuzilganki,bolajonlarning bir mashgʻulotdan boshqasiga oʻtish uchun bino boʻylab harakatlanishlari, yorugʻlikning toʻgʻri taqsimlanishi, xonalar intererining bir-birini takrorlamasligi, hammasi odamni hayron qoldira oladigan darajada boʻladi va chet tillarini oʻrgatishga ixtisoslashadi.
Maktabgacha taʼlim vazirligi va YUNISEF oʻrtasida hamkorlik davrida amalga oshirilgan ishlar.
2018-2021-yillarda YUNISEF bilan hamkorlikda koʻplab loyihalar amalga oshirildi, ularning asosiylari quyidagilar: I. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini ishlab chiqish va koʻpaytirishda texnik yordam koʻrsatilishi.2018-yilda YUNISEF (xalqaro va mahalliy taʼlim mutaxassislari bilan) erta va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi uchun davlat talablarini hamda “Ilk qadam” oʻquv dasturini ishlab chiqib koʻpaytirishda (10 000 ta) koʻmaklashdi.Davlat talablari va maktabgacha taʼlimning “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini amalda qoʻllashda trenerlar uchun oʻquv toʻplami (modul), shuningdek ushbu materiallarning amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlovchi oʻquv-uslubiy material ishlab chiqildi;YUNISEF va Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi hamda erta va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi uchun davlat talablarini amaliyotga joriy etilishi yuzasidan 31 nafar ustoz-murabbiylarni tayyorlash boʻyicha qator oʻquv seminarlari oʻtkazildi.2020-yil avgust oyida “Ilk qadam” oʻquv dasturini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash uchun 6 ta uslubiy qoʻllanmani ishlab chiqilishi tugallandi.II. Taʼlimni boshqarish va axborotni ishlab chiqarish boʻyicha “OpenEMIS” dasturi ishlab chiqarish, joriy etishda koʻmaklashilishi.2018-yil 1-aprelda - YUNISEFning moliyaviy koʻmagi bilan “OpenEMIS” dasturi ishlab chiqilib joriy etildi.III. Maktabgacha taʼlim boʻyicha muqobil va innovatsion xizmatlarni modellashtirishni qoʻllab-quvvatlanishi.YUNISEF bilan yurtimizning olis tumanlarida maktabgacha taʼlimning muqobil shaklini tashkil etishda ehtiyojlarni baholash jarayonlari oʻtkazildi, maktabgacha yoshdagi bolalarni qamrab olishda eng past koʻrsatkichli ikkita hudud aniqlandi: Xorazm viloyati qishloq joylari (Bogʻot, Qoʻshkoʻpir tumanlari), Namangan viloyati (Koson, Norin tumanlari).IV. Maktabgacha taʼlim pedagogining kasbiy standartini ishlab chiqishga koʻmaklashilishi.2020-yil 14-fevralda - Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi doirasida YUNISEFning texnik koʻmagi bilan maktabgacha tarbiyachining kasbiy standartini ishlab chiqishga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi;V. Taʼlim sifatini baholash tizimini ishlab chiqishda koʻmaklashilishi.YUNISEF va Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat nazorat inspeksiyasi bilan birgalikda taʼlim sifati uchun oʻquv jarayoni sifatini baholash tizimi ishlab chiqilgan, asosiy koʻrsatkichlarni baholash tizimi tasdiqlangan. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun badiiy oʻquv rangli bukletlarni yaratish boʻyicha konsepsiya ishlab chiqildi, buning asosida kitoblar yaratildi va nashrga tavsiya etildi.
Ma'naviyat - inson qalbining ko‘rki.
Bugun, 17-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Toshkent viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi hamda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazining Toshkent viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda Qibray tumanidagi 6-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Maktabgacha ta'lim tizimida uzluksiz ma'naviy tarbiyani amalga oshirish" mavzusidagi viloyat seminari o‘tkazildi. Unda Toshkent viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasining tegishli mutasaddilari, Qibray tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi rahbarlari, ma'naviyat targ‘ibotchilari O‘zbekiston Xalq artisti Aziza Begmatova va "Muqumiy" nomidagi O‘zbek davlat musiqa va drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Otaboyevlar ishtirok etdiJumladan, tuman va shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limlari onlayn tarzda zoom orqali qatnashdilar. Seminarda boshqarmaning ma'naviyat-ma'rifat bo‘limi bosh mutaxassisi S.Rahmonberdiyev so‘zga chiqib, ma'naviy tarbiyaning bola hayotidagi o‘rni xususida fikr bildirdi.Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir”. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, bugungi kunda viloyat miqyosidagi 22 ta tuman va shahar maktabgacha ta’lim bo‘limlaridan 22 ta ma’naviyat targ‘ibotchilari biriktirilgan bo‘lib, ular bilan hamkorlikda barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Toshkent viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi tasarrufida jami 1561 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, shundan 498 tasi davlat, 26 ta tashkilotga qarashli, 128 ta xususiy, 34 ta Davlat xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat va 875 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qiladi. Bu esa, viloyatda mavjud 218 609 nafar 3-7 yoshli bolalardan yangi 24 637 quvvat yaratilish hisobiga 132 182 nafari qamrab olindi hamda, 60,5 foizga yetkazilishi ta’minlandi deganidir. Toshkent viloyatida jami mavjud bo‘lgan 1561 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlarida xuddi shuncha ya'ni, 1561 nafar ma'naviyat targ‘ibotchilari tarbiyalanuvchilarning ma'naviy ongi shakllanib borishi yo‘lida ma'naviyatni yuksalishida xizmat qiluvchi tadbirlarni tashkillashtirib kelmoqdalar. 6-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Maktabgacha ta’lim tizimida uzluksiz ma'naviy tarbiyani amalga oshirish" mavzusida bo‘lib o‘tgan viloyat seminari doirasida tashkilot tarbiyalanuvchilari ishtirokida erkin mavzulardagi rasm chizish mashg‘ulotlari ham o‘tkazildi. Mazkur rasm chizish mashg‘ulotlarida bolajonlar o‘zlarini qiziqtirgan jumladan, "Mening oilam", "Mening uyim", "O‘zbekiston ona diyorim" kabi mavzularda o‘z ijodlarini namoyon etdilar. O‘zbekiston Xalq artisti, ma'naviyat targ‘ibotchisi Aziza Begmatova ma'naviyatning teatr san'atida namoyon bo‘lishi to‘g‘risida aytib, o‘zining hayoti va ijodi yo‘lida uchragan ma'naviyatga aloqador voqealardan barchaga ulashdi. Shuningdek, "Muqumiy" nomidagi o‘zbek davlat musiqa va drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Otaboyev so‘zga chiqib, ma'naviyatning asl mohiyatini o‘qituvchilarda ko‘rishligini, ularning kasbiy mashaqqatlari oldida ta'zim qilish lozimligini aytib o‘tdi. Jumladan u, 1920-yilda barpo etilgan 6-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotining avvalgi xaroba holati bilan hozirgi kunga kelib barcha sharoitlarga ega bo‘lgan tashkilotga aylanganligi, yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlarga shukronalik hissi bilan yashashimiz kerakligi, bu esa ma'naviyati yuksak insonga xos bo‘lgan hislat ekanligi xususida alohida to‘xtalib o‘tdi. Manba: Toshkent viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi Axborot xizmati.
BMT Bosh assambleyasi tomonidan 1981-yil Xalqaro tinchlik kuni ta’sis etilgan va 2001-yil 7-sentabrdagi tegishli rezolyusiyasiga ko‘ra 21-sentabr Xalqaro tinchlik kuni sifatida har yili nishonlana boshlangan.O‘zbekistonda SHHTning Xalq diplomatiyasi markazi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda O‘zbekistondagi YUNISEF vakolatxonasi bilan hamkorlikda respublikamizdagi bolalarning san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni tasviriy san’atga, badiiy ijodga bo‘lgan qiziqish va e’tiborini mustahkamlash maqsadida respublikamizdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Yaxshilik va tinchlik diyori” mavzusida bolalar rasmlari ko‘rgazmasini tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazma joriy yilning 21-30 sentabr kunlarida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayrami va 21-sentabr “Xalqaro tinchlik kuni”ni munosabati bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida o‘tkazildi. Ko‘zgazmada farzandlarimiz o‘zlarining ijod namunalari bilan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini rasmlarlar orqali ifodalashga harakat qilganlar. Tadbirda O‘zbekistonda SHHTning Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri –Agrippina Shin, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi o‘rinbosari-Farxod Toshmuxamedov, Maktabgacha ta’lim vazirligi qoshidagi jamoat kengashi raisi, SHHT eksperti E’tibor Sultonovalar so‘zga chiqdilar.Tadbir doirasida Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti talabalari tomonidan she’riy chiqishlar va qiziqarli dasturlar namoyish etildi.Ko‘rgazma 2022 yilda Shanxay hamkorlik tashkilotining O‘zbekistonda o‘tkaziladigan sammiti oldidan ham ekspozisiya qilinadi. Mazkur tadbir tasviriy va amaliy san’at sohasi ijodiy yo‘nalishida maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan keyingi ta’limni tashkil etishda va samaradorligini yanada oshirishga hizmat qiladi.Ko‘rgazma 30 sentabrgacha davom etadi. Maktabgacha ta`lim vazirligi Axborot xizmati.
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 5 iyuldagi 123-sonli buyrug‘i qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar bo‘yicha, xususan Andijon viloyatida 33ta lotlar (10-42lotlar) bo‘yicha 153ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27 avgust holatiga respublika bo‘yicha jami 334 nafar, xususan Andijon viloyati bo‘yicha 37 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Andijon viloyatida tanlovga qo‘yilgan 33 ta lotdan 27 ta lotga takliflar bo‘yicha 130 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 37 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Andijon viloyati bo‘yicha tanlovda qatnashib g ‘olib bo ‘lganlar bilan quyida tanishishingiz mumkin. Batafsil:?andijon-viloyati-bayondan-kochirmaСкачать
Maxsus ehtiyojli bolalar "Imkon"iga ega bo'lsin
Mamlakatimiz hukumati imkoniyati cheklangan bolalarga alohida e'tibor qaratadi va ularning salohiyatini oshkor qilish va jamiyatga ijtimoiy integratsiyalashuvi uchun sharoit yaratishda yordam beradi.2017-yildan boshlab Maktabgacha ta'lim vazirligi imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta'limni takomillashtirish bo'yicha izchil ish olib bormoqda, rivojlanish va o'qitishning eng zamonaviy va samarali usullarini o'rganmoqda. Hamma bolalar tengdoshlari bilan muloqot qilish va jamiyatga qo'shilish uchun maktabgacha ta'limni olish, maktabgacha ta'lim tashkilotiga borish uchun ularning rivojlanishini qo'llab -quvvatlashga muhtoj. Ammo imkoniyati cheklangan bolalar reabilitatsiya yordamini ham olishlari kerak va buning uchun ota -onalar qo'shimcha ravishda boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va mutaxassislarga tashrif buyurishga majbur bo'ladilar.Bunday bolalarga har tomonlama yordam ko'rsatish maqsadida pedagoglar va tibbiyot xodimlari ota -onalar bilan birgalikda har bir bola uchun rivojlanish va reabilitatsiya rejasini ishlab chiqish va uni bitta muassasada amalga oshirishda yordam berish uchun Maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim tashkilotining yangi modelini yaratdi."Imkon" deb nomlangan reabilitatsiya markaziga ega davlat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotidir.Ushbu tashkilot ikkita bo'limdan iborat: 2 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun 10 guruhdan iborat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti (bolaning tashxisiga qarab);reabilitatsiya markazi - 2 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun. Birinchi bunday tashkilot 2019 yilda Nukus shahrida Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bolalar uchun ochilgan va birinchi "Imkon" faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishilgan. Nukusdagi "Imkon" tarbiyalanuvchilari zamonaviy uslubiyatlarga o'rgatilgan mutaxassislar, shuningdek innovatsion reabilitatsiya uskunalari yordamida maktabgacha ta'lim va reabilitatsion yordam olish imkoniga ega bo'ldilar. 2021 yil oktyabr oyida Toshkent viloyatining Qibray tumanida "Imkon" reabilitatsiya markaziga ega yangi davlat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotini ochish rejalashtirilgan.Shu munosabat bilan, Toshkent viloyatida va Toshkent shahrida yashovchi, alohida ta'limga va reabilitatsiya protseduralariga muhtoj bolalarni qabul qilish choralari boshlangan.Shu munosabat bilan Toshkent viloyati va Toshkent shahrida yashovchi maxsus ta'lim ehtiyojlari va reabilitatsion tartib-taomillarga muhtoj bolalarni jalb qilish bo'yicha tadbirlar boshlandi. 2021-yil 23-24 sentabr kunlari "Imkon" reabilitatsiya markaziga ega davlat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti binosida 2 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarni ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotiga tanlash bo'yicha tibbiy –psixologik-pedagogik komissiyaning yig'ilishi tashkil etiladi.Farzandlarini "Imkon"ga keyingi qabul qilish uchun ko'rikka olib kelmoqchi bo'lgan ota -onalar soat 10:00 dan 16:00 gacha Toshkent viloyati, Qibray tumani, Darxon ko'chasi, 201 manziliga taklif qilinadi. Manzil: https://maps.google.com/maps?q=41.421058,69.517962&ll=41.421058,69.517962&z=16 E'tibor bering, bolalar ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 391-son "Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos bo‘ladigan tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxati»ga muvofiq qabul qilinadi. Ro‘yxat ilova qilinadi. Buni albatta ko‘ring ?Ilova: Perechen_pokazanij_protivopokazanij_MPPK_novyj_23_09_2021-1Скачать